MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
162
JURNALISTIK SURUSHTIRUV NIMA VA UNI QANDAY AMALGA
OSHIRISH KERAK?
Jahonova Malika Ibodullo qizi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Jurnalistika yo‘nalishi 1-kurs magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada jurnalistik surishtiruvning mohiyati,
ahamiyati va amalga oshirish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Surishtiruv jarayonida mavzuni tanlashdan boshlab, ma’lumot to‘plash, tahlil qilish
va natijalarni jamoatchilikka yetkazishgacha bo‘lgan asosiy qadamlar ko‘rib
chiqilgan. Shuningdek, manbalarni himoya qilish va huquqiy masalalarga e’tibor
qaratish zarurligi ta’kidlangan. Ushbu maqola jurnalistlar uchun surishtiruv
faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda muhim ko‘rsatmalar beradi.
Kalit so‘zlar: Jurnalistik surishtiruv, ma’lumot to‘plash, tahlil qilish,
talillarni tasdiqlash, manbalarni himoya qilish, korrupsiya, ijtimoiy adolatsizlik,
huquqiy masalalar, jurnalistikaning ahamiyati.
Jurnalistik surishtiruv - bu jurnalist tomonidan olib boriladigan chuqur
tadqiqot va tekshiruv jarayonidir. U muayyan mavzu, voqea yoki muammoning
noaniq, yashirin yoki murakkab jihatlarini ochib berishga qaratilgan. Jurnalistik
surishtiruv odatda korrupsiya, qonunbuzarlik, ijtimoiy adolatsizlik, jinoyatlar yoki
boshqa muhim masalalar haqida ma’lumot olish va uni jamoatchilikka taqdim etishni
maqsad qiladi.Bu turdagi jurnalistikada quyidagi xususiyatlar muhim:
1. Chuqur tekshiruv: Jurnalist mavzu haqida ko‘p manbalar bilan ishlaydi,
hujjatlarni o‘rganadi, guvohlar bilan suhbatlashadi va ko‘p qirrali tahlil qiladi.
2. Haqiqatni ochish: Maqsad yashirin yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni fosh qilish
va haqiqatni ochiqlash.
3. Neytral va obektiv yondashuv: Jurnalist ma’lumotni ishonchli va tarafsiz
tarzda taqdim etishga harakat qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
163
4. Ijtimoiy mas’uliyat: Bu ish jamiyat manfaati uchun qilinadi, chunki
jurnalistik surishtiruv odatda katta ijtimoiy masalalarni qamrab oladi. Masalan,
moliyaviy jinoyatlar, ekologik muammolar
yoki davlat amaldorlarining
suiiste’molliklari jurnalistik surishtiruvning odatiy mavzulari bo‘lishi mumkin.
Bunda jurnalist dalillarni aniqlash, ularni tasdiqlash va ma’lumotni aniq, ishonchli va
ta’sirchan tarzda ommaga yetkazish ustida ishlaydi.
Jurnalistik surishtiruvga oid tadqiqotlardan birida esa “Fuqarolik jamiyatining
muhim tarkibiy elementlaridan biri boʻlgan huquqiy madaniyati yuksak va
chiqarilayotgan qonunlarga nisbatan hurmat ruhida qaraydigan insonni tarbiyalash
jamiyat va davlat uchun manfaatli ekanligi, chunki jurnalistlarning huquqiy
savodxonligi, huquqiy madaniyati ortib borgani sayin nafaqat, oʻzining huquq va
manfaatlarini anglab yetishi kuzatiladi, balki jamiyatimizni, ijtimoiy hayotimizni
demokratlashtirish masalasini yanada ijobiy ravishda qaror topishini taʼminlashga
urinishi mumkinligi ifodalangan. Qolaversa, jurnalistning yuksak huquqiy
madaniyati demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasi
ekanligi hamda huquqiy demokratik davlat barpo etishning muhim sharti fuqarolik
jamiyatida kishilarning yetuk maʼnaviyati, ularning huquqiy burch va masʼuliyatlni
anglab yetishlari tushunilishi tilga olingan. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim hamda
moddiy, maʼnaviy, axloqiy va boshqa mafkuraviy omillar asosida shakllanib va
rivojlanib borishini e’tiborga olgan holda u fuqarolarning yetukligi va ongliligini
koʻrsatuvchi meʼyor ekanligi, huquqiy bilimlarga ega boʻlgan va ularni amaliyotda
tadbiq eta oladigan jurnalist huquqiy bilimli va madaniyatli hisoblanishi ham
bildirilgan.
