Authors

  • Eshpo’latov Behzod Nodir o‘g‘li

Author Biography

  • Eshpo’latov Behzod Nodir o‘g‘li

    Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti yetakchisi

    YHT-11-r guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94287

Keywords:

asar dramaturg ziyoli malakali qisqa hayot lirik shoir kadr.

Abstract

Maqsud Shayxzoda, o'zining ijodiy faoliyati davomida, milliy adabiyotimizda o'ziga xos o'rin egallaydi. Uning asarlari xalqimizning ma'naviy va madaniy qiyofasini, tarixiy jarayonlarini yansitadi. Shayxzoda faqatgina yozuvchi emas, balki o'z zamonasining keskin ijtimoiy muammolariga tanqidiy yondashuvni o'z ichiga olgan adabiy shaxsdir. Ushbu maqolada shoirning hayot hamda ijodiy yo’li yoritib berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

399

MAQSUD SHAYXZODA

Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti yetakchisi

YHT-11-r guruh talabasi

Eshpo’latov Behzod Nodir o‘g‘li

Annotatsiya:

Maqsud Shayxzoda, o'zining ijodiy faoliyati davomida, milliy

adabiyotimizda o'ziga xos o'rin egallaydi. Uning asarlari xalqimizning ma'naviy va

madaniy qiyofasini, tarixiy jarayonlarini yansitadi. Shayxzoda faqatgina yozuvchi

emas, balki o'z zamonasining keskin ijtimoiy muammolariga tanqidiy yondashuvni

o'z ichiga olgan adabiy shaxsdir. Ushbu maqolada shoirning hayot hamda ijodiy yo’li

yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

asar, dramaturg, ziyoli, malakali, qisqa hayot, lirik shoir,kadr.

Kirish: Maqsud Shayxzoda

1908-

yil 7-noyabrida Ozarbayjonning Oqtosh

shahrida ziyoli oilada tavallud topdi.

Uning

otasi Ma’sumbek o‘z zamonasining

taraqqiyparvar kishilaridan biri bo‘lib

shifokorlik kasbidan tashqari, san’at,

adabiyot, tarix va falsafa ilmlari bilan

qiziqardi.

Ularning oilasida shaharning eng ziyoli kishilari yig‘ilib, munozara va

mubohasa qilishardi. Bu adabiy muhit uchun Pushkin va

Lermontov, Shekspir va Balzak, Firdavsiy va Xayyom, Nizomiy va Navoiy

asarlari begona emas edi. Shunday oilada tarbiya topayotgan bo‘lajak shoir

boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida

sirtdan o‘qidi.

Shoirning ijodiy faoliyati

U 1925-yildan boshlab Ozarbayjon Maorif xalq

komissarligi yo‘llanmasi bilan Dog‘istonning Darband shahrida muallimlik bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

400

shug‘ullandi. Shayxzoda Dog‘istonda kechgan qisqa hayoti davomida ham muallim,

ham shoir, ham jurnalist, ham tanqidchi sifatida namoyon bo‘ldi. Shayxzoda 1928-

yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar muharririyatlarida, 1935-1938

yillarda esa Fanlar Qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-

yildan to umrining so‘ngiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika

institutining “O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qilib,

malakali kadrlar yetishtirdi.

Shayxzoda 1967-yil 19-fevral vafot etdi. U Toshkentning Farobiy

qabristonida dafn etilgan. Ozarbayjon tuprog‘ida tug‘ilgan falakning gardishi bilan

o‘zbek tuprog‘iga kelib qolib, zavq – shavq bilan ijod qilgan, zamonaviy o‘zbek

adabiy tili va adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan bu ulug‘ insonning muborak nomi

hech qachon xalq nomidan o‘chmaydi. Zero uning o‘z yozganidek:

Umrlar bo‘ladiki,

Tirik odam o‘likdir,

Umrlar bo‘ladiki,

O‘lgan odam tirikdir

.

Shoirning adabiy faoliyati 1929-yildan boshlanib,

O‘n she’r” (1932),

“Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935)

to‘plamlarining nashr etilishi adabiyotga o‘ziga xos ovozli shoir kirib

kelayotganidan darak berdi.

Uning “Kurash nechun”, “Jang va qo‘shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko‘ngil

deydiki...” she’riy to‘plamlari, “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasi kabi

asarlari urush yillarida yozilgan bo‘lib, jangchilarning qaxramonligi, vatanga

muhabbati, front ortidagi insonlarning sadoqatli mehnati tasvirlangan.“O‘n besh

yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu’la”, “Chorak asr devoni” kabi

she’riy to‘plamlarida, urushdan keyingi yillarda qatag‘on bo‘lgan shoir, totuvlik

uchun kurash, Vatanga fidokorlikni kuyladi. 1958 yili adibning “Toshkentnoma” lirik

dostoni yaratildi. Ushbu doston qadimiy va ayni chog‘da zamonaviy Toshkent

shahriga bag‘ishlangan. Shayxzoda nafaqat lirik shoir, balki, iste’dodli dramaturg


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

401

hamdir. 1960-yilda yozgan “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida buyuk o‘zbek olimi,

munajjimi va ma’rifatparvar hukmdori obrazini yaratdi.

Xulosa

Shayxzoda Pushkinning “Mis chavandoz”, Lermontovning “Kavkaz asiri”,

Mayakovskiyning “Juda soz” dostonlari va ko‘plab she’rlarini, Shekspirning

“Hamlet”, “Romeo va Julyetta” tragediyalari va sonetlarini, Nozim Xikmatning

she’rlarini, ozarbayjon shoirlari asarlarini va o‘zbek tiliga o‘girdi. Shayxzodaning

o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini

tadqiq etish borasida yaratgan ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. U filologiya

fanlari nomzodi, dotsent ham edi. Shayxzoda asarlari dunyoning bir necha tillariga

puxta o‘girilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969 y.

2. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972 y. - 179 b.

3. G'afurov I., O'rtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975 y. - 215 b.

4. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983 y.

5. XX asr o'zbek adabiyoti tarixi, T., 1999 y. - 25 b.