Authors

  • Xoliqova Susanna Serverovna
  • Xidirova Maftuna Abdivaliyevna

Author Biographies

  • Xoliqova Susanna Serverovna

     

    Oʻquv tarbiyaviy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Yengil sanoat kolleji

  • Xidirova Maftuna Abdivaliyevna

    Iqtisod fani oʻqituvchisi Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman Yengil sanoat kolleji

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94261

Keywords:

iqtisodiyot sanoat to'qimachilik hissa tarmoq qishloq xo'jaligi xom-ashyo tikuvchilik bandlik resurs ixtisoslashuv.

Abstract

Ushbu maqolada  iqtisodiyot taraqqiyotida yengil sanoat tarmoqlarining xissasi va uning mamlakatimiz rivojida tutgan o‘rni, uni rivojlantirishning ahamiyati va geografik jihatlari yoritilgan. Qolaversa, yengil sanoatning aholi bandligiga ta'siri, xom-ashyo manbalari haqida atroflicha mulohazalar bayon qilingan.  respublika yengil sanoati rivojlanishida tarmoqlarning ahamiyati o'rganilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

199

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA YENGIL SANOAT

TARMOQLARINING O'RNI

Xoliqova Susanna Serverovna

Oʻquv tarbiyaviy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Qashqadaryo viloyati

Qarshi tumani Yengil sanoat kolleji

Xidirova Maftuna Abdivaliyevna

Iqtisod fani oʻqituvchisi Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman Yengil sanoat

kolleji

Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisodiyot taraqqiyotida yengil sanoat

tarmoqlarining xissasi va uning mamlakatimiz rivojida tutgan o‘rni, uni

rivojlantirishning ahamiyati va geografik jihatlari yoritilgan. Qolaversa, yengil

sanoatning aholi bandligiga ta'siri, xom-ashyo manbalari haqida atroflicha

mulohazalar bayon qilingan. respublika yengil sanoati rivojlanishida tarmoqlarning

ahamiyati o'rganilgan.

Kalit so`zlar: iqtisodiyot, sanoat, to'qimachilik, hissa, tarmoq, qishloq

xo'jaligi, xom-ashyo, tikuvchilik, bandlik, resurs, ixtisoslashuv.

KIRISH

.

O‘zbekiston iqtisodiy hayotida sanoatning ham o‘ziga xos muhim o‘rni bor.

Chunki u mamlakat iqtisodiy industrial sektorining yetakchi bo‘g‘ini, moddiy ishlab

chiqarishining asosiy sohalaridan biri sanaladi. Mustaqillik yillarida sanoat ham

iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish yo‘lida rivojlandi. Bu jabhada ham olib borilgan

islohotlar natijasida sanoat tarmoqlarida xilma-xil mulkchilik va xo‘jalik yuritishning

bozor usullari qaror topdi. Natijada, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sishida bu

islohotlarning samarasi benihoya katta bo‘lib kelmoqda. Shunday ekan, istiqlol

sharoitida O‘zbekistonda sanoat sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi

islohotlar va ularning ishlab chiqarish rivojiga ta’sirini o‘rganish ivojlanish darajasiga

va xalqaro vaziyatga bog‘liq hisoblanadi.mahsulotlari va buyumlari ishlab

chiqarishga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoat tarmog'i o'z


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

200

rivojlanish tarixiga ega. XX asr boshlarida O'zbekistonda yengil sanoat soxasi asosan

paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat bo'lgan. Yalpi sanoat mahsulotining

qariyb 4/5 qismi shu sohaga to'g'ri kelgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston iqtisodiyotida yengil sanoat tarmog'i salmoqli o'rin egallaydi. Bu

tarmoqning rivojlanishi aholi bandlik qismini ko'paytiradi. Tarmoq sohalarining

taraqqiyoti va iqtisodiyotdagi hissasini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqolani yozish davomida deskurs, ekspriment, xulosa chiqarish, analiz va sintez

metodlari qo’llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunda to‘qimachilik va yengil sanoat O‘zbekiston Respublikasi

iqtisodiyotida muhim o'rin egallaydi hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda

markaziy vosita bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston yengil sanoati ko'p tarmoqli

industrial kompleks bo'lib, uning tarkibiga paxta tozalash zavodlaridan tashqari

to'qimachilik, trikotaj, shoyi to'qish, tikuvchilik, kun-poyabzal, gilamchilik, chinni-

fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarilgan sohalarda 142ta korxona

mavjud. Yengil sanoat tarmog'i asosan, aholi iste’moli uchun mahsulotlar ishlab

chiqaradi. Bu jarayon o‘z navbatida, bozorning katta bir qismi mahsulotlar bilan

to'lishini ta’minlaydi. Qolaversa, tarmoq mamlakat aholisini katta miqdordagi ish

o‘rinlari bilan ta’minlaydi, jumladan, bu tarmoqda asosan ayollarning band bo‘lishi

sanoat hududlarida demografik balansni ushlab turish imkoniyatini bermoqda.

