Authors

  • Usmоnоvа Gulshоd Ibrоhimоvnа
  • Adizov Rahimkulkhan Azimovich
  • Toymurad Ravshanov Khamrokul

Author Biographies

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94111

Keywords:

sartaway (hanging) Begonia (begoniah) chrysanthema (chrysonthemum) trtherypemalas phenolic compounds antiolian compounds phenic. Хедера бегония хризантема тритерпеноиды флавоноиды фенольные соединения антоцианы индикатор pH. Sarmashka (Hedera) Begonia (Begonia) Xrizantema (Chrysanthemum) triterpenoidlar flavonoidlar fenolik birikmalar antosiyaninlar pH ko’rsatkich.

Abstract

In this article, the biological features of the room - sarta (Header), Begonia (Begonia) and Chryzanthemem (Chrysanthemum), will be studied. The study will feature detailed morphological and physiological features, lighting, temperature, moisture and soil requirements. The most effective methods of reproduction and optimal growth are considered. The results of the study allow to increase the effectiveness of cultivation of these room plants. The information provided in theses serves as gardens, florists, landscape designers, and practical guidelines for lovers. There is no doubt that this work will serve as a valuable information source for those interested in the study of room plants and the cultivation of them.

В данной статье рассмотрены биологические особенности комнатных растений - Хедера, Бегония и Хризантема, а также технологии выращивания. Подробно анализируются морфологические и физиологические характеристики, требования к свету, температуре, влаге и почве каждого растения. Также рассмотрены наиболее эффективные способы их размножения и оптимальные условия выращивания. Результаты исследований позволяют повысить эффективность выращивания этих комнатных растений. Информация, представленная в дипломной работе, служит практическим руководством для садоводов, флористов, ландшафтных дизайнеров и любителей комнатных растений. Эта работа, несомненно, послужит ценным источником информации для тех, кто интересуется изучением и выращиванием комнатных растений.

Ushbu maqolada xona o'simliklari - Sarmashka (Hedera), Begonia (Begonia) va Xrizantema (Chrysanthemum) turlarining biologik xususiyatlari, o'stirish texnologiyalari ko’rsatilgan. Tadqiqotda har bir o'simlikning morfologik va fiziologik xususiyatlari, yorug'lik, harorat, namlik va tuproqqa bo'lgan talablari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, ularni ko'paytirishning eng samarali usullari hamda optimal o'stirish sharoitlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ushbu xona o'simliklarini yetishtirish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Maqolada keltirilgan ma'lumotlar bog'bonlar, floristlar, landshaft dizaynerlari va xona o'simliklarini sevuvchilar uchun amaliy qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Ushbu ish xona o'simliklarini o'rganish va ularni o'stirishga qiziquvchilar uchun qimmatli ma'lumot manbai bo'lib xizmat qilishi shubhasiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

284

ROOM FLOWERS - SARMAZKA (HEDERA), BEGONIA

(BORNONIA), KHRITHOMEMUM (CHRYSANTHEMUM

)

Usmоnоvа Gulshоd Ibrоhimоvnа

Teacher of Bukhara State University

usmоnоvаgulshоd@gmаil.cоm

Adizov Rahimkulkhan Azimovich. Student of Bukhara State University,

Uzbekistan

rahimqulkhonadizov@gmail.com

Son of Toymurad Ravshanov Khamrokul. Student of Bukhara State

University, Uzbekistan

hamroqulravshanov625@gmail.com

Annotation: In this article, the biological features of the room - sarta

(Header), Begonia (Begonia) and Chryzanthemem (Chrysanthemum), will be studied.

The study will feature detailed morphological and physiological features, lighting,

temperature, moisture and soil requirements. The most effective methods of

reproduction and optimal growth are considered. The results of the study allow to

increase the effectiveness of cultivation of these room plants. The information

provided in theses serves as gardens, florists, landscape designers, and practical

guidelines for lovers. There is no doubt that this work will serve as a valuable

information source for those interested in the study of room plants and the cultivation

of them.

Keywords: sartaway (hanging), Begonia (begoniah), chrysanthema

(chrysonthemum), trtherypemalas, phenolic compounds, antiolian compounds,

phenic.

Комнатные цветы - Хедера, Бегония, Хризантема.

