Authors

  • Musayeva Shohistaxon Sadriddinovna

Author Biography

  • Musayeva Shohistaxon Sadriddinovna

    Uchqo’rg’on tuman 2-son politexnikumi direktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94129

Keywords:

malaka bilm baholash makro daraja mezzo daraja mikro daraja test malaka darajasi malaka imtihoni ob’yektivlik. квалификация знания оценка макроуровень меццо-уровень микроуровень тест уровень квалификации квалификационный экзамен объективность. qualification knowledge assessment macro level mezzo level micro level qualification level qualification exam objectivity.

Abstract

Oʻzbekistonda malaka va bilimni baholash sohasida hali koʻp ishlar qilinishi kerak. Ammo, mavjud muammolarni hal qilish va xalqaro tajribalardan foydalanish orqali ta'lim sifatini yanada oshirish mumkin.

В Узбекистане еще многое предстоит сделать в области оценки квалификации и знаний. Но, решая существующие проблемы и используя международный опыт, можно еще больше повысить качество образования.

there is still a lot of work to be done in the field of assessment of skills and knowledge in Uzbekistan. However, it is possible to further improve the quality of education by solving existing problems and using international experiences.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

6

OʻZBEKISTONDA MALAKA VA BILMLARNI BAHOLASH

TIZIMINI JORIY ETISH MUAMMOLARI

Musayeva Shohistaxon Sadriddinovna

Uchqo’rg’on tuman 2-son politexnikumi direktori

Aannotatsiya:

Oʻzbekistonda malaka va bilimni baholash sohasida hali koʻp

ishlar qilinishi kerak. Ammo, mavjud muammolarni hal qilish va xalqaro

tajribalardan foydalanish orqali ta'lim sifatini yanada oshirish mumkin.

Kalit soʻzlar:

malaka, bilm, baholash, makro daraja, mezzo daraja, mikro

daraja, test, malaka darajasi, malaka imtihoni, ob’yektivlik.

Аннотация:

В Узбекистане еще многое предстоит сделать в области

оценки квалификации и знаний. Но, решая существующие проблемы и используя

международный опыт, можно еще больше повысить качество образования.

Ключевые слова:

квалификация, знания, оценка, макроуровень, меццо-

уровень, микроуровень, тест, уровень квалификации, квалификационный

экзамен, объективность.

Aannotation:

there is still a lot of work to be done in the field of assessment

of skills and knowledge in Uzbekistan. However, it is possible to further improve the

quality of education by solving existing problems and using international experiences.

Keywords:

qualification, knowledge, assessment, macro level, mezzo level,

micro level, test, qualification level, qualification exam, objectivity.

KIRISH

Oʻzbekistonda malaka va bilim darajasini oshirish, iqtisodiyotni

modernizasiya qilish va jamiyatni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Ammo bu yoʻlda bir qator muammolar mavjud. Ushbu maqolada biz ushbu

muammolarni tahlil qilib, ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrib chiqamiz.

Asosiy muammolar:

Ta'lim tizimidagi kamchiliklar:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

7

Darslik va oʻquv materiallarining eskirishi: Koʻpgina maktab va oliy

oʻquv yurtlarida zamonaviy talablarga javob bermaydigan eskirgan darsliklardan

foydalaniladi.

Amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdagi yetishmovchiliklar: Oʻquv

jarayonida nazariya bilan amaliyot oʻrtasidagi uygʻunlik yoʻqligi, talabalarning

amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga etarlicha e'tibor berilmasligi.

Pedagoglarning malakasi: Barcha pedagoglar zamonaviy oʻqitish

metodikalari va texnologiyalari bilan yetarlicha tanish emas.

Es

ki darsliklar va zamonaviy darsliklarni taqqoslash.

Ishlab chiqarish va ta'lim muassasalari oʻrtasidagi aloqaning yoʻqligi:

Korxonalarning talablari va ta'lim muassasalarining tayyorlaydigan

kadrlar oʻrtasidagi mos kelmaslik.

Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etilishidagi cheklangan

imkoniyatlar.

Moliyaviy resurslarning etishmasligi:

o

Ta'lim tizimini modernizasiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish,

pedagoglarni qayta tayyorlash uchun etarli miqdorda byudjet ajratilmasligi.

Malaka oshirish tizimining rivojlanmaganligi:

Xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli kurslar va

seminarlarning yetarli emasligi.

Kasb-hunar

kollejlari

va

akademik

liseylarning

faoliyatidagi

kamchiliklar.

Muammolarni bartaraf etish yoʻllari

Ta'lim tizimini modernizasiya qilish:

Zamonaviy darsliklar va oʻquv materiallarini yaratish va joriy etish.

Amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini

ishlab chiqish.

Pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Zamonaviy oʻquv jarayoni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

8

Ishlab chiqarish va ta'lim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni

kuchaytirish:

Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etilishini tashkil etish.

Korxonalarning talablari asosida oʻquv dasturlarini tuzish.

Moliyaviy resurslarni kengaytirish:

Ta'lim tizimiga ajratiladigan byudjet mablagʻlarini oshirish.

Xorijiy investorlarni jalb qilish.

Malaka oshirish tizimini rivojlantirish:

Qisqa muddatli kurslar va seminarlarni koʻpaytirish.

Kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish.

Oʻzbekistonda malaka va bilimlarni joriy etishdagi muammolarni

bartaraf etish uchun davlat, xususiy sektor va jamiyatning barcha a'zolarining

birlashib harakat qilishi zarur. Faqat shu yoʻl bilan biz yuksak malakali kadrlarga ega

boʻlib, iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz mumkin.

ASOSIY QISM

2017-2020-yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida

Milliy malaka ramkasi uchun asos yaratildi, bu esa natijalarga asoslangan ta’limga

oʻtish boshlanganligini koʻrsatadi. Milliy malaka tizimi 8 darajadan iborat boʻlib,

validatsiya

va

sertifkatsiya

mexanizmlari

orqali

malakaga

erishishning

moslashuvchan yoʻllarini ta’minlaydi, Ta’lim toʻgʻrisidagi yangi qonun esa norasmiy

va informal ta’lim kabi tushunchalarga ta’rifarni oʻz ichiga oladi. Hayot davomida

ta’lim olish ta’lim tizimining tamoyillaridan biri sifatida e’lon qilingan. Xalqaro

tajriba shuni koʻrsatadiki, validatsiya va sertifkatsiya mexanizmlari turli guruhlar

uchun muhimdir: sertifkatga ega boʻlmagan yoshlar;

■ erta tark etgan, ta’lim yoki ish jarayonida koʻnikmalari toʻliq shakllanmagan

va ■ Migrantlar va immigrantlar;

■ Muayyan kasb boʻyicha ishlashni xohlaydigan, ammo kerakli malakaga ega

Yevropa davlatlari fuqarolarning harakatchanligini yaxshilash va ularga

oʻqishda oʻz imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish uchun “ikkinchi imkoniyat”

berish, shuningdek, barcha ijtimoiy nochor guruhlar uchun teng imkoniyatlarni ilgari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

9

surish, ta’lim tizimi va mehnat bozorida tenglikni oʻrnatish uchun validatsiyani

amalda rivojlantirmoqda.

Norasmiy

va

informal

ta’lim

natijalarini

validatsiya

qilish

koʻnikmalarini/malakalarni baholash va sertifkatlash boʻyicha umumiy tizimning

ajralmas qismi hisoblanadi. Shu sababli, validatsiyani umumiy baholash va

sertifkatlashtirish tizimi doirasidan tashqarida koʻrib chiqish qiyin. Shuning uchun

ham

ushbu

konsepsiya

validatsiya

va

sertifkatsiya

tizimini

kasbiy

koʻnikmalar/malakalarni baholashga qaratilgan oʻzaro bogʻlangan qismlar sifatida

koʻrib chiqadi.

Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, professional koʻnikmalarni validatsiya va

sertifkatlash uchun milliy sifatni ta’minlash tizimlari uch darajada quriladi:

Makro daraja

– kasb-hunar ta’limi tizimining qonunchilik va

me’yoriyhuquqiy normalari va tavsiyalari darajasi;

Mezo daraja

– kasb-hunar ta’limi muassasalari, kompaniyalar va imtihon

komissiyalari kabi intstitutsiyalar. Ularda sertifkatlashtirish oʻtkaziladi va makro

darajadagi qoidalar amalga oshiriladi;

Mikro daraja

– bu yerda haqiqiy baholash (imtihon) oʻqituvchilar,

baholovchilar (imtihon oluvchilar) va korxonalardagi ustozlar tomonidan amalga

oshiriladi

1

.

Kasbiy ta’lim zamon talablariga javob bera oladigan malakali mutaxassislarni

tayyorlash uchun asos yaratarkan, iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotida muhim rol

oʻynaydi. Mehnat bozoridagi jadal oʻzgarishlar va iqtisodiy jarayonlarning

globallashuvi sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish har bir mamlakat uchun

eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.

Vazirlar

Mahkamasining

2021-yil

30-sentabrdagi

616-son

qaroriga

4-ILOVAga muvofiq Malakani baholash markazi toʻgʻrisida NAMUNAVIY

NIZOM tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra:

Ushbu Namunaviy nizom Malakani baholash markaziga qoʻyiladigan

namunaviy talablarni, malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish tartibini,

1

Cedefop (2015). Ensuring the quality of certification in vocational education and training. Luxembourg:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

10

ularning maqsad va vazifalarini, huquq va majburiyatlarni hamda malakani baholash

markazlarining namunaviy tuzilmasini belgilaydi.

Malakani baholash markazi oʻz faoliyatini ushbu Namunaviy nizom va

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari

va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asosan amalga

oshiradi.

2. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan

foydalaniladi:

baholash vositalari — kasbiy imtihonni oʻtkazishda Malakani baholash

markazi tomonidan qoʻllaniladigan topshiriqlar va baholash mezonlari majmui;

malakani baholash markazi — talabgorlar malakalarini xolis baholash

boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs (yoki yuridik shaxsning tarkibiy

boʻlinmasi);

malaka

— xodim yoki ishga (kasbga) talabgor bilimi, mahorati va

koʻnikmalarining tegishli kasb va mutaxassislik boʻyicha aniq mehnat funksiyalarini

sifatli bajarishga tayyorgarlik darajasi, uning ma’lumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjat

bilan tasdiqlanadigan bilim, mahorat va koʻnikmalar saviyasi;

malaka darajasi

(malakaviy daraja) — xodim yoki ishga (kasbga)

talabgorning tayyorgarligi va koʻnikmalari darajasi boʻyicha mehnat funksiyalarining

murakkabligi, ularni mustaqil bajarish va natijalar uchun mas’uliyat parametrlari

boʻyicha belgilanadigan toifalangan talablar majmuasi;

malaka pasporti — malakani baholash markazi tomonidan beriladigan,

ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish

boʻyicha kasb standartida (yoki malaka talabida) nazarda tutilgan tegishli malaka

darajasining berilgani va kompetensiyaning ijobiy baholanganini tasdiqlovchi, milliy

malakalar doirasi darajalariga muvofiq lavozimlarni egallash va mehnat faoliyatini

amalga oshirish huquqini beradigan kompetensiya toʻgʻrisidagi sertifikat;

malaka imtihoni

— talabgorning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini

baholash usuli. Malaka imtihoni “kasb imtihoni” deb ham yuritilishi mumkin;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

11

talabgor (xodim yoki ishga (kasbga) talabgor shaxs) — ishga joylashish yoki

lavozimda rivojlanish yoki ushbu Namunaviy nizomga muvofiq tartibda oʻzining

kasbiy kompetensiyalarini tasdiqlash maqsadida Malakani baholash markaziga

murojaat qilgan, kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kompetensiya

tasdigʻini olishni xohlovchi jismoniy shaxs;

Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestri — ishchi kasblar va

mutaxassislar toifalari boʻyicha tasdiqlangan kasbiy kompetensiyalarga ega jismoniy

shaxslar toʻgʻrisidagi doimiy yangilanadigan ma’lumotlar bazasi.

