Authors

  • Meylikov Fazliddin Abduhalim o‘gli
  • Kenjaboyeva Shohista
  • Jumanazarova Noila

Author Biographies

  • Meylikov Fazliddin Abduhalim o‘gli

    Toshkent kimyo – texnologiya instituti

    Shahrisabz filiali o‘qituvchisi

    meylikovf@mail.ru

  • Kenjaboyeva Shohista

    Toshkent kimyo- texnologiya instituti

    Shahrisabz filiali talabasi

     

  • Jumanazarova Noila

    Toshkent kimyo- texnologiya instituti

    Shahrisabz filiali talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94232

Keywords:

mulk huquqi mulk yaratish mulkiy munosabatlar mulkchilik shakllari “Onore ro‘yxati” xususiy mulk. права собственности создание собственности имущественные отношения формы собственности «список Оноре» частная собственность. property right property creation property relations forms of ownership

Abstract

Ushbu maqolada mulk huquqi – unga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari hamda mulk huquqlari nazaryasinng asosiy qoidalari, mulkchilik tariflarining tahlili, qonunchiligimizda mavjud normalar sosida mulk huquqining huquqiy tartibga solinishiga to‘xtalib o‘tilgan.права собственности - права владения, пользования и распоряжения ею, а также основные правила теории права собственности, анализ тарифов на собственность,на основе правового регулирования прав собственности по действующим нормам нашего законодательства.

This article focuses on property rights - the rights to own, use and dispose of them, as well as the main rules of the theory of property rights, the analysis of property tariffs, the legal regulation of property rights under the existing norms of our legislation.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

61

MULK HUQUQLARI TUSHUNCHASI

Meylikov Fazliddin Abduhalim o‘gli

Toshkent kimyo – texnologiya instituti

Shahrisabz filiali o‘qituvchisi

meylikovf@mail.ru

Kenjaboyeva Shohista va Jumanazarova Noila

shohistakenjaboyeva5@gmail.com

noilajumanazarova527@gmail.com

Toshkent kimyo- texnologiya instituti

Shahrisabz filiali talabasi

Anotatsiya: Ushbu maqolada mulk huquqi – unga egalik qilish, foydalanish

va tasarruf etish huquqlari hamda mulk huquqlari nazaryasinng asosiy qoidalari,

mulkchilik tariflarining tahlili, qonunchiligimizda mavjud normalar sosida mulk

huquqining huquqiy tartibga solinishiga to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: mulk huquqi, mulk yaratish, mulkiy munosabatlar, mulkchilik

shakllari, “Onore ro‘yxati”, xususiy mulk.

Аннотация: права собственности - права владения, пользования и

распоряжения ею, а также основные правила теории права собственности,

анализ тарифов на собственность,на основе правового регулирования прав

собственности по действующим нормам нашего законодательства.

Ключевые слова: права собственности, создание собственности,

имущественные отношения, формы собственности, «список Оноре», частная

собственность.

Abstract: This article focuses on property rights - the rights to own, use and

dispose of them, as well as the main rules of the theory of property rights, the analysis

of property tariffs, the legal regulation of property rights under the existing norms of

our legislation.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

62

Key words: property right, property creation, property relations, forms of

ownership, "Honore list", private property.

Kirish.

Mulk huquqi oʻzga ashyoviy huquqlar tizimiga asos soluvchi

(boshlangʻich) hisoblanadi. Boshqa huquqlar ushbu huquqdan vujudga kelish

xarakteriga egadir. Mulk huquqi ashyoviy huquqning barcha alomatlariga ega boʻlib,

muddatsiz hisoblanadi. Mulk huquqining tushunchasi Fuqarolik Kodeksining 164-

moddasida belgilangan. Unga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-

mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish

va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin,

har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi

obyektiv va subyektiv jihatidan koʻrib chiqilishi mumkin.

