MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
296
BIOLOGIYANI O’QITUSHDA INKLYUZIV TA’LIM
Djabborov Baxtiyor Iskandarovich
BuxDU Biologiya kafedrasi
katta o’qituvchisi
Durdiqulova Osuda
Isayeva Qunduzxon
BuxDU
4 bosqich talabalari
Annotatsiya: maqolada zamonaviy o’qituvchiga qo’yilgan talablar, dars
samaradorligini oshirish va qo’llashi kerak bo’lgan texnologiyalar, zamonaviy
o’qituvchining zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishni ta’minlashga
qaratilgan ma’lumotlar, inklyuziv ta’lim haqida ma’lumotlar keltirilgan
Kalit so’zlar: zamonaviy, texnologiya, pedagog, interfaol doska, ta’lim
platformalari, Google Classroom, Moodle, Edmodo, Elektron baholash, Kahoot,
Quizizz, Mentimeter.
ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В ПРЕПОДАВАНИИ
БИОЛОГИИ
Джабборов Бахтиёр Искандарович
старший преподаватель
Кафедры Биология БухГУ
Дурдикулова Осуда
Исаева Кундузхон
Студенты 4 курса
БухГУ
Аннотация: В статье представлены сведения о требованиях,
предъявляемых к современному учителю, технологиях, необходимых для
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
297
повышения эффективности и применения урока, информация, направленная на
обеспечение
эффективного
использования
современных
технологий
современным учителем, информация об инклюзивном образовании
Ключевые слова: современные, технологии, педагог, интерактивная
доска, образовательные платформы, Google Classroom, Moodle, edmodo,
электронная оценка, Kahoot, Quizizz, mentimeter.
INCLUSIVE EDUCATION IN BIOLOGY TEACHING
Djabborov Bakhtiyor Iskandarovich
Senior lecturer
Departments of Biology of BukhSU
Turdikulova Osuda
Isaeva Kunduzkhon
4th year students
BukhSU
Abstract: The article provides information about the requirements for a
modern teacher, the technologies needed to improve the effectiveness and application
of the lesson, information aimed at ensuring the effective use of modern technologies
by a modern teacher, information about inclusive education
Keywords: modern, technology, teacher, interactive whiteboard, educational
platforms, Google Classroom, Moodle, edmodo, electronic assessment, Kahoot,
Quizizz, mentimeter.
Keyingi yillarda zamonaviy o‘qituvchidan dars sifatini oshirish uchun turli
zamonaviy talablar qo‘yilmoqda. Bu talablar ta’lim samaradorligini oshirish,
o‘quvchilarni ilg‘or bilim va ko‘nikmalarga ega qilish hamda zamonaviy
texnologiyalardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Dars
samaradorligini
oshirishda
zamonaviy
o‘qituvchi quyidagi
texnologiyalarni bilishi va dars jarayonida qo‘llashi kerak: interfaol doskalar va ta’lim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
298
platformalaridan foydalanish (Google Classroom, Moodle, Edmodo), sun’iy intellekt
va virtual laboratoriyalar bilan ishlash, onlayn resurslar va video darsliklar yaratish,
elektron baholash tizimlari (Kahoot, Quizizz, Mentimeter) orqali bilimni tekshirish.
Shuningdek o’quvchilarga nizbatan -differensial yondashuv va individual ta’limni
qo’llay olishi kerak, o‘qituvchi turli qobiliyat va ehtiyojga ega o‘quvchilarga mos
yondashishi kerak, jumladan inklyuziv ta’lim metodlari - maxsus ehtiyojga ega
bolalar bilan ishlash, differensial yondashuv - kuchli va sust o‘quvchilarga mos
topshiriqlar berish, ko‘nikmalarga asoslangan o‘qitish - faqatgina nazariy bilim emas,
balki amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirish, kompetensiyaga asoslangan
yondashuv.
