MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
232
O`ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI O`XSHATISHLARNING
LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
AIFU Lingvistika (ingliz tili)
fakulteti 1-kurs magistranti
Madaliyeva Ozoda Alisher qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi turg‘un
o‘xshatishlarning lingvomadaniy xususiyatlari, til va madaniyat orasidagi o‘zaro
munosabat haqida so`z yuritiladi. Maqolada shuningdek, o‘zbek xalqida it bilan
bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlar misol tariqasida keltiriladi.
Kalit so‘zlar: etnograflar, intellektual faoliyat, strukturalar, sub’ektiv va
ob’ektiv, shaxs madaniyati.
Voqelikni idrok etish va uni bilishning milliy-madaniy xususiyatlari
muammosi tadqiqotchilarni uzoq vaqtlardan beri qiziqtirib kelmoqda va ushbu
muammo haqida bildirilgan fikrlar ham turli-tuman, ba’zan esa tamomanbir-biriga
ziddir.Ulardan ayrimlari hatto turli xalqlarning borliqni idrok etishi batamom mos
kelmasligini ta’kidlashga harakat qiladilar: «Barcha xalqlar yagona voqelikni turlicha
tasavvur va tasvir qilishadi» (Gachev 1967: 78; Qarang: Gachev1995).
G.D.Gachevning bundan qariyb o‘ttiz yil oldin aytgan bu fikri tilshunoslar va
boshqa fan sohalari vakillari uchun yangilik emas edi. O‘z paytida I.Kant hech
qanday tajriba o‘tkazmasdan turib ham(faktlar to‘plash shart emas) ong
kategoriyalarini ajratish mumkinligi haqida gapirgan edi. Shundan buyon
faylasuflar, psixologlar, etnograflar, kognitologlar (A.Ya.Gurevich, L.S.Vigotskiy,
A.N.Leontev, A.R.Luriya, V.F.Petrenko va boshqalar) borliqni idrok etish turli
bilim strukturalari orqali bajarilishi va ushbu strukturalarda oldingi tajribada
to‘plangan bilim- axborot tartiblashgan, umumlashgan holda aks topishini qayd
etib kelishmoqda. Ammo u holda oldingi tajriba qay shaklda qoliplashadi yoki
tizimlashadi degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Shubhasiz, tajriba dastlabki o‘rinda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
233
insonning bevosita ko‘z o‘ngida, o‘zi yashab turgan muhitda yuz berayotgan
voqealar, uning atrofidagi predmetlarni bevosita kuzatuvi, ulardan foydalanishi
jarayonida to‘planadi. Inson faoliyati ma’lum milliy madaniyat, muhit doirasida
kechadi. Shu sababli har qanday turdagi bilish jarayoniga oid strukturalar,
tuzilmalarda milliy kolorit mavjud bo‘lishi ham tabiiydir. So‘zsiz, insonning inson
sifatida shakllanishining o‘zi ham madaniyat bilan bog‘liqdir. Uning nafaqat
intellektual faoliyati, balki oddiy hayotiy xatti-harakatlarining barchasi ham milliy
madaniyat ko‘zgusida aks topadi va ushbu madaniyat qonun-qoidalari«nazorati»da
bo‘ladi. Har qanday madaniyat atrof-muhit ta’sirida taraqqiy qilib, o‘zgarib boradi.
Turli millatlar madaniyati bir-biridan dastlabki o‘rinda voqelikni moddiy va
ma’naviy o‘zlashtirishdagi farqi jihatidan ajralib turadi. Bunday farqning asosida
o‘zlashtirilayotgan obyekt yoki bu faoliyat mahsuli emas, balki ushbu moddiy-
ma’naviy o‘zlashtirish jarayoni qanday yoki qay uslubda kechayotganligi yotadi.
Shu sababli madaniyatni moddiy va ma’naviy, sub’ektiv va ob’ektiv, ichki va
tashqi, shaxs madaniyati va milliy madaniyat kabi turlarga ajratishadi. Madaniyat
hech qachon qotib qolgan hodisa sifatida talqin etilmasligi lozim, u taraqqiy qilib
boradi, bir holatdan ikkinchisiga o‘tadi, boshqa madaniyatlar bilan qorishib boradi.