Mamlakatimizni yanada yuksaltirish, yangilash hamda modernizatsiya qilish

bo‘yicha tanlagan strategiyamizni amalga oshirish natijasida yurtimiz jahondagi

sanoqli davlatlar qatorida e’tirof etilmoqda. Tabiiyki, iqtisodiy hamda ijtimoiy

rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholimizning moddiy farovonligini

yuksaltirishga erishgan. Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol

mahsulotlari va buyumlari ichki tizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari

umumlashmasi hisoblanadi. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov

berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga oshirilishi belgilangan. Yengil

sanoatda paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

201

sunʼiy charm mahsulotlaridan xomashyo sifatida foydalanib kelinadi. Bu tizimning

asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyabzal

sanoatlaridir. Yengil sanoat mahsulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya,

avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport,

sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda foydalaniladi. Yengil sanoat tarmog'i qishloq

xo'jaligi bilan chambarchas bog'liq. Qishloq xo'jaligi yengil sanoatga o'simlik ( paxta,

lub, jun, kanop, zig'ir) va hayvon ( teri, mo'yna, jun, ipak, shox) xom-ashyosini

yetkazib beradi. Yengil sanoatning asosiy tarmog'i - to'qimachilik sohasi hisoblanib,

bunda ko'proq xotin-qizlar mehnatidan foydalaniladi. Shu bois ayollar ayollar mqhnat

resurslaridan to'laqonli foydalanish maqsadida to'qimachilik sanoatini aholi ko'p

to'plangan va og'ir sanoat rivojlangan joylarda qurish maqsadga muvofiq. Bunda

to'qimachilik sanoati korxonalarini joylashtirishda iste'molchilar mehnat resurslari va

xom-ahyo manbalari muhim rol o'ynaydi. Respublika sanoat korxonalari umumiy

hajmida yengil sanoat hissasi 16,9% ga to'g'ri keladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, yengil sanoat — iqtisodiyotning eng

dinamik va keng tarqalgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarishda

ishlatiladigan xom ashyolarni kamaytirish, omborlarni to‘ldirish va aholi ehtiyojlarini

qondirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. O‘zbekiston uchun yengil sanoat,

ayniqsa, paxta sanoati, to‘qimachilik, kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarish,

so‘nggi yillarda sezilarli darajada rivojlanib, milliy iqtisodiyotning asosiy

sektorlaridan biriga aylangani faktlarda o'z aksini topgan. Ushbu maqolada yengil

sanoat korxonalarining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, ahamiyati, iqtisodiy va ijtimoiy

ta'siri hamda uning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoitlar tahlil etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston

Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar

strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g‘risida"gi 2017- yil 1-

avgustdagi №3-5024 sonli Qarori.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

202

2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har

bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O‘zbekiston, 2017.

3. Prеzidеnt Shavkat Mirziyoеvning Oliy Majlis Sеnati va Qonunchilik palatasiga

Murojaatnomasi.22.12.2017

4.M.Azlarova, G.Shanazarova. ―Yengil sanoat texnologiyasi‖ fanidan ma`ruza

darslari uchun o`quv-uslubiy majmua.– Toshkent. Iqtisodiyot, 2017 yil.

5. Haydarov O.A. Poyabzal va charm-attorlik buyumlarni modellashtirish

asoslari:o‘quv qo‘llanma -T.: Sharq, 2010

6.Yo‘ldoshev N., Kadirxodjayeva N. Ishlab chiqarish tehnologiyalari. Darslik.

2014yil.

7. Баранова А.А., Аленицкая Ю.И. Технология и оборудование текстильного

производства. Практикум: учебное пособие. - Витебск: ВГТУ, 2008.

8. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik. -

T.: Iqtisod-moliya, 2007.

Internet saytlari

9. www.economics .ru

10. www.gov.uz

11 .www.lex.uz

12. www.stat.uz

13. www.edu.uz