Jurnalistik surishtiruv – bu jamiyat muammolari, korrupsiya, qonun buzilishi,
xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki ilgari biron sababga ko’ra jamoatchilik
tomonidan sir saqlanib qolgan ma’lumotni ochib beradigan material. Jurnalist ma’lum
rejaga amal qilgan holdagina muvaffaqiyatli jurnalistik tekshiruv o’tkazishi mumkin.
Ya’ni, jurnalistik surushtiruvni boshlashdan oldin, uni amalga oshirish bo’yicha aniq
rejamiz bo’lishi kerak. Jurnalistik surushtiruv o’tkazish uchun mavzu tanlash juda
muhim qadamdir. Jurnalist qonun qayerda buzilganligini va qayerda mansab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
164
vakolatlarini suiiste’mol qilganligini bilishi kerak. Shuni unutmangki, bizning
surushtiruv mavzuimiz jamiyat uchun ahamiyatiga ega bo’lishi kerak. Agar siz hech
kimga qiziq bo’lmagan mavzuni o’rganmoqchi bo’lsangiz, vaqtingizni behuda ushbu
mavzuga sarflamang. Bunday mavzularga kirishmaslik afzal. Jurnalist istalgan
sohada jurnalistik tekshiruvlar o’tkazishi mumkin, ammo u surushtiruv maqsadi
jinoyat, poraxo’rlik va qonun buzilishining aniqlash bo’lishi kerakligini yodda tutishi
kerak. Masalan, jurnalist jurnalistlik surushtiruvini quyidagi sohalarda olib borishi
mumkin:
Siyosat
, j
inoyatchilik, moliya, jamiyat muammolari
Agar jurnalist siyosiy sohada surushtiruvlar o’tkazmoqchi bo’lsa, u saylovoldi
tashviqotlari, partiyaviy faoliyat, davlat xizmatidagi tayinlovlar, qonunchilik va
siyosatchilarning daromadlari to’g’risida surushtiruv o’tkazishi mumkin.
Agar jurnalist biror jinoyat yuzasidan surushtiruv qilishni istasa, uning
jurnalistik tekshiruvlari inson huquqlari, odil sudlovning buzilishi, kontrabanda yoki
odam savdosi kabi mavzularga doir bo’lishi mumkin.
Korrupsiya sxemalarini yuzaga chiqarish surushtiruv jurnalistikasining
sevimli mavzularidan biridir. Ushbu sohada ishlash uchun jurnalistlar quyidagi
yo’nalishlarni o’rganishlari mumkin: birinchi yo’nalish – bu davlat moliyasi:
Masalan:
1.
Jamiyatdagi imtiyozlar
2.
Davlat byudjeti
3.
Soliq imtiyozlari
4.
Davlat xaridlari
Ikkinchi yo’nalish – shaxsiy boylik to’g’risida ochiq ma’lumotlar: banklar,
kreditlar, korporativ moliyaviy sug’urta, investitsiya bozori ishtirokchilari ham
jurnalistik surushtiruvlar uchun yaxshi mavzular bo’lishi mumkin.
Jurnalistik surushtiruvlarga yangi kirib kelganlar uchun ko’pincha ijtimoiy
mavzularga oid muammolarni tadqiq qilishdan boshlash tavsiya etiladi. Ta’lim,
sog’liqni saqlash, kommunal xizmatlar, kam ta’minlanganlar uchun imtiyozlar, davlat
ijtimoiy dasturlari va boshqa sohalarda jurnalistik surushtiruvlar olib borish tavsiya
etiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
165
Jurnalistik tekshiruvning yana bir talabi gipotezaning mavjudligi va uning
tasdiqlanishi. Gipoteza – bu surushtiruv davomida jurnalist tomonidan
tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan taxmin, talqin yoki bayonot. Gipoteza
surushtiruv subyekti va jarayonini aniqlashtiradi. Gipoteza quyidagi savollarga javob
berishi kerak: kim, nima, qanday qilib, nimaning natijasida, qonun nimaga
buzilmoqda va oqibatlari qanday?
