MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
40
KO‘RISH RETSEPSIYASI MISOLIDA BIOFIZIK
JARAYONLAR RETSEPSIYASI
Ahrorov Ma’ruf Nasimjonovich
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti, assistent.
O’ktamov Ramziddin Sherzod o’g’i
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti, talaba.
Annotatsiya. Ko‘z funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan
a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar
to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir. Sog‘lom katta odamda jism ko‘zga 25 sm
masofagacha yaqinlashgan vaqtda akkomodatsiya kuchlanishsiz ro‘y beradi va
qo‘ldagi buyumlarni ko‘rishga o‘rganilib qolganligi sababli ko‘z hammadan ko‘p,
ayniqsa shu masofaga akkomodatsiyalanadi, shuning uchun bu masofaga eng yaxshi
ko‘rish masofasi deyiladi.
Kalit so’zlar: Ko’z, shox parda, optik sistema, nur, nur sindirish, to’r parda,
ko’r dog’i, retseptorlar, astigmatism, linza, shaffof.
Odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bo‘lib, u optikada alohida o‘rin tutadi. Bu,
birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z sezishiga mo‘ljallangani, ikkinchidan,
odamning (va hayvonning) ko‘zi evalyusiya jarayonida taqsimlashgan biologik
sistema sifatida, bionika doirasida optik sistemalarni loyihalash va yaxshilashga doir
ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan tushuntiriladi.
Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga
ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa
kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir.
Odam ko‘zining tuzilishi haqida qisqacha to‘xtab o‘tamiz.
Ko‘z kosasi asli ko‘zning o‘zi bo‘lib, u uncha to‘g‘ri bo‘lmagan
shar shaklidadir; katta odamlarda uning old-orqa o‘lchovi o‘rtacha 24,3 mm,
vertikal olchovi — 23,4 mm va gorizontal o‘lchovi — 23,6 mm. Ko‘zning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
41
devorlari konsentrik joylashgan uchta—tashqi, o‘rta va ichki qobiqlardan iborat.
Tashqi oqsil qobiq — sklera 1 ko‘zning oldingi qismida shaffof qavariq muguz qobiq
2-muguz pardaga aylanadi. Muguz pardaning qalinligi o‘rtasida 0,6 mm ga yaqin,
atrofida to 1 mm gacha bo‘ladi. Optik xossalari bo‘yicha muguz parda ko‘zning eng
kuchli sindiruvchi qismidir. U go‘yo ko‘zga yorug‘lik nurlari kiradigan derazadir.
Muguz pardaning egrilik radiusi 7—8 mm, moddasinnig sindirish ko‘rsatkichi 1,38
ga teng. Muguz pardaning tashqi qoplarni ko‘z qovoqlariga berkitilgan konyunktivga
o‘tadi. Skleraga qon tomirli qobiq tutashgan bo‘lib, uning ichki sirti ko‘z ichida
yorugiikning diffuzli sochilishiga to‘sqinlik qiladigan xira-qora pigmentli hujayralar
bilan qoplangan. Ko‘zning oldinig qismida tomirli qobiq rangdor pardaga aylanadi.
Bu pardada doiraviy teshik- qorachiq mavjud. Ko‘z qorachig‘iga ko‘zning ichki
tomonidan, bevosita ko‘z gavhari ikki tomonlama qavariq linzaga o‘xshash shaffof
va elastik jism yondashadi. Ko‘z gavharining diametri 8-10 mm, oldingi sirti
egriligining radiusi o‘rtacha 10 mm, orqa egriligining radiusi — 6 mm. Gavhar
moddasining sindirish ko‘rsatkichi 1,4 dan biroz kattaroq.
Muguz parda va gavhar orasida ko‘zning oldingi kamerasi joylashgan
bo‘lib, u suvsimon namlik bilan, ya’ni optik xossalari bo‘yicha suvga yaqin bo‘lgan
suyuqlik bilan to‘lgan. Ko‘zning gavharidan tortib, to orqa devorigacha bo‘lgan butun
ichki qismi shaffof, shishasimon jism deb ataluvchi dirildoq massaga to‘la bo‘ladi.
