Authors

  • Samatov Abdulhaq Abdulhayevich

Author Biography

  • Samatov Abdulhaq Abdulhayevich

    Farg‘ona shahar 1-sonli politexnikum

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94135

Keywords:

3D Studio DOS 3D Studio MAX modellashtirish Particle Systems. моделирование Системы частиц. modeling Particle systems.

Abstract

Ushbu maqolada maktab va kasb-hunar maktabio‘quvchilari uchun 3 ds max dasturida konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish haqida to‘liq ma’lumot beribo‘tilgan. Shuningdek, maqolada mazkur dastur haqida uning ishlatilishi muallif tomonidan ma’lumotlar orqali tushuntirilgan va yoritib berilgan.

В данной статье представлена ​​полная информация об автоматизации строительных работ в программе 3ds max для школьников и учащихся ПТУ. Также в статье об этой программе автором объясняется и освещается ее использование.

This article provides complete information about the automation of construction work in the 3ds max program for schoolchildren and vocational school students. Also in the article about this program, the author explains and highlights its use.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

351

3 DS MAX DASTURIDA KONSTRUKTORLIK ISHLARINI

AVTOMATLASHTIRISH

Samatov Abdulhaq Abdulhayevich

- Farg‘ona shahar 1-sonli politexnikum.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktab va kasb-hunar maktabio‘quvchilari

uchun 3 ds max dasturida konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish haqida to‘liq

ma’lumot beribo‘tilgan. Shuningdek, maqolada mazkur dastur haqida uning

ishlatilishi muallif tomonidan ma’lumotlar orqali tushuntirilgan va yoritib berilgan.

Аннотация:

В данной статье представлена полная информация об

автоматизации строительных работ в программе 3ds max для школьников и

учащихся ПТУ. Также в статье об этой программе автором объясняется и

освещается ее использование.

Annotation:

This article provides complete information about the automation

of construction work in the 3ds max program for schoolchildren and vocational

school students. Also in the article about this program, the author explains and

highlights its use.

Kalit so‘zlar:

3D Studio DOS, 3D Studio MAX, modellashtirish, Particle

Systems.

Ключевые слова:

3D Studio DOS, 3D Studio MAX, моделирование,

Системы частиц.

Keywords:

3D Studio DOS, 3D Studio MAX, modeling, Particle systems.

Kirish

Toʻplamning ilk versiyasi 3D Studio DOS nomi ostida 1990-yilda ishlab

chiqarilgan. Toʻplam ishlab chiqarilishi ustida dasturchi Gari Yost asos solgan Yost

Group mustaqil studiyasi shugʻullanardi. Autodesk boshida faqat toʻplam ishlab

chiqarish bilan shugʻullanardi. Maʼnbalarda keltirilishicha Gari Yost oʻsha davrdagi

Autodesk yangi loyihalari boʻyicha direktori Erik Lyons bilan muzaokaralardan soʻng

oʻz ish joyini tark etgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

352

Birinchi toʻrt reliz 3D Studio DOS nomiga ega edi (1990-1994-yillar). Keyin

toʻplam Windows NT uchun qayta yozildi va 3D Studio MAX deb qayta nomlandi

(1996-1999).

Versiya

raqamlash

qaytadan

boshlandi.

2000-2004-yillarda

toʻplam Discreet 3dsmax markasi ostida ishlab chiqarilgan, 2005-yildan

esa — Autodesk 3ds MAX markasi ostida. Joriy versiyasi Autodesk 3ds MAX

2018 nomiga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI

3ds Max turli koʻrinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch oʻlchamli

modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha

zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qoʻllaydi,

jumladan:

poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash)

va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish

usuli boʻlib, murakkab modellar va oʻyinlar uchun maʼlum modellar yaratish uchun

ishlatiladi.

Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish

(shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada

oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi);

Bezye yuzalar (Editable patch) asosida modellashtirish — aylanuvchi

jismlarni modellashtirishga qulay;

oʻrnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qoʻllash orqali

modellashtirish;

splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface

modifikatorini qoʻllash orqali modellashtirish;

splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini

qoʻllash orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu

metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi.

Modellashtirish metodlari oʻzaro bogʻliq holda ishlatilishi mumkin. Standart

"Choynak" (Teapot) obyekti uch oʻlchamli grafikaning oʻziga xos ramziga aylangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

353

Particle Systems (zarrachalar tizimi) — bu kichik oʻlchamli obyektlarning

uygʻunligidir. Zarrachalar tizimining qoʻl kelishi mumkin boʻlgan holatlarga yomgʻir,

qor, tutun, olov, yulduzli osmon, favvora tomchilari, chaqinlar va boshqa vaziyatlarni

modellashtirishni misol qilishimiz mumkin. 8 versiyadan boshlab turli vaziyatlarga

qoʻl keladigan 7 ta asosiy zarralar manbasi mavjud:

PF Source (Particile Flow manbai) — zarralar oqimi. Bu zarrachalar

oqimi favvora otilishidan raketaning tutunli otilishigacha boʻlgan barcha holatlarni

oʻxshatib tasvirlashi mumkin;

Spray (Purkash) — suv purkashi effektining oddiyroq koʻrinishini

yaratadi;

Super spray (kuchli purkash) — Spray funksiyasiga qaraganda

mukamalroq parametrlarga ega;

Snow (Qor) — yogʻayotgan qorning oddiy effektini yaratadi. Koʻplab

parametrlarga ega ;

Blizzard (Dovul) — Snow zarrachalarining mukammalashtirilgan

koʻrinishi. Zarrachalarga turli obyektlar shaklini berish mumkin;

Parray yoki Particle Array (Qattiq zarrachalar) — istalgan turdagi

zarralarni modellashtirishi mumkin, hattoki portlashni ham;

PCloud yoki Particle Cloud (zarrachalar buluti) — uch oʻlchamli

yulduzli maydonlarni, qushlar toʻdasini va baliqlar uyurini tasvirlashga qulay.