Jurnalistik surishtiruvni amalga oshirish quyidagi asosiy bosqichlarni o'z
ichiga oladi:
1.
Mavzuni tanlash va rejalashtirish. Muammoni aniqlash: Jurnalist
jamoatchilik
uchun ahamiyatli bo‘lgan muammoni tanlaydi (masalan, korrupsiya,
noqonuniy faoliyat yoki ijtimoiy adolatsizlik). Maqsadni belgilash: Surishtiruvdan
nimani maqsad qilayotganini aniqlaydi (haqiqatni ochish, noto‘g‘ri amallarni fosh
qilish va boshqalar). Reja tuzish: Ish bosqichma-bosqich rejalashtiriladi, jumladan,
manbalar, muddatlar va kerakli resurslar belgilanadi.
2. Ma’lumot to‘plash. Manbalarni aniqlash: Ishonchli hujjatlar, arxivlar,
onlayn ma'lumotlar, ochiq manbalar va yashirin manbalar topiladi. Intervyu olish:
Tegishli shaxslar bilan (guvohlar, mutaxassislar, huquq-tartibot organlari va
boshqalar) suhbatlar o‘tkaziladi. Dalillarni tekshirish: Olingan ma'lumotlarning
haqqoniyligi va aniqligini tekshirish. Bir manba asosida xulosa qilmaslik uchun ko‘p
manbalarga murojaat qilish muhim.
3. Tahlil qilish va dalillarni tasdiqlash. Olingan barcha ma’lumotlar tahlil
qilinadi va o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanadi. Hujjatlar, raqamlar va faktlarni bir-biriga
mos kelishi tekshiriladi. Qarama-qarshiliklar aniqlansa, qo‘shimcha ma’lumot yig‘ish
zarur bo‘lishi mumkin.
4. Xabarni yozish va tayyorlash Strukturani yaratish: Hikoya lo‘nda va
tushunarli bo‘lishi uchun matnni mantiqiy tartibda tashkil qilish. Dalillarni taqdim
etish: Maqola yoki reportajni faktlar va dalillar bilan asoslash. Tafsilotlarni qo‘shish:
Surishtiruvning muhim jihatlarini diqqat markazida saqlash uchun hikoya qiziqarli va
ta’sirli tarzda yoziladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
166
5. Himoya choralari ko‘rish. Manbalarni himoya qilish: Xavfsizlik sabablari
tufayli anonimlikni saqlash talab etiladigan hollarda manbalarni yashirish. Huquqiy
masalalarni ko‘rib chiqish: Surishtiruv natijalarining qonuniy asoslarini tekshirish,
suddan yoki huquqiy qarama-qarshiliklardan qochish uchun ehtiyotkorlik bilan
ishlash.
6. Materialni e’lon qilish. Surishtiruv natijalari matbuot, televideniye, radio
yoki onlayn platformalarda jamoatchilikka yetkaziladi. Vizual materiallar
(fotosuratlar, diagrammalar yoki videolar) orqali dalillarni kuchaytirish mumkin.
7. Jamoatchilik va javob qaytarish. Jamoatchilikning fikri va javoblarini
kuzatish. Kerak bo‘lsa, yangi dalillarni qo‘shish yoki qo‘shimcha tadqiqotlar
o‘tkazish. Jurnalistik surishtiruv ehtiyotkorlik, professional mahorat va katta
mas’uliyat talab qiladi, chunki bu jarayonda noto‘g‘ri yoki tekshirilmagan ma’lumot
berish katta oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Jurnalistik tadqiqotlar o’tkazishda asosiy tavsiyalardan biri ma’lumotlar
arxivni saqlab qo’yishdir. To’plangan materiallar kelajakda mavzuga tezda qaytishga
yordam beradi. Bundan tashqari, to’plangan materiallardan surushtiruv qahramoni
sudga murojaat qiladigan bo’lsa, dalil sifatida foydalanish mumkin bo’ladi.
