MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
17
YER OSTI SUVLARINING AVTOMOBIL YO’LLARIGA TA’SIRI
Qurilish fakulteti 17-23YM guruh talabasi
Turdaliyev Ziyodjon
Ilmiy rahbar; Bino va Inshootlar qurilishi kafedrasi asitsenti
G‘ulomov Dilmuhammad
Annotatsiya;
Ushbu maqolada yer osti suvlarining hosil bo'lishi, kimyoviy
xossalari va agressivligi haqida umumiy tushunchalar, yer osti suvlarining avtomobil
yo'l poyiga tasiri haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar;
infiltratsiya nazariyasi ,yuvenil suvlar,sedimentatsion nazariya,
kation, anion, agrssivlik, geotekstil, karbonatli agressivlik, magniyli agressivlik,
kislorodli agressivlik, sulfatli agressivlik.
Аннотация;
В данной статье рассматриваются общие представления
о формировании подземных вод, химических свойствах и агрессивности, а
также о влиянии подземных вод на дорожное полотно.
Ключевые слова;
теория инфильтрации, ювенильные воды, теория
седиментации, катион, анион, агрессивность, геотекстиль, карбонатная
агрессивность, магниевая агрессивность, кислородная агрессивность,
сульфатная агрессивность.
Abstract:
This article discusses the general concepts of groundwater
formation, chemical properties and aggressiveness, and the impact of groundwater
on the roadway.
Keywords:
infiltration theory, juvenile waters, sedimentation theory, cation,
anion, aggressiveness, geotextile, carbonate aggressiveness, magnesium
aggressiveness, oxygen aggressiveness, sulfate aggressiveness
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so’ng juda ko’p o’zgarishlar bo’lib
kelmoqda, iml-fan sohasida deysizmi, qurilish sohasida deysizmi juda katta
o’zgarishlar bo’lib kelmoqda. Tadbirkorlarga berilayotkan imkoniyatlarni ko’rib
bahri-dilingiz ochiladi. Odamlarni uzog’ini yaqin qilish uchun yangi yo’llar qurilib,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
18
eskilari tamirlanmoqda. Bu yo’llar bizga uzoq muddat xizmat qilishi uchun uning
buzilishiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishimiz kerak. Nafaqat avtomobil yo’llari,
balki, har qanday muhandis inshootlarini qurishdan oldin joyning muhandis-geologik
sharoitini. gidrogeologik sharoitini, yerning tarkibini o’rganib, so’ngra muhandis
inshootlarni barpo etishimiz kerak. Avtomobil yo’llarini qurishda yer osti suvlarini
o’rganish biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Yer ustki yuzasidan pastda
joylashgan har qanday suvlar yer osti suvlari deyiladi. Yer yuziga qor va yomg'ir
sifatida tushgan suvning hammasi ham ko'z o'ngimizda yuvish va yotqizish ishlarini
bajaravermaydi. Qisqa vaqt ichida yoqqan yomg'irning ma'lum miqdori yerga singib
ketadi. Yer usti suvlarining yer bag'riga singishi infiltratsiya nazariyasi deb ataladi.
