MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
79
MAQOLLARDA ERKAKLARNING O‘ZIGA XOS XISLATLARI VA
ILLATLARINING TASNIFI
Rohilabonu G‘o‘chchiyeva,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
Annotatsiya. Maqolada erkaklarning o’ziga xos xislatlari va illatlarining
maqollardagi tasnifi berilgan bo’lib, a
yol va erkaklarning feʼl-atvoridagi
xususiyatlar tahlili har ikki tilda erkaklarga “botirlik” va “jasurlik” kabi xislatlar
tegishli ekanini koʼrsatmoqda. Biroq oʼzbek tilida ular yorqinroq tasvirlanganligi
ta’kidlangan. Erkaklarning kuchsizligi va qatʼiyatsizligini ifodalovchi frazeologik
birliklar ham har ikki tilda aks etgani, lekin ingliz tilida bunday frazeologizmlar
koʼproq uchrashi haqida ma’lumotlar berilgan. Аyol va erkaklarning fiziologik
xususiyatlaridan “tashqi koʼrinish” konseptual qatlamining tahlili ingliz ayollari
uchun tashqi koʼrinish muhimligini koʼrsatadi.
Kalit so‘zlar: erkak, maqol, gender, lingvokulturologiya, mintalitet, ayol,
o’zbek, ingliz, paremiologiya.
Inson oʼziga xos psixologik xarakter bilan dunyoga kelib, uning feʼl-atvori
psixologik va ijtimoiy omillar taʼsirida shakllanadi va oʼzgaradi. Koʼplab ijtimoiy
psixologik tahlillar shuni koʼrsatadiki, dunyoda erkaklarga xos boʼlgan sifatlarga:
faollik, tajovuzkorlik, raqobatdoshlik, botirlik, ishbilarmonlik, oʼziga boʼlgan
ishonch, haqiqatgoʼylik, qattiqqoʼllik, talabchanlik, mantiqiy fikr yuritish va h.k. lar
kiradi. Аyollarga nisbatan koʼproq xos boʼlgan sifatlar esa qiziquvchanlik, sergaplik,
mijgʼovlik, xayolparastlik, ikkilanuvchanlik, yumshoqlik, zaiflik, kamtarlik,
itoatkorlik va h.k. lardir.
Erkak kishining siymosi jangchi, ovchi, himoyachi kabi holatlarda
tasvirlanadi. Аyollarning siymosi uy bekasi, sevimli mahbuba, goʼzallik maʼbudasi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
80
sifatida gavdalanadi. Lekin bu siymolar doim ham til materiali tahlili natijalari bilan
toʼgʼri kelavermaydi.
Har ikki tilda botirlik va jasurlik erkaklarga xos boʼlgan hususiyatlar ekanligi
tasdiqlandi:
Kuchsizlik, nimjonlik, qatʼiyatsizlik xususiyatlari erkaklarga xos boʼlishi
mumkin:
have too much of his mothers blessing – oʼta uyatchan boʼlmoq; a Miss
Nancy – nimjon “qiz bola”; play the woman – yigʼlamoq, qoʼrqmoq, lapashang; a
fall guy – hamma baloga toʼgʼanoq odam, qurbon; faint heart never won fair lady –
qoʼrqoq yurak, ayol yuragini zabt eta olmaydi.
Аyniqsa, erkaklarga nisbatan koʼp
hollarda
“onasining erkasi, arzandasi” nomining biriktirilishi ingliz tilida koʼp
kuzatildi: mummy’s boy – onasining erkatoyi; mother’s darlings make but milk-sop
heroes – onasining erkatoyidan qahramonlik chiqmaydi; a weak sister – tannoz
oyimtilla, onasining erkatoyi; be pinned to ones mothers apron strings –onasining
izmida boʼlmoq.
Eʼtibor bersak, erkaklarning salbiy jihatlari “ayol” semantik maydoni
bilan bogʼliq soʼzlar orqali ifodalanayapti:
Nice Nelly – ikki yuzlamachi; an old
woman – behalovat erkak, “xotinchalish”, shalviragan.
Botirlik va jasurlik erkaklarga xos:
game as a cockerel – oʼta ketgan
dovyurak, mard; full of bush fire – juda gʼayratli, xushchaqchaq, jurʼatli; a man of
his hands –tajribali, usta, mohir; a mans man – haqiqiy erkak; play the man –
erkakcha yoʼl tutmoq; like a Trojan – qahramonlarcha, jasoratli.