Mulk huquqlari nazariyasi o‘tgan asrning 60-70-yilarida shakllandi. Hozirgi

vaqtda uning rivojlanishi alohida mustaqil konsepsiya sifatida emas, balki iqtisodiy

tahlilning uchta yo‘nalishi – huquq iqtisodiyoti, yangi iqtisodiy tarix va iqtisodiy

tashkilot nazariyasining metodologik va umumnazariy asosi sifatida davom etmoqda.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi.

Amerikalik mashhur iqtisodchilar –

R.Kouz va A.Alchiyan mulk huquqlari nazariyasi asoschilari hisoblanadi. Mazkur

nazariyaning keyingi rivojiga uzoq xorij mamlakatlarining Y.Barsel', D.Nort,

R.Pozner, S.Peyovich, O.Uil'yamson, Yu.Fama, E.Furubotn, S.Chung kabi olimlari

o‘z hissalarini qo‘shdilar. Rossiya iqtisodiy adabiyotlarida mulk huquqlari nazariyasi

R.Kapelyushnikov, V.Radaev, A.Radigin va boshqalarning ishlarida rivojlantirildi.

O‘zbekistonda mulkiy munosabatlarni isloh qilish, mulkning huquqiy asoslari

va mulk nazariyasining boshqa jihatlari X.Abilqosimov, N.Yusupova, N.Nedel'kina,

Sh.Shodmonov, T.Shodiev, S.G‘ulomov va boshqarlarning ishlarida ko‘rib chiqilgan.

Mulk huquqlari nazariyasi huquqiy mexanizmning jamiyatning kundalik

xo‘jalik hayotidagi rolini o‘rganadi. Bunda mulk huquqlarini optimal taqsimlash

masalasi markaziy muammo sifatida e'tirof etiladi. Institutsional iqtisodiyot

nazariyasiga ko‘ra, kim mulkdor hisoblanishi to‘g‘risidagi masala emas, balki mulk

huquqlarini tafsirlash to‘g‘risidagi masala ancha muhim hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

63

Natijalar.

Mulk huquqi – moddiy neʼmatlarning aniq bir shaxslarga

tegishliligi (oʻzlashtirilganligi)ni mustahkamlovchi, tartibga soluvchi va muhofaza

qiluvchi normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining asosiy tartibotlaridan biri.

Oʻzbekiston Respublikasi FKga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-

mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish

va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining Mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin,

har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat. Oʻzbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga binoan, „har bir shaxs mulkdor

boʻlishga haqli“. Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk

tashkil etadi. Davlat barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan

bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. „O‘zbekiston Respublikasida

mulkchilik

toʻgʻrisida“gi

qonun

(1990-yil

31-oktabr)

asosida

bozor

munosabatlarining tashkil topishi uchun iqtisodiy manba hisoblangan xususiy

mulkchilikka yoʻl ochildi. Xususiy mulkchilikning rivojlanishida „Davlat

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida“gi qonun (1991-yil 19-noyabr)

muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qonunga asosan shoʻrolar davridagi davlat

mulkining hukmronlik qilishiga barham berildi, xususiy mulkning tashkil topishi

uchun imkoniyat yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi FKda mulkni

oʻtmishda sotsialistik jamiyatning sinflarga boʻlinishiga asoslanib (davlat,

kolxozkooperativ, shaxsiy) shakllarga ajratilishiga va qaysi shaklda, kimga

tegishliligiga qarab oʻrnatilgan tengsizlikka barham berildi. Shoʻrolar davrida mulk

egalarining huquklari tegishli qoidalarda, shuningdek, amaliyotda ham doimo

cheklanib kelingan. Endilikda mulk egasiga tegishli boʻlgan mol-mulkni turli

sabablar va har xil yoʻl bilan davlat idoralari va mansabdor shaxslar tomonidan olib

qoʻyilishi, mulkdan erkin foydalanish uchun toʻsqinliklar vujudga keltirilishi

gʻayriqonuniy hisoblanadi. Mulk huquqi muddatsizdir. Mulk egasi oʻz mulkidan

abadiy foydalanish, uni xohlagan vaqtida tasarruf etish huquqiga ega.

