MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
195
BOZOR IQTISODIYOTI VA UNING TAMOYILLARI
Imomova Gõzal Qõchqorovna
Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi. Katta
o‘qituvchi. Biznes asoslari fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada bozor iqtisodiyoti va uning mazmunini bayon
qilinib, uning asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish bosqichlari talqini haqida
fikr yuritiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy shakllari tahliliga ham o‘rin
beriladi. Mavzu bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari
hamda elementlari hamda O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning
bosqichlarini yoritib berishga qaratilgan.
Kalit so`zlar: bozor iqtisodiyoti, konsern, raqobat, tadbirkorlik, korxona,
iste'molchi, shaxsiy erkinlik, transport, uy xo'jaligi.
KIRISH
.
Bozor iqtisodiyoti tushunchasi tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiluvchi va boshqariluvchi iqtisodiy tizim
hisoblanadi. Bozor munosabatlarida iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga
asosiga rivojlanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati turadi.
Hozirgi davr iqtisodiyotida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo'jaligi subyektlari
iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-
pul mexanizmi orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi sifatida qaraladi. Bozor
iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy
munosabatlaming barcha subyektlarini qamrab oladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bozor iqtisodiyoti moliyaviy iqtisodiy tizimdir. Ayni shu jihatdan maqolada
asosan, iqtisodiy va moliyaviy manbalar, bozor iqtisodiyotining takomilini tashkil
etuvchi tuzilmalar faoliyati yoritilgan ma‘ruzalar manbalaridan foydalanildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
196
Maqolani yozish davomida ekspriment, xulosa chiqarish, analiz va sintez metodlari
qo’llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turi mavjud. Birinchisi
klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida shakllanib,
g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asming oxirlarigacha davom etgan.
Xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; kapital va ishlab
chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; tadbirkorlar, ishchilar, ishlab
chiqaruvchi va iste’molchilaming shaxsiy erkinligi; tadbirkorlaming yuqori foyda
olish uchun kurashlari; iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat
kurashlari asosida artiblanishi; aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning
va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi uning asosiy belgilaridandir. Bozor
iqtisodiyotining ikkinchi ko'rinishi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX
asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon mavjud. Bozor iqtisodiyotni tartibga solib
turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. Bozor
infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi
muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o'ziga xos o‘ringa ega
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash
bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari
zimmasidagi vazifa bo'lib, auditor firmalar-korxona, ftrma, kompaniyalar moliyaviy
xo'jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi idora
hisoblanadi. Ular odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi
va to‘liq mustaqillikka ega. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki
xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi.
Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.Shunday qilib,
bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining
faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlami tartibga solishni
ta’minlaydi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlari
umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo‘lingan:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
197
1. Rivojlangan mamlakatlar yo‘li.2. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li.3.
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li.4. Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor
iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo‘li (Xitoy,
Vetnam).
Bu yo‘llar turli-tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda bozor iqtisodiyoti
subyektlari tarkibiga tadbirkorlar, yollanma ishchilar, pirovard iste’molchilar, ssuda
kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiritilgan. Tadbirkorlik
iqtisodiyotning harakatga keltiruvchi kuchi hisoblanadi. Tadbirkorlik, umuman pul
topish emas, balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olish manbayidir.
O’zbekistonda ham Oliy Majlis tomonidan bozor iqtisodiyotini shakllantirish,
bozorga xos iqtisodiy mexanizmni yaratishga oid 400dan oshiq qonunlar qabul
qilingan bo'lib, bu davlatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ahamiyat
berilayotganidan dalolatdir. O’zbekistonda qonunlar ustuvor, hamma unga bab-
baravar rioya etishi shart. Qonunchilik iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini
belgilab beradi. Davlat qonunlarni ishlab chiqish bilan cheklanmay, ularning amalda
joriy etilishini ham ta’minlab kelmoqda. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uning
siyosatida ifodalanadi. Iqtisodiy siyosat ko’zlagan maqsadlar va ularga erishish
vositalari yaxlitligini talab qiladi.
XULOSA
Aytish joizki, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qurilish ishlari
samaradorligini yanada oshirish maqsadida ayrim qurilish vazirliklari tugatildi.
Masalan, O’zsanoatfuqaroqurilish, O’zqishloqxo’jalik qurilishi, O’zkolxoz qurilishi,
O’zsuvqurilishidavlat kontserni va hokazolar faoliyati to'xtatildi. Mulkchilikning turli
shakllariga o’tkazilgan ixtisoslashgan davlat kontsernlari,kompaniyalar, davlat-
aktsiyadorlik birlashmalari, uyushmalar tashkil qilindi. Ularning eng yiriklari sifatida
"O’zsanoatxo’jalikqurilish" korporatsiyasi, "O’zmontajmaxsusqurilish" uyushmasi,
"O’zdexqonchilikqurilish", "O’zjamoa-xujalikqurilish" davlat-shirkat birlashmalari,
"Toshkentuyjoyinvestqurilish" korporatsiyasi faoliyat yuritib kelmoqda. Suv xo’jaligi
va meliorativ ishlarni "O’zsuv-qurilish" davlat kontserni olib boradi. Energetika va
elektrlashtirish vazirligi ham qurilish ishlarini bajaradi. Bu tashkilotlar Respublika
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
198
iqtisodiyotini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan katta qurilishlarni olib
bormoqda. Qurilish tashkilotlari, qurilish industriyasi korxonalari, transport, loyiha-
konstruktorlik va boshqa tashkilotlarni ixtiyoriy asoslarda birlashtiradi. Davlatimizda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor iqtisodiyotining yanada
jadallashuviga sharoit yaratmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik. -
T.: Iqtisod-moliya, 2007.
2. Qodirov A. Iqtisodiyot nazariyasi. O‘quv qo'llanma. -Т.: ToshDTU, 2010.
3. Nabixo'jayev A. Makroiqtisodiy barqarorlik. Ma'ruza materiali. O'zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi,2015- yil 15-dekabr.
4. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19 th edition, McGraw-
Hill Companies. USA. 2009
5. Boltaev M.J.Chet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi .Ma`ruza matni.2000 yil.
6.
Видяпин В.И., Добрынин А.И., Журавлева Г.П., Тарасевич
JI.C.Экономическая теория. Учебник. Под общ. ред. авторов изд., испр. и доп.-
М.: ИНФРА-М, 2005.
7. Булатов А.С. Экономика. Учебник. Под ред. автора перераб. и доп. 3-е изд.-
М.: Экономист, 2005.
Internet saytlari
8. www.stat.uz
9. www.lex.uz
10. www.mineconomv.uz
11. www.gov.uz
12. www.norma.uz
13. www.mf.uz
14. www.edu.uz