Authors

  • Amandavlatov Adham Absamat o’g’li

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94292

Keywords:

Ellinizm yunon Baqtriya davlat Yunon-Baqtriya.

Abstract

Ushbu maqolada ellinizm davrida Yunon-Baqtriya mavzusi tahlil va muhokama etildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

371

ELLINIZM DAVRIDA YUNON-BAQTRIYA

Amandavlatov Adham Absamat o’g’li

Termiz Iqtisodiyot va servis unversteti Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi

E- mail :

adhambekamandavlatov82@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada ellinizm davrida Yunon-Baqtriya mavzusi

tahlil va muhokama etildi.

Kalit soʻzlar: Ellinizm, yunon, Baqtriya, davlat, Yunon-Baqtriya.

KIRISH

Yunon manbalarida “Ming shahar oʻlkasi” deb ulugʻlangan Baqtriyaning

koʻhna va boy tarixi hozirgacha koʻpchilik olimlarni qiziqtirib kelmoqda. Baqtra

hududi hozirgi Afgʻonistonning shimoliy qismini, Oʻzbekiston va Tojikistonning

janubidagi yerlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzining qulay geografik oʻrni va tabiiy

boyliklarga egaligini sababli Baqtriyaning iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy taraqqiyoti

ancha erta va tez rivojlangan. Shuning uchun ham bu oʻlka atrofdagi koʻplab

davlatlarning eʼtiborini oʻziga tortib kelgan.Baqtiriya taraqqiyoti Axamoniylar (er.

avv.VI –IV asrlar ) hukmronligi davrida ham, Makedonskiy bosqini yillari ham

toʻxtamadi. Aksincha, Baqtiriya yunon madaniyati tez oʻzlashtirildi va mahalliy xalq

madaniyati negizida yangi ellin madaniyati vujudga keldi. A.Makedoniyskiy sharqqa

yurishari (er. avv 334- 324-yillar)dan boshlab, Oʻrtayer dengizining katta qismini,

Misr, Kichik va Old Osiyo, Oʻrta Osiyoning janubiy va markaziy qismlari, Hind

daryosining quyi oqimlarigacha boʻlgan hududlarning tarixiy taraqqiyoti yangi ellin

davri boshlanadi.

ASOSIY QISM

Ellinizm atamasi dastlab nemis olimi I.G.Droyzen oʻzining 1836-1843-

yillarda chop etilgan 2 jildli “Ellinizm tarixi” asarida ishlatilgan va bu atama orqali

ellinlar(yunonmakedonlar)ning sharq mamlakatlaridagi hukmronligini va ular

madaniyatining sharq xalqlari madaniyati bilan uygʻunlashib hosil qilingan yangi

madaniyat tushuniladi. Aleksandrning yunon va mahalliy madaniyatlarni oʻzaro


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

372

uygʻunlashtirishdagi sayharakatlarini bilgan xolda, Salavkiylar aksincha tobe xalqlar

orasida faqat yunon madaniyatini targʻib etishni vazifa deb bilganlar. Salavkiylarning

sharqda yunon madaniyati va dinning tozaligini saqlashga urinishiga qaramasdan bu

hol roʻy bermadi.Aynan Salavk I(Mill.avv 312- 281) va Antiox I (Mil. avv 280-261)

hukmronligi davrida Old va Oʻrta Osiyoda sharq ellinizm asoslari qaror topdi.

Salavkiylarning Baqtriyadagi hokimi Diodot mahalliy zodagonlar yordami bilan

koʻtargan isyoni natijasida Oʻrta Osiyoda mustaqil Yunon-Baqtriya ellinistik

podsholigi tashkil topdi. (Mil. avv. 250-yillar atrofi).

