MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
311
WEB-SAYTLAR YARATISH UCHUN DASTURIY TA’MINOTNI
O‘RNATISH
Mo‘mboyev Azizbek Avazbekovich-
Farg‘ona shahar 1-sonli politexnikum
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktab va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari
uchun web-saytlar yaratish uchun dasturiy ta’minotni o‘rnatish haqida to‘liq
ma’lumot berib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada mazkur dastur haqida uning
ishlatilishi muallif tomonidan misollar orqali tushuntirilgan va yoritib berilgan.
Аннотация:
В данной статье представлена полная информация о том,
как установить программное обеспечение для создания сайтов для школьников
и учащихся ПТУ. Также в статье об этой программе автор объясняет и
освещает ее использование на примерах.
Annotation:
This article provides complete information on how to install
software for creating websites for schoolchildren and vocational school students.
Also in the article about this program, the author explains and highlights its use with
examples.
Kalit so‘zlar:
web-saytlar yaratish, axborot-kommunikatsiya, dasturiy
ta’minot, web-texnologiya, web-server, web-sahifa.
Ключевые слова:
создание веб-сайтов, информационная связь,
программное обеспечение, веб-технологии, веб-сервер, веб-страница.
Keywords:
website creation, information communications, software, web
technologies, web server, web page.
Kirish
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o‘rganishni Web-dizaynning
quyidagi uchta tushunchasini o‘rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va
Web-server. Web-sahifa – o‘zining unikal manziliga ega bo‘lgan va maxsus ko‘rish
dasturi yordamida (brauzer) ko‘riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video
yoki animatsiya ma‘lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga
gipermurojaatlar kirishi mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
312
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. Web-server –
tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni
mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar
ma‘lumotlar bazalari va multimediyali ma‘lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-
serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Biz Internet tarmog‘idagi Web-sahifalarni ko‘rishimiz uchun WWW (World
Wide Web) deb ataluvchi Internet xizmatdan foydalanamiz. World Wide Web
(WWW, Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) – bu mijoz-server texnologiyasi asosida
tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir. Web-texnologiyaning (Internet-
texnologiya) Web-dizayn qismini o‘rganishni belgilili til tasnifi bilan boshlaymiz. Bu
til yordamida matnlar, grafik ma‘lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu
hujjatni barcha kompyuterda ko‘rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar
belgili tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga -ma‘lumotlarni
joylashtirish va ular orasidagi aloqani (gipermurojaatlar) ta‘minlashdan iborat.
Web-sahifaning rivojlanishi yanada interaktiv pog‘onaga chiqqan. Web-
saytlar asta sekinlik bilan ilovalar interfeysiga o‘xshab bormoqda. Bularning barchasi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
313
zamonaviy Web-dasturlash texnologiyasi yordamida amalga oshmoqda. Web-
dasturlash texnologiyalarini, dasturlarini asosan ikkita qismga ajratish mumkin: mijoz
tomonidagi dasturlarlash (client-side) va server tomonidagi (server-side). Ushbu
texnologiyalarni tushunish uchun avvalo bevosita "mijoz-server" texnologiyasini
tushunish kerak. Web-sahifaning interaktiv dasturi ssenariy deb ataladi. Bunday
atama dasturning natijasiga bog‘liq holda vujudga kelgan. Uning asosiy vazifasi Web-
sahifada foydalanuvchi holatiga, xarakatiga «reaksiya» berishdir. Shu tariqa
ssenariylar mijoz tomonida bajariluvchi va server tomonida bajariluvchi ssenariylarga
bo‘linadi. Mijoz tomonida bajariluvchi ssenariylar brauzer yordamida bajariladi.
Server tomonida bajariluvchi ssenariylar esa Web-server yordamida bajariladi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Mijoz tomonidagi ssenariylar. Mijoz tomonidagi ssenariylar foydalanuvchi
tomonidan kiritilayotgan ma‘lumotlarni to‘g‘riligini serverga murojaat qilmasdan
tekshiradi. Ko‘p hollarda bu ssenariylar JavaScript va VBScript tillarida yoziladi.
JavaScript (Dasturlash tili). JavaScript – bu til Netscape va Sun Microsystems
tomonidan yaratilgan bo‘lib, Web-sahifaning funksional imkoniyatlarini orttirish
maqsadida qo‘llaniladi. JavaScript yordamida odatda ma‘lumotli va muloqot
oynalarini chiqarish, animatsiyalarni ko‘rsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin.
Bundan tashqari, JavaScript-ssenariy ba‘zan o‘zi ishlab turgan brauzer va
platforma turini aniqlashi mumkin. JavaScript-ssenariylar foydalanuvchi tomonidan
kiritilayotgan ma‘lumotlarni to‘g‘riligini tekshirishda ham qulay hisoblanadi.
VBScript tili. VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan
bo‘lib, Visual Basic tilining bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer va
Microsoft Internet Information Server (IIS) lar bilan ishlashga mo‘ljallangan tildir.
VBScript tilining JavaScript tili bilan umumiy qismlari bir nechta, jumladan
u aynan Microsoft Internet Explorer bilan ishlash va uning qo‘llanish sohasini cheklay
olish imkoniyatiga ega. VBScript interpretatorli til hisoblanib, Microsoft ning Web-
texnologiyalari bilan hamkorlikda ishlay oladi, masalan ASP (Active Server Page).
Shunga qaramay VBScript mijoz tomonida ishlovchi ssenariy hisoblanadi, ASP esa
server tomonida ishlaydi. Server tomonidagi ssenariylar. Server tomonida bajarilishi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
314
kerak bo‘lgan ssenariylar odatda sayt papkasining ichidagi maxsus papkaga
joylashtiriladi. Foydalanuvchi so‘roviga asosan server bu ssenariyni bajaradi.
