MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
135
“NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA O’YIN METODIKASINING
ROLI (BOLALAR BILAN LOGOPEDIYA MASHG’ULOTLARIDA)
Farida Mamatxoshimova
Namangan davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika (logopediya) yoʻnalishi 3-bosqich talabasi
e-mail:mamatxoshimovafarida@gmail.com
Annotasiya:
Maqolada oʻyin metodikasining logopediya mashgʻulotlarida
qanday samarali ishlatilishini, o’yin metodikasining umumiy tavsifi va uning ta’lim
jarayonidagi o’rni. Nutqni rivojlantirishda o’yinning ahamiyati. Bolalar bilan
ishlashda qanday yondashuvlar mavjudligi va logopediya mashgʻulotlarida
oʻyinlardan namunalar ham keltirilgan.
Kalit Soʻzlar:
oʻyin, jarayon, qiziqish, logopediya terapiyasida oʻyin, lugʻat
boyligi, didaktik oʻyinlar, oʻyin metodining roli.
Abstract:
The article describes how game methodology is effectively used in
speech therapy classes, a general description of game methodology and its role in the
educational process. The importance of the game in the development of speech. There
are also examples of games in speech therapy classes and approaches to working
with children.
Key words:
game, process, interest, game in speech therapy, vocabulary,
didactic games, role of game method.
Аннотация:
В статье описано, насколько эффективно используется
игровая методика на логопедических занятиях, дана общая характеристика
игровой методики и ее роль в образовательном процессе. Значение игры в
развитии речи. Также приведены примеры игр на логопедических занятиях и
подходы к работе с детьми.
Ключевые слова:
игра, процесс, интерес, игра в логопедии, словарный
запас, дидактические игры, роль игрового метода.
KIRISH:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
136
Logopediya texnologiyasida oʻyin metodikasining ahamiyati katta. Oʻyin
bolalarning til rivojlanishini, soʻz boyligini oshirishni, talaffuzni toʻgʻrilashni va
muloqot ko’nikmalarini yaxshilashni taʼminlaydi. Oʻyin jarayonida bolalar tabiiy
ravishda, qiziqish bilan faol ishtirok etadilar, bu esa oʻrganish jarayonini yanada
samarali va qiziqarli qiladi. Oʻyin yordamida logopedik mashqlarni osonlashtirish,
ularni bolalarga tushunarli va qulay qilish mumkin.
Bundan tashqari, oʻyin metodikasi bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy
va emosional rivojlanishga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu orqali bolalar bir-birlariga
muloqot qilishni oʻrganadilar va soʻz boyligini oshiradilar. Shuningdek, oʻyin
bolaning diqqatini jamlashga, yaratish va tasavvur qilish qobiliyatlarini
rivojlantirishga yordam beradi. Oʻyinning tizimli va ongli ravishda qoʻllanilishi
logopediya muammolarining yechimi uchun samarali vosita hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR:
Bolalar bilan logopediya mashg‘ulotlarida nutqni rivojlantirishda o‘yin
metodikasining ro‘li bo‘yicha olib borilgan izlanishlar turli pedagogik va psixologik
yondoshuvlarni o‘rganishga asoslangan. Hozirgi kunda nafaqat maktabgacha
yoshdagi bolalarda balki, taʼlimning barcha bosqichlarida oʻyin metodikasining
taʼlim sifatini oshirishda, dars mashgʻulotlariga boʻlgan qiziqishini oshirishda va
diqqatini jalb etishda keng qoʻllanilmoqda. Oʻyin bolalar psixologiyasiga, til va nutq
rivojlanishiga samarali yordam beradi. Quyida nutqini rivojlantirishda, soʻz boyligini
oshirishda
samarali
natija
beradigan
oʻyinaladan
misollar
keltirib
oʻtamiz.Tishlarimizni tozalaymiz. Maqsad: Til harakatini faollashtirish.[1]
O’yinning borishi: Bola logopedga qaragan holda o’tiradi. Bolaga rasm
ko’rsatiladi. Qarang, bola qanday qilib tishlarini tozalayapti? Biz ham hozir sizlar
bilan tishlarimizni tozalaymiz. Faqat cho’tka bilan emas, balki tilimiz bilan. Avval
logoped til bilan tishlarini tozalashni bolalarga o’zi ko’rsatib beradi. So’ngra har bir
bolani oldiga chaqirib mashqni bajarishini kuzatib boradi.Mashq bir necha marta
bajartiriladi.[1]
“Shirin murabbo” o’yini. Maqsad: Til harakatini faollashtirish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
137
O’yinning borishi: Bolalarga murabboni yalayotgan qizning rasmi
ko’rsatiladi. Qizning yuqori va pastki labiga murabbo yopishib qoldi. Qiz murabboni
tili bilan yaladi. (Til harakati bilan murabboni yalash ko’rsatiladi). So’ngra bolalar
ham ushbu mashqni qaytaradilar. Logoped har bir bola mashqni qanday
bajarayotganini kuzatib boradi. [2]
Kapalaklar uchyapti” o’yini O’yinning maqsadi: To’g’ri, uzluksiz havo
oqimini hosil qilishga erishish O’yinning borishi: Bola stulchaga o’tiradi. Logoped
bolaga:
-Qarang-a, qanday chiroyli kapalaklar: ko’k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli
kapalaklarga o’xshaydi. Ko’raylik-chi, ular ucha oladilarmi? Kapalaklarni puflaydi.
-Qarang, uchib ketishdi. Qani, sizlar ham puflab ko’ringlar-chi. Kimniki
uzoqqa uchar ekan?
