MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
317
MA’LUMOTLAR OMBORINI BOSHQARISH TIZMI
Mo‘minov Ozodbek Dilshodjon o‘g‘li
- Farg‘ona shahar 1-sonli
politexnikum
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktab va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari
uchun ta’limda ma’lumotlar omborini boshqarish tizmi haqida to‘liq ma’lumot berib
o‘tilgan. Shuningdek, maqolada o‘zbekiston ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarni
joriy etish va ulardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi.
Аннотация:
В данной статье представлена полная информация о
системе управления базами данных в образовании для учащихся школ и ПТУ. В
статье также анализируется важность внедрения и использования облачных
технологий в системе образования Узбекистана.
Annotation:
This article provides complete information about the database
management system in education for school and vocational school students. The
article also analyzes the importance of the introduction and use of cloud technologies
in the education system of Uzbekistan.
Kalit so‘zlar:
Ma’lumotlar ombori, matnli fayllar, axborotlar, Ausinet, Kestel,
Data – Star.
Ключевые слова:
Базы данных, текстовые файлы, информация, Ausinet,
Kestel, Data - Star.
Keywords:
Databases, text files, information, Ausinet, Kestel, Data - Star.
Kirish
Ma’lumotlar omborini tashkil etuvchi elementlar turli ko‘rinishda bo‘lishi
mumkin. Eng ko‘p tarqalgan va amaliyotda qo‘llaniladigan ma’lumotlar matnli
fayllar hisoblanadi. Chunki matnli fayllar orqali turli axborotlarni ifodalash va
kompyuter xotirasida saqlash mumkin. Kompyuterlar asosidagi axborot
texnologiyalarining ko‘rinishlaridan biri ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Oddiy
fayllarda farqli ravishda ma’lumotlar ombori kmpyuter xotirasida joylashgan
axborotlarni izlash va saralashni amalgam oshirish imkoniyati bor. Ma’lumotlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
318
ombori deb, kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va
ular ustida aniq bir ishlash usullariga mikon beradigan ma’lumotlar yig‘indisiga
aytiladi. Ma’lumotlar omborida turli ma’lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan,
poyezd, samolyot, avtobuslarning harakatlanish jadvali, do‘kon yoki ombordagi
mahsulotlarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar, talaba, o‘qituvchi va xodimlar,
shuningdek, kitoblar haqidagi ma’lumot va boshqalar ma’lumotlar omboriga misol
bo‘la oladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterdan
foydalanish shart emas. Masalan, shifokorning qabulxonasidagi bemorlar
kartotekasini ma’lumotlar ombori deb hisoblash mumkin (kartotekalar qog‘ozdan
yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo‘lishi mumkin). Masalan, shifokor
kompyuterda matn fayllarni yaratishni o‘rganib, bemorlar kartotekalarini bir nechta
fayllarda yozib “kompyuterli” ma’lumotlar omborini hosil qilishi mumkin. Alllbatta,
bunday ma’lumotlar omboridan foydalanilganda bemorlarni hisobga olish va kerakli
hujjatlarni tayyorlash (bemorga ma’lumotnoma berish, retsept yozish va h.k.) ancha
tez bajariladi.
Ma’lumotlar omborini axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida
yig‘indisi deb tushunish mumkin. Biror kutubxonadagi barcha kitoblar yoki butun
dunyoda chiqayotgan jurnallardagi matematik tadqiqotlar haqidagi barcha maqolalar
ro‘yhatining jamlanishi ma’lumotlar omboriga misol bo‘lishi mumkin.
Yer yuzida keng foydalanilayotgan mavjud 3000 ma’lumotlar omborlaridan
ko‘p qismini xususiy kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday
ma’lumotlarni saqlash, axborotni qanday yig‘ish, qanday yangilash va
rasmiylashtirish kerakligi masalaarini hal etishgan. Ma’lumotlar ombori ham ular
joylashgan mamlakatlar kabi turli-tumandir. Ba’zi axborot tizimlari katta emas.
Masalan, Avstraliyadagi “Ausinet” tizimi 17 omborga, Amerikaning “DAYALOG”
tizimi 250 dan ortiq omborga ega. Ko‘pchilik tizimlar o‘rtacha o‘lchamlarga ega.
