MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
386
ANIMALISTIK JANR
Azimova Dilfuza Xusenjonovna
Samarqand viloyati Samarqand shahri
63-maktab Tasviriy sanʼat va chizmachilik fani 1-toifali oʻqituvchisi
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada animalistik janr va uning mohiyati,kelib
chiqishi tarixi, ahamiyati hamda uning rivojlanishi, animalistik janri orqali yosh
avlodni hayvonot olamini yanada sevishga, asrab avaylashga o’rgatish va uni targ’ib
etish borasida fikrlar yuritilgan.
Tayanch so’zlar: Tasviriy san’at, animalistik, janr, ibtidoiy jamoa davri,
Zaravutsoy, floora vafauna, rassom, tabiat.
Ibtidoiy jamoa davri insoniyat tarixi taraqqiyotidagi dastlabki, voqea-
hodisalarga hissiy sodda tushunchalari shakllana boshlagan va bu jarayonga o’z
munosabatlarini badiiy timsollarda bildira boshlagan ilk jamoachilik davridir. Ushbu
bosqich yer yuzining deyarli, barcha joylarida bosib o’tilgan bo’lib, taraqqiyot
davomida odamlarning dastlabki tasavvuri, badiiy-estetik his- tuyg’ulari shakllana
boshlagan.
Tasviriy san’at ong va tafakkurning eng ko’hna mahsuli bo’lib, insoniyat uzoq
yillik tarixiy taraqqiyot asnosida atrof muhit, tabiat va voqelikka nisbatan o’z
munosabatini sodda shakllarda bildirishga intilishgan. Shu alfozda tasviriy san’atning
dastlabki sodda na’munalari yuzaga kela boshladi. Bu insoniyat davrining ibtidoiy
jamoa davridan boshlanib, yer yuzida ilk sinfiy jamiyatning shakllanishi va undan
keyingi davrning ijtimoiy-madaniy va tarixiy tadrijiy jarayonlari pirovardida
takomillashdi.
O’z davrining sodda hayotiy ko’rinishini ifodalovchi devoriy suratlar,
dekorativ uslubdagi shartli harakterli haykaltaroshlik na’munalarida buni kuzatish
mumkin. Bu kabi tasvirlar asosan g’or devorlariga va qoyatosh yuzalariga ishlangan
animalistik janriga xos na’munalardan iboratdir. Hayvonlarni ovlash bilan bog’liq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
387
voqea hodisalar sxematik shakllarda talqin etilgan. Poleolit davrining so’ngi
pallasidan esa hayvonlarning tasviri ancha hayotiy aniq ko’rinish kasb etib, tana
mutanosibligi, plastik anatomiyasi va harakatlarini to’g’ri ifodalash bo’yicha katta
ijodiy tajribaga erishilganligi kuzatiladi. Tasviriy ifodalar qadimgi davrlarida beqiyos
ahamiyat kasb etgan. Chunki eng qadimgi odamlar bir-birlariga fikrlarini,
munosabatlarini, istaklarini chiziqlar, oddiy shakllar, prinitiv tasvirlar orqali
yetkazishga intilganlar. Masalan: ov qurollarini tasvirlash orqali ovga bormoqchi
ekanliklarini ifodalasalar, yovvoyi buqa va boshqa turli hayvonlar tasvirlari orqali
o’sha hayvonlarni ovlamoqchi ekanliklarini bildirganlar. Bundan bilish mumkinki,
animalistik janrga oid bo’lgan tasvirlar o’sha davrlardan boshlab rivojlangan.
Hozirgi o’zbekiston hududidan ham ana shunday ibtidoiy jamoa davriga mansub
o’nlab tasvirlar qoldiqlari topilgan. Shulardan biri Zaravutsoy g’orida ishlangan ov
manzarasidir. Zaravutsoy ov manzarasidagi turli rasmlarni kuzatish qadimgi
odamlarning hayotini, turmush tarzini jonli tasavvur qilishga yordam beradi. Qadimgi
tasvirlardan ham kuzatadigan bo’lsak, insoniyatning tabiatga nisbatan kuztuvchanlik,
shakl va chiziqlar orqasida bo’layotgan voqealarning xarakterini, mazmunini yoritib
bera
olish
qobiliyatlari
ko’zga
tashlanadi.
