MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
132
XALQARO AUDIT STANDARTLARI ASOSIDA BANK AUDITINI
TASHKIL QILISH
Ravshanova Laylo Ilhom qizi
(O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti,
Annotatsiya: Ushbu maqolada audit tushunchasi, bank auditini asosiy
mohiyati, xalqaro ichki auditorlik standartlari
haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar:
Audit tushunchasi, bank auditini asosiy mohiyati, xalqaro
ichki auditorlik standartlari.
Аннотация: В данной статье представлена информация о понятии
аудит, основной сущности банковского аудита, международных стандартах
внутреннего аудита.
Ключевые слова: Понятие аудита, основная сущность банковского
аудита, международные стандарты внутреннего аудита.
Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, jamiyat rivojlanishda davom etar ekan, bir
qator tabiiy, iqtisodiy va gumanitar fanlar shakllana boshladi, jamiyatda sodir
bo'layotgan voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini, kutilayotgan mumkin
bo'lgan o'zgarishlarni o'rgandi. Ushbu fanlar bilan bir qatorda iqtisodiyot fani
jamiyatda sodir bo'layotgan iqtisodiy hodisalarni o'rganish, ularni tahlil qilish va
jamiyatda moddiy ne'matlarni yaratishdan tortib, uni iste'mol qilish bilan bog'liq
muammolarni o'rgana boshladi. Butun dunyoda, jamiyatning tuzilishi qanday
bo'lishidan qat'i nazar, uning a'zolari inson ehtiyojlarini qondirish va hayotlari uchun
zarur bo'lgan noz-ne'matlarni yaratish bo'yicha tadqiqotlar olib boradilar. Ushbu
tadqiqotlar natijasida jamiyat taraqqiyoti shakllana boshlaydi. Shu bilan birga,
jamiyat a'zolari, ya'ni odamlar, guruhlar, tashkilotlar va mamlakatlar o'rtasida mavjud
resurslardan foydalangan holda yuqori daromadga erishish va olingan daromadlardan
samarali foydalanish orqali barqaror turmush tarzini yaratish istagi odamlar o'rtasida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
133
iqtisodiy raqobat kurashini keltirib chiqaradi. Ma'lumki, tijorat banklari faoliyatiga
real baho berish va omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati
to'g'risida aniq ma'lumotga ega bo'lganda auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish
muhimdir.
ADABIYOTLARNI TAHLILI VA USLUBI:
Audit tushunchasi-tijorat banklari faoliyati natijalarini ob'ektiv baholash
bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan bog'liq. Chunki butunlay mustaqil tijorat banklarini
rejalashtirilgan iqtisodiy boshqaruv tarzida tekshirishning hojati yo'q edi va ularni
tekshirish kerak edi. Shuning uchun barcha davlat vazirliklarida inspeksiya bo'limi
mavjud bo'lib, ushbu bo'limlar rejalashtirilgan fermer xo'jaligini boshqarishda muhim
rol o'ynagan. Audit atamasi lotincha "audit" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "tijorat
banklari va turli mulk shaklidagi tashkilotlarning buxgalteriya hisobi" degan ma'noni
anglatadi, bu moliyaviy hisobotlarning to'g'riligini tekshirish jarayonini anglatadi.
Audit tijorat banklari tomonidan mustaqil nazorat qiluvchi xo'jalik yurituvchi
sub'ekt sifatida taqdim etilgan moliyaviy ma'lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlaydi.