Bajarilgan ssenariy natijasi web-serverga uzatiladi va undan
so‘ng mijozga uzatiladi. Server tomonidagi ssenariylarni tashkil etish uchun
odatda Perl, ASP, PHP, JSP va SSI kabi til va texnologiyalardan foydalaniladi. Perl
interpretatorli tili. Perl tili Web-ilovalar yaratishda eng ommabop tillardan biri
hisoblanadi. Matnlarni qidirish va tahrirlash, fayllar bilan qulay ishlay olish qoidalari
bilan Perl tili Internetning asosiy tillaridan biri bo‘lib qoldi. Perl – interpretatorli til
hisoblanadi, shu bois unda yaratilgan ssenariylar ishlashi uchun server kompyuterda
Perl-interpretator o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bevosita Perl-kodning interpretatsiya
qilinish jarayoni uning samaradorligini pasaytiradi. Bugungi kunda Perlning asosiy
yutuqlaridan biri, uning barcha platformalar uchun ishlay olishi va uning barcha
resurslari bepul tarqatilayotganligidir. Ko‘pgina Web-serverlar UNIX da ishlaydi,
Perl interpretator esa bu operatsion tizimning bir qismi
hisoblanadi.
ASP (Active Server Pages). ASP-ma‘lumotlar bazalari tashkil etish va ular
bilan ishlash vazifalarini bajarishga moslashuvchan, qulay vositadir. ASP vositalari
server tomonida ishlaydi va HTML-kod va ssenariylar kabi fayllarni qayta ishlaydi.
ASP texnologiyasi VBScript, Java va JavaScript tillarini qo‘llab quvvatlaydi. ASP-
kod ixtiyoriy HTML-hujjatdan, shu bilan birga boshqa ASP-hujjatdan chaqirilishi
mumkin. ASP-kod joylashtirilgan Web-sahifalar fayllari kengaytmasi .asp bo‘ladi.
ASP texnologiya Windows NT va Microsoft IIS Web-serveriga mo‘ljallangan bo‘lib,
imkoniyatlari va samaradorligi yuqori bo‘lganligi
bois ko‘pgina kompaniyalar o‘z vositalariga ASP ni qo‘llab quvvatlash
imkoniyatlarini kiritmoqdalar. Ko‘pgina HTML-muharrirlar, masalan Adobe GoLive
ham ASP ni qo‘llab quvvatlaydi. ASP texnologiyasi bir nechta qulayliklarni o‘zida
jamlagan: HTML-hujjatni dinamik generatsilaydi, formalarni qo‘llab quvvatlaydi,
ma‘lumotlar bazasiga ruxsatni tashkil etadi va u bilan ishlay oladi. ASP – dasturlash
tili ham, ilova ham emas, u interaktiv Web-sahifa hosil qilish texnologiyasi. PHP
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
315
(Personal home page). PHP – bu serverda qayta ishlanuvchi ssenariylar tilidir. ASP
kabi PHP kodlar ham bevosita HTML-hujjatni
tarkibiga qo‘shiladi. Ushbu tilning nomi Personal Home Page Tools
so‘zlarining qisqartmasidan olingan. PHP da C va Perl tillarida uchragan bir qator
muammolar hal etilgan, bundan tashqari, PHP ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash uchun
juda qulay vositadir. Umuman olganda Perl, PHP – ochiq tizimli tillar hisoblanadi va
ularni dasturchilar modernizatsiyalashtira oladi.
JSP (JavaServerPage). JSP texnologiyasi o‘zining funksional imkoniyatlariga
ko‘ra ASP ga o‘xshashdir. Asosiy farqi shundaki, bunda VBScript va JavaScript bilan
birga Java tili ham qo‘llanila oladi. Shunga qaramay JSP Java dan oldinroq
qo‘llanilgan va ushbu texnologiya mukammal Web-ilovalar yaratish uchun yetarli
imkoniyatga ega. SSI (Server Side Include). SSI vositasi dastlab HTML-faylni
erverda qayta ishlaydi va undan so‘ng uni mijozga uzatadi. Dastlabki qayta ishlash
vaqtida hujjatga dinamik generatsiya qilingan ma‘lumotlar qo‘shiladi, masalan joriy
vaqt haqidagi ma‘lumot. Umuman olganda SSI texnologiyasi HTML-faylning
tarkibiga qo‘shimcha qo‘llanmalar qo‘shishga mo‘ljallangan HTMLning qismi
hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Farkhodovich, T. D. kizi, DMS., & kizi, AUY.(2022). Critical Thinking in
Assessing Students.
Spanish Journal of Innovation and Integrity
,
6
, 267-271.
2.
Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). METHODS OF STUDYING
ADDITION
AND
SUBTRACTION
OF
TWO-DIGIT
NUMBERS
IN
ELEMENTARY SCHOOL.
Gospodarka i Innowacje.
,
22
, 61-67.
3.
Dehqonova, Mahliyo Shuhrat Qizi, & Axmedova, Umida Yodgorjon Qizi
(2023). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MATEMATIK
SAVODXONLIGINI OSHIRISH JARAYONIDA ULARNING TAFAKKURI,
QOBILIYATI VA INTELLEKTUAL RIVOJLANISH.. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (4-2), 251-256.
4.
Dehqonova, M. S. Q. (2023). BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF
O'QITUVCHILARINI
METODIK
TAYYORGARLIGINI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
316
TAKOMILLASHTIRISH
TEXNOLOGIYASINI
ISHLAB
CHIQISH
VA
AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI.
Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
,
3
(4-2), 244-250.