Authors

  • Xakimov Abdimaxammat Isroilovich

Author Biography

  • Xakimov Abdimaxammat Isroilovich

    Farg‘ona shahar 1-sonli politexnikum.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94142

Keywords:

Microsoft access interaktiv metodlar innovatsion ta’lim innovatsiya pedagogik texnologiya axborot texnologiyalari an’anaviy ta’lim. текстовая строка графический объект выделение поиск по URL-адресу документа сайта гиперссылка для электронной почты окно редактирования гиперссылки список целевых источников. text string graphic object selection site document URL search email hyperlink hyperlink edit window target source list.

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi kunda rivojlangan microsoft accessda jadvallarni o‘zaro bog‘lash texnologiyalarining ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Ta’limni yanada samarali qilish usullari, zamonaviy texnologiyalardan dars davomida qanday foydalanish usullari haqida ma’lumot berib o‘tilgan.

В этой статье рассказывается о важности технологий связывания таблиц в современном усовершенствованном Microsoft Access. Была дана информация о том, как сделать обучение более эффективным, как использовать современные технологии на уроке.

This article discusses the importance of table linking technologies in today's enhanced Microsoft Access. Information was given on how to make teaching more effective and how to use modern technologies in the classroom.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

305

MICROSOFT ACCESSDA JADVALLARNI O‘ZARO BOG‘LASH

Xakimov Abdimaxammat Isroilovich

- Farg‘ona shahar 1-sonli

politexnikum.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hozirgi kunda rivojlangan microsoft accessda

jadvallarni o‘zaro bog‘lash texnologiyalarining ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

Ta’limni yanada samarali qilish usullari, zamonaviy texnologiyalardan dars

davomida qanday foydalanish usullari haqida ma’lumot berib o‘tilgan.

Аннотация:

В этой статье рассказывается о важности технологий

связывания таблиц в современном усовершенствованном Microsoft Access.

Была дана информация о том, как сделать обучение более эффективным, как

использовать современные технологии на уроке.

Annotation:

This article discusses the importance of table linking

technologies in today's enhanced Microsoft Access. Information was given on how to

make teaching more effective and how to use modern technologies in the classroom.

Kalit so‘zlar:

Microsoft access, interaktiv metodlar, innovatsion ta’lim,

innovatsiya, pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari, an’anaviy ta’lim.

Ключевые слова:

Microsoft access,текстовая строка, графический

объект, выделение, поиск по URL-адресу документа сайта, гиперссылка для

электронной почты, окно редактирования гиперссылки, список целевых

источников.

Keywords:

Microsoft access,text string, graphic object, selection, site

document URL search, email hyperlink, hyperlink edit window, target source list.

Kirish

Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi,

axborot oqimlarining tobora ortib borishi va ma’lumotlarning tez o‘zgarishi

insoniyatni ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini

qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish, yig‘ish va uni qayta


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

306

ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish

bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumotlar bazasi va uni boshqarish tizimlari

Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi

ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi -bu

qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar

to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish

uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan,

korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar

bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga

intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tuzilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.

Tuzilmalashtirish – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni

kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular

tuzilmalashtirilmagan deyiladi. Masalan, talabalar (sinov daftarchasining nomeri,

familiyasi, ismi, otasining ismi, o‘rtacha baho va stependiya miqdori) haqidagi

axborotdan iborat tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarga quyidagicha yozilgan

axborotni ko‘rsatish mumkin:

Reyting daftarcha nomeri 654311 Familiyasi Avazov Ismi Jamol Otasining

ismi Aliyevich Tugilgan sana 15-yanvar, 1979 yil O‘rtacha baho 4,78 Reyt. daft.

nomeri 545712 F-yasi Ortiqov Ismi Akram Ota. ismi Salimovich Tugilgan sana 3/XI

1978 yil O‘rta baho 4,61 va hokazo.

Tuzilmalashtirilmagan holda saqlanayotgan ma’lumotlardan zarur bo‘lganini

qidirib topish ancha murakkab, uni tartiblashni esa dyarli bajarib bo‘lmaydi. Agar

talabalar haqidagi ma’lumotlarni oddiy jadval ko‘rinishidagi tuzilmaga soladigan

bo‘lsak, uni quyidagicha tasvirlash mumkin bo‘ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

307

Ma’lumotlar bazasi

– EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega,

o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir

ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum

ma’noda ifodalaydi. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval)

kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq.

Maydon

-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishning elementar birligi

bo‘lib, u axborotning eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi.

Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:

Maydon nomi.

MB jadvali ustunlariga beriladigan nomlarni bildiradi.

