Authors

  • Qurbonova Nargizaxon Murodovna
  • Xatamqulova Shohistaxon Inomovna
  • Yo'ldashmatova Solihaxon Ikromjon qizi

Author Biographies

  • Qurbonova Nargizaxon Murodovna

    Dang’ara 1-son Politexnikumi o’qituvchilari

  • Xatamqulova Shohistaxon Inomovna

    Dang’ara 1-son Politexnikumi o’qituvchilari

  • Yo'ldashmatova Solihaxon Ikromjon qizi

    Dang’ara 1-son Politexnikumi o’qituvchilari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94184

Keywords:

ko‘ylak model kiyim gazlama bezak talab gavda koketka yeng yoqa bichim mavsum an’ana.

Abstract

Kiyim orqali har qanday insonning qaysi millat yoki elatga mansubligini, qanday geografik va iqlimiy sharoitda yashashini, turmush tarzi, yashab turgan jamiyatining fan-texnika taraqqiyotini, madaniyatini aniqlashimiz mumkin. Ushbu maqolada ayollar o‘zbekcha milliy ko‘ylagini modellashtirish va u bilan bog‘liq jarayonlar haqida malumot berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

256

AYOLLAR O'ZBEKCHA MILLIY KO'YLAGINI

MODELLASHTIRISH

Qurbonova Nargizaxon Murodovna

Xatamqulova Shohistaxon Inomovna

Yoʻldashmatova Solihaxon Ikromjon qizi

Dang’ara 1-son Politexnikumi o’qituvchilari

Annotatsiya: Kiyim orqali har qanday insonning qaysi millat yoki elatga

mansubligini, qanday geografik va iqlimiy sharoitda yashashini, turmush tarzi,

yashab turgan jamiyatining fan-texnika taraqqiyotini, madaniyatini aniqlashimiz

mumkin. Ushbu maqolada ayollar o‘zbekcha milliy ko‘ylagini modellashtirish va u

bilan bog‘liq jarayonlar haqida malumot berilgan.

Kalit so‘zlar: ko‘ylak, model, kiyim, gazlama, bezak, talab, gavda, koketka,

yeng, yoqa, bichim, mavsum, an’ana.

Kiyim inson tanasini atrof muhitning turli xil nomaqbul ta’sirlaridan, ya’ni

issiq, sovuq, nam, chang va boshqa ta’sirlardan asraydigan o‘simlik, hayvonot hamda

sun’iy gazlamalardan tayyorlanadigan, shuningdek, bezak vazifasini o‘taydigan

narsaga aytiladi. Har qanday kiyim estetik - gigiyenik, texnik talablarga javob berishi,

odamni dam olishida, mehnat qilishida, sport bilan shug‘ullanishida qulay bo‘lishi

kerak. Kiyim nimaga mo’ljallanganidan qat’iy nazar odamga yarashadigan bo‘lishi

kerak. Kiyimlar yashalayotgan hududning geografik joylashuvidan, iqlim sharoitidan,

an’ana va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda rivoj topib kelmoqda.

Bizning boy tariximizni ifodalaydigan, iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda

o‘z ko‘rinishiga ega bo‘lgan kiyimimiz bu ayollar o‘zbekcha milliy ko‘ylagidir.

An’anaviy milliy ko‘ylak gavda qismi to‘g‘ri bichimli, koketka chizig‘i bo‘ylab

burmali bo‘ladi. Koketka asosan ko‘ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig‘i

bo‘ylab dumaloq bo‘ladi. Old tomonda koketka bo‘laklari bir-birining ustiga o‘tib

turadi. An’anaviy milliy ko‘ylak gavda qismi to‘g‘ri siluetli, koketka chizig‘i bo‘ylab


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

257

burmali bo‘ladi. Klassik o‘zbekcha ko‘ylak koketkasi asosan ko‘ylakning gavda

qismiga ulanadigan chizig‘i bo‘ylab oval shaklida bo‘ladi. Old tomonda koketka

yaxlit yoki bo‘rtli bo‘lib, bo‘laklari bir-birining ustiga o‘tib turadi. Yoqasi qirqma

shaklda yoki yoqasiz bo‘lishi ham mumkin. Yoqa o‘mizining o‘yig‘i to‘rtburchak,

uzaytirilgan, dumaloq oval va h.k. shaklida bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda

ayollarning milliy o‘zbekcha ko‘ylagida ma’lum o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Ko‘ylak

gavda qismining silueti, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning

katta-kichikligi va shakliga ko‘pgina omillar, shu jumladan moda ta’sir etmoqda.

Lekin milliy ko‘ylak ko‘p zamon sinovlaridan o‘tgan bo‘lsada, xali hanuzgacha

ayollar garderobida alohida o‘rniga ega.

Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalashda esa

gavdadan aniq olingan o‘lchovlar ishlatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib,

kiyim tikmoqchi bo‘lgan kishi gavdasini o‘lchash kerak. Bu ishni bajarayotganda

odam tovonlarini juftlab, ikkala oyog‘ida, gavdani tabiiy holatda bo‘sh qo‘yib,

qo‘llarini tushirib tinch turish kerak. O‘lchovlar aniq o‘lchansagina gavdaga moslab

kiyim tikilishi mumkin, aks holda kiyim gavdaga yopishib turmaydi va ko'plab

nuqsonlar kelib chiqish mumkin. Eng asosiy bosqich bu loyihalash jarayonida

gavdadan o‘lchov olish jarayonidir.