Ehtimol, surushtiruv olib borgan jurnalist jurnalistlik tekshiruvini o’tkazishda
shunga o’xshash muammolarga duch kelishi mumkin. Ya’ni, jurnalistga qarshi jinoiy
yoki ma’muriy ish qo’zg’atilishining har doim huquqiy xavfi mavjud. Boshqa xatarlar
va tahdidlar jurnalistning obro’siga, ishiga va sog’lig’iga yoki shaxsiy hayotiga doir
bo’lishi mumkin. Har qanday surushtiruvchi jurnalist uchun yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan xatarlarni minimallashtirish uchun jurnalistik tekshiruv o’tkazishda
yuqoridagi sxemaga rioya qilishni unutmaslik kerak.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida: “Har bir inson
eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir toʻsiqsiz
oʻz eʼtiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va gʻoyalarni har qanday vosita
bilan, davlat chegaralaridan qatʼi nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini oʻz ichiga
oladi” , — deyiladi. Mazkur masala Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi
xalqaro paktda yanada aniqroq bayon etilgan. Chunki, axborotlarni bunday tartibda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
167
izlash, olish, tarqatish boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga, davlat xavfsizligi,
jamoat tartibi, aholi salomatligi kabi qonuniy muhofazadagi subyektlarga daxl
qilmasligi lozim. Shu nuqtai nazardan mazkur holat Fuqaroviy va siyosiy huquqlar
toʻgʻrisidagi xalqaro paktning 19-moddasida quyidagicha oʻz aksini topgan: “Har bir
inson oʻz fikrini erkin bayon etish huquqiga ega, bu huquq… turli axborot va
gʻoyalarni izlash, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi” . Ushbu moddaning 2-
bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish oʻz oʻrnida jurnalist zimmasiga
alohida majburiyat va masʼuliyat yuklaydi. Bu holat tabiiyki, ayrim cheklashlar bilan
bogʻliq, yaʼni,
a) shaxslarning shaʼni, qadr-qimmatini hurmat qilish;
b) davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki maʼnaviyatiga
daxl qilmaslik va h.k.
Jurnalistik surishtiruv muallifdan gʻoyat chuqur va har tomonlama bilim talab
qiladi. Bu janrda ijod qilishda sof qalbning oʻzi kifoya qilmaydi. Ularga huquqiy
kafolat, axborot taʼminotida koʻmak, muharrir qoʻllovi ham kerak. Senzura bekor
qilinganining oʻzi jurnalist uchun huquqiy kafolat boʻla olmaydi. Haqiqiy “toʻrtinchi
hokimiyat” boʻlish, davlat boshqaruv institutlari faoliyati, barcha darajadagi
amaldorlarning korrupsion harakatiga qarshi samarali kurashish uchun jurnalistga
qonunda kafolatlangan huquqlar kengaytirilishi lozim. Ikkinchidan, biron-bir
tahririyatda muallifni axborot taʼminoti bilan qoʻllovchi xizmat lavozimi yoʻq.
Surishtiruv olib borayotgan jurnalist “yakka ovchi”ga oʻxshaydi. Informatsion
texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyatdagi ochilish va OAV moddiy imkoniyatini
uygʻunlashtirib jurnalistik surishtiruv olib borayotgan xodimni qoʻllabquvvatlash
vaqti keldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Watergate_ishi
2. ( Уиллмен Дж. Журналистские расследования: современные методы и
техника. Пер с англ. – М.:Виоланта, 1998. – C.12.)
3.http://www.uzbekembassy.in/jurnalistik-surishtiruvning-meyoriy
chegaralari
qayerda /?lang=uz
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
168
4. Nurova Elmira “Jurnalistik surishtiruv mahorati masalalari” magistrlik
dissertatsiyasi.
5. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
6. https://school.cabar.asia/uz/video/gulafshon-sokieva-jurnalistik-surushtiruv-nima-
va-uniqanday-amalga-oshirish-kerak/
7. Jurnalistik surushtiruvlar uchun qo’llanmalar (Mark Li Hunter muallifligida nashr
etilgan, IWPR tomonidan 2015 yilda qayta bosilgan)