Bola har bir kapalakning qarshisiga turib puflaydi
NATIJALAR:
Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr
almashadi, o’z his-tuyg’u, kechinmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida
do’stona munosabatlar o’rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga
bir xilda munosabatda bo’lishga yordam beradi. Bolalarning o’zi yaratgan o’yindan
kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o’yinning g’oyasi, mazmuni,
o’yin harakatlari, rollar, o’yin qoidalari uning tuzilishini va bolaning ichki
kechinmalarini tashkil etuvchi qirralardir.[3]
O’yin rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning asosiy faoliyatlaridan
hisoblanadi. O’yin doim haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot
o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgarshi tabiiy. O’yin ma’lum maqsadga ko’ra
yo’naltirilgan ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi bor va
yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O’yin faoliyati asosida bolada o’quv
faoliyati rivojlanadi. Shuning uchun bolalarning o’yin faoliyatini rivojlantirishga
ahamiyat berishimiz kerak.[4]
Logopedik mashgʻulotlar bir maqsadga yoʻnaltirilgan murakkab tashkil
etiladigan jarayon boʻlib, bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Ularning har biri
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
138
oʻzining maqsadi, vazifasi, metod va usullari bilan belgilanadi. Logopedik
mashgʻulotlarda olib boriladigan metodlar orasida oʻyin metodi ham alohida
ahamiyat kasb etadi.
Oʻyin metodi – oʻyin faoliyatini boshqa usullar, yaʼni namoyish qilish,
tushuntirish, savollar bilan birgalikda olib borishni nazarda tutiladi. Oʻyin metodida
asosiy, yetakchi rolni tarbiyachi va bola oʻynaydi. U korreksion ishlarni vazifalari va
bosqichlariga mos ravishda oʻyin turini tanlaydi, rollarni boʻlib beradi va bolalarning
faoliyatini faollashtiradi.[5]
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan turli xil oʻyinlar olib boriladi: Ashulali,
didaktik, harakatli, ijodiy, sahnalashtirilgan va hokazo. Ularning qay tariqa
qoʻllanishi korreksion ishning vazifalari va bosqichi, nutqiy nuqson tuzilishi,
bolalarning yosh va individual – ruhiy xususiyatlari bilan belgilanadi.
MUHOKAMA:
Didaktik o’yinlar - bolalarga ta’lim berish va ularning qobiliyatlarini
rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Quyida turli xil didaktik oʻyinlardan namunalar
keltiramiz:
Ranglar va shakllar: Rangli kartochkalar yoki shakllar yordamida bolalar
ranglar va shakllarni o’rganishi mumkin. Misol uchun, kartochkalarda turli ranglar va
shakllar tasvirlangan bo’lib, bola ularga mos keladigan predmetlarni topadi.
So’z o’yinlari: So’zlarni to’plash yoki so’zlardan yangi so’zlar yaratish.
Misol uchun, “A” harfi bilan boshlanadigan so’zlarni topish o’yini.
Xotira o’yinlari: Kartochkalardan bir nechta juftliklar joylashtiriladi, va bola
ulardan mos keladigan juftlarni topish kerak.[4]
Matematika o’yinlari: 10 tagacha raqamlar bilan sanash yoki oddiy qo‘shish
va ayirish mashqlarini bajarish. Misol uchun, raqamlarni mos ravishda joylashtirish.
Nutqni rivojlantirishda o’yinlarning ahamiyati juda katta. O’yinlar orqali
bolalar tilni o’rganish, so’z boyligini oshirish va nutqni yanada aniq ifodalashga
o’rganadilar. Quyidagi jihatlar o’yinlarning nutqni rivojlantirishdagi ahamiyatini
ko’rsatadi:Qiziqarli o’rganish: O’yinlar bolalar uchun ta’lim jarayonini qiziqarli va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
139
interaktiv qiladi. Nutqni o’rganish o’yinlar yordamida ko’proq zavqli va samimiy
bo’ladi. [6]
So’z boyligini oshirish: O’yinlar davomida bolalar yangi so’zlar, ifodalar va
til strukturalarini o’rganadilar. Misol uchun, yangi so’zlarni tushunish va ularni
to’g’ri ishlatishni o’rganadilar.
XULOSA:
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,nutqni rivojlantirishda oʻyin
metodikasi bolaning eshitish qobiliyatini, xotira, tafakkur, nutq xususiyatlarini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O’yin bolaning muloqotga kirishuvchanligini
oshirib, uning rivojlanishiga olib keladi. Buning oqibatida bola muvaffaqiyat
qozonishga intiladi, uning ziyrak, hushyor bo’lishga, zavqlanishga o’rganadi.
Shuningdek, bola olamni bilish, o’rganish harakatida bo’ladi. Intizomli bo’lish,
chaqqonlik, tez fikr yuritishga intiladi. O‘yinlar bolalarda nutq va til qobiliyatlarini
rivojlantiradi, shuningdek, ular uchun qiziqarli va o‘qituvchi muhit yaratadi. Logoped
bu o‘yinlarni bolaning ehtiyojiga mos ravishda moslashtirishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ayupova M. «Logopediya» darslik T.: O’zFMJN 2007.
2. R.A Mavlonova, R.H Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, M.K Shirinov, S,
Hafizov. “Umumiy pedagogika” darslik “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2018.
3. NA Neqqadamova1, A.K. Rahmonova2. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda oʻyin
faoliyatini rivojlantirish” 2022.
4. Sohibaxon Asqarova, Muslimaxon Muhammadjonova. Qo’qon davlat pedagogika
instituti “O’YIN – TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK
VOSITASI SIFATIDA” 2021.
5. Avetsenna.uz.sayti
6. Ziyo.uz.sayti