Authors

  • Sharopova Gulnoza Shaxobiddinovna

Author Biography

  • Sharopova Gulnoza Shaxobiddinovna

    Farg‘ona shahar 1-sonli politexnikum.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94137

Keywords:

elektron pochta ta’lim mazmuni axborot texnologiyalari ta’lim samaradorligi ob‘ekt axborot-kommunikatsiya kriptologiya. электронная почта образовательный контент информационные технологии эффективность образования объект информационно-коммуникация криптология. e-mail educational content information technology educational effectiveness object information and communication cryptology.

Abstract

Ushbu maqolada davlat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan ta’lim mazmunida elektron pochtada axborotlarni himoyalashga alohida e’tibor qaratilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va talabalarda axborot texnologiyalari haqida fikrlar yoritib berilgan.

В данной статье особое внимание уделено защите информации в электронной почте в контексте образования, которое является движущей силой развития государства. В ходе современного образования и обучения просвещаются мысли школьников и студентов об информационных технологиях.

This article pays special attention to the protection of information in email in the context of education, which is the driving force for the development of the state. In the course of modern education and training, the thoughts of schoolchildren and students about information technology are enlightened.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

339

ELEKTRON POCHTADA AXBOROTLARNI HIMOYALASH

Sharopova Gulnoza Shaxobiddinovna

- Farg‘ona shahar 1-sonli

politexnikum.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada davlat taraqqiyotining harakatlantiruvchi

kuchi bo‘lgan ta’lim mazmunida elektron pochtada axborotlarni himoyalashga

alohida e’tibor qaratilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va

talabalarda axborot texnologiyalari haqida fikrlar yoritib berilgan.

Аннотация:

В данной статье особое внимание уделено защите

информации в электронной почте в контексте образования, которое является

движущей силой развития государства. В ходе современного образования и

обучения просвещаются мысли школьников и студентов об информационных

технологиях.

Annotation: This article pays special attention to the protection of information

in email in the context of education, which is the driving force for the development of

the state. In the course of modern education and training, the thoughts of

schoolchildren and students about information technology are enlightened.

Kalit so‘zlar:

elektron pochta, ta’lim mazmuni, axborot texnologiyalari,

ta’lim samaradorligi, ob‘ekt, axborot-kommunikatsiya, kriptologiya.

Ключевые слова:

электронная почта, образовательный контент,

информационные технологии, эффективность образования, объект,

информационно-коммуникация, криптология.

Keywords:

e-mail, educational content, information technology, educational

effectiveness, object, information and communication, cryptology.

Kirish

Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini

qamrab olgan. Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari,

xususiyat va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

340

Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar

va qurilmalar o‘rtasida signallar ayriboshlashni ifoda etadigan umummilliy

tushunchadir. Bugungi kunda axborotning narxi ko‘pincha u joylashgan kompyuter

tizimi narxidan bir necha baravar yuqori turadi. Demak, axborotni ruxsatsiz

foydalanishdan, atayin o‘zgartirishdan, yo‘q qilishdan va boshqa buzg‘unchi

harakatlardan himoyalash zaruriyati tug‘iladi.

Axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida Intеrnеt paydo bo‘lganidan boshlab,

axborot o‘g‘irlash, axborot mazmunini egasidan iznsiz o‘zgartirib va buzib qo‘yish,

tarmoq va sеrvеrlardan bеruxsat foydalanish, tarmoqqa tajovuz qilish, avval qo‘lga

kiritilgan uzatmalarni qayta uzatish, xizmatdan yoki axborotga daxldorlikdan bo‘yin

tovlash, jo‘natmalarni ruxsat etilmagan yo‘l orqali jo‘natish hollari jahon miqyosida

ko‘paydi.

Axborot tеxnologiyalarni turli sohalarda qo‘llash uchun ularning

ishonchliligini va xafvsizligini ta’minlash kеrak. Xavfsizlik dеganda ko‘zda

tutilmagan vaziyatlarda bo‘ladigan tashqi harakatlarda axborot tizimi o‘zining

yaxlitligini, ishlay olish imkoniyatini saqlab qolish xususiyati tushuniladi. Axborot

tеxnologiyalarni kеng miqyosda qo‘llanilishi axborotlar xavfsizligini ta’minlovchi

turli mеtodlarni, asosan kriptografiyaning gurkirab rivojlanishiga olib kеldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Axborotni himoyalashning matеmatik mеtodlarini o‘rganuvchi fan

kriptologiya dеb aytiladi. Axborotlarning muhofazasi masalalari bilan kriptologiya

(cryptos –mahfiy, logos – ilm) fani shug‘illanadi. Kriptologiya maqsadlari o‘zaro

qarama-qarshi bo‘lgan ikki yo‘nalishga ega: – kriptografiya va kriptotahlil.

Kriptografiya - axborotlarni aslidan o‘zgartirilgan holatga akslantirish

uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘illanadi. Kriptotahlil esa shifrlash

uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan ma’lumotning asl

holatini (mos kеluvchi ochiq ma’lumotni) topish masalalarini yechish bilan

shug‘ullanadi.

Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi to‘rtta bo‘limni o‘z ichiga oladi:

1) Simmеtrik kriptotizimlar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

341

2) Nosimmetrik, yoki yana boshqacha aytganda, ochiq kalit algoritmiga

asoslangan kriptotizimlar.