3. Malakani baholash markazi oʻz tomonidan beriladigan malaka pasportining

haqiqiyligini aniqlash imkoniyatini beruvchi oʻzining toʻliq nomiga, shuningdek,

muhriga (yoki QR-kodiga) ega boʻlishi shart.

4. Malakani baholash markazi oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtadi

.

Oʻzbekistonda bu masala alohida ahamiyat kasb etib, zamon talablariga mos

oʻzgarishlar kechmoqda. Joriy yil 16-oktyabrda Prezidentimizning “Kasbiy ta’limda

malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim

dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Bu

qadam davlatimizning ichki va jahon mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan

mutaxassislarni tayyorlashga qodir yuqori sifatli va raqobatbardosh kasbiy ta’lim

tizimini yaratish istagini aks ettiradi.

Mazkur farmon bilan belgilangan tub oʻzgarishlar 2020/2021 oʻquv yilidan

boshlab kasbiy ta’lim muassasalari oʻquv jarayoniga Ta’limning xalqaro standart

tasniflagichi darajalari bilan uygʻunlashgan ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy

etilishida namoyon boʻladi.

Yaqin tariximizga nazar tashlaydigan boʻlsak, kasbiy ta’lim tizimida 2019-

yilga qadar kasb-hunar kollejlarida 3-yillik dasturlar asosida faqatgina kunduzgi

ta’lim shaklida kadrlar tayyorlanardi. Kasb egallash imkoniyatiga esa faqatgina

umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 9-sinfini tamomlagan yoshlargina ega boʻlardi.

Soʻnggi yetti yil ichida Oʻzbekistonda kasbiy ta’lim sohasida yoshlarga qulay

shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar kechdi. Ushbu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

12

oʻzgarishlar natijasida aholining kasb olish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi.

Nazariy bilimlarni ishlab chiqarishda amaliy tajriba bilan birlashtirgan ikki

tomonlama oʻqitish tizimini joriy yetishga alohida e’tibor qaratildi. Bu yosh

mutaxassislarga nafaqat nazariy bilimlarni olish, balki ishlab chiqarish korxonalarida

ish boshlash uchun zarur amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga imkon berdi.

Yoshlarimiz uchun ham ishlab, pul topish, ham ta’lim olish imkoniyati yaratilib, dual

ta’lim shaklida oʻqitish tizimi joriy qilindi.

Oʻzbekistonda Bilimni Baholash: Tajriba va Muammolar

Oʻzbekistonda ta'lim sifatini oshirish va oʻquvchilarning bilimlarini ob'ektiv

baholash maqsadida turli xil islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, bu jarayonda bir

qator muammolar ham mavjud.

Mavjud Tajribalar

Xalqaro

Baholash

Dasturlarida

Ishtirok:

Oʻzbekiston PIRLS

(Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash) va PISA (15

yoshdagi oʻquvchilarning matematika, oʻqish, tabiiy fanlar va kreativ fikrlash

boʻyicha maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishlarini

1

baholash) kabi xalqaro baholash dasturlarida faol ishtirok etmoqda. Bu,

oʻzbekistonlik oʻquvchilarning bilimlari darajasini xalqaro standartlar bilan

taqqoslash imkonini beradi.

Mezonlarga Asoslangan Baholash: Oʻzbekistonda ba'zi maktablarda

mezonga asoslangan (100 ballik) baholash tizimi joriy etildi. Bu tizim oʻquvchining

har bir fan boʻyicha aniq bilim va koʻnikmalarini baholashga imkon beradi.

