MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
140
MAXSUS PEDAGOGIKA (LOGOPEDIYA) FANLARINI
O’QITISHDA INNOVATSION TA’LIM METODLARIDAN VA ILMIY
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Namangan Davlat Pedagogika isntituti Maxsus pedagogika
(logopediya)yo’nalishi 1-kurs magistiranti
Sarimsoqova Maftuna
sarimsoqovamaftuna01@gmail.com
Telefon:932095909
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maxsus fanlarni o’qitishda innovatsion
ta’lim metodlaridan va ilmiy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari, oliy
ta’lim tizimi va uning shart sharoitlari, uzluksiz ta’limning rivojlanishi, o’qitish
metodikasi va unga qo’yiladigon talablar, dars jarayonida foydalaniladigon
metodlar haqida ochib berilgan.
Kalit so’zlar:
harakatlar strategiyasi, maxsus pedagogika, innovatsion ta’lim,
pedagogik texnologiya, dars, o’qitish metodlari,rivojlanish.
USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL METHODS AND
SCIENTIFIC PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING SPECIAL
PEDAGOGICAL SCIENCES.
Abstract:
In this article, methods of using innovative educational methods and
scientific pedagogical technologies in the teaching of special subjects, the higher
education system and its conditions, the development of continuous education, the
teaching methodology and its requirements, in the course of the lesson the methods
used are disclosed.
Key words:
action strategy, special pedagogy, innovative education,
pedagogical technology, lesson, teaching methods, development.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
МЕТОДОВ И НАУЧНЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ
ПРЕПОДАВАНИИ СПЕЦИАЛЬНЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАУК.
Аннотация:
В данной статье рассмотрены методы использования
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
141
инновационных
образовательных
методов
и
научно-педагогических
технологий при преподавании специальных предметов, система высшего
образования и ее условия, развитие непрерывного образования, методика
преподавания и ее требования, в ходе урока. раскрыты используемые методы.
Ключевые
слова:
стратегия
действий,
специальная
педагогика,
инновационное образование, педагогическая технология, урок, методика
обучения, развитие.
Kirish:
Bugungi kunda ta'lim tizimida innovatsion yondashuvlar va zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo'llash o'qituvchilardan yangi pedagogik metodlarni va
usullarni o'zlashtirishni talab qilmoqda. Maxsus pedagogika sohasida, ya'ni
nogironligi bo'lgan yoki alohida ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalarga ta'lim berishda,
an'anaviy usullar yetarli bo'lmasligi sababli ularning ta’lim tizimida bir muncha
qiyinchiliklar kelib chiqmoqda. Shu sababli, maxsus pedagogik ta'limni samarali
tashkil etish uchun innovatsion ta'lim metodlari va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni
qo'llash zaruriyatini tushunish muhim masalalardan biri bo’lib kelmoqda..
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
7-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida” gi Farmonining ijtimoiy yo‘nalishida amalga oshiriladigan muhim
tadbirlar qatorida oliy ta’lim muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini
shakllantirish, ma’naviy-ahloqiy jihatdan yetuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy
fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifalarni ham belgilab
o‘tilgan. [1]
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari
asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va
quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. [1]
Oliy ta’lim tizimi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
142
O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunning
joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik
ta’minotni ishlab chiqishni va tadbiq etishni takozo qiladi. Shu nuqtai nazardan
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim jarayoni, mazmunini islox qilish asosan,
me’yoriy xujjatlar majmuasi (davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari va dasturlari)
asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga
oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan.Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining
asosi hamda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi,
shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy
ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soha hisoblanadi. [2]
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta
tayyorlash ustuvorligi ta’minlanadi. Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki,
inson tug’ilgandan boshlab to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega
bo’lsin.