Ellinistik jarayonlar Salavkiylardan mustaqil boʻlgan Yunon-Baqtriyada

oʻzining yuqori rivoji bilan ajralib turadi. Yunon-Baqtriya davlatida yunonlar va

mahalliy madaniyatlarning sintezi qisqa vaqtda oʻzining ijobiy natijalarini berdi,

shaharlar soni tez suratlarda oʻsdi, dehqonchilik,chorvachilik ayniqsa,

hunarmandchilik rivojlandi. Binobarin, Yunon-Baqtriya davlatiga asos boʻlgan

Baqtriya, Soʻgʻdiyona, Margʻiyona qadim zamonlardan iqtisodiy jihatdan oʻziga toʻq

shaharlari koʻp, tabiiy boyliklari moʻl va iqlim qulayliklariga ega boʻlgan. Tez-tez

boʻlib turadigan jangu-jadallarga qaramay Baqtriyaning taraqqiyoti bir zum ham

toʻxtamadi. Yunon tarixchilari Baqtriyani “Ming shahar oʻlkasi” deb bekorga

taʼriflanmagan. Mazkur tarif Baqtriyani ijtimoiy-siyosiy hayotida shaharlarning

tutgan oʻrnidan dalolat beradi. Haqiqatdan bu vaqtda Baqtriya va Zariasp (hozirgi

Mozori Sharif yaqinida), Termiz kabi shaharlarida hunarmandchilik, savdo-sotiq

rivoj topdi. Chunonchi, hunarmandlar oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, qalay, mis,

bronzadan turli buyumlar, zebu-ziynatlar tayyorlaganlar. Toʻquvchilik, koʻnchilik,

qurolsozlik kabi kasblar rivojlangan. Yunon podsholari hukmronligi davrida Yunon-

Baqtriya jamiyatida ibtidoiy jamoa munosabatlari tezkor suratlarda yemirilib yangi

quldorlik munosabatlari ancha aniq shakllari kira boshlagan. Shaharlar nufuzining

oʻsishi va harbiy asrlar kelishining koʻpayishi bunga qulaylik yaratdi. A.Makedonskiy

davridayoq Baqtriya shaharlarida yunon makedon askarlari koʻplab joylashtirilgan

edi. Albatta bunday munosabatning tarixiy sabablari bor edi. Mintaqa buyuk ipak

yoʻli, Gʻarb va Sharq savdo yoʻlining muhim qismida joylashganligi tufayli boshqa

viloyatlarga nisbatan iqtisodiy-ijtimoiy jihatidan ancha oldin rivojlangan. Bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

373

viloyatning Yunoniston bilan aloqalari oldinroq rivojlangan. (Amudaryo xazinasi deb

ataluvchi sanʼat buyumlari, koʻplab topilgan tanga pullar buning isboti). Ana shunday

zamin boʻlgani uchun xam ellinizm davrida Baqtriyada ellinlashtirish jarayoni avval

va tez oʻtdi(Parfiya va Xorazmda bu jarayon ancha kechikdi).

Baqtriyaning yunon podsholari Diodot, Evtidem, Evkrat kabilar viloyatni

Yunonistonning bir qismi deb qaradilar. Agar Parfiya, Sogʻdiyona, Xorazm uchun

ellinistik madaniyat namunalari mil. avv III-II asrlarda moda, rasm sifatida qabul

qilinsa, Baqtriyada madaniyatning tadrijiy taraqqiyoti mahsuli sifatida qaralgan.

Shuning uchun xam ellinistik sanʼat namunalari ayniqsa Baqtriyada yetuk tus olgan.

Baqtriyada va Soʻgʻdiyonada qadim davrlardanoq oltin qazib olingan.

A.Makedonskiyning bu hududdan behisob oltinlarni yurtiga tashib ketganligi

toʻgʻrisida maʼlumotlar qadimgi tarixchilar asarlarida yozib qoldirilgan. Oltin,

kumush va misdan tanga (tetrodraxma, draxma va obol)lar xam zarb qilishga

qoʻyilgan birinchi mustaqil qadamdir.

Baqtriyaning qazilma boyliklarini qayta ishlashda mohir boʻlganliklari xam

maʼlum. Masalan, Baqtriyada oltin qayta ishlanib, pul zarb etishda ishlatiladigan,

nekil xam xuddi shu yerdan chiqqan boʻlsa ajab emas. Agar kelajakda bu fikrni

tasdiqlovchi dalillar topilsa, u holda yevropaliklar taʼkidlagandek, nekil XIX asrda

ular tomonidan ixtiro etilmay, aksincha eng qadimgi davrlardanoq Baqtriya xalqlari

nekilni qayta ishlashni uddalay olganliklari aniqlanadi. Yunon-Baqtriya tangalarining

diqqatga sazovorligi shundaki, tanga pullar ellin tangalariga oʻxshashdir. Biroq

Yunonistonda xam bunday badiiy bezakla berib ishlangan pullar kam uchraydi.