Yana shuni unutmaslik lozimki, hech bir inson oldindan madaniyatli bo‘lib
tug‘ilmaydi, bunga u ijtimoiy faoliyat natijasida, muloqot(keng ma’noda)
jarayonida erishadi. Axir bekorga antropologlar (K.Levi–Stross, K.Girs va
boshqalar) madaniyatni insonlar o‘zaro munosabatlarining mahsuli sifatida
ta’riflashmasa kerak. Madaniyat shakllanishida insonlar o‘rtasidagi muloqotdan
tashqari, voqelikdagi ob’ektlar bilan bo‘lgan muloqotning roli ham muhimdir.
Ma’lumki, inson va voqelik munosabatida lison o‘ziga xos bog‘lovchi,
vositachilik rolini o‘ynaydi. Lison o‘zida voqelikni aks ettiradi, madaniyat esa
ushbu voqelikning ajralmas qismidir. Voqelikning o‘zini ham milliy deb atash
mumkin va bu milliylik lisonda dunyoni o‘ziga xos «ko‘rish», uni idrok etish
natijasida o‘z aksini topadi. Lison va madaniyat munosabati masalasi murakkab,
juda qiyin hamda ko‘p tomonlama muhokamani talab qiladigan masaladir. Ular
tadqiqiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur bo‘ladi, aks holda bu ikki turdagi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
234
semantik tizimni yagona bir qolipga tushirish xavfi ham yo‘q emas. Shuning bilan
birgalikda bu ikki tizimning o‘zaro o‘xshash, umumiylik tomonlari ham mavjudligini
unutmaslik lozim. V.N.Teliya bunday umumiylikni quyidagilarda ko‘radi:
1) madaniyat, xuddi lison kabi, inson dunyoqarashini aks ettiruvchi ong
shaklidir;
2) til va madaniyat o‘zaro munosabatda, muloqotda bo‘ladi;
3) til va madaniyatning sub’ekti– bu doimo individ yoki ijtimoiy guruh– jamoa
shaxs yoki jamiyat;
4) me’yoriylik(norma) til va madaniyat uchun umumiy xususiyatdir;
5) tarixiylik– til va madaniyatning muhim xususiyatidir;
6) til va madaniyatga«dinamika- statika» qarama-qarshiligi bir xilda
xosdir(Teliya1996: 225-226).
1
”Olamning lisoniy manzarasi”ni har millat turlicha idrok etidi chunki ularning
ongi, tafakkur tarzi, yashash tarzi, hattoki, ko‘rish tarzi, iqlimi va atrof muhiti turlicha
. Tadqiqotchilar tomonidan insonlarning yashayotgan iqlimiga qarab miya faoliyati
ham turlicha bo‘lishi tasdiqlangan. Shuning uchun ham insonlarning borliqdagi
predmetlarning anglanishi va idrok etishi o‘sha predmetning turli tomoni yoki
xususiyati bilan bog‘liq. Albatta, bu idrok tarzi odamlarning kundalik va yillik
tajibalari asosida yuzaga keladi. Maslan, o‘zbek xalqida it bilan bog‘liq quyidagi
idrok tarzining mahsuli bo‘lgan o‘xshatishlar mavjud:
itday vafodor,
qo’ygan, mushukchday nimjon
. O’zbek tilida esa:
mushukday sapchimoq,
mushukday sharpasiz yurmoq, itday sang’
i
moq, itday xor bo’lmoq
va boshqalar.
Ingliz millatining tafakkur tarzida
it
ning quyidagi xususiyatlari e’tiborga
olingan:
Itday vafodor, itday kasal , itning orqa oyog’iday egri, tozi itning tishiday toza
va boshqalar. Yoki
mushuk
etaloni ostida quyidagi ma’nolar e’tiborga olingan.
Ingliz millatida:
mushukday asabiy, sartaroshning mushugiday o’ziga bino
mushukday suykalmuq, mushukday hurpaymoq, suvga tushgan mushukday, o’g’ri
mushukday,
va hokazo.
1
Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. Jizzax, Sangzor 2006,62-63-bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
235
Rus tilshunosi V.V. Malkova rus tilidagi turg‘un o‘xshatishlarni tahlil qilish
asosida eng ko‘p qo‘llaniladigan sxema: inson tavsifi + o‘xshatish ko‘rsatkichi+ot
etaloni ularda shavqat – shavqatsiz, jasur-qo‘rqoq, mehnatsevar-dangasa kabi
belgilarning oppozision juftliklari ko‘proq aks etishini ta’kidlaydi
2
.