TAHLIL VA NATIJALAR

3ds Max Havok kompaniyasi tomonidan yaratilgan fizik hisoblash

mexanizmi Reactorni qoʻllagan. Reactor qattiq jismlar, yumshoq jismlar, matolar va

boshqalarni fizik nuqtayi nazardan modellashtirish imkonini berardi. 2012 (14)

versiyasidan boshlab Reactor toʻplamdan olib tashlandi. Uning oʻrniga MassFX

moduli keldi. Modellashtirilayotgan narsa ishining soʻnggi bosqichi bu

vizualizatsiyadir. Bu bosqichdan soʻng obyektning barcha xossalari koʻrina boshlaydi

va ish davomida oʻrnatilgan atrof-muhit effektlari namoyon boʻladi. Ungacha esa

barchasi juda oddi koʻrinishda koʻrsatiladi (misol uchun, murakkab geometrik

shakllar va turli xil effektlar koʻrinmaydi). Yakuniy tasvirni chiqarish uchun


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

354

vizualizatsiyaning tegishli muduli tanlanadi (VM) va u matematik algoritmlar

yordamida tasvirni jonlantiradi. Tasvirning tashqi koʻrinishini hisoblash ishning

qiyinligiga qarab soniyadan tortib bir necha oygacha choʻzilishi mumkin. VMlarning

koʻpchiligi dasturga qoʻshimcha oʻrnatiladigan alohida dasturlar hisoblanadi.

Scanline: 3ds Max standart vizualizatori. Ba'zi ilg‘or xususiyatlarga ega

bo'lgan Global Illumination, Ray Tracing, Radiosity kabi kengaytmalar yillaro‘tib

Scanlinega. Ko'pchilik funksiyalar unga boshqa vizualizatorlardano‘tgan (mas,

RadioRay).

Mental ray:Mental Images kompaniyasi tomonidan yaratilgan va 3ds

Maxning so'nggi versiyalariga o‘rnatilgan. Bu juda ham kuchli vizualizator

hisoblanadi.

V-Ray:Yuqori sifatli fotorealistik vizualizator. Dasturga plagin sifatida

qo'shilgan. Chaos Group kompaniyasining mahsuloti, rus segmentida mashhur. Tez-

tez mutaxassislar tomonidan boshqa VM o‘rniga ishlatiladi. Dasturning eski

versiyalari bilan muvofiqlashgan. Unga "kunduzgi yorug‘lik tizimi" o‘rnatilgan.

Yana ko'plab funksiyalarga ega.

RenderMan: Shu nomdagi vizualizatsiya tizimiga ulanishda qo‘l keladi.

3ds Max turli vazifalarni bajaruvchi plaginlarga ega. Har bir plagin maʼlum

ishni bajaradi. Ular yordamida olov, suv, tutun va boshqalarni haqiqiy effektilarini

yaratish mumkin. Plaginlar tashqi oʻrnatiladigan modul hisoblanib, 3ds Max

dasturidan alohida sotiladi yoki ularni inernetdan bepulga yuklab olish mumkin.

Plaginlar maxsus kompaniyalar yordamida yoki qiziquvchi-dasturchilar tomonidan

yaratiladi. 3ds Max dasturining qoʻshimcha modullari nihoyatda koʻp boʻlib, hatto

dastur standart vositalaridan oʻn barobar oshib ketadi. Plaginlar koʻplab masalarni

yechishda yordam beradi, masalan, vizualizatsiya hisob-kitobini tezlashtiradi,

obyektlarni modellashtirishni tezlashtiradi. Particle Flow, Cloth FX, Reactor kabi

qoʻshimcha modullar shu darajada mashhur boʻlib ketdiki, ularni 3ds Max dasturiga

moslashtirishga qaror qilindi, endi ular dasturning bir qismi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Schatz, Daniel; Bashroush, Rabih; Wall, Julie (2017).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

355

2.

Farkhodovich, T. D. kizi, DMS., & kizi, AUY.(2022). Critical Thinking in

Assessing Students.

Spanish Journal of Innovation and Integrity

,

6

, 267-271.

3.

Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). METHODS OF STUDYING

ADDITION

AND

SUBTRACTION

OF

TWO-DIGIT

NUMBERS

IN

ELEMENTARY SCHOOL.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 61-67.

4.

Dehqonova, Mahliyo Shuhrat Qizi, & Axmedova, Umida Yodgorjon Qizi

(2023). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINFo‘QITUVCHILARINI MATEMATIK

SAVODXONLIGINI OSHIRISH JARAYONIDA ULARNING TAFAKKURI,

QOBILIYATI VA INTELLEKTUAL RIVOJLANISH.. Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (4-2), 251-256.