Аннотация: В данной статье рассмотрены биологические

особенности комнатных растений - Хедера, Бегония и Хризантема, а также

технологии выращивания. Подробно анализируются морфологические и

физиологические характеристики, требования к свету, температуре, влаге и

почве каждого растения. Также рассмотрены наиболее эффективные

способы их размножения и оптимальные условия выращивания. Результаты


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

285

исследований позволяют повысить эффективность выращивания этих

комнатных растений. Информация, представленная в дипломной работе,

служит

практическим

руководством

для

садоводов,

флористов,

ландшафтных дизайнеров и любителей комнатных растений. Эта работа,

несомненно, послужит ценным источником информации для тех, кто

интересуется изучением и выращиванием комнатных растений.

Ключевые слова: Хедера, бегония, хризантема, тритерпеноиды,

флавоноиды, фенольные соединения, антоцианы, индикатор pH.

Xona gullari- Sarmashka (Hedera), Begonia (Begonia), Xrizantema

(Chrysanthemum

)

Annotatsiya: Ushbu maqolada xona o'simliklari - Sarmashka (Hedera),

Begonia (Begonia) va Xrizantema (Chrysanthemum) turlarining biologik

xususiyatlari, o'stirish texnologiyalari ko’rsatilgan. Tadqiqotda har bir o'simlikning

morfologik va fiziologik xususiyatlari, yorug'lik, harorat, namlik va tuproqqa bo'lgan

talablari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, ularni ko'paytirishning eng samarali

usullari hamda optimal o'stirish sharoitlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari

ushbu xona o'simliklarini yetishtirish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Maqolada keltirilgan ma'lumotlar bog'bonlar, floristlar, landshaft dizaynerlari va

xona o'simliklarini sevuvchilar uchun amaliy qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Ushbu

ish xona o'simliklarini o'rganish va ularni o'stirishga qiziquvchilar uchun qimmatli

ma'lumot manbai bo'lib xizmat qilishi shubhasiz.

Kalit so’zlar: Sarmashka (Hedera), Begonia (Begonia), Xrizantema

(Chrysanthemum), triterpenoidlar, flavonoidlar, fenolik birikmalar, antosiyaninlar,

pH ko’rsatkich.

Kirish:

Hozirgi kunda dunyo miqiyosida xona o’simliklariga bo’lgan qiziqish

nihoyatda ortib bormoqda. Buning boisi insonlar o’zlarining uylarida go’zal va

foydali gullarni o’stirish va ularni parvarishlashga bo’lgan qiziqishlarining ortib

borishidir. Bu esa o’z navbatida xona o’simliklarini o’stirish va parvarishlashga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

286

bo’lgan bilimlarning ortishiga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shu boisdan bu

maqola orqali ushbu bilimlarning oshishiga o’z hissamizni qo’shmoqchimiz.

Bu maqolada xona o’simliklari bo’lgan Sarmashka (Hedera), Begonia (Begonia),

Xrizantema (Chrysanthemum) o’simliklari haqida ma’lumotga ega bo’lasiz.

Shulardan biri bu: Sarmashka (Hedera) – Araliaceae oilasiga mansub doim yashil,

o‘rmalovchi o‘simliklar turkumi. Dunyo bo'ylab sarmashkaning 12 dan 15 gacha turi

mavjud bo‘lib, ularning aksariyati Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika, Makaroneziya

orollari va Kavkazning mo'tadil iqlimli mintaqalarida, ba'zilari esa tropik va subtropik

iqlimli hududlarda tarqalgan. Sarmashkalar o‘zining chiroyli barglari, soyaga va

sovuqqa chidamliligi tufayli ko‘kalamzorlashtirishda keng qo‘llaniladi. Ular

devorlarni, panjaralarni, daraxt tanalarini va boshqa sirtlarni qoplash uchun

ishlatiladi. Bundan tashqari, ba’zi sarmashka turlari xalq tabobatida turli xil

kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Shuningdek, ularning ekologik ahamiyati ham

katta, chunki ular hasharotlar va qushlar uchun oziq-ovqat va boshpana manbai

hisoblanadi. Begonia (Begonia) - Begoniaceae oilasiga mansub gulli o'simliklar

turkumi bo'lib, 1800 dan ortiq turga ega. Ular tropik va subtropik mintaqalarda keng

tarqalgan. Begonia o'simliklari o'zining rang-barang barglari va chiroyli gullari bilan

mashhur bo'lib, xona o'simligi sifatida keng o'stiriladi. Xrizantema (Chrysanthemum),

murakkabguldoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub, koʻp yillik va bir yillik

oʻsimliklar turkumi boʻlib, kelib chiqishi Sharqiy Osiyo va shimoli-sharqiy Yevropa

hisoblanadi. Xrizantemalar oʻzining rang-barang gullari, uzoq gullash davri va turli-

tuman navlari bilan mashhur boʻlib, dunyo boʻylab landshaft dizaynida, gulchilikda

va hatto tibbiyotda keng qoʻllaniladi. Ushbu tezisda mazkur oʻsimliklarning botanik

tavsifi, o’stirish jarayoni laboratoriya sharoitida tahlil qilinadi. Tezisning maqsadi

xona gullari bo’lgan Sarmashka (Hedera), Begonia (Begonia), Xrizantema

(Chrysanthemum) o’simliklarini mamlakatimiz sharoitida yetishtirishning ilmiy

asoslangan usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot metodi va metodologiyasi (