Turg‘un o‘xshatishlarning asosida xilma-xil oppozitiv belgilar bo‘lishi
mumkin. O‘zbek tilida quyidagi misolllar shuni ko‘rsatadi
Semiz – ozg‘in
( arvohday ozg‘in, chillakday ozg‘in - cho‘chqaday semiz,
so‘qimday semiz, gumbazday semiz)
Go‘zal, chiroyli - xunuk, beo‘xshov
(malikaday go‘zal, oyday chiroyli,
suqsurday chiroyli, - kaltakesakday xunuk, ilonday sovuq);
aqlli – aqlsiz
(Allomaday
aqlli- eshakday aqlsiz); kichik(kina)-katta (chumchuqday kichkina, chigitday juda
kichkina, chivinday kichkina – tog‘day katta);
qattiq – yumshoq
(toshday qattiq,
halimday yumshoq);
yuvosh, beozor – o‘jar
( qo‘yday yuvosh, musichaday beozor -
eshakday o‘jar);
oqarmoq – qizarmoq
( dokaday, qorday oqarmoq-insonning
rangiga nisbatan, bo‘zday oqarmoq – xo‘rozning tojiday qizarmoq qizg‘aldoqday
qizarmoq olmaday, anorday qizarmoq, mosh yutgan xo‘rozday qizarmoq)
mehribon
- shafqatsiz
(onaday mehribon – och bo‘riday shavqatsiz) va boshqalar.
Turli tillardagi, xususan, noqarindosh tillardagi turg‘un o‘xshatishlar
qiyoslanganda bu tillarning egalari bo‘lgan xalqning milliy mentalitetiga xos
jihatlar aniq ko‘rinadi. Masalan: o‘zbek tilidagi
qo‘yday yuvosh, bedanaday
sayramoq, musichaday beozor
, kabi turg‘un o‘xshatishlar o‘zbek xalqi ong tarzi,
tafakkur uslubini aks ettirsa,
as warm as a toast
(tosterday issiq),
as poor as church
mouse
(cherkov sichqoniday kambag‘al),
as fit as a fiddle
(skripkaday sozlamoq)
as
cold as cucumber
(bodringday sovuqqon),
as drunk as a lord
(lodday mast),
as dead
as a dodo
(dodo (hozirda qirilib, yo‘q bo‘lib ketgan qush turi) day yo‘qolgan/qirilgan)
kabi ingliz tilidagi turg‘un o‘xshatishlar ingliz millatiga mansub obrazli tafakkur
tarzini ifodalab beradi. Ko‘rinib turganidek, har ikki millat o‘rtasidagi tafakkur tarzi,
idrok qilish usuli anchayin o‘ziga xoslik va farqlarga ega.
2
Малкова В.В. Устойчивие сравнения приописания человека. Култура речи. 2014.№5. 58 - бет
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
236
O‘zbеk va ingliz tilidagi o‘xshatishlarni tahlil qilish asosida ularni quyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin:
1.
Ingliz va o‘zbek tillarida aynan muqobili yoki ma’nodoshi mavjud
bo‘lgan turg‘un o‘xshatishlar
. Bunday turdagi turg‘un o‘xshatishlar har ikkala til
vakillari uchun aynan bir ma’noni ifodalaydi faqat etalonining boshqa- boshqa
predmetligiga ko‘ra ikki farqlanadi:
a)
O‘xshatishlarning etaloni ingliz tilida bir narsa o‘zbek tilida esa boshqa
narsa. Masalan:
O‘zbеk tilida
Ingliz tilida
Tulkiday ayyor
As cunning as a
fox
Bo‘riday och
As hungry as a
wolf
Qorday oppoq
As wihite as s
now
Suvday sеrob
As weal as
water
Kunday ravshan
As clear as
day
Cho‘pday ozg‘in
As thin as a
stick
b)
O‘xshatishlar еkvivalеnti bilan turg‘unlashgan bo‘ladi. Ushbu guruhga
mansub turg‘un o‘xshatishlarning ma’nolari har ikkala tilda ham mavjud, lеkin
ularning etalonlarida o‘zgarish va farqlar mavjud.
O‘zbеk tilida
Ingliz tilida
G‘ozday mag‘rur
As pround as a peacock (tovusday
mag‘rur)
Tog‘larday qadimiy
as old as the hills (qoyalarday qadimiy)
Toshday qattiq
as hard as a nails (mixday qattiq)
xumodayday baxtli
As happy as a lark- to‘rg‘ayday baxtli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
237
2.
Ingliz tilidagi turg‘un, o‘zbеk tilida еrkin xaraktеrdagi o‘xshatishlar
yoki o‘xshatish tarzida mavjud bo‘lmagan o‘xshatishlar .