O.А. Kolosovaning ingliz va amerika materiallari asosida olib borgan
tadqiqotlarida erkaklarning ijobiy baholarining konseptual makoni ayollarnikiga
qaraganda sezilarli darajada koʼpligi va “erkak” referentini salbiy baholash uchun
ayollarga biriktirilgan stereotiplardan foydalanilganligi aniqlangan [5].
Oʼzbek tilida erkaklarning mardligi va botirligini tasvirlovchi frazeologizmlar
ularning qoʼrqoqligi, qatʼiyatsizligi, zaifligi kabi hususiyatlarini tasvirlovchi
frazeologizmlarga nisbatan koʼpchilikni tashkil etadi. Аyniqsa, oʼzbek yigitining
Vataniga, xalqiga boʼlgan sadoqatini tasvirlovchi frazeologizmlar hech bir tilda
oʼzbek tilidagidek koʼp miqdorda mavjud boʼlmasa kerak.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
81
Erkakning ayolga boʼysinishi ham pastkash va nomunosib xislatlardan
hisoblanadi. Bu xislat oʼzbek frazeologiyasida aks etmagan:
petticoat government –
ayol hukmronligi, zoʼrligi; the gray mare – xotinning qoʼli ostida boʼlmoq; the gray
mare is better horse – uyda hukmron ayol; be tied to one;s wife;s apron strings –
xotinining izmidan chiqmaslik.
Ingliz tilida erkaklarga xos boʼlgan mehnatkashlik xislatlarini tasvirlovchi
frazeologik birliklar miqdori juda kamligi kuzatildi. Oʼzbek tilida esa, aksincha,
koʼpchilikni tashkil etadi:
Mr.Fixit – mohirona sozlaydigan, yasaydigan odam, a man
of his hands – qoʼlidan har bir ish keladigan mohir, ustasi – farang; early to bed and
early to rise, make a man healthy, wealthy and wise – kim erta tursa sogʼlik, boylik
va aql orttiradi; Yigit degan er boʼlar, mehnat koʼrsa sher boʼlar; Yigit husni
mehnatda; Yigitning baxtini mehnat ochar; Mardning mardi maydonda sinalar,
yigitning yigiti mehnatda.
Ingliz tili frazeologizmlarda (jismoniy) mehnatning muhimligi kuzatilmadi:
a
drug store cow boy – bekorchi, tanbal , takasaltang; lounge lizard – daydi, bekorchi.
Erkaklarga xos jihatlardan oliyjanoblik ingliz tilida quyidagicha tasvirlanadi:
one of Natures gentleman – haqiqiy jentlmen, benuqson xulq-atvorga ega boʼlgan
inson; big brother – vasiy, homiy; a pukka sahib haqiqiy, chin jentlmen; make an
honest woman of smb. – buzuq xotinga (oʼynashga) uylanib, uning aybini berkitish
maqsadida munosabatlarini nikoh bilan qonunlashtirish. Uddaburonlik: a fast
worker – ishiga pishiq, boʼsh kelmaydigan.
Erkaklarning salbiy xususiyatlarini tasvirlovchi misollarda qahr-gʼazablilik,
shafqatsizlik, razillik kabi xususiyatlar kuzatiladi:
the man of blood and iron – qahrli,
rahm-shafqatsiz inson, a four-letter man – razil, tuban, odamgarchiligi yoʼq shaxs;
Tom Thumb – notavon, pastkash. Takabburlik, magʼrurlik: a smart Aleck – oʼziga
bino qoʼygan, surbet; proud as Lucifer – iblisday, kalondimogʼ, takabbur.
Bu kabi
salbiy xususiyatlar oʼzbek tilida uchramadi. Аytish joizki, erkaklar feʼl-atvorining
qattiqligi, ularning ijobiy xislatlaridan biri hisoblanadi [9]. Zero, xotinga qoʼl
koʼtarish ham ularga nisbatan tez-tez qoʼllanilgan jazo choralaridan biri hisoblanadi:
Qudali xotin quyruq yer, erli xotin kaltak. Erim urmaydi dema, bolam siymaydi dema.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
82
Navbatdagi leksik-semantik maydon “sergaplik”. Bu xususiyat azaldan faqat
ayollarga xos boʼlib, masxara va chin hazillarga sabab boʼlgan [10]:
talk Billingsgate
– bozorchi xotinga oʼxshab urishmoq, an old wife – gʼiybatchi, “qari juvon”; an old
cat – mijgʼov, qari kampir; a chatter box – vaysaqi, sergap; chatter like a magpie –
zagʼizgʼonga oʼxshab chirillamoq; wash ones dirty linen in public – uydagi gapni
koʼchaga olib chiqmoq.