Innovatsiya, ta’lim metodlari, o’qitish metodikasi, pedagogik texnologiya,
didaktik o’yinli texnologiyalar, pedagogik texnologiyalar, an’anaviy dars, aqliy
hujum, kichik guruhlarda ishlash, davra suhbati, ishbop o’yin metodi, ro’lli o’yin
metodi, baxs-munozara metodi, muammoli vaziyat, loyiha metodi, muhandislik-
pedagogik faoliyat, ta’lim oluvchi faoliyat, yo’naltiruvchi matn.[3]
Zamonaviy sharoitda yaxlit pedagogik jarayon, uning alohida tarkibiy
qismlari, pedagogik faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liqlikda “metodika” va
“texnologiya” tushunchalari ko’p qo’llaniladi. Hatto, mazkur tushunchalar mohiyatini
tavsiflashda ham xilma-xil yondashuvlar mavjud bo’lib, pedagogik sohada faoliyat
yurituvchi shaxslar o’rtasida ham ko’pgina tortishuv, bahs-munozaralarga sabab
bo’lib kelmoqda. Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, ma’lumotlarni umumlashtirish
orqali mazkur tushunchalarning aniq tarifini shakllantirish mumkin.[4]
“Metodika” tushunchasi ma’lum bir ishni bajarish uchun zarur bo’ladigan
metod va usullar yig’indisidir. Ko’pgina izohli lug’atlarda ham “Metodika — qat’iy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
143
ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o’rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq
rioya qilish bo’lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari
majmuasini ifoda etishi ko’rsatib o’tilgan.
“Metodika” tushunchasiga berilgan xilma-xil ta’riflarga tayangan holda
quyidagi umumlashmalarga kelish mumkin:
1) metodika — bu o’qituvchi ishini tashkil etishning shakl, metod va
vositalari;
2) malum bir faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan metod va usullar
yig’indisi;
3) bilim, ko’nikma va malakalarni egallash jarayonini maqsadga
yo’naltirilgan tarzda tashkil etish, rejali va tizimli amalga oshirishga yordam beruvchi
usullar yig’indisi.
“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o’qitish bilan ham bog’liklikda
qo’llanilib, ma’lum sohani o’qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari,
shakl, metod va vositalari yig’indisini o’zida ifoda etadi. Pedagog olim
A.M.Stolyarenkoning fikricha, “O’quv fanlarini o’qitish metodikasi metodika
ma’lum bir pedagogik vazifalarni hal etish bilan bog’liq metod, metodik usullar,
vosita
va
tashkiliy
chora-tadbirlar
majmuidir”
G.M.Kodjaspirova,
A.Y.Kodjaspirovlarning fikricha, “O’qitish metodikasi pedagogik faoliyatni amalga
oshirishning aniq usullari, uslublari va texnikasidir”. [5]
O’qitish metodikasiga qo’yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar kiradi:
- hayot bilan uygunlik;
- qayta ishlab chiqishga yonalganlik;
- aniqlik;
- rejalashtirilgan harakat maqsad va vazifalariga moslik;
- asoslanganlik;
- natijaviylik.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o’qitish metodikasi o’zida:
- talimning maqsad va vazifalarini — ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi,
tashkiliy;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
144
- ta’limning qonuniyat va tamoyillarini;
- ta’lim mazmunini;
- ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini;
- ta’limning umumiy va xususiy metodlarini;
- o’quv vositalari;
- o’qitish natijasini aks ettiradi.[6]
Innovatsion Ta'lim Metodlari
Innovatsion ta'lim metodlari - bu o'quvchilarning faol ishtirokini
ta'minlovchi, ularning o'zlashtirish jarayonini shaxsiylashtiruvchi va yangi pedagogik
texnologiyalarni qo'llashga asoslangan yondashuvlardir. Maxsus pedagogika
kontekstida, innovatsion metodlar ta'limning barcha bosqichlarida o'quvchilarning
individual xususiyatlariga mos ravishda ishlab chiqiladi.[3]
Ilmiy-Pedagogik Texnologiyalar
Ilmiy-pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonini yanada samarali qilish
uchun yaratilgan usullar, vositalar va texnikalarni o'z ichiga oladi. Ushbu
texnologiyalar
maxsus
ta'limda
o'quvchilarning
qobiliyatlarini
oshirish,
o'zlashtirishni tezlashtirish va shaxsiy rivojlanishlariga yordam berishda muhim rol
o'ynaydi.
1. Kompyuter texnologiyalari va multimediya - Kompyuterlar, internet va
multimediya vositalaridan foydalanish maxsus ta'limda talabalarning o'zlashtirish
jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi. Darslarni interaktiv qilish, virtual muhitda
simulyatsiyalar yaratish, hamda o'quvchilarni mustaqil ishlashga undash imkonini
beradi. Bu texnologiyalar shuningdek, o'quvchilarning qiziqishini oshirish va ularni
o'qishga ko'proq jalb qilishda yordam beradi.[7]
2. Kognitiv texnologiyalar - Kognitiv pedagogik texnologiyalar,
o'quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan. Maxsus ta'limda bu
texnologiyalar talabalarning tafakkurini, xotirasini va muammolarni hal qilish
qobiliyatini oshiradi. Misol uchun, turli xil kognitiv o'yinlar, mnemotexnika va turli
shakllardagi testlar orqali o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi.[5]
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
145
3. Tashqi kommunikatsiya vositalari - Bunga turli xil o'qish platformalari,
video darslar, telekommunikatsiya texnologiyalari kiradi. Bu vositalar o'quvchilarni
uzoqdan o'qitish va ularga individual yondashuvni amalga oshirishga imkon beradi.