Davlatimiz tomonidan ta’lim sifatini oshirish, uzluksiz ta’lim, xususan o’rta
ta’limda samaradorlikni oshirish faqatgina faktlarni o‘rgatish emas, balki
o‘quvchilarda quyidagi kompetensiyalarni shakllantirishga ham qaratilgan: tanqidiy
fikrlash - o‘quvchilarga mustaqil tahlil qilish va mantiqiy xulosa chiqarishni
o‘rgatish; ijodiy yondashuv - innovatsion fikrlash va yangi g‘oyalarni ilgari surish;
muammoni yechish qobiliyati - real hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish va mos yechim
topish; jamoada ishlash va kommunikatsiya - o‘z fikrini aniq ifoda qilish va boshqalar
bilan ishlash.
Keyingi yillarda ta’lim sohasida tez-tez uchraydigan so’zlardan biri bu-
Inklyuziv ta'lim, bu nima degani, chuqurroq o’rganadigan bo’lsak, Inklyuziv ta'lim -
bu barcha bolalar, jumladan, jismoniy, aqliy, ijtimoiy yoki boshqa turdagi ehtiyojlari
bor bolalar ham, umumiy ta’lim muhitida ta’lim olishlarini ta’minlovchi ta’lim
tizimidir, yani turli darajada nogironligi, nuqsoni bor bolalarda hamma qatori, o’rta
ta’limda, oliy ta’limda bilim olish imkonidir. Nogironligi yoki boshqa xususiyatlari
sababli hech kim ta’limdan chetda qolmasligi kerak, o‘quv jarayoni va muhit har bir
bolaning ehtiyojlariga moslashtiriladi, ta’lim jarayonida turli o‘quv usullari va
metodlar qo‘llaniladi, nogironligi bor bolalar boshqa tengdoshlari bilan birga o‘qib,
ijtimoiy muhitga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Biologioya darslarida o’quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib
chiqib, dars samaradorligini oshirish juda katta qiyinchilik tug’dirmaydi, fan tabiat,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
299
tirik organizmlar bilan bog’liq bo’lgani sababli harakatli o’yinlar, rolli o’yin
texnologiyalari, virtual laboratoriya, audia, vizual taxnikalarni keng qo’llash mumkin.
Shuningdek biologiya fani o‘qituvchilarining o’zi ham ta’lim bo‘yicha
maxsus metodikalar va yondashuvlarga ega bo‘lishlari kerak. Inklyuziv ta’lim
jamiyatdagi kamsitishlarni kamaytirish, har bir bolaning imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarish va ularning teng huquqli jamiyat a’zosi bo‘lishini ta’minlashga xizmat
qiladi. Eng asosiysi, barcha o‘quvchilar, asosan maxsus ehtiyojga ega bolalar dars
jarayoniga to‘liq jalb etilishiga erishishdir. Bu oq’tuvchidan darsni tashkillashtirishda
o’quv muhitini moslashtirishni talab qiladi, masalan; jismoniy imkoniyati cheklangan
o‘quvchilar uchun sinf va ta’lim jihozlarini moslashtirish-pastroq partalar, mos
keluvchi mikroskoplar, yirik harfli materiallarni tashkil qilish; ko‘rish qobiliyati
cheklangan o‘quvchilar uchun – Brayl alifbosi, audiomateriallarni tayyorlash, rel’efli
diagrammalardan foydalanish; eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar uchun –
taqdimotlar, yozma materiallar va imo-ishora tarjimonidan, rolli va harakatli
o’yinlardan foydalanish.
Dars jarayonidan turli imkoniyatli o’quvchilarning dars materiallarini
o’zlashtirishini yaxshilashda, multisensor metodlar, laboratoriya mashg‘ulotlari,
vizual materiallar, organizmning tuzilishi yoki hujayra tuzilishini rel’efli, 3D
modellar orqali tushuntirish kabi usullarni qollash samaralidir. Shuningdek, inklyuziv
ta’lim o’qituvchidan katta mahoratni, ijodkorlikni talab qiladi, oq;tuvchi mavzu
kesimidan kelib chiqib differensial yondashuvi, ya’ni turli qobiliyatga ega bolalar
uchun turli topshiriqlar berish, qiyin mavzularni oddiyroq tilda tushuntirishi, mustaqil
ishlashda kuchli o‘quvchilarga murakkabroq vazifalar berish, boshqalarga esa
oddiyroq yondashuv qo‘llashi, jamoaviy ish orqali o‘quvchilar bir-biriga yordam
berishini ta’minlashi kerak.