Sahrolardagi yer osti suvlari havoda hamma vaqt bo'ladigan bug' holidagi namning
kondensatsiyalanishi suvga aylanish natijasidir. Havo o'z haroratiga qarab faqat
ma'lum miqdorgacha namliknigina o'zida ushlab tura olishi mumkin. Natijada huddi
shu ortiqcha namlik shudring holida yer yuziga tushadi. Ertalab, kun chiqishidan
oldin butun yer yuzi nam bilan qoplangan bo'ladi va barcha o'simliklarda shudring
tomchilarini ko'rish mumkin. Kun isishi bilan bu namlik bug'lanib ketadi, lekin uning
bir qismi tuproqqa singib ketishga ulguradi. Shunday qilib, bu yerda yer osti suvi
havodagi bug' holida bo'lgan namlik hisobiga paydo bo'ladi. Yer osti suvlari hosil
bo'lishining yana bir uchinchi yo'li bu vulqon otilgan vaqtda juda ko'p miqdorda suv
bug'lari ajralib chiqishi kuzatilgan. Yerning ichki qismida har xil gaz va erigan
holdagi moddalardan tashqari suv bug'lari ham mavjud. Suv bug'lari tarkibida gazlar
bo'lib, o'z yo'lida mineral jismlarni eritadi va yuqoriga qarab harakatlanadi. Bu yerda
ular bir muncha sovuq joyga tushib qolib, harorati pasayadi va suv bug'lari hali ham
yuqori haroratga ega bo'lgan va gazlarga to'yingan suvga aylanadi. Bu suvlar yuvenil
suvlar deyiladi. Yer osti suvlarining paydo bo'lishidagi yana bir nazariya bu
sedimentatsion nazariyadir. Bu nazariyaga asosan yer osti suvlari cho'kindi tog'
jinslarining zichlanishi davomida ulardan suvning siqilib chiqishi natijasida paydo
bo'ladi. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi vujudga kelishi uning dastlabki
tomchilari paydo bo‘lishi davridan boshlanib, keyingi tog‘ jinslari g‘ovaklari,
qatlamlari, yoriqlari bo‘ylab harakat qilishi jarayoni bilan bog‘liq holda shakllanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
19
Yer osti suvlarining ana shu harakat qilish jarayonida uning tarkibini tashkil etuvchi
eng asosiy kimyoviy elementlar: Cl, S, C, Si, N, O, H, K, Na, Ca, Fe, Al va oz
miqdorda mikrokomponentlar: Zn, Su, Pb, As, Mo, U va boshqalar hosil bo’ladi. Yer
osti suvlarida Mendelev jadvalidagi hamma elementlarni uchratish mumkin. (Tuzlar,
oksidlar oz yoki ko’p miqdorda) Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibidagi asosiy
moddalar quydagilar bo’lib, ular makroelementlar deyiladi va ular quydagilardir:
Anionlar : HCO3 , SO4 , Cl Kationlar : Ca , Mg , Na+K Yer osti suvlarining
kimyoviy tarkibini aniqlash dala va statsionarlaboratoriya sharoitlarida amalga
oshiriladi. Buning uchun maxsus usullar va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
Dala sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti suvlarini nitrit (NO2 - ), nitrat (NO3 - ),
ammoniy (NH4 + ), gidrokarbonat (HCO3 + ), xlor (Cl-), sulfat (SO4 2- ), kalsiy
(Ca2+), magniy (Mg2+), natriy (Na), kaliy (K) ionlari, temir oksidlari (Fe2+,
Fe3+),vodorod sulfid (H2S), vodorod ionlarining konsentratsiyasi (pH), erkin
karbonat kislotasi, qattiqligi, qattiq qoldiq va boshqalar aniqlanadi. Yer osti
suvlarining kimyoviy tarkibini bilish, ularni betonga va inshootning boshqa
qismlariga nisbatan agressivligini aniqlash uchun zarurdir. Yer osti suvlari tarkibida
juda ko’p erigan tuzlar, gazlar va organik birikmalar uchraydi. Ularning suv tarkibida
ko’p yoki ozligi va turlari yer osti suvining qaysi tog’ jinslaridan oqib
o’tayotganligiga bog’liqdir. Iqlim va yer usti suvlari yer osti suvlarining kimyoviy
tarkibini o’zgartirishda ishtirok etadi. Qurilish ishlari uchun eng qulay suv reaksiyasi
ya’ni PH=7 ga yaqin, qattiq bo’lmagan, erkin karbonat kislotasi bo’lmagan va
tarkibida sulfatlar kam bo’lgan suvlar maqsadga muvofiqdir. Agar PH=7 (suv
tarkibidagi H va OH ionlari miqdori bilan o’lchanadi) bo’lsa u neytral suv deyiladi.
Suv tarkibidagi tuzlar va ularning miqdori kimyoviy tajribalarda aniqlanadi. Suvning
qattiqligi uning tarkibida Ca va Mg ionlar miqdori bilan aniqlanadi. Agar suv
tarkibida Ca va Mg ionlar miqdori 6 mg/ekv dan ko’p bo’lsa, ular qattiq suvlar
hisoblanadi. Yer osti suvlarining agressivligi uning tarkibidagi erigan tuzlarning
qurilish materiallariga ko’rsatadigan ta’siri bilan xarakterlanadi.
Yer osti suvlarining agressivligi.