Mulk huquqlari deganda, ne'matlarning mavjud bo‘lishi munosabati bilan

insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan va ulardan foydalanishga taalluqli ruxsat etilgan

kundalik munosabatlar tushuniladi. Ushbu munosabatlar ne'matlar borasidagi xatti-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

64

harakatning istalgan shaxs boshqa insonlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ularga

amal qilishi yoki ularga amal qilmaganlik uchun xarajatlar qilishi lozim bo‘lgan

normalarini belgilaydi. Quyida mulk huquqlari nazariyasining R.Kapelyushnikov

tomonidan sanab o‘tilgan asosiy qoidalarini ko‘rib chiqamiz:

mulkchilik munosabatlari “inson/ashyo” munosabatlari sifatida emas,

balki insonlar o‘rtasidagi munosabatlar sifatida talqin etiladi: mulk huquqlari atamasi

insonlar bilan ashyolar o‘rtasidagi munosabatlarni emas, balki insonlar o‘rtasidagi

noyob ashyolardan foydalanish borasidagi munosabatlarni yoritadi;

mulkchilik munosabatlari noyoblik muammosidan kelib chiqadi:

noyoblikning biror omilisiz mulkchilik va adolatlilik haqida gapirishdan ma'no yo‘q;

mulk huquqlarining talqini o‘ziga ham moddiy, ham jismsiz obyektlarni

(shaxsiy erkinlikkacha) o‘zlashtirgan holda, barcha narsalarni qamrab oluvchi

xususiyatga ega. Mulk huquqlari insonning istalgan turdagi noyob resurslardan

foydalanish bo‘yicha nuqtai nazarini qayd etadi;

mulkchilik munosabatlariga jamiyat tomonidan ruxsat etilgan

munosabatlar sifatida qaraladi (davlat tomonidan ruxsat etilgan munosabatlar bo‘lishi

shart emas). O‘z navbatida, ular nafaqat qonunlar va sud qarorlari ko‘rinishida, balki

yozilmagan qoidalar, an'analar, urf- odatlar, axloqiy normalar ko‘rinishida

mustahkamlanishi va himoya qilinishi mumkin;

mulk huquqlariga xatti-harakat ma'nosi beriladi – bir xatti-harakat

usullarini ular qo‘llab-quvvatlaydi, boshqalarini esa yo‘q qiladi.

Ruxsat etilmagan xatti-harakatlar ham mulk huquqlari nazariyasining diqqat

markazida turadi. U iqtisodiy jihatdan tushuniladi: ta'qiq va cheklovlar uni bartaraf

etmaydi, balki u bilan bog‘liq xarajatlarni (ehtimoliy jazo ko‘rinishida) oshirgan

holda salbiy omil sifatida ta'sir ko‘rsatadi. Ruxsat etilgan xatti-harakat normalariga

amal qilish ham, ularni buzish ham oqilona iqtisodiy tanlov harkatlariga aylanadi.

Mulk huquqlari nazariyasi doirasida “mulk” tushunchasi odatda turli shaxslar

o‘rtasida har xil ulushlarda taqsimlangan huquqlar to‘plami sifatida talqin etiladi.

Mulk huquqlarining ingliz huquqshunosi A.Onore tomonidan taklif etilgan (Onore

ro‘yxati) va quyidagi 11 ta unsurni o‘z ichiga olgan ta'rifi “to‘liq” hisoblanadi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

65

1)

egalik qilish, ya'ni ashyo ustidan mutlaq nazorat qilish huquqi;

2)

foydalanish, ya'ni ashyodan shaxsiy foydalanish huquqi;

3)

boshqarish, ya'ni ashyo kim tomonidan va qanday foydalanilishi

mumkinligini hal etish huquqi;

4)

daromad olish, ashyodan avvalgi shaxsiy foydalanishdan yoki bashqa

shaxslarga undan foydalanishga ruxsat etishdan kelib chiqadigan ne'matlarni olish

huquqi (boshqacha aytganda – o‘zlashtirish huquqi);