Research method and methodology)

:

Ushbu maqolani tayyorlashda ilmiy adabiyotlar, laboratoriya sharoitida ushbu

o’simliklarni o’stirish tajribalaridan foydalanilgan. O’simliklarni o’stirish jarayonida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

287

ularning turli tuproq namunalarida o’sa olish imkoniyatlari amaliy tajribalar asosida

yoritilib berilgan. Shu bilan birga o’simliklarni tuproq namligining o’zgarishi holatida

qanday o’zgarishlarga uchrashi batafsil o’rganilgan. O’simliklarni o’stirish

jarayonida ular o’sayotgan muhit harorati, namligi, tuproqning pH ko’rsatkichi doim

nazorat ostida saqlangan. Shu bilan birga o’simliklarning laborotoriya sharoitida

anorganik o’g’itlarning ta’sirida o’sish tezligidagi o’zgarishlar obdon o’rganildi va

nazorat ostida saqlandi. Xona gullari Sarmashka (Hedera), Begonia (Begonia),

Xrizantema (Chrysanthemum) o’simliklarining sistematikasi:

Sarmashka (Hedera):

*O‘simliklar dunyosi: Flora (Plantae)

* Bo‘lim: Angiospermae (Yopiq urug`lilar)

* Sinf: Dicotyledones (Ikki urug`pallalilar)

* Oila: Araliyaceae

* Turkum: Sarmashka

*Tur: Hedera helix (Oddiy sarmashka)

Begonia (Begonia):

*O‘simliklar dunyosi: Flora (Plantae)

* Bo‘lim: Angiospermae (Yopiq urug`lilar)

* Sinf: Dicotyledones (Ikki urug`pallalilar)

* Oila: Begoniaceae

* Turkum: Begonia

* Tur: Begonia rex

Xrizantema (Chrysanthemum):

*O‘simliklar dunyosi: Flora (Plantae)

* Bo‘lim: Angiospermae (Yopiq urug`lilar)

* Sinf: Dicotyledones (Ikki urug`pallalilar)

* Oila: Asteraceae

* Turkum: Chrysanthemum

* Tur: Chrysanthemum × morifolium


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

288

Hedera helix, odatda oddiy sarmashka yoki ingliz sarmashkasi deb ataladi,

Araliaceae oilasiga mansub doim yashil o'simlik bo'lib, Evropa, Shimoliy Afrika va

G'arbiy Osiyo kabi mintaqalarda keng tarqalgan. U o'zining chidamliligi va o'sish

tezligi bilan tanilgan, ko'pincha devorlarga, daraxtlarga va boshqa yuzalarga o'ralib

o'sadi. Hedera helix o'zgarib turuvchi morfologiyaga ega, bu uning o'sish sharoitlariga

bog'liq. Barglarning shakli va kattaligi o'zgaruvchan bo'lib hisoblanadi. Gullash

bosqichida esa o'simlik boshqacha ko'rinishga ega bo'ladi, barglari oddiyroq va

mayda bo'ladi. Hedera helix soyali joylardan quyoshli joylargacha o'sa oladi, ammo

optimal o'sish uchun to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri kerak emas. U yaxshi drenajlangan,

unumdor tuproqni afzal ko'radi, lekin turli tuproq turlariga moslasha oladi. Uning

o'sishi uchun maqbul harorat 10-24°C oralig'ida bo'ladi. Qurg'oqchilikka nisbatan

chidamsiz bo'lsa-da, haddan tashqari sug'orish ham ildizlarning chirishini keltirib

chiqarishi mumkin.