Bunday o‘xshatishlari
o‘sha millatning obrazli tasavvuri va mеntal o‘ziga xosligidan kеlib chiqib, shu
tilgagina xos bo‘ladi. Masalan:
As pretty as picture – suratday chiroyli
As poor as a church mouse- chеrkov sichqoniday kambag‘al
As cold as marble – marmarday sovuq
As drunk as a lord – lordday mast
As sober as a jugde – hakamday hushyor
As hard as nails – tirnoqlarday qattiq
As cold as cucumber – bodiringday sovuq
As busy as a beaver – qunduzday band
As awkward as a cow on roller skates - sigir konkida ucholmaganday
beso’naqay As clean as hound’s tooth- tozi itning tishiday toza
As easy as duck soup – o’rdak sho’rvaday oson
As conceited as a barber’s cat – sartaroshning mushugiday kеkkaygan
Yuqoridagi suratday, chеrkov sichqoniday, marmarday, lordday, hakamday,
tirnoqlarday, bodringday, qunduzday, sigir konkida ucholmaganiday, tozi itning
tishiday, o’rdak sho’rvaday, sartaroshning mushugiday kabi etalonlar bilan
turg‘unlashgan o‘xshatishlar faqat ingliz millati tafakkur tarzida obrazlashib, xalq
tilidan lеkцikasidan o‘rin olgan. O‘zbеk tilidagi obrazli tafakkur mahsullari qatorida
bunday o‘xshatishlar uchramaydi.
3.
O‘zbеk tilida turg‘un, ingliz tilida erkin xaraktеrdagi o‘xshatishlar yoki
ingliz tilida o‘xshatish tarzida mavjud bo‘lmagan o‘xshatishlar. Masalan:
mumday sarg‘aymoq,
zulukday qop-qora,
qoshiqday kichina,
bir tomchi suvday o‘xshash,
surpaday kеng.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
238
Ko‘rinib turganidеk, har ikkala til egalari tomonidan qo‘llaniladigan turg‘un
o‘xshatishlar o‘sha til egalarining milliy o‘zligini ko‘rsatadi va bir millat uchun
e’tiborga olingan jihat ikkinchi millat uchun bеgona yoki boshqa jihati e’tiborga
olingan tarzda, yoki har ikkala til uchun ham umumiy va xususiy ko‘rinishda
qo‘llanishi mumkin. Bundan tashqari turg’un o’xshatishlar etalonidagi so’zlarning
ishtirokiga ko’ra ham 2 guruhga ajratishimiz mumkin:
1.
Etaloni bir so’zdan tashkil topgan turg‘un o‘xshatishlar
: bunday
o‘xshatishlar etaloning semasi keng, asosi tor: qunduzday band, ohuday chaqqon.
2.
Etaloni ikki va undan ortiq so‘zdan tashkil topgan turg‘un
o‘xshatishlar
: bunday o‘shatishlarning etaloni shaklan katta bo‘lsa ham, mazmuniy
jihatdan chegaralanish mavjud, chunki etalonga olinayotgan narsa, buyum, shaxsning
ma’lum qismigina o‘xshatiladi:
otning kallasiday
katta, ignaning uchiday kichkina,
as crooked as a dog’s hind leg
– itning orqa oyog’iday egri,
as scarce as hen’s teeth
- tovuqning tishiday noyob.
Etaloni ikki va undan ortiq so’zlardan iborat turg’un o’xshatishlarning yana
bir turi borki, unda etalon sifatida olinayotgan narsa, buyun shaxs o’zining
aniqlovchisi (aniqlanmishi) bilan birga keladi:
as conceited as a barber’s cat-
sartaroshning mushugiday kekaygan, a
s mad as a wet hen
– ho‘l tovuqday jahli
chiqgan,
as cocky as the king of spades
– (Karta o‘yini haqida)qirolning qarg‘asiday
mag‘rur (karol), as nutty as a fruitcake – mevali torday qiziqarli
Xulosa qilib aytganda, tildagi millat ongida obrazlashgan birliklar o‘sha
millatning milliy idrokini ko‘rsatib, nutq jozibadorlik va estеtik zavq bеra oladigan,
tillarning lеksik -frazеologik xazinasini boyitadigan bеbaho manbadir.
ADABIYOTLAR
1. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. Jizzax, Sangzor 2006,62-63-bet.
2. Малкова В.В. Устойчивие сравнения приописания человека. Култура речи.
2014.№5. 58 - бет
3. Longman Idioms Dictionary: over 6000 Idioms / ed. K.Stern.– Addison Wesley
Longman Ltd, 2000.