5)

ashyodan o‘zgalar foydasiga voz kechish, uni iste'mol qilish, o‘zgartirish

yoki yo‘q qilish huquqini nazarda tutuvchi “kapital qiymat” huquqi;

6)

xavfsizlik huquqi, ya'ni ekspropriasiyaga qarshi immunitet;

7)

ashyoning meros bo‘yicha yoki vasiyatnoma bo‘yicha o‘tishi huquqi;

8)

muddatsizlik;

9)

zararli foydalanishni ta'qiqlash, ya'ni ashyodan o‘zgalar uchun zararli

usul bilan foydalanishdan o‘zini tiyish;

10) undirish ko‘rinishidagi javobgarlik, ya'ni ashyoni qarzni to‘lash uchun

olib qo‘yish imkoniyati;

11) qoldiq xususiyat, ya'ni kimgadir o‘tkazilgan vakolatlarning ularning

o‘tkazish muddati tugagach yoki istalgan boshqa sababga ko‘ra ushbu o‘tkazish o‘z

kuchini yo‘qotgan hollarda, “tabiiy” ravishda qaytarilishini kutish.

Ushbu ta'riflar aniqdek tuyulganiga qaramay, bu 11 ta unsur L.Bekkerning

fikriga ko‘ra, “ko‘p sonli – taxminan 1,5 mingta kombinasiyani amalga oshirish

imkonini beradi, agar ularning huquq subyektlari va obyektlari bo‘yicha

variasiyalanishini hisobga olsak, u holda mulk shakllarining xilma-xilligi, haqiqiy

vahimali omilga aylanadi”.

Muhokama.

Mulk huquqlari nazariyotchilari nuqtai nazaridan, mulk huquqi

mavjud bo‘lgan va u mavjud bo‘lmagan vaziyatlar o‘rtasida qat'iy chegara

o‘tkaziladigan yondashuv unchalik ham to‘g‘ri emas. Mulk huquqi – bu qat'iy

belgilangan nuqta emas, balki uzluksiz qator. A.Alchiyan va G.Demsesning

ta'kidlashicha , ashyoga bo‘lgan biror-bir vakolat mulkdorga qay darajada tegishli

ekanligi haqida uning qarori ashyodan haqiqiy foydalanishni qanchalik belgilab


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

66

berishiga ko‘ra fikr yuritish mumkin. Mulk huquqlari nazariyasi har qanday almashuv

harakati aslida vakolatlar to‘plami bilan almashish ekanligi to‘g‘risidagi asosiy

tasavvurdan kelib chiqadi.

1. Mulk huquqlarining taqsimlanishi: Jamiyatda mulk huquqlari qanday

taqsimlanadi – davlat, xususiy shaxslar, yuridik shaxslar, va boshqalar. Bu

ma'lumotni jadvalda ko‘rsatish mumkin.

2. Mulk huquqlarining iqtisodiy ta'siri: Mulk huquqlari iqtisodiy o‘sishga

qanday ta'sir qiladi? Shu bilan bog‘liq statistikalar ham mavjud bo‘lishi mumkin.

3. Mulk huquqlari va jamiyatdagi tenglik: Mulk huquqlari taqsimlanishining

ijtimoiy tenglikka qanday ta'siri bor? Buni ko‘rsatish uchun ma'lumotlar kerak

bo‘ladi.

Mulk turi

Xususiy mulk

(%)

Davlat mulki

(%)

Yuridik shaxslar

(%)

Uy-joy

45%

35%

20%

Qishloq xo‘jaligi

30%

50%

20%

Sanoat va korxona 60%

20%

20%

Kompyuter

texnologiyalari

70%

10%

20%


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

67

Oʻzbekistonda mulkchilik shakllari boʻyicha ishlab chiqarishning tuzilishi iqtisodiy

tizim va mulk huquqlarining qanday taqsimlanganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston

iqtisodiyotida bir necha turdagi mulkchilik shakllari mavjud bo‘lib, ularning har biri

ishlab chiqarish va resurslarni taqsimlashda o‘z o‘rniga ega.