Аyol xarakteriga xos jihatlardan biri uning qaysarligi, chegaradan chiqib
ketishi yoki oʼzboshimchaligidir. Masalan:
fling ones bonnet over the mill/ throw ones
cap over the windmill – oʼylamasdan ish tutish, chegaradan chiqib ketish.
Sotsiologik tadqiqotlar, shuningdek, til materialining gender nuqtai nazaridan
tahlili shuni koʼrsatadiki, erkaklar uchun tashqi koʼrinish unchalik muhim boʼlmagan
omil, biroq ayollarda esa ichki goʼzallikka qaraganda tashqi goʼzallikni qadrlashadi.
Ingliz tilida tashqi koʼrinish subkonseptining gender tahlili ham tashqi koʼrinishning
erkaklar uchun muhim ahamiyat kasb etmasligini tasdiqlaydi. Ingliz ayolining
jozibador koʼrinishi uning hayotda oʼz oʼrnini topishida muhim atribut sanaladi [2].
Ingliz tilida ushbu tushuncha doirasida tahlil qilingan 38 ta frazeologizmlardan faqat
9 tasi erkaklarga xosdir.
Erkaklarning semizligi ularning tashqi koʼrinishidagi kamchiliklardan
hisoblanadi:
fat as an olderman – qorinli, semiz odam; baron of beef – “biqin goʼsht,
lahm goʼsht”.
Semizlikka qarama-qarshi boʼlgan xususiyat ozgʼinlik ham erkakning
koʼrinishida salbiy va zaif tomonni bildiradi
: a slip of a boy – ozgʼin yigit.
Erkaklarning tashqi koʼrinishini ifodalash uchun tana aʼzosining yuz
qismidagi belgilardan tashkil topgan frazeologizmlar ham uchraydi:
raise ones
bristles – achchiqlanmoq, jahli chiqmoq; a blue-eyed boy – erkatoy, arzanda; a young
shaver – oʼspirin yigit; old moustashe – keksa, tajribali harbiy kishi.
Bundan tashqari,
qizlarning orzusidagi ideal shaxs sifatida erkaklarga yuksak baho berilgan, chunki
ideal shaxsning albatta tashqi koʼrinishi ham chiroyli boʼlishi kerak:
the answer to a
maidens prayer – chiroyli boʼydoq, havas qilgudek kuyov, prince charming –
ertakdagi shahzoda, orzusidagi boʼlajak kuyov.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
83
Ingliz ayolining koʼrinishini quyidagi holatlarda kuzatish mumkin: Tana
aʼzosining yuz qismidan tashkil topgan frazeologizmlar:
her face is her fortune –
uning boyligi chiroyida; pretty as a picture – suratdek goʼzal; fancy face – doʼndiqcha
chiroyligina, painted to the eyes – qattiq boʼyangan ayol.
Frazeologik birliklarning koʼp qismi ayollarning umumiy koʼrinishini
tasvirlaydi, yaʼni ular aynan bir aʼzo orqali tasvirlanmaydi. Masalan:
a slick chick –
hushroʼy, sohibjamol; a glamour girl – goʼzal, juda kelishgan; a Teddy girl –
gʼayrioddiy modaga berilgan qiz; a hot number – joʼshqin, otashin, “yondiruvchi”
ayol; a dolly bird – chiroyli, bezangan qiz.
Quyidagi misolda “tashqi koʼrinishning” erkaklarga nisbatan ayollar uchun
muhim ekanligi yaqqol koʼrinib turibdi: A man is old as he feels and a woman as old
as she looks – erkak kishining yoshi oʼzini qanday his etishiga qarab aniqlanadi,
ayolniki esa koʼrinishiga qarab. I.V Zikova ushbu paremiyani ingliz ayolini
tasvirlashdagi eng yorqin (ядерный) konseptual asos sifatida koʼradi [3]. Shunisi
qiziqki, oʼzbek tilida ayolning yoshi oʼttizga kirgandayoq hukm chiqariladi, yaʼni u
bu yoshda “oʼtinga” tenglashtirib qoʼyiladi: Аyolni oʼttizga kirgani, oʼtin boʼlgani.
Ingliz tilida esa ayolning koʼrinishi uning yoshiga qarab emas, balki oʼzini his etishiga
koʼra belgilanadi.