Undan kutilayotgan maqsad tijorat banklarining hisobotlarini tekshirish faoliyatining
barcha jihatlari bo'yicha dalillarni to'plash va baholash, ularning me'yoriy hujjatlarga
muvofiq ijro etilganligini tekshirish. Auditni o'tkazish tartibi hukumat qarorlari va
idoraviy ko'rsatmalar bilan tartibga solinadi yoki faoliyatning ayrim qirralarida vaqti-
vaqti bilan nazorat qilinadigan og'ishlar bilan boshqariladi. Asl hujjatlar va
buxgalteriya yozuvlari, kassa vositalari , moddiy-xom ashyoning qiymatini diqqat va
e'tibor bilan o'rganadi. Moliyaviy hisobotning haqqoniyligi bo’yicha o’z fikrini
bildiradi. Moliya iqtisodiy faoliyatni tahlil qiladi , aktivlar va majburiyatlarni
baholaydi. Mijoz investorlarining moliyaviy holatini yaxshilash kreditorlarni jalb
qilishga, moliya, soliq va boshqa sohalarga maslahat berishga yordam beradi. Audit
xulosasi barcha jismoniy va yuridik shaxslar, hokimiyat va sud organlari uchun
huquqiy hujjatdir. Bu xulosani matbuotda ham e'lon qilish mumkin. Bank auditi bu
davlat va nodavlat organlarining belgilangan normalar va huquqiy vakolatlar
doirasida amalga oshiriladigan harakatlari majmui. Ushbu ta'rif bank auditining
mohiyatini belgilaydi. Ya'ni, bank auditi har bir shtatda bir yoki bir nechta davlat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
134
organlariga ularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'tkaziladi. Albatta,
ularning nazorat qilish usullari har xil, ammo ularning maqsadi bir xil.
Demak, bank auditini asosiy mohiyati bank tizimini bir maromda faoliyat
ko’rsatishini, kreditorlar, omonatchilar va mijozlar manfaatini ximoya qilish shu bilan
birga sog’lom bank faoliyatini tashkil qilishda nazorat organlari mamlakatni ichki va
tashqi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyatlarini tashkil etishdan iboratdir
Bank faoliyati huquqiy bazasiga nisbatan mustahkam emasligi banklarning
bankrot bo'lishiga, shuningdek, butun bank sohasidagi inqirozga olib kelishi mumkin.
Aks holda, ba'zi banklar erkin raqobat muhitidan chetda qoladilar. O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining "Bank auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi farmoni 1996-yil 24-iyulda tijorat banklarida auditorlik tekshiruvining
sifati va samaradorligini oshirish, tashqi audit faoliyatini takomillashtirish, auditorlik
firmalari o'rtasida erkin va sog'lom raqobat munosabatlarini mustahkamlash va
ishonchni yanada oshirish maqsadida qabul qilindi.
NATIJA VA MUHOKAMA
O’zbekiston Respublikasi bank tizimiga kiruvchi tijorat banklari auditini
o’tkazish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida tijorat banklariga
litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti tarkibida “Auditni
muvofiqlashtirish bo’limi” tashkil etildi. Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq
tijorat banklarida audit tekshiruvlarini o’tkazish, auditorlik firmalari va auditorlarga
banklarda audit o’tkazishga ruxsat berishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida
Markaziy Bank tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining bank
auditini o’tkazishga qo’yadigan talablari to’g’risida”gi, “Bank auditini o’tkazish
huquqini beruvchi sertifikatni berish, bekor qilish va auditorlarni malaka
attestatsiyasidan o’tkazish to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi bank auditini
o’tkazish uchun sertifikat berish va auditorlarni malaka attestatsiyasidan o’tkazish
komissiyasi to’g’risida”gi Nizomlar ishlab chiqildi. Farmonning 1-bandi 3-xat
boshisiga asosan Respublika hududida ish yurituvchi auditor firmalari va auditorlarga
tijorat banklarida auditorlik tekshirishlarini o’tkazish huquqini beruvchi 6 ta
sertifikatlar hamda 10 ta malaka sertifikatlari berildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
135
Farmondan keyin “O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bank auditini
o’tkazish uchun sertifikat berish va auditorlarni malakasi bo’yicha atestatsiya
komissiyasi” tamonidan quyidagi xalqaro auditorlik konsalting firmalariga bank
auditini o’tkazish huquqini boruvchi tegishli sertifikatlar berilgan:
1. “Kupers end Laybrand” (2-sonli sertifikat (litsenziya) O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1996 yil 14 noyabrda berilgan);
2. AOZT “Deloyt end Tush” (3-sonli sertifikat (litsenziya) O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1996 yil 14 noyabrda berilgan);
3. “Artur Andersen” (4-sonli sertifikat (litsenziya) O’zbekiston Respublikasi
4. “Ernest end yang” (5-sonli sertifikat (litsenziya) O’zbekiston Respublikasi
5. “Key Pi EM Dji” (6-sonli sertifikat (litsenziya) O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan 1996 yil 30 dekabrda berilgan); Ushbu auditorlik firmalari bank va
moliya sohasida konsalting xizmatlari ko’rsatish va audit o’tkazish bo’yicha dunyoda
etakchi o’rinlarni egallaydi. Bundan tashqari “O’zbankaudit” aktsionerlik jamiyatiga
1996 yil 3 oktyabrda bank auditini o’tkazish huquqini beruvchi 1-sonli sertifikat
(litsenziya) va 4 ta auditorga malaka setifikati berilgan.
