Authors

  • Baxshillayev Ozodbek Bobir o‘g‘li
  • Ismoilova Dilnoza Zubayd qizi
  • Alimova Luiza Xalilovna

Author Biographies

  • Baxshillayev Ozodbek Bobir o‘g‘li

    Buxoro davlat universiteti 1-bosqich magistranti

    Bioozodbek347@gmail.com, +998936262036

  • Ismoilova Dilnoza Zubayd qizi

     Buxoro davlat universiteti 2-bosqich magistranti

    Dilnozaismoilova679@gmail.com, +998904158807

  • Alimova Luiza Xalilovna

    Buxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.f.d (PhD)

    liz.a@mail.ru, +998905135910.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94260

Keywords:

Carabidafauna biotsenoz vizildoq qo‘ng‘izlar agrosenoz zoofag fitofag.`

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada Carabidae oilasi ya’ni vizildoq qo’ng’izlar turlarning oziqlanish xillari, agrosenozlarga ko’rsatadigan ijobiy hamda salbiy tomonlari haqida batafsil ma’lumot berib o’tilgan. Siz bu maqolani o’qib agrosenozlarda vizildoq qo’ng’izlarning tutgan o’rni haqida atroflicha ma’lumotga ega bo’lasiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

203

VIZZILDOQ QO‘NG‘IZLARNING AGROSENOZLARDAGI

AHAMIYATI

1

Baxshillayev Ozodbek Bobir o‘g‘li,

Buxoro davlat universiteti 1-bosqich magistranti

Bioozodbek347@gmail.com

, +998936262036

2

Ismoilova Dilnoza Zubayd qizi,

Buxoro davlat universiteti 2-bosqich magistranti

Dilnozaismoilova679@gmail.com

, +998904158807

3

Alimova Luiza Xalilovna,

Buxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.f.d (PhD)

liz.a@mail.ru

, +998905135910.

Kalit so‘zlar: Carabidafauna, biotsenoz, vizildoq qo‘ng‘izlar, agrosenoz,

zoofag, fitofag.`

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Carabidae oilasi ya’ni vizildoq

qo’ng’izlar turlarning oziqlanish xillari, agrosenozlarga ko’rsatadigan ijobiy hamda

salbiy tomonlari haqida batafsil ma’lumot berib o’tilgan. Siz bu maqolani o’qib

agrosenozlarda vizildoq qo’ng’izlarning tutgan o’rni haqida atroflicha ma’lumotga

ega bo’lasiz.

Bugungi kunda dunyo miqyosida hasharotlar sonining kamayib borish

tendensiyasi kuzatilmoqda. Ma’lumki, hasharotlar murakkab ozuqa to‘rlarini hosil

qilib, tabiiy jamoalarning tuzilmasi va faoliyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega hamda

boshqa organizmlar koefolyusiyasiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, ko‘plab

olimlarning ta’kidlashicha, hasharotlarning soni yiliga 1-2% ga kamayib bormoqda.

Keyinggi 150 yilda dunyoda hasharotlarning 5%-10% i, yoki 250000 dan 500000

minggacha turi yo‘qolib ketdi

1

. Qo‘ng‘izlar yoki qattiqqanotlilar hasharotlar

1

Cardoso, P., Barton, P.S., Birkhofer, K., Chichorro, F., Deacon, C., Fartmann, T., et al. Scientists' warning

to humanity on insect extinctions. Biological Conservation, 2020, V. 242, 108426. https://doi.org/10.1016/j.biocon.
2020.108426.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

204

turkumining eng yuqori xilma-xillikka ega va biologik progress holatida bo‘lgan

guruhi bo‘lib, barcha hasharotlarning 38% ini (387100 tur) tashkil etadi.

Jahonda vizzildoq qo‘ng‘izlarning xilma-xilligi, alohida hududlar faunasi va

uning shakllanish qonuniyatlari, tarqalishi, zoogeografik tavsifi, tabiiy biosenozlarda

va ekin maydonlaridagi ahamiyatini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib

borilmoqda. Bu borada vizzildoq qo‘ng‘izlarning cho‘l biosenozlari va

agrosenozlardagi tur tarkibini, taksonomik va ekologik tuzilmasini, mavsumiy

dinamikasini tahlil qilish, cho‘l biosenozlari gerpetobiontlar faunasining kelib

chiqishi va shakllanishini o‘rganishga alohida e’tibor berilmoqda.

Respublikamizda vizzildoq qo‘ng’izlar asosiy taksonlarining xilma-xilligi,

turli xil landshaftlar va alohida biosenozlar bo‘ylab tarqalishi, madaniy ekinlar,

mevali bog’lar agrosenozlaridagi karabidafaunasi, vizzildoq qo‘ng’izlarning qishloq

xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari hamda zararknandalarning entomofaglari

sifatidagi rolini aniqlash hamda vizzildoq qo‘ng’izlardan ekologik monitoringda

foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha muayyan natijalarga

erishilmoqda.

Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda Respublikamizda hasharotlar xilma-

xilligini baholash, iqtisodiy ahamiyatga ega turlarnini aniqlash, noyob va kamayib

borayotgan turlar populyatsiyalarining holatini baholashga qaratilgan talaygina ishlar

amalga oshirilmoqda.

Vizildoq qo‘ng‘izlar deyarli butun er yuzida tarqalgan. Ular faqat

Antarktidada, baland tog'larning abadiy qorliklarida, jonsiz Arktika cho‘llarida va

ba'zi okean orollarida o`rganilmagan. Ekstremal sharoitlarda yer qo‘ng'izlarining

yashash joylariga misollar Arktikada (Novaya Zemlya, Vrangel orollari),

subantarktikada (Kerguelen, Macquarie) orollarda va Pomir va Himalayda 4500-5200

m balandlikda topilgan(A.L.Lobanov).

Vizildoq qo‘ng‘izlari oilasi (Carabidae) – qattiqqanotli hasharotlar

(Coleoptera) turkumining eng katta va turlarga boy oilalaridan biridir. Hisob-

kitoblarga ko‘ra, dunyo faunasidagi vizildoq qo‘ng‘izlar turlari soni 40 000 dan

ortiqroq [3, 215–230].


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

205

So‘nggi yillarda agrosenozlardagi tuproq strukturasining va biotsenozdagi

turlar sonining o‘zgarishi vizildoq qo‘ng’izlar turlar tarkibini keng miqyosda

o‘rganishni taqozo qilyabdi. Chunki carabidafaunaning boshqa qattiq qanotlilarga

nisbatan agrosenozlardagi ahamiyati juda katta. Oziqlanishiga ko‘ra ham bir-biridan

farqlanadi, ya’ni zoofaglar, fitofaglar, miksofaglar.

Gerpetobiont qo‘ng‘izlarning turli sistematik guruhlarida individlarning

mavsum davomidagi faolligi bir-biridan farq qiladi. Carabidae, Elateridae,

Staphylinidae va Tenebrionidae oilasi vakillarining mavsumiy tebranishlari deyarli

parallel sodir bo‘lsa, Scarabaeidae oilasi vakillari soning tebranishi ularga mos

tushmaydi va maksimal qiymat iyulning oxirida kuzatiladi. (Alimova L.X. , 2023

avtorefarat)

Vizildoq qo‘ng’izlar agrosenozlardagi ahamiyati ijobiy hamda salbiy ta’siri

bilan baholanadi. Carabidae oilasiga mansub yirtqich turlar qishloq xo‘jalik

ekinlariga zarar yetkazuvchi hasharotlar, masalan, shira, g’o‘za zararkunandalari,

bargxo‘r va boshqa hasharotlarni yeb ijobiy ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari oila

vakillarining miksofag turlari organic qoldiqlarni parchalab tuproqni mineral

moddalarga boyitadi hamda tabiiy sanitarlik vazifasini o‘taydi. Carabidafauna

yuqorida ta’kidlanganidek salbiy ta’sirni ham nomoyon qilishi mumkin. Masalan,

yirtqich qo‘ng’izlar zararli turlar bilan birgalikda foydali turlarni ham sonini

cheklashi mumkin, ozuqa yetishmovchiligi paytida esa o‘simliklarni o‘ziga ham zarar

yetkazishi aniqlangan.

ADABIYOTLAR RO`YXATI

1. Khalimov F. The ground beetles (Coleoptera, Carabidae) of the Karatepa and

Chakilkalyan mountains (west part of Zarafshan Mountains Range, Uzbekistan)

//Biosystems Diversity. – 2020. – Т. 28. – №. 3. – С. 265-271.

2. Alimova L. K. et al. Diversity and features of the fauna of herpetobiont beetles

(Carabidae, Tenebrionidae, Elateridae, Scarabaeidae) of the Lower Zeravshan,

Uzbekistan //Biosystems Diversity. – 2024. – Т. 32. – №. 1. – С. 73-82.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

206

3. Tooley, J., Brust, G.E. Weed seed predation by Carabid beetles. In: Holland, J.M.

(Ed.). The Agroecology of Carabid Beetles // Intercept Ltd, Andover. 2002. – P. 215–

230.

4.

Baxshilloyev O. B. O. G. L., Alimova L. X. Quyi Zarafshon hududidagi

gerpetobiont qo’ng’izlariga mansub vizildoq qo ‘ng ‘izlar (coleoptera, carabidae)

sistematikasi //Science and Education. – 2023. – Т. 4. – №. 5. – С. 444-452.