Rassomlar podsholarning suratlarini chizganlarida ularning gʻayrati va kuchini

tasvirlashga eʼtibor berganlar, bu esa Aleksandr sarkardalari avlodidan boʻlgan ellin

(Yunon) podsholari suratlariga xos xususiyatdir. Pullarda podsholarning nomlari va

unvonlari yunoncha yozilgan. Tangalarning ikkinchi tomoniga yunon xudolaridan

birining tasviri tushurilgan. Diodot I va Diodot II tangalarida Zevs surati zarb etilgan,

chunki yunoncha “Diodot” soʻzi “Zevs ato qilgan” demakdir. Mill avv 225-yilda

Kichik Osiyoning Magnesiya shahrida Evtedim Diodot II taxtdan agʻdargan va oʻz

tangalariga Magnesiya homiysi Gerakl suratini zarb etgan. Evtidemning oʻgʻli


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

374

Demitriy tangalarida ham Gerakl tasviri boʻlgan. Yunon-Baqtriya tangalarining

diqqatga sazovorligi shundaki, tanga pullar ellin tangalariga oʻxshashdir. Biroq

Yunonistonda xam bunday badiy bezakla berib ishlangan pullar kam uchraydi.

Rassomlar podsholarning suratlarini chizganlarida ularning gʻayrati va kuchini

tasvirlashga eʼtibor berganlar, bu esa Aleksandr sarkardalari avlodidan boʻlgan ellin

(Yunon) podsholari suratlariga xos xususiyatdir. Pullarda podsholarning nomlari va

unvonlari yunoncha yozilgan. Tangalarning ikkinchi tomoniga yunon xudolaridan

birining tasviri tushurilgan. Diodot I va Diodot II tangalarida Zevs surati zarb etilgan,

chunki yunoncha “Diodot” soʻzi “Zevs ato qilgan” demakdir. Mill avv 225-yilda

Kichik Osiyoning Magnesiya shahrida Evtedim Diodot II taxtdan agʻdargan va oʻz

tangalariga Magnesiya homiysi Gerakl suratini zarb etgan. Evtidemning oʻgʻli

Demitriy tangalarida xam Gerakl tasviri boʻlgan.

Demetriy A.Makedonskiyga taqlid qilib tangalariga oʻzini filning boshiga

oʻxshash jang qalpogʻI qiygan xolda tasvirlangan. Tangalarda yozuv ikki tilda –

yunon va kxaroshti yoki karoshti yozuvida bitilgan.Demetriy zarb qilgan tangalarda

xalqning diniy tasavvurlari yunonmifologiyasi obrazlari bilan aralashib – qorishib

ketgan. Bu tangalarda Nahid va Artemida suratlari birgalikda tasvirlangan. Quyosh

hudosi Mitra Demetriy va Evtidem I tangalarida uchraydi. Salavkiy malikalaridan

birining oʻgʻli Evkratid demetriyni taxtdan agʻdargan. Evkratid tangalarda

Salavkiylar sulolasining homiysi Dioskurlar (ellinlarning ilohi egizak Kastor va

Polidevk) ning suratlari zarb etilgan.

Evkratid tangalarida yunonchadan tashqari mahalliy yozuvlar borligi esa Hind

daryosining yuqori qismlarida unng mavqeyi mustahkamligini bildirdi. Tangalarda

uning unvoni oʻzgarib, “shoh” oʻrniga “Buyuk shoh” degan yozuv oʻrin oldi. Ayni

paytda tasviriy sanʼat , amaliy sanʼat , meʼmorchilik, zargarlik sanʼati sohasida katta

yutuqlarga erishildi. Jumladan, Baqtriyaning qadimgi shahri Begrom shahrida olib

borilgan qazish ishlari vaqtida yuksak mahorat bilan fil suyagiga ishlangan sanʼat

asarlari topilgan. 1978- 1979-yillarda Tillatepada olib borilgan qazishma ishlarida 25

ming donadan ortiq oltindan ishlangan sanʼat asarlari topilgan. Yoki Dalvarzintepada

olib borilgan qazishma ishlarida 34 kg tilladan iborat 215 dona sanʼat asarlari topildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