Loyihachi faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichilari kiyim

detallarining chizmasi yoyilmasini chizishdan iborat. Bu ishning murakkabligi

shundaki, faqat ta’rifi, eskizi yoki namunasigina berilgan, lekin o‘zi yo‘q kiyimning

chizmasini — detallari yoyilmasini chizishga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga, kiyimning

sirti murakkab, yoyib bo‘lmaydigan sirt hisoblanadi. Shunga ko‘ra uning yoyilmasi

va hisobi, ya’ni uni chizish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlani hisoblab chiqarish

va chizmani chizish ancha qiyin. Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘la takrorlamaydi

va gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi.

Ma’lumki, ko‘krak qismida, belda, bo‘ksada kiyimning gavdaga qay darajada

yopishib turishi, kiyim bichimini (siluetni) belgilaydi. Kiyim bichimi yelka kengligi

va balandligi, modelning etak kengligi bilan ham xarakterlanadi. Kiyim qay darajada

gavdaga yopishib turishiga qaramay, uning ichki o‘lchamlari odam gavdasining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

258

o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini

tuzish uchun gavda o‘lchamlarining o‘zi yetarli bo'lmaydi. Kiyim ichki

o‘lchamlarining gavda o‘lchamlaridan farqini ham hisobga olish zarur.

Ayollar milliy ko‘ylagi gavdada erkin turishi, bichish va tikilish

texnologiyasining soddaligi bilan boshqa ko‘ylaklardan ajralib turadi. Bu model

mavsumbop bo‘lib, har mavsumda faslga qarab turli xil gazlamalardan tikib kiyiladi.

Ushbu model o‘zining qulayligi, inson gavdasida erkin turishi, gigiyenik talablarga

javob berishi va har qanday yoshdagi xotin-qizlarga yarashib turishi bilan boshqa

kiyimlardan ajralib turadi. Ko‘ylakni yozgi mavsumlarda paxta, ipak, lavsan tolali,

havo o‘tkazuvchanligi bor gigiyenik talabga javob bera oladigan har xil turdagi

gazlamalardan tikish mumkin. Qishki mavsumlarda issiq tutuvchi gazlamalardan

(sherst, jerst, vilyur va paxmoq gazlamalardan) yengi uzun, yoqali qilib tikilishi

mumkin.

Milliy liboslarimiz bejirimliligi, o‘ziga xos ko‘rkamligi barchaga azaldan

ma’lum va mashhurdir. Uning iqlim sharoitimizga mos kelishi, milliy

gazlamalarimizdan tikilganda barcha ayollarning husniga-husn qo‘shishi uning ko‘p

katta-kichik qizlar, kelinchaklarimiz tomonidan sevib kiyilishidan darakdir. Ayollar

milliy ko‘ylagi deb, turli xil koketkali «o‘zbekcha» ko‘ylaklar, nimchalarni nazarda

tutishimiz mumkin. Koketka, yoqa va yeng shakllarini o‘zgartirish yo‘li bilan

ko‘ylakning fasonini turlicha qilishimiz mumkin. Ba’zi ko‘ylaklar yoqa chetlari va

manjetlariga, yoqasiz ko‘ylaklarda esa yoqa o‘mizlariga kantlar, kashtalar,

baxyaqatorlar, biser-munchoqlar tikish va boshqa usullar bilan bezak beriladi.

Shuningdek, libos fasonini tanlashda gazlamalarning zichligi, uning tolaviy tarkibi,

gullarining shakli va boshqa xususiyatlari hisobga olinishi muhimdir. «O‘zbekcha»

ko‘ylaklar aksariyati simmetrik ko‘rinishda bo‘lib, ularni bichishda andazalarni

gazlamalarning gullariga mos keltirishda matematik aniqlikka tayanish talab etiladi.

Milliy adras va atlas, beqasam kabi matolarning ham o‘ziga xosliklari borligini

yodda tutish lozim. Milliy matolarimizdan libos tikishda ularning eni, tor-kengligi

hisobga olinadi, shuningdek adras va atlas matolariga xos ma’lum bir metrlarda

takrorlanuvchi «chiziq»ni tashlab bichish lozim bo‘ladi. Milliy tipdagi liboslarga xos


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

259

burmalar bir tekisda teng taqsimlanib bichilishi maqsadga muvofiqdir. Xotin qizlar

milliy ko‘ylaklari uchun gazlama tanlashda shaxsning yoshi albatta e’tiborga olinishi

kerak. Ayollar milliy ko‘ylaklari asosan gulli gazlamalardan tayyorlanib, u havo

o‘tkazuvchan, gigiyenik talabga javob beradigan bo‘lishi kerak. Milliy ko‘ylaklar

gullar, shakllar aks ettirilgan matolardan tikilishi mumkin. 15-20 yoshgacha bo‘lgan

qizlar uchun asosan guldor, qizil, sariq rangdagi gazlamalar tanlanadi. 30-50 yoshdagi

ayollar uchun o‘ta qizil ranglar xush ko‘rinmaydi. 50-80 yoshdagi ayollar uchun

oddiyroq, ko‘k, kulrang, oq-qora rang aralash gazlamalar tanlanadi.