Bundan tashqari “O’zbankaudit” aktsionerlik jamiyatiga 1996-yil 3-
oktyabrda bank auditini o’tkazish huquqini beruvchi 1-sonli sertifikat (litsenziya) va
4 ta auditorga malaka setifikati berilgan. Tijorat banklarida audit tekshiruvlari
o’tkazish uchun jahon banki mutaxassislari bilan birgalikda texnik topshiriqlar ishlab
chiqilgan edi va bu texnik vazifalar Markaziy Bank boshqaruvida 1997- yil 10- mayda
tasdiqlangan edi. Markaziy Bank boshqaruvi topshirig’iga muvofiq mutaxassislar
tomonidan bank auditini o’tkazish xususida tuziladigan shartnomalarning namunasi
ishlab chiqildi va 1996- yil 16- dekabrdagi 416-sonli farmoyishiga asosan auditorlik
firmalari bilan tijorat banklarida audit o’tkazish uchun shartnomalar tuzish
komissiyasi tuzildi. Prezident farmonini bajarish borasida O’zbekiston Respublikasi
tijorat banklarini guruhlarga, auditor Firmalariga taqsimlash, hamda ularda operatsion
audit o’tkazish uchun tashqi auditorlarga beriladigan texnik topshiriqlarni va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
136
auditorlik xizmatiga haq to’lash to’g’risida 1997- yil mayda Markaziy Bank
boshqaruv qarori qabul qilindi. Auditorlik firmalarining banklardagi audit
tekshiruvlari bo’yicha taqdim etgan xulosalari Markaziy Bank tomonidan tahlil
qilinib, audit tekshiruvi xulosalarida ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, tijorat
banklari faoliyatini kuchaytirishga doir tavsiyanomalarni bajarilishini ta’minlash
maqsadida Markaziy Bank tomonidan tijorat banklari Kengashlari va Boshqaruvi
raislariga aniq, ko’rsatmalar berildi va ushbu ko’rsatmalarni bajarilishi qattiq nazorat
ostiga olindi. Xususan, Markaziy Bankda faoliyat ko’rsatgan “Barents grupp - LLS”
konsalting firmasi maslahatchilari bilan hamkorlikda Markaziy Bank mutaxassislari
tomonidan “O’zbekiston Respublikasida banklarni audit qilish to’g’risida”gi Nizom,
“Tijorat banklarining ichki auditiga qo’yiladigan talablar” ishlab chiqilib, Adliya
vazirligidan ro’yxatdan o’tkazildi. Ushbu me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqilishi tijorat
banklarida o’tkazilayotgan ichki va tashqi audit tekshiruvlarini Markaziy Bank
tomonidan tartibga solish jarayonini ancha yaxshiladi. Umuman, bank auditi audit
ichki va tashqi auditlarga bo’linadi.