375

Antik davr Oʻrta Osiyo shahar madaniyati rivojlanishining eng yorqin

xususiyatlari tasviriy sanʼat bilan pul zarb etilishi natijasida madaniyat va moliya –

iqtisod ishlarining taraqqiy etishidir. E.V.Ptveladze tadqiqotlaiga koʻra, Taxti

Sangindan 4 ta, Termizdan 3 ta, Kampitepadan 2 ta, Marvdan 6 ta, Samarqand

atrofidan 5 ta Antiox I davriga oid (mil.avv 280- 268) tangalari topilgan. Nisbatan

koʻproq topilma tangalar Yunon-Baqtriya davriga oid boʻlib, ular Diodot, Evtidem,

Demetriy, Geliokl davrlaridan zarb etilgan. Baqtriyada yunon podsholari yunon

polislari usulida shaharlar quradilar, bunolar qurilishida esa, yunon va sharq

elementlari ishlatladi.Arxeologlar G.A. Koshelenko va Z.V.Serditixlarning fikricha ,

shahar aholisining koʻpchiligi yunonlar boʻlgan uar qishloqlarda xam yashaganlar.

Baqtriyada yunonlar qurgan shaharlarning xozircha maʼlum boʻlgan eng yirigi

Afgʻonistonning shimolida joylashgan Aleksandriya Oksiana yaʼni Amu

Aleksandriyasi. Bu shahar 400 ga yerni ishgʻol etgan. Unda teatr, gimnasiyda savodi

chiqqan bolalar ilmiy va jismoniy kamolot topganlar, kutubxona, xazina, yunon,

xudolariga ibodatxonalar, davlat idoralari, saroylar, haykallar bilan bezatilgan boʻlib

fontan, shaxsiy xovlilar mavjud ekanligini fransuz arxeologlari aniqlashdi. Shahar

mil.avv IV asrda barpo etilib, mil.avv 147-yillar atrofida koʻchmanchilar tajovvuzi

ostida vayron etilgan. Oyxonimni oʻrgangan fransuz olimlari D.Shlyumberge va Pod

Beriarlar yunoncha yozuvli ikki papyrus parchalarini topganlar, ularning birida

falsafiy mavzudagi dialog, ikkinchisida sher boʻlgan, Afsuski, namgarchilikda

kutubxonaning yer poliga yozuv iz boʻlib tushgan, yerda xam pergamentda xam

saqlangan yozuv izini oʻqib boʻlmagan. Arxeologlar topilgan idishlarida yunoncha

yozuvlar boʻlganini aniqlaganlar.

Baqtriya Oyxonimidan tashqari boshqa Kofir qaʼla, Yetmishtepa, Dilberjin,

Saksonoxu, Taxti Sangin, Yovon, Tomoshotepa, Xalchayan, Yerqoʻrgʻon, Kanka

kabi ellinistik tipdagi shaharlar mavjud boʻlganligini arxeologlar aniqlaganlar. Togʻri

bular Aleksandriya Oksiana Oriental Journal of Social Sciences ISSN: 2181-2829

www.supportscience.uz/index.php/ojss 52 darajasiga koʻtarila olmaganlar. Lekin bu

shaharlarning ochilishi yunon shohlari Baqtriyada hukumronlik qilgan davrlardan

ellinistik madaniyat, sanʼat oʻlka boʻylab keng tarqalganini ispotlaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

376

Bu davrda yunon oʻlchov birliklari draxma bilan bir qatorda mahalliy oʻlchov

birliklari xam qoʻllangan. Mahalliy oromiy alifbosi bilan birga yunon va braxma,

kxaroshti yozulari qoʻllangan. Sugʻd yozuvi xam ishlatilgan. Ikki likobchadagi yunon

yozuvlarini oʻqish Sugʻdiyona va Baqtriyada raqamlar qoʻllanilgani bilishga imkon

beradi. Taxminan shu davrlada oromiy yozuvi asosida baqtriya yozuvi shakllangan.

