Authors

  • Bahriddinova Durdonaxon Rustamjon qizi

Author Biography

  • Bahriddinova Durdonaxon Rustamjon qizi

    Namangan Davlat Pedagogika  Instituti Maxsus Pedagogika 1-kurs magistranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94157

Keywords:

dizartriya bulbar psevdabulbar miyachali dizartriya denas apparati ovoz nafas organlari korreksiya. dysarthria pseudobulbar cerebral dysarthria body apparatus voice respiratory organs correction. дизартрия бульбарная псевдобульбарная церебральная дизартрия аппарат тела голос органы дыхания коррекция.

Abstract

Ushbu maqolada dizartriya, dizartriya turlari, dizartriya haqida olimlar olib borgan ishlar va qo’llagan metodlari, dizartriyaning sabablari va davolash usullari, denas apparatini dizartriyada qo’llash, dizartrik bolalarda olib boriladigan pedagogik koreksion ishlar tizimi haqida ochib berilgan.

This article describes dysarthria, types of dysarthria, works and methods used by scientistsabout dysarthria, causes and treatment methods of dysarthria, the use of physical therapy in dysarthria, and the system of pedagogical corrections for dysarthric children.

в статье описаны дизартрия, виды дизартри, работи и методы ученых о дизартрии, причины и методы лечения дизартрии, применение лечебной физкультуры при дизартрии, система педагогической коррекции дизартрии у детей.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

147

DIZARTRIYA. DIZARTRIYA TURLARI, DIZARTRIYADA OLIB

BORILADIGAN PEDAGOGIK KOREKSION ISHLAR METODIKASI

Bahriddinova Durdonaxon Rustamjon qizi

Namangan Davlat Pedagogika

Instituti Maxsus Pedagogika 1-kurs magistranti.

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada dizartriya, dizartriya turlari, dizartriya haqida

olimlar olib borgan ishlar va qo’llagan metodlari, dizartriyaning sabablari va

davolash usullari, denas apparatini dizartriyada qo’llash, dizartrik bolalarda olib

boriladigan pedagogik koreksion ishlar tizimi haqida ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

dizartriya, bulbar, psevdabulbar, miyachali dizartriya, denas

apparati, ovoz, nafas organlari, korreksiya.

Annotation:

This article describes dysarthria, types of dysarthria, works and

methods used by scientistsabout dysarthria, causes and treatment methods of

dysarthria, the use of physical therapy in dysarthria, and the system of pedagogical

corrections for dysarthric children.

Key words:

dysarthria, bulbar, pseudobulbar, cerebral dysarthria, div

apparatus, voice, respiratory organs, correction.

Аннотация:

в статье описаны дизартрия, виды дизартри, работи и

методы ученых о дизартрии, причины и методы лечения дизартрии, применение

лечебной физкультуры при дизартрии, система педагогической коррекции

дизартрии у детей.

Ключевые

слова:

дизартрия,

бульбарная

псевдобульбарная,

церебральная дизартрия, аппарат тела, голос органы, дыхания коррекция.

Kirish:

Ma’lumki hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar ko’p

tomonlama rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalar bilan

hozirgi kunda juda ko'p metodikalar va izlanishlar olib borilmoqda.Dizartriya nutq

nuqsoni juda keng tarqalgan va bu bo’yicha juda ko’p ishlar korreksiyasi hozirgi kunga

qadar o’rganilmoqda. Dizartriya–bu markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

148

hisoblanadi. Dizartriyaning nutq a’zolarining kam harakatlanishi natijasida nutq

tovushlari artikulyatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari

hamda nutqning sur'ati, ritmi va ifodaliligida o'zgarishlar kuzatiladi.

Dizartriya turlari va olimlar olib borgan ishlar metodikasi.

Dizartriya tamoyillarini Peocher tamoyillari tomonidan o’rganib chiqilgan

bo’lib ular quyidagi turlarga bo’linadi.

-po’stloqli

-po’stloqosti, xoreya, atetoz, rangsiz sharning shikastlanishi, dumli tana

boshchasining shikastlanishi, postensefalatik parkinsonism, Parkinson kasalligida;

-pedenkulyar;

-suprankulear/psevdo bulbar/;

-bulbar nuclear;

-serebellyar;

-diensefal;

-meaensefal;

-miya nervlari shikastlanishi bilan bog’liq periferik dizartriya;

-chuqur sezuvchanlikning buzilishi bilan bog’liq dizartriya;

-miyaning aralash shikastlanishlaridagi, toksikoz, postkontuzion holatlar,

dizartriya;

-epilepsiya paytidagi dizartriya;

-miasteniya paytidagi dizartriya;

-po’stloqosti ekspressiv afaziyadagi dizartriya.

L.B.Litvak dizartriya nutq buzilishlarini lokal-diagnostik ahamiyatiga o’z

e’tiborini qaratdi. Dizartriya artukulatsion buzilishlaridan tashqari nutqning tembi,

ritm, ravonligining buzilishi kabi nuqsonlarni ham kiritdi. Dizartriya muammosi XX

asrda keng o’rganila boshladi. Dizartriya tabiatini o’rganish logopediya amaliyotida

keng o’rganila boshladi.