Huquqshunosalar va iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, “Onore ro‘yxati”dagi

unsurlardan eng zaifi – to‘qqizinchi unsur – zararli foydalanishni ta'qiqlash unsuri.

Zararli foydalanishni ta'qiqlash bilan bog‘liq muammo shundaki, boshqa shaxslarga

ziyon yetkazishning ko‘plab usullari nafaqat ta'qiqlanmagan, balki qonun bilan

himoyalanadi. Xususiy mulkchilik huquqiy holati sharoitida, odatda, begona mol-

mulkning iste'mol qiymatiga bevosita ta'sir etish yo‘li bilan jismoniy ziyon yetkazish

mamkin emas, lekin uning almashish qiymatini pasaytirgan holda bilvosita yo‘l bilan

ziyon yetkazish mumkin.

Tadbirkor raqobatchining firmasiga o‘t qo‘yib, uni xonavayron qilishga haqli

emas, lekin u o‘zining ishlab chiqarish samaradorligini keskin oshirgan holda, raqibni

xonavayron qilishga haqli. O‘rta asrlar sexlarida xatti-harakatning ushbu usuli ham

noqonuniy hisoblanar edi. Zararli foydalanishni ta'qiqlash bilan bog‘liq huquq

hajmini aniq belgilashning murakkabligi mulk huquqlarini cheklashning yo‘l


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

68

qo‘yiladigan chegaralari to‘g‘risidagi asosiy muammoni yuzaga chiqaradi. Ushbu

huquqning ma'nosi shundaki, hatto to‘plamga “to‘liq ta'rif”dagi barcha unsurlarni

kiritish ham mulk huquqini cheksiz qilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidagi jamiyatning iqtisodiy

negizlariga oid XII-bobda quyidagilar bayon etilgan: “Bozor munosabatlarini

rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi

mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilar huquqlarining ustunligini hisobga olib,

iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining

teng huquqligi va huquqiy jihatdan teng muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.

Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum

etilishi mumkin (53-modda). Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan

foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar

yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonun bilan

qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart” (54-modda). O‘zbekiston

Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga mulkchilikning egalik qilish, foydalanish va

tasarruf etish uchligi (164-modda) asos qilib olingan. Ushbu Kodeksda

mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllari mavjudligi (167-modda) ta'kidlanadi.

Xulosa.

Iqtisodiyot va uni tashkil etishning bozor modeli uchun muayyan-

tarixiy shakldagi mulkchilik instituti talab etiladi. Mulkchilik institutining negizini

mulk tushunchasi tashkil etadi. Mulk – resurslar cheklanganligi sharoitining

oqibatidagi noyoblik muammosini hal etilishining yagona vositasi hisoblanadi. Bu

vosita mulkdorga huquqlar yig‘indisini taqdim etadi. Albatta, mulkiy huquqlar

yig‘indisi egalik qilish va boshqa huquqlarni (foydalanish, tasarruf etish va

boshqalarni) tashkil etadi. Huquqlar tizimi xo‘jaliklar va shaxslar o‘zaro

munosabatlarga kirishishi uchun ham mulkdorni, ham mulkni himoyalaydi.

Shaxsning jamiyatdagi erkinligi huquq bilan kafolatlanadi va chegaralanadi. Undagi

barcha mavjud huquqlardan eng to‘lig‘i mulkchilik huquqidir. Ushbu huquq shaxs va

jamiyat uchun o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan begonalashuv xususiyatini ham

namoyon etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

69

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Ernest Joseph Schuster. The principles of German Civil law// Bibliolife,

2015, -754 p.

2. Bridge M. G. Personal Property Law. 3rd ed. London, 2002. P. 28 – 29

3. Joseph William Singer.Introduction to property. Aspen Publishers. -NY,

2005. -13-15,20-22 p.

4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1-qism Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi 30.06.2022 y., 03/22/782/0576-son.