Oʼrnashib qolgan stereotiplar ayolni zoonimlar bilan qiyoslaganda, uning
salbiy jihatlarini ham ifodalab keladi: old duck – kampir; a social butterfly – bemaʼni
qiz; a hen party – qizlar bazmi; daughter of the horse leech – ot zulugining qizi; plump
as a partridge – kaklikday semiz, doʼmboqqina. Erkaklar ham bunday stereotiplarga
ega: a gay dog – axloqi buzuq odam, suyuqoyoq; a fighting cock – urishqoq,
janjalkash. Lekin bunday frazeologik birliklarning aksariyati, yaʼni zoonimlar bilan
qiyoslanayotgan birliklar pragmatik maʼnoning ekspressiv komponenti sifatida
xizmat qiladi [7]. Yaʼni mensimaslik, nafratlanish, jirkanch ohangi bilan aytiladigan
frazeologik birliklar guruhidir.
Аyolni biron-bir predmetning qismi bilan atalishi ham gender
nomutanosiblikning koʼrinishi sifatida namoyon boʼladi: a piece of flesh – «tananing
bir qismi» qiz, juvon; a bit of goods – «tovar», ayol; a piece of fluff – «momiq, pat».
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
84
Erkaklarning ayollarning koʼnglini olishdagi harakatlari, yaʼni ularning
hushdorligini tasvirlovchi frazeologik birliklar [8]: dance attendance on smb. –
ayollarning orqasidan yugurmoq, chirmashib olmoq; sugar daddy – boy, qari jazman;
a gay Lothario – xotinboz; ladies man –xotinlarni koʼnglini ovlovchi; pay court to
smb – hushdorlik qilmoq.
Oʼzbek maqollarida ayolning tashqi koʼrinishi qadrlansa-da, (“Onangni
otanga bepardoz koʼrsatma”), biroq ichki va tabiiy goʼzallik muhim hisoblanadi:
Pardoz qilgan chiroyli, ammo husni bir oyli;
Pardozni pardoz buzar; Tashiga
qarama, ichiga qara;
Qiz husni yuragida; Yaxshining yuzida zuluk ham xol boʼlib
koʼrinar.
Shuningdek, oʼzbek ayolining goʼzalligi uning aql-farosati va farzandlari
bilan tenglashtiriladi:
Аqlli xotin – uy koʼrki, chiroyli xotin – koʼcha koʼrki; Yigit
chiroyi – argʼumogʼi, kelin chiroyi – chaqalogʼi.
Аyolning husni va nozi ham uning
tashqi goʼzalligining muhim atributlaridan hisoblanadi:
Yaxshi qomat – yarim omad,
yaxshi husn – yarim baxt; Nozsiz xotin – yolqinsiz oʼtin; Oʼyin soz bilan, qiz noz bilan.
Аyolning nozi va zaif tomonlari uning koʼrkiga koʼrk qoʼshadi, albatta. Baʼzi hollarda
esa, ayolning bu xislatlari erkak ustidan hukmronlik qilish uchun ham qoʼl keladi,
ammo ayolga nisbatan ogohlantirish sifatida
Nozni koʼtarganga qil
kabi maqol ham
qoʼllaniladi. Chiroyning baʼzi bir hollarda ayollar uchun muhim atribut emasligini
taʼkidlovchi maqollar quyidagicha berilgan:
Qingʼir ogʼiz boʼlsa ham, Boyning qizi
er tanlar [1].
Demak, boylik tashqi koʼrinishning ahamiyatini susaytirishi mumkin.
Erkakning tashqi koʼrinishi “soqol” orqali tasvirlansa, uning tashqi goʼzalligi
esa “kamtarlik” hisoblanadi:
Soʼz koʼrki – maqol, goʼzal koʼrki – baqqol, yigit koʼrki
– soqol; Koʼsa qariganini bilmas; Supurgi yerning husni, kamtarlik – erning [1].
Har ikki tilda “tashqi koʼrinish” ayollarga xos va muhim hisoblansa-da, aynan
ingliz frazeologizmlarida tashqi koʼrinish subkonsepti oʼzbek frazeologizmlaridan
farqli oʼlaroq ayolning bejirim va nafis timsolini ifodalaydi. Ye.N. Kalugina ingliz
lisoniy ongida ayol obrazini hosil qiluvchi muhim parametrlardan biri tashqi
koʼrinishni quyidagicha tasvirlaydi: “Bu parametrning farq qiluvchi xususiyati
shundan iboratki, koʼp nominatsiyalar tashqi koʼrinishning alohida xususiyatini
bermay, ayolning jozibadorligini ifodalaydi” [6].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
85
Oʼzbek ayolining tashqi goʼzalligidan koʼra uning ichki goʼzalligi muhim
hisoblanadi. Uning ichki goʼzalligi esa ayol – uy bekasi va ayol – ona timsollarida
yorqin ifodalanadi.
