MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
56
GLAUKOMA KASALLIGI VA UNI DAVOLASH USULLARI
Sotvoldiyev Abdug’ulom Karimovich
Xo’jaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Maxsus fani o’qituvchisi
Gepatitning o‘tkir va surunkali turlari mavjud. Surunkali gepatit o‘limga olib
keluvchi jigar sirrozi va saratoni kabi kasalliklar asoratiga sabab bo‘lishi mumkin.
Gepatit A — kasallikning eng ko‘p uchraydigan, ammo boshqalariga nisbatan
xavfsizroq turi hisoblanadi. U deyarli doim o‘tkir kechadi va surunkali bo‘lmaydi,
o‘limga va boshqa turlarga nisbatan jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Nisbatan yuqori kasallanish aholi sifatli ichimlik suv bilan yaxshi
ta’minlanmagan, sanitariya – gigiyena sharoiti nochor bo‘lgan hududlarda kuzatiladi.
Shu bilan birgalikda, bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va maktablarda
o‘zaro muloqot jarayonida gepatit A kasalligini yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
«Hozirgi kunda bizda Virusli gepatitlarning A, B, C, D, Y turlari aniqlangan.
Shulardan bittasi verusli gepatit A hisoblanadi. Virusli gepatit A tibik ichak o‘tik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
57
infeksiyalari turiga kirib, bugungi kunda bolalar orasida, asosan, sanitariya-
gigiyena qoidalariga rioya qilmaganligi sababli ko‘p uchrab turadi».
«Kir qo‘llar kasalligi»
Ushbu kasallik «kir qo‘llar kasalligi» deb ham ataladi. Virusni, asosan,
kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda kasallangan odam bilan
kontaktda bo‘lish orqali yuqtirish mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlarning 90 foizini 10 yoshgacha bolalar tashkil etadi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda gepatit A bilan kasallanish holati
bugungi kunda ham baland: joriy yilning 6 oyida, 2023 yilning shu davriga nisbatan,
1,7 barobarga o‘sishi kuzatilgan. Bu kasallik 4-6 yoshli va 7-14 yoshli bolalar
o‘rtasida keng tarqalib bormoqda.
Ta’til vaqtida ham bolalar sanitariya- gigiyena qoidalariga rioya qilishni
tavsiya beramiz. Bolalarning ochiq suv havzalarida cho‘milishini maslahat
bermaymiz. Chunki bunday joylarda gigiyena qoidalariga amal qilish holatlari
kuzatilmaydi. Cho‘milish davomida notoza suvlarni ichib, yutib yuborish holatlari
bo‘ladi. Buning oqibatida maktab o‘quvchilari va undan kichik yoshdagi bolalar
orasida verusli gepatit kasalligini yuqtirib olish holatlari bo‘ladi. Xalqimiz orasida
stomatologlar orqali bu kasallik ko‘proq yuqishi haqida gaplar asossiz. Bunday
holatlar statistikada ham qayd etilmagan. «Kir qo‘llar kasalligi» sanitariya- gigiyena
qoidalariga rioya qilinmagan holatda vujudga keladi. Shuning uchun, ota-onalar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
58
farzandlarining ozodaligiga e’tibor qaratishining tarafdoriman va shu narsani tilab
qolaman».
Kasallik alomatlari
Kasallik alomatlari qanday namoyon bo‘ladi?
«Gepatit A'ning ham boshlang‘ich belgilari xuddi boshqa turlari kabi isitma,
holsizlik, ich ketish, qayd qilish alomatlari bilan kechadi. Shunda ko‘pincha
fuqarolarimiz uni grippga o‘xshash kasalliklar bilan adashtirib, uy sharoitida
davolashga harakat qilishadi. Chunki kasallikning boshlanish davrida Gepatit A'ning
tana va ko‘z oq pardasidagi sarg‘ayish kabi klinik belgilari qayd etilmaydi. Bu
belgilar ikki haftadan keyingina namoyon bo‘ladi».