Dizartriya nutq nuqsonini diagnostik o’rganish dizartriya muammosining

rivojlanishida muhim bosqich bo’ldi.L.B.Litvak,Ye.N.Vinarskaya tomonidan birinchi

marta bosh miyasi jarohatlangan katta yoshdagi kishilarda dizartriya kompleks


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

149

neyrolingvistik tomonidan o’rganildi. Bugungi kunda bolalarda dizartriyani namoyon

bo’lishi klinik,neyrolingvistik,psixo-pedagogik yo’nalishlarda o’rganilmoqda.

Bolalar serebral falajida dizartriyani to’liq va aniq tasnifini M.B.Eydinova

va Ye.N.Pravdina taklif etdilar.Ularning fikricha,dizartriya bolalar serebral falaji bilan

kasallangan bolalarning 65-68% ida kuzatiladi.Bolalar serebral falajining og’ir

shaklida bola umuman harakatsizlanib qoladi va bunday bolalarning deyarli

hammasida dizartriya kuzatiladi.

Dizartriyaning asosiy belgilari va sabablari:

Dizartriyaning asosiy belgilari bular nutqiy artikulyatsiya motorikasi va nutqiy

nafas bilan bog’liq bo’lgan tovushlar talaffuzi va ovoz nuqsonlaridir.Dizartriya

dislaliyadan farqli ravishda ham unli ham undosh tovushlarda farq kuzatiladi.

Dizartrik bolalarda yuz ,lablar va til mushaklari harakatlanishi qiyin

bo’lishi,noto’g’ri talaffuz ,o’zgartirilgan tembr,juda sekin yoki tez gapirish,burun yoki

xirillagan ovoz,haddan tashqari yuqori yoki past hajm,noto’g’ri ritm bilan bog’liq

nafas olish qiyinlashuvlari kuzatiladi.Dizartriya turli xil sabablarga ega bo’lishi

mumkin.Eng tez-tez uchraydiganlar orasida asab tizimining o’zgarishi,miyada yoki

embolida shikastlanishlar va o’smalar yuzini yoki tilni falajlanish kabi sabablari

kiradi.Bu tug’ilishdan paydo bo’lganida,bu odatda miya yarim palsi yoki mushak

distrofiyasining natijasi hisoblanadi.

Dizartrik bolalarda korreksion pedagogik ishlar tizimi:

Dizartriyani bartaraf etish bo’yicha olib boriladigan logopedik ta’sir tizimi

kompleks ravishda amalga oshiriladi,ya’ni artikulatsion apparat massaji va gimnastik

mashqlari,ovoz va nafas ustida ishlash,uni davolash,davolovchi jismoniy-tarbiya ,

fizioterapiya va dori-darmonlar bilan davolash ishlari olib boriladi. Dizartrik bolalarda

tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish,tuzatish ishining eng asosiy

vazifalaridan biridir.Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning asosiy sababi nutq

apparati a’zolarining harakatchanliklarining asosiy sababi nutq apparati a’zolarining

harakatchanligida kuzatiladigan kamchiliklardir. Shuning uchun logoped asosiy

diqqatini artikulatsion apparat harakatchanliligini rivojlantirishga qaratish lozim.

Dizartrik bolalarda denas apparatini qo’llash


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

150

Denasdan nutq terapiyasi uchun foydalanish buzilish belgilari bo’lgan

joylarga bevosita ta’sir qilish orqali artikulyar organlarning funksiyalarini

faollashtiradi va tiklaydi, bu nutq ko’nikmalarini tez shakllantirishga yordam

beradi.Denas-davolash inson organizmiga alohida ta’sir ko’rsatadi.Bunday davolash

normal modda almashinuvi uchun qon aylanish tizimi yanada samarali faoliyat asab

tizimi normallashadi.Denas apparati quyidagi holatlarda ishlatiladi:

-Asab tizimi kasalliklari,qon aylanish tizimi kasalliklari

-Tayanch-harakat tizimining patalogiyasi

-Nafas olish tizimi kasalliklari,yurak eshemik kasalliklari

-Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari

-immun tizimi

-Ko’z kasalliklari kabi muammolarda denas apparati qo’llaniladi.

Denas apparati dizartrik bolalarda nafas olishni to’g’rilashda,harakatlanish

tizimini to’g’rilashda hamda immune tizim va asab tizimini yaxshilash uchun

qo’llaniladi.

Shunday qilib, dizartrik bolalarda ovoz boylamlari muskullarining parezi shu

narsaga olib keladiki, ovoz boylamlari to’liq va bir xilda harakatlanmaydi, ularning

tebranishi esa kam bo’ladi. Shuning uchun ovoz ohangdorligi kam, kuchsiz bo’lib

qoladi. Avvalo, dizartriyani oldini olish uchun nuqt apparatiga va nafas olishiga

alohida e’tibor berish lozim. Chunki dizartrik bolalarda ovoz boylami va nafas olish

tizimi buzilgan bo’ladi. Bu kabi kasallikni davolashda og’izning holatini nazorat qilish,

ovozni rivojlantirish, nutqiy nafasni korreksiyalash, tovushlar talaffuzini

korreksiyalash muxim o’rin tutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1:M.Y.Ayupova Logopediya Toshkent 2007-y.

2:K.P.Bekker M.Sovak Logopediya 1981-y.

3:L.R.Mo’minova tutilib gapiruvchilar uchun qo’llanma O’qituvchi 1980-y.