Test Sinovlarining Keng Qoʻllanilishi: Oliy ta'lim muassasalariga

kirishda va oʻquv yilining yakunida oʻquvchilarning bilim darajalarini aniqlash uchun

test sinovlari keng qoʻllaniladi.

Muammolar

Baholash Tizimining Kamolga Yetmaganligi: Yangi joriy etilgan

baholash tizimlari hali ham takomillashtirishga muhtoj. Ayrim hollarda, oʻqituvchilar

va maktablar yangi tizimga toʻliq moslasholmayapti.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

13

Ob'ektivlik Masalasi: Ba'zi hollarda, oʻqituvchilarning subyektiv fikrlari

baholash jarayoniga ta'sir koʻrsatishi mumkin.

Oʻquvchilarning Stress Sathining Oshishi: Doimiy baholash va test

sinovlari oʻquvchilarda yuqori stress darajasini keltirib chiqarishi mumkin.

Ta'lim Sifati Oʻrniga Natijalarga E'tibor Berish: Ba'zi hollarda,

maktablar va oʻqituvchilar ta'lim sifatini oshirish oʻrniga, faqatgina yaxshi natijalarga

erishishga harakat qilishadi.

Yechimlar

Baholash Tizimini Doimiy Takomillashtirish: Xalqaro tajribalarni

oʻrganib, mavjud baholash tizimini doimiy ravishda takomillashtirish kerak.

Oʻqituvchilarning Malakasini Oshirish: Oʻqituvchilarga yangi baholash

tizimlari boʻyicha muntazam ravishda treninglar oʻtkazish kerak.

Oʻquvchilarning Psixologik Holatini Hisobga Olish: Oʻquvchilarga

qoʻshimcha stress bermasdan, ularning bilim darajalarini baholash usullarini ishlab

chiqish kerak.

Ta'lim Sifati va Natijalar Oʻrtasidagi Muvozanatni Ta'minlash: Ta'lim

sifatini oshirishga e'tibor qaratib, bir vaqtning oʻzida yaxshi natijalarga erishish uchun

harakat qilish kerak.

Yangi tizim boʻyicha yoʻlga qoʻygan kasbiy ta’lim tizimida “Hayot davomida

ta’lim olish” tamoyili asosida kamida umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaxslar

hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda

kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida oʻqitish, shuningdek, kasbga

egallash istagida boʻlgan fuqarolar uchun qisqa muddatli kasbga oʻqitish kurslari

ochildi. Bu esa, oʻz navbatida, barcha toifadagi aholini kasbga oʻqitish tizimli yoʻlga

qoʻyilganidan dalolat beradi.2019-yildan mutlaqo yangi tashkil qilingan kasbiy ta’lim

tizimida oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan islohotlarni takomillashtirish va

mehnat bozori uchun oʻrta boʻgʻin kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish

zarurati vujudga keldi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

14

Mehnat bozorida yaratilayotgan yangi ish oʻrinlari hamda ish beruvchilarning

oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyoji, shuningdek, ularning talablariga mos

ravishda kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni shu masalalarni koʻrib chiqish uchun davlatimiz rahbari joriy yil 24-

sentyabrda kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid

takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

XULOSA

Umuman olganda, kasbiy ta’lim sohasidagi qator muammolar va ularni

bartaraf etish yuzasidan joriy yil boshida Prezidentimiz tomonidan vazifa qoʻyilgan

edi. Mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha oʻtgan vaqt mobaynida tizim samaradorligi

tanqidiy oʻrganilib, qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Kasbiy ta’lim boʻyicha oʻrganishlar 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta

texnikum va 112 ta kollejda oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlashda tabaqalashgan

(boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy ta’lim bosqichlari) ta’lim dasturlari

oʻrtasida

uzviylik

yoʻqligi

sababli

mavjud

quvvatlardan

unumli

foydalanilmayotganini koʻrsatdi.