Masalan, MBning ishchilar jadvali uchun maydon nomlari quyidagilar bo‘lishi

mumkin: familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.

Maydon turi (tipi).

MB jadvali ustunlariga kiritiladigan ma’lumotlar turlarini

bildiradi. Masalan, raqam “N” (chislovoy), simvol (simvolnыy), sana/vaqt

(data/vremya), mantiqiy (logicheskiy). Maydon o‘lchami (uzunligi). MB jadvali

ustunlariga kiritiladigan ma’lumotlarning maksimal uzunligi. Masalan, eng ko‘p

belgilar sig‘imi.

Aniqlik,

(son turidagi ma’lumotlar uchun) haqiqiy son o‘nlik kasr qismining

maksimal uzunligi.

Yozuv

–bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami bo‘lib, MB jadvali

qatoridir.

Fayl

(jadval) - bu bir xil tuzilmaga ega yozuv nusxalari to‘plami. Kalit. Kalit

yozuv nusxasini bir qiymatli aniqlash uchun xizmat qiladi. Kalit bir yoki bir necha

maydonni o‘z tarkibiga olishi mumkin. Agar kalit faqat bir maydondan iborat bo‘lsa,

oddiy deb, aks holda, u tarkibiy kalit deb ataladi. Jadvalda STUDENT faylining

mantiqiy strukturasi keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

308

Ma’lumotlar bazasidan

foydalanish

uchun

foydalanuvchi

ishini

yengillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu

tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratilgan holda qaraydi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat

vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar

bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritish mumkin. Juda ko‘p

turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu

tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox,

Vizual FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.

Ma’lumotlarning modeli - bu ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va

ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.

Ma’lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismlarni o‘z ichiga oladi:

1.Ma’lumotlar tuzilmasi.

2.Ma’lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar.

3.Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar.

MBni tuzishda ma’lumotlar modeli bir yoki bir necha turidagi obektlarni o‘z

ichiga olish va ular o‘rtasida aloqalar o‘rnatish imkonini yaratadi.

Mashina muhitidagi ma’lumotlarning murakkabroq modellari (fayl modeliga

nisbatan) tarmoqli va iyerarxik modellar bo‘lib hisoblanadi. Bu modellar ularning

o‘zlariga xos turdagi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi.

MBBTda ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma’lumotlarning

tarmoqli yoki iyerarxik modeliga mos holda ko‘rsatiladi. Bunday model o‘zaro

bog‘lik ob’ektlarning majmui bo‘lib ikki ob’ektning aloqasini va ularning bir-biriga

qaramligini aks ettiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

309

Iyerarxik model. Ikki xildagi ob’ektlar o‘rtasidagi aloqalar, ularning nusxalari

o‘rtasidagi qat’iy iyerarxik munosabatlar bilan aniqlanib, ular asosiy va tobe yozuvlar

to‘plamidan iboratdir. Daraxt turiga misol:

Bunda yozuv turlari orasida bog‘lanish mavjud. Bunday sxemadagi

ma’lumotlar bazasi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi (daraxtning bitta nusxasi):

Tarmoqli model. Turli predmet sohalari uchun ma’lumotlarning tarmoqli

modeli iyerarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot tuzilmalarini

aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko‘plab predmet sohalarining malumotlari

o‘rtasidagi aloqalar tarmoqli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tarmoqi modellar,

ma’lumotlarning iyerarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Oliy ta’limda faol va interaktiv ta’lim texnologiyalari (darslarni o‘tkazish

shakllari): darslik / komp. T.G.Muxin.-Nijniy Novgorod: NNGASU, 2013.-97 p.

2.

Farkhodovich, T. D. kizi, DMS., & kizi, AUY.(2022). Critical Thinking in

Assessing Students.

Spanish Journal of Innovation and Integrity

,

6

, 267-271.

3.

Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). METHODS OF STUDYING

ADDITION

AND

SUBTRACTION

OF

TWO-DIGIT

NUMBERS

IN

ELEMENTARY SCHOOL.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 61-67.

4.

Dehqonova, Mahliyo Shuhrat Qizi, & Axmedova, Umida Yodgorjon Qizi

(2023). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MATEMATIK

SAVODXONLIGINI OSHIRISH JARAYONIDA ULARNING TAFAKKURI,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

310

QOBILIYATI VA INTELLEKTUAL RIVOJLANISH.. Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (4-2), 251-256.

5.

Dehqonova, M. S. Q. (2023). BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF

O'QITUVCHILARINI

METODIK

TAYYORGARLIGINI

TAKOMILLASHTIRISH

TEXNOLOGIYASINI

ISHLAB

CHIQISH

VA

AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI.

Oriental renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

,

3

(4-2), 244-250.