Ayollar milliy ko‘ylagini tikishda, albatta qaysi faslda kiyilishiga qarab

gazlama tanlanadi. Yozning issiq oylarida namni o‘ziga tortuvchi, havo

o‘tkazuvchanligi yaxshi gazlamalar (shtapel, chit, batis, lavsan) tanlanadi. Turli

fasondagi ayollar milliy ko‘ylagini tikish uchun avvalo gazlamalar xarid qilinadi.

Buning uchun har qanday razmerdagi milliy ko‘ylak uchun ketadigan gazlamalar

sarfini bilishimiz zarur. Gazlamalarni xarid qilishda gazlamaning eniga e’tibor berish

lozim. Turli razmerdagi ko‘ylaklar uchun ketadigan gazlama sarfini aniqlash uchun

kiyim uzunligiga yeng uzunligi o‘lchami qo‘shilishi kerak. Milliy ko‘ylak ikki qavatli

koketka tufayli qomatning yuqori tayanch sathiga yopishib, ko‘krak va kuraklar

chizig‘idan boshlab kiyim ostidagi havo bo‘shlig‘ining hajmini oshiradi. Ko‘ylak old

koketka, orqa koketka, old tana, orqa tana detallaridan iborat. Orqa koketkasining

ko‘ndalang chizig‘i kuraklar markazining sathidan o‘tadi. Ularning shakli va

konstruktiv tuzilishi turlicha bo‘lishi mumkin: kaltaroq, uzunroq, dumaloqroq, to‘g‘ri

chiziqli yoki turli shakllarda. Old koketkasining ko‘ndalang chizig‘i ko'krak nuqtasi

ustidan model xususiyatiga bog‘liq holda 2 - 6 sm masofada o‘tishi mumkin. Uning

uzunligi va shakli modelga moslab o‘tkaziladi. Koketka yaxlit bichilgan yoki ikki

bo‘lakli bo'lishi mumkin. Ko‘ylakning pastki qismi tanasi keng to‘g‘ri,

trapetsiyasimon kengaygan, uzun yoki kalta moda yo'nalishiga bog‘liq holda quriladi.

Koketkali milliy ko‘ylakni modellashga xos xususiyatlarga yana quyidagilar

ham kiradi: old koketkasining kengligi 0,5—0,7 sm ga toraytiriladi, ya’ni

koketkaning o‘rta chizig‘i chap tomonga suriladi. Ayollar milliy ko‘ylagini yenglari

ham hozirgi zamon fasonlari bo‘yicha turlicha ko'rinish kasb etmoqda. To‘g‘ri


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–7_ Январь –2025

260

bichimli oddiy yengga fason chiziqlarini kiritib qayta modellashtirib olishimiz

mumkin. Yengni to‘g‘ri bichish va o'rniga qo‘yib xatosiz tikish - libosning 50 %

qismini sifatli va to‘g‘ri tikish degani. Konstruksiya jihatdan yenglar o‘tqazma,

reglan, yaxlit bichilgan va kombinatsion yenglarga bo‘linadi. Yeng uzunasidagi

choklar soni bo‘yicha: yakka chokli yeng, ikki chokli yeng va uch chokli yenglarga

bo‘linadi. Modelda mo‘ljallanganiga muvofiq yeng uchi bo‘rtma chokli, manjetsiz,

o‘tqazma manjetli, qaytarma manjetli, astarli yoki astarsiz bo‘lishi mumkin.

Kiyim odam tashqi qiyofasini o‘zgartirishda katta rol o‘ynaydi. U qiyofani 60%

gacha o‘zgartiradi. Kiyim kishining badiiy didini ifodalaydi, madaniy saviyasini

belgilaydi, shaxsni xarakterlaydi. Kiyim kishiga nisbatan turli his-tuyg‘ular

uyg‘otadi. Masalan: jiddiylik, vazminlik, jo‘shqinlik, sovuqlik, oddiylik va boshqalar.

Hozirgi zamon kiyimlari jamiyatimiz talabiga mos kelishi kerak. Ya’ni chiroyli

zamonaviy modada, gigienik va qulay, milliyligimizni unutmagan holda loyihalanishi

va tikilishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

X.X.KAMILOVA N. K. HAMRAYEVA "TIKUV BUYUMLARINI

KONSTRUKSIYALASH". TOSHKENT "CHO‘LPON" 2011.

2.

M. JABBOROVA. "TIKUVCHILIK TEXNOLOGIYASI" TOSHKENT.

"O‘QITUVCHI" 1989.

3.

M. S. GOIPOVA VA BOSHQALAR. "TIKUVCHILIK TEXNOLOGIYASI

ASOSLARI" 2006.

4.

WWW.LIBRARY.SAMMI.UZ 5. WWW.ZIYOUZ.COM