Davolash qanday kechadi ?
Shifokorlarga tayanib aytadigan bo‘lsak, o‘tkir virusli gepatit A bilan og‘rigan
bemor holatiga qarab, kamida 10 kundan 50 kungacha shifoxonada yotib davolanadi.
Jigar to‘qimasi to‘liq yangilanishi uchun esa 150-180 kun vaqt talab etiladi. Shu davr
mobaynida bemor qat’iy parhezda bo‘lishi va jismoniy zo‘riqishdan saqlanishi zarur.
«Virusli gepatit A shifokor topshiriqlarini vaqtida bajarib, parhez va hamma
tartiblariga amal qilinsa, tuzaladigan, shuningdek, asoratsiz o‘tib ketadigan kasallik.
Gepatit A'ni yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak? Farzandlarimizni bog‘chaga
borgandan boshlab tozalikka o‘rgatishimiz shart. Bog‘chadan, maktabdan, ko‘chadan
kelganida qo‘l yuvishga, uyni orasta tutib, shamollatib turishga odatlantirishimiz
kerak. Gepatit A'ni yuqtirgan bemorlar ham yuqumli kasalliklar shifoxonasiga
yotqiziladi. Barcha xarajatlar esa davlat tomonidan bepul amalga oshiriladi».
Qanday himoyalanish kerak?
Gepatit A bilan kasallanmaslik uchun avvalo tozalik va gigiyena qoidalariga
qat’iy rioya qilish kerak. Ammo bu virus havo orqali yuqish xususiyatiga ega ekanini
hisobga olib, shifokorlar undan himoyalanishning eng samarali usuli sifatida
emlanishni tavsiya etadilar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
59
«
Emlashning roli juda ham katta. Bundan fuqarolarimiz qo‘rqishi kerak emas,
aksincha, to‘g‘ri talqin qilish kerak. Ko‘pchilikda yengil o‘tarkan, tuzalib ketarkan,
emlamasa ham bo‘lar ekan, degan. Bu noto‘g‘ri, bir marta gepatit A'ga qarshi vaksina
olgan odam 25 yilgacha kasallikni yuqtirmaydi. Bundan tashqari, Gepatit A bilan
kasallangan odam ham emlanmaydi. Chunki unda kasallikka qarshi immunitet paydo
bo‘ladi va u qaytda virus yuqtirmaydi».
Kasalni davolagandan ko‘ra, oldini olgan oson
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni yuqumli kasalliklardan
himoya qilish borasida olib borilayotgan chora- tadbirlarni noto‘g‘ri talqin qilish,
mavjud vaziyatni shubha ostiga qo‘yish kabi chiqishlar aholi o‘rtasida norozichiliklar
kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Aslida yuqumlik kasalliklar va turli zararli
viruslardan himoyalanish kishining o‘ziga bog‘liq.
Xalqimizda “kasalni davolagandan ko‘ra, oldini olmoq oson” degan naql bor.
Kasallikka qarshi emlanishdan tashqari, sog‘lom turmush tarziga, shaxsiy gigiyena
qoidalariga, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlash jarayonlarida sanitariya-
epidemiologik qoidalarga rioya qilish muhimdir. Bu esa ortiqcha xarajatlarning oldini
olib, eng muhimi o‘zingiz va farzandlaringiz kasallik bilan og‘rimasligiga muhim
qadam bo‘ladi.
ASOSIY ADABIYOTLAR
1. M.F.Ziyayeva. Z.O.Rizayeva. “Bolalarda xamshiralik parvarishi”. Toshkent, “Fan
va texnologiya” 2012 yil.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
60
2. X.N Fayziyev. «Sestrinskiy uxod za detmi» Toshkent, «Ilm ziyo» nashriyoti, 2008
yil
3. K.S Inomov. «Pediatriyada xamshiralik ishi» Toshkent, 2007 yil