Begonia rex, ko'pincha shoh begonia deb ataladi, Begoniaceae oilasiga

mansub bezakli bargli o'simlikdir. Uning ajoyib rang-barang va murakkab naqshlari

tufayli u xona o'simliklari orasida juda mashhur. U Assam (Hindiston) ning tropik

o'rmonlariga xosdir. Begonia rex ko'pincha rizomli, ya'ni yer osti poyasi bo'lgan

o'simlik sifatida o'sadi. Barglari asosiy diqqatga sazovor bo'lib, ularning kattaligi,

shakli va rangi naviga qarab juda farq qiladi. Barglar odatda yirik, assimetrik, spiral

shaklida joylashgan bo'ladi. Ranglari esa qizil, pushti, kumush, yashil va

jigarrangning turli xil kombinatsiyalaridan iborat bo'lishi mumkin. Begonia rex nam,

yaxshi drenajlangan tuproqni afzal ko'radi va to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan

himoyalangan, yorug'likli joylarda yaxshi o'sadi. Yuqori namlik darajasi uning o'sishi

va tirikligi uchun muhimdir. Harorat 18-24°C oralig'ida eng maqbul hisoblanadi.

Chrysanthemum × morifolium`, odatda bog' xrizantemasi yoki madaniy

xrizantema deb ataladi, murakkab gibrid kelib chiqishi bo'lgan ko'p yillik o'simlikdir.

Uning kelib chiqishi aniq emas, lekin asosan ikkita turdan — *Chrysanthemum

indicum* va *Chrysanthemum lavandulifolium* dan kelib chiqqan deb taxmin

qilinadi. O'simlikning bo'yi va shakli navlarga qarab farq qiladi, ammo odatda 30-150

sm balandlikka yetadi. Poyasi o'simlikning turiga va naviga qarab tik yoki


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

289

yoyiluvchan bo'lishi mumkin. Barglari odatda to'q yashil, tishli chetlari va cho'zilgan

shaklida bo'ladi. Gul boshlari turli xil o'lchamlarga va shakllarga ega, diametri 2 sm

dan 25 sm gacha o'zgarib turadi. Gullarining rangi va shakli juda xilma-xil: oq, sariq,

to'q sariq, qizil, pushti, binafsha va ularning turli xil kombinatsiyalari mavjud. Gullash

davri navlarga qarab farq qiladi. `C. × morifolium` quyoshli yoki yarim soyali

joylarda o'sishni afzal ko'radi va yaxshi drenajlangan, unumdor tuproqni talab qiladi.

Uning o'sishi uchun optimal harorat 15-25°C oralig'ida bo'ladi. Suv va ozuqa

moddalari yetarli bo'lganda yaxshi o'sadi. Qisqa kun uzunligi gullashni

rag'batlantiradi.

Tadqiqot natijasi va muhokama (

Research result and discussion)

*Hedera helix*, *Begonia rex* va *Chrysanthemum × morifolium*

o'simliklarining tarkibi o'stirish sharoitlari va boshqa omillarga qarab sezilarli

darajada farq qilishi mumkin. Quyida bu o'simliklarning tarkibi va o'stirish sharoitlari

haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan:

*Kimyoviy tarkibi: Hedera helix (Oddiy sarmashka): Hedera helix saponinlar

(masalan, hederagenin), triterpenoidlar, flavonoidlar va boshqa fenolik birikmalarni

o'z ichiga oladi. Ushbu birikmalar o'simlikning zararkunandalarga va kasalliklarga

chidamliligini va tibbiy xususiyatlarga ega bo'lishini ta’minlaydi.

Begonia rex (Shoh begonia): Begonia rex tarkibida turli xil organik kislotalar,

flavonoidlar va boshqa fenolik birikmalar mavjud. Bu birikmalar o'simlikning rangiga

va himoya mexanizmlariga hissa qo'shadi. Rangini ta'minlovchi pigmentlar, xususan,

antosiyaninlar va karotinoidlar miqdori turlicha bo’lishi mumkin.

Chrysanthemum × morifolium (Bog' xrizantemasi): Xrizantemalar

antosiyaninlar (gullarning rangiga ta'sir qiladi), flavonoidlar (antioksidant

xususiyatlarga ega), seskviterpen laktonlar (hid va hasharotlarga qarshi himoya

uchun) va boshqa fenolik birikmalarni o'z ichiga oladi. Antosiyaninlarning turli xil

turlari gullarning turli ranglarini keltirib chiqaradi.

*O'stirish sharoitlari: Hedera helix turli tuproq turlariga moslasha oladi, lekin

yaxshi drenajlangan tuproqni afzal ko'radi. To'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri kerak emas.

Kimyoviy tarkibiga tuproqning pH darajasi, namlik va o'g'itlash ta'sir qilishi mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

290

Begonia rex: Yaxshi drenajlangan tuproq, yuqori namlik va to'g'ridan-to'g'ri quyosh

nurlaridan himoya qilishni talab qiladi. Chrysanthemum × morifolium: Yaxshi

drenajlangan, unumdor tuproq va etarli quyosh nuri talab etiladi.