Shvetsariyaning “Data – Star” tizimi 46, G‘arbiy Germaniyaning “INKA” tizimi 42,
fransiyaning “Kestel” tizimi 45, Buyuk Britaniyaning “Pergamon Infolayn” tizimi 35
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
319
omborga ega. Ma’lumotlar omboridagi axborotlar bir necha usullar bilan tashkil
etilishi mumkin. Ma’lumotlar omborlarining eng soda va keng tarqalgan shakli jadval
ko‘rinishidir. Ma’lumotlar omborining bunday ko‘rinishi relyatsion omborlar deb
ataladi. Relyatsion omborlar aniq sondagi ustunlarga ega bo‘lib, ularning hammasi
nomlarga ega bo‘ladi.
Kompyuterdan aksariyat hollarda matnli fayllar (turli xat, referat, she’r va
h.k.) ni yaratishda foydalaniladi. Foydalanuvchining tajribasi oshib borgan sari u
matnli fayllar o‘rnida turli shakldagi va berilgan vazifalarni bajaruvchu fayllardan
foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli, belgili ma’lumotlarni
kiritish orqali jadvalli, kartotekali, videotekali, tashkilotlar manzili, kasallik varaqlari,
telefon nomerlari va boshqa ma’lumotlarni jamlovchi ombor sifatida foydalanishi
mumkin.
TAHLIL VA NATIJALAR
Har qanday ma’lumotlar omborining vazifasi haqiqiy dunyoning obyektlar
haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlashidir. Umuman olganda, “obyekt” va “kattalik”
degan iboralarni rasman ajratish mushkul. Lekin muayyan vaziyatda bu iboralarni
ishlatish uchun ularni ta’riflashimiz mumkin.
Obyekt
– mavjud bo‘lgan va o‘ziga o‘xshash narsalardan ajralib turadigan
alohida olingan predmet. Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji obyekt
hisoblanadi. Shuningdek, kimyoviy modda, biror qotishma, firma, zavod, inson
hamobyekt bo‘la oladi.
Obyekt sifatida nafaqat moddiy predmetlar, balki haqiqiy dunyoni aks
ettiruvchi abstract tushunchalar ham qaralishi mumkin. Masalan, san’at asarlari,
kitoblar, teatrlardagi sahna ko‘rinishlari, kinofilmlar, huquqiy normalar, falsafiy
nazariyalar va boshqalar.
Bunga o‘xshash obyektalar guruhi
obyektlar to‘plamini
hosil qiladi. Masalan,
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi guruhlar, firmalar, ombordagi
mahsulotlar, korxonada ishlovchi odamlar obyektlar to‘plamini hosil qiladi. Bunday
guruhdagi muayyan obyektni
obyekt nusxasi
db atash mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
320
Kattalik
– biror-bir obyektni ifodalovchi va uning muayyan bir nusxasi uchun
berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi ko‘rsatkich. Masalan, obyektlar
to‘plami sifatida biror akademik litsey yoki kasb-hunar kollejidagi guruhlarni olaylik.
Berilgan guruhdagi o‘quvchilar soni va hokazolar kattaliklar hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilganlarni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki,
axborot tizimini loyihalovchining eng muhim vazifasiga obyektlar va ularni
tavsiflovchi ma’lumotlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishni o‘rnatish
kiradi. Axborot tizimi o‘lchami va vazifasiga ko‘ra obyektlar u yoki bu darajadagi
o‘zgaradigan ma’lumotlar bilan xarakterlanishi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil
etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi,
turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu
xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga mo‘ljallangan avtomatlashgan
ishchi joylari (AIJ) ni yaratish imkonini beradi.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun
maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda amal
bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning uning xotirasi kengayganligi
(40 – 60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar omborini yaratish
imkonini bermoqda.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi
ikkita omil mavjud: birinchi omil – qanday mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar
(ya’ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi – yig‘ilgan ma’lumotlardan qanday
foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro‘yxatini qayta ishlovchi turli xildagi
dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki
haqda biror ma’lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-biridan jiddiy farq qiladi.
Budan tashqari, har ir berilgan soha uchun o‘zining dasturi ishlab chiqilishi kerak.
Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma’lumotlar ombori uchun mo‘ljallangan
dasturlar aviapassajirlar ro‘yxatini qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
321
Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va
bunday dasturlar
ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi
deb ataladi. Ma’lumotlar
omborida axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida saqlanadi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar
omborini boshqarishning quyidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
Ma’lumotlar omboriga kirish: faydalanuvchining talabiga javoban
axborot turidan qat’I nazar unga qulay ko‘rinishda javob berish.
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi
talabiga mos holda (texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda) o‘zgartirish.
Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to‘xtatilganda ma’lumotlar
omborining qayta tiklanish qobiliyati.
Ma’lumotlarni himoyalash: ma’lumotlar omboridan ruxsatsiz
(sanksiyasiz) foydalanishning cheklanganligi.
Ma’lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir
vaqtda bir necha kishining bir-biriga xalaqit bermasdan foydalanishi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma’lum ko‘rinishidagi ichki
tuzilishiga, amalgam oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday
dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga
ajratiladi.
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini
tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalgam oshirishni ta’minlaydi:
–
muammoli yo‘naltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi;
–
oldin kiritigan axborotlardan foydalanishning yengilligi;
–
mmmurakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish;
–
shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftarlari va boshqa
vositalarni yaratishning mumkinligi.
Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlar ko‘proq
foydalaniladi. Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash
(Word), “Elektron jadvallar” va ma’lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
322
bo‘ladi. Keng tarqalganligi bo‘yicha “Ishchi grafiklar” tizimi va kommunikatsiya
tizimlari keyingi o‘rinda turadi.
Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha.
Inson o‘z hayoti davomida
ko‘plab axborotlar bilan ishlaydi. Ular biron-bir narsa yoki jarayonga aloqador
(masalan, tabiyat, jamiyat, ular orasidagi munosobatlar va hokazo) ma’lumotlar
bo‘lishi mumkin.
Narsa yoki jarayonni o‘rganishda ularni obyekt deb atash qabul
qilingan.
Har bir obyekt o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Obyektlarni o‘rganish
jarayonida ular haqida ma’lumotlar yig‘iladi, saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi.
Axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning ko‘plab usullari mavjud.
Kompyuterlar yaratilgunga qadar axborotlar bilan ishlash, asosan qog‘ozda amalgam
oshirilar edi. Masalan, ma’lumotlar yig‘ma jildlarda saqlangan, ularni uzatish esa
odatdagi pochta orqali amalga oshirilgan. Hozirgi kunda ham bu usuldan voz
kechilganicha yo‘q. Lekin bugungi kunda, ya’ni axborotlar asri davrida katta
hajmdagi ma’lumotlarni odatdagi usullar orqali qayta ishlab bo‘lmaydi. Ma’lumki,
axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish kompyuterning asosiy vazifalaridan
biridir.
Kompyuterda ham axborotlarni turli usulda saqlash mumkin. Masalan, matn
muharrirlari va protsessorlari (Blknot yoki MS Word dasturlari) yordamida katta
hajmdagi axborotlarni saqlash mumkin. Lekin axborotlarni matn muharrirlari yoki
protsessorlari yordamida saqlash va ular bilan ishlash axborotlarni qog‘ozda saqlash
va kerakli ma’lumotlarni izlash bilan deyarli teng. Ikkinchi tomondan, katta
hajmdagi ma’lumotlar ichidan kerakli ma’lumotni tezda topish uchun bu
ma’lumotlarni ma’lum bir tartibda saqlash talab etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Романова И. Облачные технологии и их применение // Молодой ученый.
— 2016.
2.
Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). METHODS OF STUDYING
ADDITION
AND
SUBTRACTION
OF
TWO-DIGIT
NUMBERS
IN
ELEMENTARY SCHOOL.
Gospodarka i Innowacje.
,
22
, 61-67.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
323
3.
Dehqonova, Mahliyo Shuhrat Qizi, & Axmedova, Umida Yodgorjon Qizi
(2023). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MATEMATIK
SAVODXONLIGINI OSHIRISH JARAYONIDA ULARNING TAFAKKURI,
QOBILIYATI VA INTELLEKTUAL RIVOJLANISH.. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (4-2), 251-256.
4.
Dehqonova, M. S. Q. (2023). BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF
O'QITUVCHILARINI
METODIK
TAYYORGARLIGINI
TAKOMILLASHTIRISH
TEXNOLOGIYASINI
ISHLAB
CHIQISH
VA
AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI.
Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
,
3
(4-2), 244-250.