Shishasimon jismning sindirish ko‘rsatkichi suv naminiki kabidir.
Ko‘zning yuqorida ko‘rib chiqilgan elementlari asosan uning yorug‘lik
o‘tkazuvchi apparatiga tegishlidir. Ko‘ruv nervi ko‘z kosasiga orqa
devordan kirib tarmoqlangach, u ko‘zning eng ichki to‘r qatlarniga yoki
ko‘zning yorug‘likni qabul qiluvchi apparati (retseptori) bo‘lgan to‘r pardaga yoki
ratinaga o‘tadi. To‘r parda bir necha qatlamdan iborat bo‘lib, qatlamlarning qalinligi
va yorug‘likka sezgirligi bir xil emas, unda periferik uchlari turli shakllarga ega
bo‘lgan yorug‘lik sezgir ko‘ruv hujayralari joylashgan. Ularning cho‘zinchoq
uchlariga tayoqchalar, konussimon uchlariga kolbachalar deyiladi. Tayoqchalarning
uzunligi 63-81
m km,
diametri 1,8
mkm
ga yaqin, kolbachalar esa mos holda 35
m km
va 5-6
m km
bo‘ladi. Kishi ko‘zining to‘r qatlarnida 130 millionga yaqin
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
42
tayoqcha va 7 million kolbacha joylashgan.
Ko‘ruv nervi kirgan joyda yorug‘likni sezmaydigan ko‘zning ko‘r dog‘i
mavjud. To‘r pardaning o‘rtasida, chekkaga sal yaqin yerda, yorug‘likka eng
sezgir bo‘lgan sariq dog‘ yotadi, uning markaziy qismi taxminan 0,4 mm
diametrga ega.
Kolbachalar va tayoqchalar to‘r parda ustida bir tekisda taqsimlangan.
Kolbachalar to‘r pardaning asosan o‘rta qismida, sariq dog‘da joylashgan, sariq
dog‘ning markazida faqat kolbachalar turadi, to‘r pardaning chetlarida esa faqat
tayoqchalar joylashgan.
Dastlab ko‘zning yorug‘lik o‘tkazish apparatining xususiyatlarini ko‘rib
chiqamiz.
Ko‘zni-muguz parda, oldingi kamera suyuqligi va gavhar (to‘rt sindiruvchi sirt)
dan iborat va oldidan havo, orqasidan esa shishasimon jism bilan chegaralanuvchi,
markazlashgan optik sistema kabi tasavvur etish mumkin. Bosh optik o‘q muguz
pardaning, qorachiqning va gavharning geometrik markazlaridan o‘tadi. Bundan
tashqari yana ko‘zning ko‘ruv o‘qini ham mavjud ko‘ruv o‘qi eng yaxshi yorug‘lik
sezilishi yo‘nalishini belgilaydi va gavhar bilan sariq dog‘ markazlaridan o‘tadi, bosh
optik va ko‘ruv o‘qlari orasidagi burchak taxminan 5° ni tashkil etadi.
Biror o‘rtacha normal ko‘z uchun fokuslar, bosh nuqtalar, tekisliklar va tugun
nuqtalar ko‘rsatilgan (masofalar millimetrlarda berilgan). Soddalashtirish maqsadida
ko‘pincha bu sistemani keltirilgan reduksiyalangan ko‘z bilan, ya’ni buyumlar fazasi
tomonidan sindirish ko‘rsatkichi
h
=1,336 ga teng suyuqlik bilan o‘ralgan linza bilan
almashtiriladi. Keltirilgan ko‘z moddalarining birida yagona bosh tekislik muguz
pardaning oldinig sirtidan 1,6 mm masofada turadi, tugun nuqtalar mos kelgan bo‘lib,
muguz parda sirtidan 7,2 mm masofada joylashgandir.