- ichki nazorat tizimi va bankning xavfsizlik tizimini ta’minlash
maqsadida olib boriladi. Bank faoliyatida omonatchilar manfaatlarini ximoya qilish
va aniq natijalarga erishish maqsadida ichki nazorat tizimi joriy etiladi. Ichki nazorat
tizimi bankning ish rejasi, usuli va jarayonlari, foydaning ko’payishi hamda bank
rahbariyati topshiriqlarining aniq bajarilishini ta’minlashni o’z ichiga oladi. Ichki
audit bank tarkibining tashkilotchilik bo’linmasi sifatida tan olingan bo’lib, bank
rahbariyatiga bo’ysunadi. Ichki auditning vazifasi turlicha bo’lishi mumkin:
buxgalteriya hisobini to’g’ri olib borishni tekshirish; bank daromadlari va xarajatlari
hisobining to’g’ri olib borilishini nazorat qilish (foydani to’g’ri hisoblash, xarajatlarni
uz vaqtida hisoblarda aks ettirish va boshqalar); boshqa muomalalarning qonuniy
bajarilishini nazorat qilish va boshqalar. Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish uchun
uslubiy topshiriqnomalar yoki yo’riqnomalar ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. Ichki
audit yillik reja asosida olib boriladi. Tekshiruvni tashkil etish va o’tkazishda ichki
Ichki audit boshqaruv nazorat tizimining bir qismi sifatida qaraladi. Ichki auditning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
137
asosiy vazifasi bank boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarning
haqqoniylik darajasi hamda risklarni daromadlilik darajasi bilan o’zaro bog’liq holda
tahlil qilish, bank samaradorligini oshirish maqsadida dasturiy mahsulotlar sifatini
huquqiy jihatdan tekshirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflarni bank
- yuqorida aytib o’tganimizdek mustaqil auditorlik firmasi tomonidan
amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi moliyaviy hisobotning to’g’riligini
tekshirish va u bo’yicha xulosa berishdan iborat. Tashqi audit ichki audit bilan o’zaro
aloqada olib boriladi. Birinchi o’rinda ichki nazorat faoliyati va O’zbekiston
Respublikasi auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan me’yoriy hujjatlar asosida
muallif tomonidan ishlab chiqildi tashkilotchiligi baholanadi, bunda ichki auditning
ob’ektivlik darajasi, mustaqilligi, bajarilgan ishlar xajmiga e’tibor qaratiladi. Tashqi
auditorlar tekshirilayotgan bankning umumiy faoliyatini o’rganadilar. Ob’ektiv
baholash uchun eng birinchi o’rinda aktiv va passiv muomalalarning holati ko’rib
chiqilishi, bankning moliyaviy hisoboti to’g’ri tuzilganligi va unda aks ettirilgan
muomalalarning qonun talablariga javob berishi tekshirib chiqilishi lozim.Bankdagi
auditorlik tekshiruvlarining ob’ektlaridan biri bu bankning yil yakunlari bo’yicha
tuzilgan moliyaviy hisobotidir. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bu bankning
balansi bo’lib, balans aktiv va passiv kismlardan iborat. U bankning daromadlari va
xarajatlari, debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda bankning moliyaviy holati
to’g’risidagi boshqa asosiy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Auditorlar bankning
moliyaviy holatini tahlil qiladilar, shu jumladan ayniqsa likvidlilikni, kredit
portfelining sifatini, qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan investitsiyalarni, valyuta
muomalalarini, tasniflangan ssudalarga asoslangan zaxiralarni, boshqaruv
ma’lumotlarini va bank tizimini bir maromda faoliyat kursatishini,
kreditorlar,omonatchilar va mijozlar manfaatini himoya qilish shu bilan birga
sog’lom bank faoliyatini tashkilqilibboshqa ma’lumotlarni birma-bir tahlil qilib
chikadilar. Tijorat banklarida audit olib borish tartibi hukumat qarorlari va idoraviy
yo’l-yo’riqlar bilan tartibga solinib‚ faoliyatning muayyan qirralaridagi og’ishlarni
vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turadi. Audit asl hujjatlar va buxgalteriya qaydlari‚
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
138
naqd pul vositalari qiymatini diqqat va e’tibor bilan kompleks ravishda o’rganadi.
Moliyaviy hisobotning haqqoniyligi bo’yicha o’z fikrini bildiradi. Bank faoliyatini
tahlil qiladi‚ aktiv va passivlarini baholaydi. Bankning moliyaviy holatini yaxshilash‚
investorlar‚ kreditorlar va mijozlarni jalb etish va samarali faoliyat yuritish borasida
maslahat beradi. Audit xulosasi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun, hokimiyat
va sud idoralari uchun huquqiy hujjat hisoblanadi. Bu xulosa matbuotda ham e’lon
qilinadi. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi
Qonunining 10-moddasiga asosan tijorat banklari har yili majburiy auditorlik
tekshiruvidan o’tishlari lozimligi belgilab qo’yilgan.