Maxsus ta'limda bu texnologiyalar o'qituvchiga talabalarning progressini kuzatib
borish va kerakli tuzatishlarni kiritish imkoniyatini beradi.[4]
Innovatsion metodlarni maxsus pedagogika sohasida tatbiq etish
Maxsus ta'limda innovatsion metodlardan foydalanish, o'qituvchilarni yangi
pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirishga va ulardan samarali foydalanishga
undaydi. Bu, ayniqsa, nogironligi bo'lgan o'quvchilarni o'qitishda juda muhimdir,
chunki ular uchun an'anaviy ta'lim usullari har doim samarali bo'lmasligi mumkin.
Individual ta'lim - Maxsus ta'limda har bir o'quvchi o'zining individual
xususiyatlariga qarab o'qitiladi. Innovatsion yondashuvlar, shu jumladan, individual
ta'lim, o'quvchilarning o'z ehtiyojlariga mos ravishda ta'limni tashkil etish imkonini
beradi.[6]
Jismoniy va ruhiy rivojlanishni birlashtirish - Maxsus ta'limda o'quvchilarning
jismoniy va ruhiy rivojlanishini birlashtirgan holda innovatsion metodlar qo'llaniladi.
Bu metodlar, masalan, musiqa, san'at va jismoniy tarbiya yordamida talabalarning
umumiy rivojlanishini ta'minlaydi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz lozimki, maxsus pedagogika asosida
mutaxassislik fanlarini o'qitishda innovatsion ta'lim metodlari va ilmiy-pedagogik
texnologiyalarni qo'llash, o'quvchilarning individual ehtiyojlariga mos ravishda ta'lim
olish imkoniyatlarini yaratadi. Bu metodlar va texnologiyalar yordamida
o'quvchilarning ta'lim jarayoni yanada samarali va qulay bo'ladi. Shuningdek, maxsus
ta'lim muassasalarida innovatsion yondashuvlarni qo'llash o'quvchilarning bilim
olishni yanada osonlashtiradi va ularning kelajakdagi hayotida muvaffaqiyatga
erishishlariga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
146
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali
marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi
nutqi. -Т.: ''O'zbekiston” NMIU, 2 0 1 6 . - 56 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganining 2 4 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza 2 0 16
yil 7 dekabr. - Т.: "O'zbekiston” NMIU, 2 0 1 6 . - 4 8 b.
3. Axmedjanov М.М., To'xtayeva Z.Sh. Didaktik vositalar majmuasi. Toshkent. 2 0
0 8 . - 1 2 8 b
4. Azizxodjaeva N.N. Педагогические технологии ипедагогическое мастурство.
- Tashkent: Moliya, 2002.
5. Baranov S.P. Pedagogika. - Toshkent: - O'qituvchi. 1 9 7 9 yil,374-bet. 25. Olimov
Q.T., OAAbduquddusov, L.P.Uzoqova M.M.Axmedjonov, D.F.Jalolova. Kasb
ta'limi uslubiyoti. Т
≪
Moliya
≫
, 2 0 0 6 y.
6. Xodjiyev M.T., Olimov Q.T. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyasi va sifatini
baholash metodikasi - Toshkent: Fan,2 0 0 5 . - 7 3 b.
7. Saliyeva Z.T. Системообразующие и содержательные компоненты
воспитательных технологий. Начальная191школа сегодня: проблемы
преемственности
Материалымеждународной
образовательной
научнопрактической конференции - Казань, 2 0 1 5 . - С.184-185.
8. Saliyeva Z.T. Профессиональное становление будущего учителя в системе
неприрывого образовани:теория, практика и перспективы. / / Материалы
международной научно-практической конференции. -Чехия, 2 0 1 7 .-С . 5 7 -5
9. Jump up Wills, Lydia (2 0 0 0 ). Complete Idiot’s Guide to Sewing. Indianapolis,
Ind: Alpha Books. ISBN 0 -0 2 -8 6 3 8 9 1 -3 .