Mahalliy munajjimlar oʻsha davrdayoq asosiy sayyoralarning nomlarini

oydinlashtirganlar. Munajjimlar bir paytning oʻzida matematik, fizik, va faylasuv

boʻlishgan. Yil hisobi Salavkiylar davridan boshlangan(Mil.avv 312-yil 1-oktabr)

Salavkiylar erasi boshlangan. Sugʻdiyona va Baqtriya aholisi bu davrda turli skif va

eroniy lahjalarda soʻzlashuvda davom etgan. Avestoda aytilishicha shaka va tatarlar

turli tillarda soʻzlashishgan. Biroq, tarixchilar guvohlik berishicha Dovondan

Parfiyagacha barcha kishilar bir birini tushunishgan. Strabonning taʼkidlashicha,

Baqtriya, Sugʻdiyona, Midiya va Eron aholisi soʻzlashadigan tillar bir biriga oʻxshash

boʻlgan.Saroy tili esa bu davrda yunon tili edi.19.Markaziy Osiyo va Shimoliy

Afgʻonistonda rivojlangan ellinistik sanʼat asarlarini mavzu jihatidan uch guruhga

ajratish mumkin: diniy, epic va folkor bilan bogʻliq boʻlgan narsalar. Ayniqsa,

mil.avv 4-2- asrlarda Baqtriyada rivojlangan ellinistik sanʼat diniy eʼtiqod bilan

bogʻliq edi.20. Yunon-Baqtriya podsholigida teatr sanʼati va musiqa rivojlangan.

Yunon-Baqtriya saroylarida yunon aktyorlari, musiqachi va rassomlarining guruhlari

saqlangan. Musiqa asboblari xilma-xil boʻlgan. Turli marosimlar, bayramlar,

saroydagi tadbirlarda ud, nay, nogʻora, chiltor, burgʻu kamoncha bilan chalinadigan

asboblar ishlatilgan.

XULOSA

Umumiy olganda mil.avv 250-140/130-yillarda mustaqil davlat sifatida

faoliyat yuritgan Yunon-Baqtriya davlati mahalliy asosda paydo boʻlib, unga ellin

taʼsiri kuchli boʻlgan. Ellinlar dunyosining bu boʻlagini yunonlar yaxshi bilmagan,

chunki tez orada Oʻrtayer dengizi bilan Baqtriya oʻrtasida Parfiya davlati barpo

boʻlgan. Shunday boʻlsa xam Yunon-Baqtriya uzoq vaqtgacha ellinistik qiyofasini

saqlab kelgan. Omuxtalik bu davr maʼdaniyatini va sanʼati uchun xos xususiyat

boʻlib, mahalliy belgilarning Hindiston,Xitoy, Yunoniston maʼdaniyati unsurlari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

377

bilan aralashib ketganligini oʻzida ifoda etadi.Yunon-Baqtriya davlati siyosiy

jihatidan tarix sahnasidan ketgan boʻlishiga qaramasdan oʻlka xalqlarining keyingi

davrlar maʼdaniyati rivojiga oʻzining oʻchmas izini qoldirdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. F.Sulaymonov. Gʻarb va Sharq. T: Oʻzbekiston 1997.

2. A. Asqarov. Oʻzbek xalqining etnogezi va etnik tarixi. T: Universitet.2007.

3. A. Asqarov. Oʻzbekiston xalqlari tarixi. T: fan.1993

4. B. Eshov.Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi. T: Maʼrifat.2009.

5. Z. Aʼlam. Qadimgi tarixchilar Oʻrta Osiyo haqida T.2008.

6. A. Arsixovskiy. Arxeologiya asoslari. T: Oʻqituvchi .1970

7. F. Boynazarov. Qadimgi dunyo tarixi. T: Iqtisod-moliya 2006.

8. Y.S. Krushkol. Qadimgi dunyo tarixi.2-qism.: Oʻqituvchi.1975

Most read articles by the same author(s)