Bank auditini o’tkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo’lgan va faoliyat
ko’rsatayotgan auditorlik tashkilotlar ro’yxati:
Auditorlik tashkilotlarning nomi Xorijiy
«Grant Thornton» MCHJ Mahalliy auditorlik
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida qo’llanilayotgan standartlardan kelib
chiqqan holda, auditning mavjud huquqiy bazasini takomillashtirish, aynan ichki
auditorlik standartlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish maqsadga
STANDARTLARNING SIFAT TAVSIFLARI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
139
Malakali va ish jarayoniga professional
Kafolat va ichki audit sifatini oshirish
Ichki audit jarayonini tashkil qilish
Ichki audit faoliyatining mohiyati
Audit topshirig’ini rejalashtirish
Auditorlik tekshiruvini bajarish
Bank rahbariyati tomonidan risklarning
Qayd etib o’tish joizki ushbu standartlarni joriy qilish jarayonini bosqichma -
bosqich amalga oshirgan holda, uning dastlabki bosqichida audit xizmati tizimidagi
holat va xodimlarning malakalariga e’tibor qaratish, keyingi bosqichda esa bevosita
auditorlik faoliyatini takomillashtirish orqali amalga oshirish mumkin.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o’tishi yangi sharoitda faoliyat
ko’rsata oladigan tijorat banklari tizimini shakllantirishni taqozo etdi. Mustaqillik
yillarida olib borilgan islohotlar natijasida turli mulkchilikka asoslangan tijorat
banklari tizimi vujudga keldi. Xalqaro tajribaga tayangan holda bank tizimining isloh
qilinishi natijasida xalqaro standartlar talablariga ko’ra, ularning boshqaruv
infratuzilmasi, nazorat tizimini shakllantirish bilan bog’liq muammolarni xal qilishga
erishildi. Bazel qo’mitasining talablariga binoan bank boshqaruvi faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumoti va nazorati tizimini evolyutsion
yo’l bilan takomillashtirish borasida yagona davlat siyosati yurgizilib, qator me’yoriy
hujjatlar majmui yaratildi. Natijada bank amaliyotiga tashqi nazorat monitoringi va
mustaqil audit kabi tushunchalar kirib keldi. Bank auditi maxsuslashtirilgan
tashkilotlarni tashkil etishni talab etib, bir qator xususiyatlarga ega. Bank va boshqa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
140
moliya-kredit uyushmalarida auditorlik tekshiruvi xuddi kredit tizimlari singari
xizmat ko’rsatilayotgan xo’jalikda malakali tekshirishni va maxsus javobgarlikni
talab qiladi. Audit natijalari yillik hisobotning tasdiqlanishi, balansni chop etish va
kredit tashkilotlarining umumiy ishini baholashda xizmat kilar ekan, auditorlik
xulosasi ob’ektiv va to’g’ri yozilishi shart. Olib borilgan auditorlik izlanishlarining
natijalari shuni ko’rsatadiki, auditorlik tekshiruvining samarali bo’lishi uzaro qiziqish
hamda tekshiruvchi shaxs tekshirilayotgan bank hisob va hisobotlarining to’g’riligini
ta’minlashi lozim. Bunda barcha kamchiliklarni aniqlab bartaraf etish kerak.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’ridida"gi Qonuni.-
T.,30.08.1996-yil
2.”Bank auditi”. Ma’ruzalar matni .T.: Moliya instituti, 2016.
3. Malika Lutpillayevna Yadgarova Rufat Baxtiyorovich Qurbonov. “Bank
auditi”.Darslik.T.,Iqtisod-Moliya.2019-yil
4.Kochkarov X.A. “Bank auditi asoslari” T.,Iqtisod-Moliya.2023-yil
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4 –apreldagi PQ-615-sonli
Qarori-“Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular
ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”.
5.
Vebsayt:
1. www.tfi.uz