3) Elеktron raqamli imzo kriptotizimlari.

4) Kriptotizimlar uchun kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish va ulardan

foydalanishni boshqarish.

Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

- mahfiy ma’lumotlarni ochiq aloqa kanali bo‘yicha muhofazalangan holda

uzatish;

- uzatilgan ma’lumotlarning xaqiqiyligini ta’minlash;

- axborotlarni (elеktron hujjatlarni, elеktron ma’lumotlar jamg‘armasini)

kompyutеrlar tizimi xotiralarida shifrlangan holda saqlash va shular kabi

masalalarning yechimlarini o‘z ichiga oladi.

Axborotlar muhofazasining kriptografik uslublari ochiq ma’lumotlarni asl

holidan o‘zgartirib, faqat kalit ma’lum bo‘lgandagina uning asl holatiga ega bo‘lish

imkoniyatini bеradi.

Shifrlash va dеshifirlash masalalariga tеgishli bo‘lgan, ma’lum bir alfavitda

tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almash

ish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tu

zilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab

ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti,etkazib

erish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar,

yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasli

gi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos. Birinchi elektron pochta 1965 yilda

Massachutes texnologiya Noel Morris va TomVan Vlyek tomonidan yaratilgan.

Elektron pochta (ingliz tilida Email, yani “electronic mail”) – xat jo‘natish bo‘yicha

texnologiya va xizmat hisoblanadi. Elektron pochta orqali xatlar va

kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘qish uchun va kerakli bo‘lgan fayllarni jo‘natish

uchun ishlatish mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

342

Hozir internetni deyarli hamma foydalanuvchilarida elektron pochta mavjud va

elektron pochtaning shakli quyidagicha: isim@xizmatchi.domen Isim – ushbu bo‘li

mga Siz xohlagan isimni yoki so‘zni kiritshingiz mumkin.

Masalan : laqabingiz, yaxshi ko‘rgan qizingizni/yigitingizni ismi bilan o‘zingizni

ismingiz yoki ismingiz bilan tug‘ilgan yilingiz.

@ – elektron pochtaning belgisi.

Xizmatchi – elektron pochta servisini taqdim etadigan xizmatchi. Masalan: Mail,

Gmail, Яндекс Почта va boshqalar.

Domen – elektron pochta servisini taqdim etuvchi xizmatchining domeni

(manzili).

Elektron pochtaning afzalliklari:

Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol uchun: uzdasturchi@gmail.

com); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlar

ning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning

osonligi va hokazo.

Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali

axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul

qilish va maʼlum vaqtlargacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalar

toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni

taʼminlaydi. E-meil hamma joyda kerak bo'ladi. Xattoki "Google, You tube,

Instagram, Facebook,Twitter"larga ham emeil bilan kiramiz.E-Mailda maxsus

shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning

istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt

(seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail XX asrning 60-yillarida "katta" hisoblash

mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan.

1989-yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa

oʻrnatildi.

Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91-yillarda maʼlumot uzatish

tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997-yilda Toshkent

pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

343

tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga

ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar.

Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun "Oʻzbekiston pochtasi"

aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov

berish va yetkazish jarayonida E-Mail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi)

xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona,

tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma,

chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning

manzillariga yetkazilib beriladi.

Elektron pochta (inglizcha: E-mail yoki email, electronic maildan qisqartma)

— kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet

tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi.

Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani

oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi

pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda

unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi.

Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb

interfeys orqali kirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Farkhodovich, T. D. kizi, DMS., & kizi, AUY.(2022). Critical Thinking in

Assessing Students.

Spanish Journal of Innovation and Integrity

,

6

, 267-271.

2.

Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). METHODS OF STUDYING

ADDITION

AND

SUBTRACTION

OF

TWO-DIGIT

NUMBERS

IN

ELEMENTARY SCHOOL.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 61-67.

3.

Dehqonova, Mahliyo Shuhrat Qizi, & Axmedova, Umida Yodgorjon Qizi

(2023). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MATEMATIK

SAVODXONLIGINI OSHIRISH JARAYONIDA ULARNING TAFAKKURI,

QOBILIYATI VA INTELLEKTUAL RIVOJLANISH.. Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (4-2), 251-256.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

344

4.

Dehqonova, M. S. Q. (2023). BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF

O'QITUVCHILARINI

METODIK

TAYYORGARLIGINI

TAKOMILLASHTIRISH

TEXNOLOGIYASINI

ISHLAB

CHIQISH

VA

AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI.

Oriental renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

,

3

(4-2), 244-250.

5.

Dehqonova, Mahliyo Shuhrat Qizi (2023). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH

SINF O‘QITUVCHILARINI MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISH VA

MATEMATIKANI

UYG‘UNLASHTIRISHIDA

AN’ANAVIY

VA

INNOVATSION

USULLARDAN

FOYDALANISH.

Oriental

renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (4), 879-886.

6.

Dehqonova Mahliyo Shuhrat Qizi (2023). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH

SINF O‘QITUVCHISIINING LOYIHA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA

USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING AHAMIYATI. Science and

innovation, 2 (Special Issue 12), 128-130. doi: 10.5281/zenodo.10113026