Qoyatosh,
daraxtlar
va g’orlardagi rasmlar mazmunan boy bo’lishi bilan birga xilma – xildir. Ularda turli
manzaralar, hayvonlar, ov jarayonlari o’z aksini topgan. Yuqoridagi dalillardan
ko’rinib turibdiki ajdodlarimiz hayotida, turmush tarzida tasviriy faoliyat alohida
o’rin tutgan. O’zbek san’atida bu janr qadimiy bo’lib ibtidoiy davrning paleolit va
ayniqsa mezolit va neolit davrida hayvonlarga bag’ishlangan ko’plab asarlar
yaratildi. Zarautsoy rasmlari, Taqatosh, Xo’jakent tasvirlari shunga misol bo’la
oladi. Tuproq qala, Varaxsha, Afrosiyob devoriy rasmlarida ham hayvonlar
tasviri keng uchraydi. O’zbekistonda hayvonlar tasvirini ishlash eramizdan
avvalgi VII-V asrlarda Afrosiyob freska va haykallarida yuksak badiiy saviyada
ishlanganligining
guvohi
bo’lamiz.
Animalistik
janrda
asosan,
haykaltaroshlarimiz salmoqli ijodiy asarlar yaratganining guvohi bo’lamiz. 60-
yillardan boshlab M.Musaboyev, A.Boymatov, J.Quttimurodov kabi o’nlab
istedodli haykaltaroshlar ijod olamiga kirib keldilar. Xuddi shunday hozirgi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
388
kunda ham tasviriy san’at inson hayotida muhim o’rinni egallaydi. Uzoq yillar
tasviriy san’at rivojlanish bosqichida, tur va janrlarda ijod qilish shakllanib
bordi. Jumladan janrlar ichida animalistik janr ham rivoj topdi. Animalistik
janrda hayvon va qushlarning tashqi ko’rinishini, xarakterli jihatlarini,
tasvirlanishini
o’rganish
imkoniyatiga
ega
bo’lish
mumkin.
Animal - lotincha “anima” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “hayvon” demakdir.
U tasviriy san’atning deyarli barcha turlarida mavjud. Hayvon va qushlarni rasmini
ishlovchi rassomlarni animalist rassomlar deb yuritiladi. Bunday rassomlarning
tabiatga, uni mahsuli hayvon zotiga muhabbati kuchli bo’ladi. Uyg’onish davri
rassomlari Leonardo da Vinchi, Alberx Dyurerlar ham hayvonlarning o’ziga qarab
rasmini ishlashgan.
Animal janrining rivojlanishi va mustaqil janrga aylanishi XV-XVII asrlarga
borib taqaladi. Bu janrni boshlovchilari gollandiyalik A. Keyp va P.Potter
hisoblanadi. Ular uy hayvonlarini tabiat qo’ynida, yaylovlarda mohirona tasvirlagan.
Hayvonlar obrazini yaratish uchun uning harakterini bilish lozim. Chunki u hayvon
yoki qushlar faqat bizga go’sht, tuxum, jun va boshqa narsalargagina kerak emas. Ular
tabiat muvozanatini saqlash, insonlarga har qanday damlarida hamroh bo’lish uchun
yaratilgandir. Qadimgi Yaponiyada va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ
naqshlar tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan.
Animal janri - majoziy obrazlarni aks ettiruvchi tasviriy san’at asarlaridir. Bunda
asosan turli hayvonlar, qushlar, ularning harakatlari, qiyofalari va shu obrazlar orqali
hayot voqealari aks etgan. Hayvonlar obrazini rasmlarda yaratish avvalo qadimdan
rivojlanib kelgan. Ovdagi yutug’ini ham chizgan rasmi bilan bog’liq deb bilganlar.