Ingliz va oʼzbek frazeologik birliklarining oʼxshashligi xususida quyidagilar
aniqlandi:
1. Аyol oʼzbek tilida “oʼtin” soʼzi bilan qiyoslangani kabi, ingliz tilida ham
bunga oʼxshash holatni kuzatish mumkin, yaʼni ingliz tilida ayol “skripka” bilan
qiyoslangan.
There’s many a good tune played on an old fiddle – eski skripkada koʼp yaxshi
kuylarni chalish mumkin (yosh boʼlmagan ayol haqida). [4]
2. Ota-ona juftligining har ikki tildagi tahlili shuni koʼrsatdiki, onaning bola
tarbiyasidagi roli otanikiga qaraganda muhimroq ekan. Shuningdek, qadrdon va yaqin
narsalar bevosita yoki toʼgʼridan toʼgʼri “ona” bilan bogʼlanadi.
Mother’s mark – tugʼma belgi; Mother’s tongue – ona tili; just like mother
makes it – koʼnglidagidek boʼlmoq, aynan didiga yoqmoq. [4]
Oʼzbek tilida: Ona tilim – dono tilim; Ona yerning tuprogʼi ona sutidan aziz;
Ona yurting – oltin beshiging. [1]
3. Ota oilada katta hurmatga va obroʼga ega boʼlgan shaxs. Bu ham
genderning shartli koʼrinishlaridan biri.
Ota oʼgʼil bilan, ona esa qiz bilan koʼproq
birga boʼlganligi uchun ham ularga oid soʼz va iboralarning qoʼllanilishi muhimdir.
Masalan: Like father, like son – oʼgʼil otaga oʼxshar; Like mother, like daughter –
qiz onasiga oʼxshar; Many good fathers make but a bad son – yaxshi otaning oʼgʼli
yomon boʼladi; Yelka yagʼri – otaga meros, Ota yagʼri – oʼgʼilga meros; Oʼgʼil
otasiga oʼxshamasa, qoni harom; Qizni onasi tiysin, oʼgʼilni otasi. [1, 4]
4. Xotinni jazolash mumkin boʼlgan xolatlar har ikki tilda kuzatildi:
A woman,
a dog, and a walnut tree, the more you beat them the better they be – ayol, it va
yongʼoqni qanchalik koʼp ursang, shunchalik yaxshi boʼladi; Qudali xotin quyruq
yer, Erli xotin kaltak.
5. Ayolning sergapligi uning salbiy hislatlaridan biri hisoblanadi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
86
Silence is a woman's best garment – sukunat ayolning eng qimmatbaho
bezagi; Elakka borgan ayolning ellik ogʼiz gapi bor.
Ingliz va oʼzbek tillarida ayol va erkak konseptlarining qiyosiy gender tahlili
ularning farqli tomonlarining universal jihatlariga nisbatan koʼp ekanligini tasdiqladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Mirzayev T. O’zbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2012.
2.
Manser Martin H. The Facts on File Dictionary of Proverbs. – 2007. – 499 pp.
3.
Simpson J.A. The Concise Oxford Dictionary of Proverbs. – Oxford, 2003.
4.
Smith W.G. The Oxford dictionary of English proverbs. – Oxford, 2008.
5.
Tumanishvili K. The specific and the Universal in the Proverb Genre / Rustaveli
Institute of Georgian Literature. – Volume l, 2007.
6.
Маджидова Р.У. Антропоцентризм как важнейший признак современной
лингвистики. – Miasto Przyszłości, 53. – С. 226-230.
7.
Носирова М. Лингвокультурологический анализ паремий, вербализующих
концепт «труд–безделье» в пословицах //Академические исследования в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 188-197.
8.
Носирова М. О. Национальная специфика отражения социальных
ценностей в пословицах разносистемных языков //Konferensiyalar| Conferences.
– 2024. – Т. 1. – №. 10. – С. 594-598.
9.
Носирова
М.О.
Паремиология:
лингвокультурологический
и
лингвоаксиологический потенциал // Материалы международной научной
конференции «Вселенная Э. Тенишева: тюркология и жизнь в науке». –
Казахстан, 2024. – С.52-60.
10.
Носирова М.О. Пословичная языковая картина мира как объект
аксиологических исследований в языкознании //Янги Ўзбекистон: инновация,
фан ва таълим, 7-қисм. – С. 35.