Endilikda kasbiy ta’lim tizimining boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan

yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan

yuritilishi belgilandi. Shuningdek, 3 ta ta’lim muassasasi negizida texnikumlar

tarmogʻini tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, zamon talablariga tez moslashishini

ta’minlash uchun texnikumlarning akademik mustaqilligini kengaytirish vazifasi

qoʻyildi. Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish orqali texnikumlardagi

ta’lim jarayonini yanada yuqori darajaga olib chiqish koʻzda tutilgan.

Prezidentimizning shu yil 30-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy

malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda

16-oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada

takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilinishi kasbiy ta’limni yangi bosqichga olib chiqadi,

deb baralla aytishimiz mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

15

Rivojlangan mamlakatlarda mehnat bozori uchun zarur kasblar boʻyicha

kadrlar tayyorlash tizimi transformatsiyasining asosiy mezonlaridan biri mehnat

bozori va kasbiy ta’lim xizmatlari oʻrtasida chambarchas bogʻliqlikni ta’minlashdan

iborat. Bu borada malakali kadrlar tayyorlash holati va rivojlanish tendensiyalari

hamda mehnat bozoriga oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashga boʻlgan ehtiyojni

aniqlash va ularni ish bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish muhim

ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbekistonda mehnat bozori talablariga koʻra malakali oʻrta boʻgʻin

mutaxassislarini tayyorlashda ta’lim sohasining xalqaro ta’lim tizimi bilan oʻzaro

uygʻunlashuvi bitiruvchilar malakasini xalqaro mehnat bozorida ham tan olinishiga

olib keladi. Bu oʻsib borayotgan aholimizni ish bilan ta’minlashda ustuvor

vazifalardan biri sanaladi. Oʻz navbatida, yangi kasbiy ta’lim tizimi kambagʻallikni

qisqartirish uchun qilinayotgan ishlar bilan oʻzaro hamohanglikni ta’minlab,

zamonaviy kasb egallagan aholi qatlamining daromad topish imkoniyatini tizimli

yaratib beradi.

Ayni shu maqsadlarda mazkur farmon bilan kasbiy ta’lim tizimini

takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. Ular orasida kasbiy ta’lim

tashkilotlarini maqbullashtirish hamda kasbiy ta’limning barcha darajalari boʻyicha

kadrlar tayyorlaydigan yagona koʻp tarmoqli ta’lim tashkilotlari tizimini joriy qilish

muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos

kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish, zamonaviy boshqaruv tizimini joriy

qilish hamda oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashda manfaatdor vazirlik va idoralar

bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Oʻquv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilish, oʻqitish

yakuni boʻyicha beriladigan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarning xorijiy davlatlarda tan

olinishiga erishish muhim yoʻnalishlardan biridir. Bundan tashqari, tizimni

bosqichma-bosqich raqamlashtirish orqali oʻquv jarayonlarini takomillashtirish,

maxsus elektron platformalar tatbiq qilish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan

choralar koʻrilmoqda. Bitiruvchilarining koʻnikma va kompetensiyalarini baholash


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

16

tizimini tubdan yangilash orqali esa ish beruvchilar talablariga toʻla mos keladigan

kadrlar tayyorlash maqsadi qoʻyilgan.

ADABIYOTLAR

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni (23.09.2020-

yildagi OʻRQ637-son);

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakani baholash tizimini tubdan

takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (31.12.2020-yildagi PQ-4939-son);

3.

Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy koʻnikma va bilimlarni rivojlantirish tizimini

yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori

(30.09.2021- yildagi 616-son);

4.

Oʻzbekistonda kasbiy kompetensiyalarni validatsiya va serfikatsiyadan

oʻtkazishni rivojlanrish Konsepsiyasi loyihasi.

5.

I.M. Sirojiddinova «Kasbiy ta‘lim metodikasi» Oʻquv qoʻllanma. Andijon.

2021.