Biz laboratoriya sharoitida ushbu xona o’simliklarini qanday tarkibli tuproqda

yaxshi va qulay o‘sishini aniqladik. Uning o‘sadigan tuprog’ining pH qiymati va

namligini shuningdek, haroratini ham doimiy nazorat ostida saqlab o‘lchov ishlarini

olib bordik. O‘simlikning sovuq havo haroratiga chidanliligini tekshirdik va sinov

uchun o’stirib ko‘rdik. Bu tajribadan yaxshi natijalarni oldik. Ushbu o’simliklarni

o‘rganish, ularning kimyoviy tarkibini chuqurroq tushunishga va yangi navlarni

yaratishda yordam beradi.

Xulosa (

conclusion)

Xona gullari- Sarmashka (Hedera), Begonia

(Begonia), Xrizantema (Chrysanthemum) haqida xulosa chiqarishda quidagi fikrlarga

e’tibor bersak bo’ladi:

1.

*Hedera helix*, *Begonia rex* va *Chrysanthemum × morifolium*

o'simliklari ustida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, ushbu o'simliklarni optimal

o'stirish sharoitlari aniqlandi. Bu ma'lumotlar xona o'simliklarini yetishtirishda

amaliy qo'llanilishi mumkin.

2.

O'stirish sharoitlarining ta'siri: O'simliklarning o'sishi va kimyoviy tarkibi

o'stirish sharoitlariga, jumladan tuproqning pH qiymati, namlik, yorug'lik darajasi,

harorat va o'g'itlashga juda bog'liq. Optimal sharoitlarni ta'minlash o'simliklarning

sog'lom o'sishi va maqsadli kimyoviy birikmalar hosil bo'lishini ta'minlaydi.

Keltirilgan har bir o'simlik turining o'ziga xos talablari mavjud bo'lib, ularni o'rganish

va to'g'ri sharoitlarni yaratish muhimdir.

3. Kelajakdagi tadqiqotlarning ahamiyati: *Hedera helix*, *Begonia rex* va

*Chrysanthemum × morifolium* o'simliklarining yetishtirish usullarini batafsil

o'rganish, ularning tibbiy, kosmetik yoki boshqa sohalardagi foydali xususiyatlarini

aniqlash va yangi navlarni yaratish imkoniyatlarini ochib beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Хессайон, Д. Г. Всё о комнатных растениях. — Москва: Кладезь-Букс, 2002.

2. Чуб, В. В., Лавриенко, М. М. Хризантемы. — Киев: Урожай, 1987.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

291

3. Байер, К. Комнатные растения. — Москва: Эксмо, 2000.

4. "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" - Toshkent, 2000-2005.

5. O‘. Ahmedov, A. Ergashev, A, Abzalov, M. Yulchiyeva, D. Mustafakulov.

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi va ekologiya.

Toshkent “Tafakkur bo‘stoni” 2018

6.

X.Ch. Bo‘riyev, L.A. Abdurahmonov, A.T. Jononbekova.

Gulchilik Toshkent “Mehnat” 1999.

7. Usmonova G. I., Ochilova G. A. TUPROQNING BIOLOGIK FAOLLIGIDA

MIKROORGANIZMLAR ROLI //Academic research in educational sciences. –

2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 63-67.

8. Ibrohimovna U. G., Umidovna A. S. TUPROQ MIKROFLORASI VA UNI

ANIQLASH USULLARI //IQRO INDEXING. – 2024. – Т. 8. – №. 1.

9. Ibrohimovna U. G., Yudashbekovna K. F., Muxammedjonovna G. S.

BIOLOGICAL ACTIVITY OF THE SOIL //Proceedings of International Conference

on Educational Discoveries and Humanities. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 11-15.

10. Ibrohimovna U. G., Muxammedjonovna G. S., Azamatovna O. G. EFFECTS OF

ORGANIC AND ANORGANIC SUBSTANCES ON SOIL PRODUCTIVITY

//Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies.

– 2024. – Т. 3. – №. 4. – С. 1-4

Most read articles by the same author(s)

Usmоnоvа Gulshоd Ibrоhimоvnа, Adizov Rahimkulkhan Azimovich, Toymurad Ravshanov Khamrokul, MEDICAL PLANT – ALTHAE OFFICINALIS , Modern education and development: Vol. 19 No. 1 (2025)