Bu ularning psixologik ta yyorgarligiga qarab borishi deyish mumkin. Shuning uchun
ham ularda qo’rqmaslik, tabiat qoidasiga bo’ysunish va turli tabiiy xolatlar bilan
kurashga chorlagan.
Tasviriy san’atda animalistik janr o’zining estetik qiymatidan tashqari, inson
va hayvon munosabatlarini, tabiat va atrof - muhitga oid kengroq mavzularni
o’rganish vositasi bo’lib, ham xizmat qilishi mumkin. Ba’zi rassomlar animalistik
san’atdan tabiatni muhofaza qilish, hayvonlar huquqlari va inson faoliyatining tabiiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
389
dunyoga ta’siri kabi masalalarni sharhlash usuli sifatida foydalanadilar. Bundan kelib
chiqadiki, animalistik janr tabiatni, hayvonlarni asrashga katta ta’sir ko’rsatadi va bu
janrning yanada rivojlanishi hayvonot olamining hayotida yetarlicha o’rin egallaydi.
Tasviriy san’atning animalistic janrida rassom P.Mordvinsey tomonidan yaratilgan
“Jimlik” nomli asarida ot va qulunning yaylovdagi tasvirini ko’rish mumkin.
Bugungi kunga kelib, ham animalistik janri o’ziga yarasha ahamiyatga ega.
Ushbu janrda hayvonot dunyosini tasvirlash bosqichi haqida qisqacha to’xtaladigan
bo’lsak, biz tasviriy san’at darslarida qush va hayvonlar rasmini tasvirlashda avvalo,
tulumiga qarab turli ko’rinishlarda mashq qilishimiz maqsadga muvofiq. Buning
uchun hayvon va qushlarni sinchiklab kuzatish va o'rganishimiz so’ng, tulumlarini tez
chizishni mashq qilish orqali jonli hayvon va qushlar rasmini tasvirlashga o‘tishimiz
mumkin. Hayvonot olamining jonli holatda tasvirini ishlash juda qiyin bo’lib, ular
tinmay harakat qilib turishi natijasida aniq tasvirini olish murakkab jarayondir.
Hayvonlar vaqushlar rasmini chizishda xam farq bo’lib, ot, qo’y, echki kabi hayvonlar
tasviri birmuncha qiyin. Chunki, ularning tana va suyak tuzilishi murakkabdir. Suyak
tuzilishini o‘rganish ham tasvir chizishda katta yordam beradi. Demak, fauna olami
tasvirini tugal ravishda ishlash murakkab jarayon. Shu sabab, tirik hayvon va
qushlarning faqat xomaki tasviri chiziladi. Animalistik janrining ahamiyati nafaqat
tasviriy san’atda balki hayvonot dunyosida ham muhim o’rin egallaydi. . Ona
tabiatning o’zi buyuk musavvir. Undagi jamiki tirikliklar o’zgacha birajoyibot. Biz
ijodkorlar animalistik janrda faqatgina hayvonlarni tasvirlabgina qolmay, yosh
avlodga hayvonot dunyosining naqadar go’zalligini hamda ularning his tuyg’ulari-yu,
inson hayotidagi ahamiyatini ham ko’rsatib, tushuntirib o’tishimiz lozim. Buning
uchun ushbu janrdagi an’anaviy va zamonaviy uslublardagi ijodiy ishlarni
ko’paytirish va bunga tomoshabinni jalb eta olmog’imiz kerak. Zero, tabiatni va
undagi floora hamda fauna olamini asrab avaylash har birimizning vatan oldidagi
burchimizdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. D.Pulatov. “Tasviriy san’at tarixi”. O’quv uslubiy qo’llanma. “Namangan”.
Namangan 2018
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
390
2. Rahim Hasanov. “Tasviriy san’at asoslari”. Qo’llanma. Toshkent 2008
3. O.N. Shomurodov . “Tasviriy san’at tarixi” Buxoro 2021
4. N.D.Abdullayeva. “San’at tarixi” O’quv qo’llanma.“O’zbekiston”.Toshkent 2006