Yorug‘likning asosiy sinishi muguz pardaning tashqi chegarasida yuz beradi,
butun muguz pardaning optik kuchi taxminan 40 dioptriyaga, gavharniki taxminan 20
dioptriyaga, butun ko‘zniki esa 60 dioptriyaga yaqin.
Turli uzoqlikdagi jismlar to‘r pardada bir xil ravshanlikdagi tasvir berishi
kerak. Buni amalga oshirish uchun ma’lum bo‘lishicha yo bosh tekislik bilan to‘r
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
43
parda orasidagi masofani fotoapparatlarda qilinadiganga o‘xshash o‘zgartirish kerak,
yoki gavhar egriligini, demak, fokuslar masofalarini o‘zgartirish kerak. Odam ko‘zida
ikkinchi hol amalga oshiriladi. Ko‘zning bunday har xil uzoqlikda joylashgan
jismlarni ravshan ko‘rishga moslasha olishiga „keskinlikka to‘g‘rilanishiga“ —
akkomodatsiya
deyiladi.
Jism cheksizlikda joylashgan bo‘lsa, uning normal ko‘zdagi tasviri to‘r pardada
bo‘ladi. Bu vaqtda gavhar cheksizlikka akkomodatsiyalanadi va uning optik kuchi
minimal bo‘ladi. Jism ko‘zga yaqinlashadigan bo‘lsa, u holda gavxarning egriligi
kattallashadi, jism qancha yaqin bo‘lsa, ko‘zning optik kuchi shuncha katta bo‘ladi,
uning o‘zgarishlari taxminan 60—0 dptr chegarasida bo‘ladi.
Sog‘lom katta odamda jism ko‘zga 25 sm masofagacha yaqinlashgan vaqtda
akkomodatsiya kuchlanishsiz ro‘y beradi va qo‘ldagi buyumlarni ko‘rishga o‘rganilib
qolganligi sababli ko‘z hammadan ko‘p, ayniqsa shu masofaga akkomodatsiyalanadi,
shuning uchun bu masofaga
eng yaxshi ko‘rish masofasi
deyiladi.
Undan ham yaqin turgan buyumlarni ko‘rish uchun akkomodatsion apparatni
zo‘riqtirishga to‘g‘ri keladi. To‘r pardada tasvirning ravshan ko‘rinishini hali
ta’minlay oladigan ko‘z bilan buyum
ko‘zning yaqin nuqtasi
(aniq ko‘rishning yaqin
nuqtasi) deyiladi. Yosh ulg‘aygan sari ko‘zning yaqin nuqtasigacha bo‘lgan masofa
kattalashadi, demak, akkomodatsiya kamayadi.
To‘r pardadagi tasvirning kattaligi faqat buyum kattaligiga bog‘liq bo‘lmay,
uning ko‘zdan uzoqligiga ham, ya’ni jismning ko‘rinishi burchagiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Shunga ko‘ra
ko‘rish burchagi
tushunchasi kiritiladi. Bu buyumning chetki
nuqtalaridan chiqib mos tugun nuqtalaridan o‘tuvchi nurlar orasidagi burchakdir (56-
rasm). Rasmdan ko‘rinishicha, birinchidan har xil buyumlar bir xil ko‘rish burchagi
β ga ega bo‘lishi mumkin, ikkinchidan, ko‘rish burchagi to‘r pardadagi tasvir
kattaligini to‘la ravishda aniqlay oladi.
Ko‘zning ajrata olish qobiliyatini tasvirlash uchun
eng kichik ko‘rish
burchagidan
foydalaniladi, bu burchakda odam ko‘zi buyumning ikki nuqtasini hali
ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu burchak taxminan 1
0
ga teng, bu eng yaxshi
ko‘rish masofasida turgan nuqtalarning orasi 70
mkm
ga teng bo‘lishiga mos keladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
44
Bu holda to‘r pardadagi tasvirning kattaligi 5
mkm
ga teng, bu esa to‘r pardadagi
kolbachalardan ikkitasining orasida bo‘lgan o‘rtacha masofaga teng. Shuning uchun,
agar ikki nuqtaning tasviri to‘r pardada 5 mkm dan qisqaroq chiziqni egallaydigan
bo‘lsa, u holda bunday nuqtalar ajralib ko‘rinmaydi, ya’ni ko‘z ularni ajrata olmaydi.