Yer osti suvlari inshootning temir, beton qismiga ta’sir etib ularni yemiradi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
20
Agressivlik
turlari
Agressivlikning
o’ziga
xos
ko’rinishlari
Agressivlikning tahminiy
ko’rinishlari
Yemiruvchi
agressivlik
Lisiy oksidi va karbonatning erishi
natijasida betonning yemirilishi
Tarkibida HCO3 ionining
0,4-1,5mglekv da bo’ladi
Karbonatli
agressivlik
Suvning kalsiy bikorbanatlari bilan
to’yinishi
Agressiv karbonat kislotaning suvda
bo’lishi
Tarkibida CO2 ning /3 –
8,3
mg/ekv da bo’ladi
Sulfatli
agressivlik
Suv ta’sirida betonda tuz kristallari
hosil
bo’lib, yoriqlar paydo bo’ladi
Sulfatga
chidamli
sementlar
uchun tarkibida sulfat ioni
4000 – 5000 mg/l va oddiy
sementlar uchun 250 – 500
mg/l tashkil etadi
Magniyli
agressivlik
-
Tarkibida magniy ioni 750
mg/l
Umumiy
kislotali
agressivlik
tarkibida vodorod ioni bo’lganda
nomayon
bo’ladi va agressivlikning boshqa
turlarini
kuchaytirib
yuboradi,
metal
inshootlarini
buzilishiga olib keladi
<7dan kichik bo’lganda
yo’qsa
5
bo’lganda
namoyon bo’ladi
Kislorodli
agressivlik
Kislorod ishtirok etganda namoyon
bo’ladi,
ayniqsa metall korroziyasiga sabab
bo’ladi
Kislorod tarkibi qancha
bo’lishidan
qat’iy nazar qancha ko’p
bo’lsa
shuncha jadallashad
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
21
zanglatadi. Shu sababli yer osti suvlarining agressivlik darajasini aniqlash va
ularga qarshi choralar ko’rish kerak bo’ladi. Yer osti suvlari agressivligining
quyidagi turlari mavjud:
1) Karbonatli agressivlik
– CO2-agar suvning tarkibida erkin karbonat
angidrit bo’lsa, u sementabeton yo’lning beton qismiga ta’sir etib, reaksiyaga
kirishadi, yangi birikmalarni bikorbonatlar(gips) hosil bo’ladi.
2) Sulfatli agressivlik
– SO4- agar yer osti suvining tarkibida SO4 ning
miqdori 250 mg/l (milligram /litr)dan ko’p bo’lsa, u agressiv hisoblanadi. Chunki bu
suvlar sementabeton yo’lning beton qismiga ta’sir qilib o’yadi, buzadi.
3) Magniyli agressivlik
– Mg- agar suv tarkibida magniyning miqdori 750
mg/l dan ko’p bo’lsa, u agressiv hisoblanadi, ya’ni magniy o’yuvchan modda
bo’lganligi sababli, betonning qismiga ta’sir qilib yo’lni buzadi.
4) Umumiy kislotali agressivlik
– agar pH (vodorod ko’rsatgichi) < 5 dan
kichik bo’lsa, bu suvga H, OH miqdori yetishmaydi, u boshqa moddalardan olishga
harakat qiladi, buzadi.
5) Kislorodli agressivlik
– agar suv tarkibida erkin kislorod bo’lsa, u
inshootning temir qismiga ta’sir qiladi, uni yemiradi, koroziyaga uchratadi. Agar yer
osti suvi agressiv bo’lsa, u holda sementabeton yo’llarni qurish ishlarida maxsus
sementlardan foydalaniladi.
Agressivlikka qarshi kurashish choralaridan yana biri, yer osti suvi sathini
zovurlar orqali pasytirishdan iborat.
Bu ma’lumotlardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yer osti suvlariga qarshi
chora-tadbirlardan: suv o’tkazmaydigan qatlamlar qurishda e’tiborsizlik qilmaslik,
yer osti suvlarini zovurlar yordamida pasaytirish, yer osti suvlarini boshqa tomonga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
22
yo’naltirish ishlarini bajarishda trubalarni kengligini belgilanga tartibda qilish, yo’l
poyida geotekstil materiallarda keng miqyosda foydalanishmiz kerak
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Ubaydullayeva Z.S. Xalimova SH.R. Muhandislik geologiyasi va gruntlar
mexanikasi “Toshkent” 2020. – 366 b.
2. Shermatov M.Sh. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari – Toshkent
“Bilim” nashriyoti , 2005. – 312 b.
3.Bakiyev M , Majidov I , Nosirov B , Xo’jaqulov R , Rahmatov M . Gidrotexnika
inshootlari – Toshkent “Yangi asr avlodi” , 2008. – 440 b