Masalan: oqsil biosintezi mavzusini o’tishda, birinchi toifadagi o’quvchiga
“oqsil nima, qanday oqsillar farqlanadi” degan savol bilan, ikkinchi turdagisiga “oqsil
biosintezi jarayonini yoritib bering”, mustaqil ishlasg qobiliyati yuqori bo’lgan
o’quvchilarga “oqsil strukturalarini chizing va tushsuntiring” kabi savollar bilan
murojaat qilishi mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
300
Dars davomida o‘quvchilar bir-biriga yordam berishi uchun jamoaviy ish
tashkil qilish, turli o‘quvchilarning ehtiyojlarini tushunish va ularga hurmat bilan
yondashish, muvaffaqiyat hissini shakllantirish - barcha o‘quvchilar o‘zini dars
jarayonida muhim ishtirokchi sifatida his qilishini ta’minlasghi, umuman olganda bir
soatlik sarsning jusda yaxshi rejissori bo’lishi kerak. Shunday qilib, inklyuziv ta’lim
biologiya darslarida turli o‘quvchilarni teng imkoniyat bilan ta’minlashga yordam
beradi. Buning uchun moslashtirilgan muhit, interfaol yondashuvlar, raqamli
texnologiyalar va differensial ta’lim usullaridan foydalanish lozim.
Zamonaviy o‘qituvchidan nafaqat dars berish, balki o‘quvchilarning hayotga
tayyorgarligini oshirish, ularga innovatsion yondashuvlar orqali ta’lim berish talab
qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Namazova
M.
U.
INSONIY
FAZILATLAR
HAYOTIMIZ
KORKI”
MAVZUSIDA INSHO, MATN YOZISH ASOSIDA OQUVCHILARNING
OGZAKI VA YOZMA NUTQINI OSTIRISH MASALALARI //Elita. uz-Elektron
Ilmiy Jurnal. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 200-202.
2.
Жабборов Б. И., Санокулов Р. А. АКТУАЛЬНЫЕ ЗАДАЧИ
СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ОБЛАСТИ ПРЕПОДАВАНИИ
БИОЛОГИИ //POLISH SCIENCE JOURNAL. – 2021. – С. 98.
3.
Салимова С. Ф. Бўлажак биология ўқитувчилари касбий компетенциялари
шаклланганлик даражасини баҳолашнинг ўзига хос жиҳатлари //Scientific
progress. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 1087-1094.
4.
Сафарова З. Т. ХАЛҚ ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРИНИ ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ
ДАРСИДА ҚЎЛЛАШНИНГ ФИЗИОЛОГИК АФЗАЛЛИКЛАРИ //Journal of
Integrated Education and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 3. – С. 44-46.
5.
Жабборов Б. НАРОДНЫЕ ПОДВИЖНЫЕ ИГРЫ В ВОСПИТАНИИ
ЗДОРОВОГО ПОКОЛЕНИЯ //Multidisciplinary Journal of Science and
Technology. – 2024. – Т. 4. – №. 9. – С. 172-175.
6.
Сафарова З. Т., Райимов А. Р., Саидова М. Адаптирование детей к новым
социальным условиям //Научный журнал. – 2018. – №. 5 (28). – С. 20-22.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
301
7.
САЛИМОВА С. Ф. Бўлажак биология ўқитувчиларининг касбий
компетенциялари шаклланганлик даражасини баҳолашнинг методик тизимини
такомиллаштириш //Novateur Publications. – 2023. – №. 11. – С. 1-159.