Yorug‘lik difraksiyasi tufayli hosil bo‘luvchi chegaralanishlar hisobga
olinganda ham eng kichik ko‘rish burchagining xuddi shunday qiymati olingan
bo‘ladi. Tabiatdagi maqsadga muvofiqlik „hech narsa ortiqcha emasligi“ kishini
hayron qoldiradi, to‘r pardaning yuza birligiga to‘g‘ri keluchi kolbachalar soni
geometrik optikaning chegaraviy imkoniyatlariga javob beradi. Ko‘zning ajrata olish
qobiliyatini tibbiyotda
ko‘rish o‘tkirligi
bilan baholaydilar. Ko‘rish o‘tkirligining
normasi deb bir qabul qilinadi, bu holda eng kichik ko‘rish burchagi 1
0
ga teng bo‘ladi.
Og‘ish vaqtlarda eng kichik ko‘rish burchagi minutdan qancha katta bo‘lsa,
ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi normadan shuncha kam bo‘ladi. Agar bemorning eng
kichik ko‘rish burchagi 4
0
ga teng bo‘lsa, uning ko‘zi 1:4 = 0,25 o‘tkirlikka ega
bo‘ladi.
Ayrim hollarda odam ko‘zi 1
0
burchakka mos kelgandan ham maydaroq
kattaliklarni ajrata oladi. Masalan, harakatlanuvchi jismlarning siljishi yoy bo‘yicha
20
0
ga yetganda seziladi, ikki ingichka chiziqdan birining ikkinchisi ustiga
tushmaganligini ular orasidagi burchak 12
0
bo‘lganidayoq bilinadi va hokazo. Fizik
o‘lchashlarda ko‘pincha strelkasi shkalaning nolinchi darajasidan (shtrixidan)
siljimasligi kerak bo‘lgan asboblar (potensiometrlar, ko‘priklar) ko‘p ishlatilmoqda.
Ko‘zning kichik chiziqlarning siljishini seza olish qobiliyati tufayli bunday asoblar
strelkasi bilan shtrixi orasidagi masofasi aniqlanadigan asboblarga ko‘ra ancha
aniqroq ko‘rsatishlar bera oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
MOODLE.SAMMI.UZ. MODUL 1.ZANYATIYA 3. TEMA 3.
2.
M.X.
JALILOV.,
J.X.XAMROEV.,
M.N.AXROROV.
“RENTGEN
NURLARI. IONLANTIRUVCHI NURLANISHLARNING MODDALARGA
TA’SIRI” NI O‘RGANISH MAVZUSINI MODUL TIZIMIDA O‘QITISH.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
45
SBORNIK
MATERIALOV
MEJDUNARODNOY
UCHEBNO-
METODICHESKOY
KONFERENSII.
TOSHKENT.
INSTITUT
STOMOTOLOGII. 7 YANVAR. 2020 G.S.140-143
3.
A.N.REMIZOV.
A.G.MAKSINA.
A.YA.
POTAPENKO
“MEDITSINSKAYA I BIOLOGICHESKAYA FIZIKA” 2011, S. 71-91
4.
A.N.REMIZOV., “TIBBIY VA BIOLOGIK FIZIKA”. TOSHKENT 2005,
116-135 BET.
5.
M.YE.
BLOXINA.,
I.A.ESSAULOVA.,
G.V.MANSUROVA.,
“RUKOVODSTVO K LABORATORNЫM RABOTAM PO MEDITSINSKOY I
BIOLOGICHESKOY FIZIKE”. M. 2011. S.44-52