Authors

  • Quvonova Jasmina
  • Amirqulova .Z.M.

Author Biographies

  • Quvonova Jasmina

    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi

  • Amirqulova .Z.M.

    Ilmiy rahbar: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ,,Pedagogika‘‘ kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94295

Keywords:

ijtimoiy lingvistika tilshunoslik bares ustkurma.

Abstract

Ushbu maqolada yozuv darslarida foydalanish mumkin bo‘lgan samarali usullar hamda tilning inson hayotidagi ro‘li to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

360

TIL IJTIMOIY HODISA

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-

kurs talabasi Quvonova Jasmina

Ilmiy rahbar: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ,,Pedagogika‘‘

kafedrasi dotsenti Amirqulova .Z.M.

Annotasiya:Ushbu maqolada yozuv darslarida foydalanish mumkin bo‘lgan

samarali usullar hamda tilning inson hayotidagi ro‘li to‘g‘risida ma‘lumotlar

keltirilgan.

Kalit so‘zlar: ijtimoiy, lingvistika, tilshunoslik, bares, ustkurma.

O‘zbekiston mustaqillikga erishgach ham iqtisodiy-siyosiy ham ma‘naviy-

ma‘rifiy sohalarda yuksak yutuqlarga erishdi. Mamlakat taraqqiyoti, barqaror

ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, ijtimoiy farovonlik tomon bosilgan har bir qadam inson

manfaatlari va xalq turmush tarzining yaxshilanishi va rivojlantirilishi bilan bog‘liq.

O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, Ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy

jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xrijiy

mamlakatlarda tilimizga e‘tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda. Azaliy

qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat

qaratish tabiiy.

Til eng buyuk milliy qadriyatdir. Til nafaqat muloqot vosita, balki tafakkur

mahsuli sifatida yangilik yaratish asosi hamdir. Til jamiyatda muloqot funksiyasi

bilan bir qatorda hissiy ta‘sir, to‘plash vazifasini ham bajaradi. Globallashuv

jarayonida tilning ijtimoiy funksiyasi kengayib bormoqda. Bu fikrning dalili sifatida

bit nechta tajribalarni misol keltirishimiz mumkin. Chet ellik ko‘pgina olimlar bu

hodisaga ijobiy emas balki salbiy qarashlar bilan qaraganlar. Bola bir oz o‘sib

ulg‘aygandan so‘ng o‘zini atrofidagi hodisa va jarayonlarga qarab o‘zi eshitgan

ovozlarni qaytaradi va keyinchalik o‘zini muhitidagi tilga moslashib so‘zlarni ayta

boshlaydi. Bu jarayonni isbotlash maqsadida olimlar bir tajriba o‘tkazishadi ya‘ni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

361

ma‘lum bir davlatda dunyoga kelgan bolani boshqa davlatda voyaga yetkazishadi. U

tug‘ilgan ona yurtining tilida emas, balki ulg‘aygan muhitning tilida so‘zlashadi.

Ya‘ni unga ijtimoiy muhit katta ta‘sir ko‘rsatadi. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy

hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy-biologik va fiziologik

xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat qonunlariga

muvofiq jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda

so‘zlashish va fikrlash uchun kishilik jamiyati bo‘lishi shart. Chunki, til kishilarning

bir-biri bilan aloqa qilishi va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo

bo‘lgan.Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli o‘laroq, kishilik jamiyati

tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Til jamiyat

taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo‘ladi, bir jamiyat yo‘q bo‘lishi

bilan til ham asta-sekin iste‘moldan chiqa boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan o‘lik tilga

aylanadi. Lotin, sug‘d, qadimiy Xorazm tillari bunga misol. Biroq tilning paydo

bo‘lishi taraqqiy etishi va iste‘moldan chiqishi biologik jarayon emas, balki jamiyat

taraqqiyoti bilan bog‘liqdir . Shuning uchun til qununlari, uning taraqqiy yo‘llari

jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalq tarixi bilan bog‘liq holda

o‘rganilgandagina masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin. Til insonlar o‘rtasida axborot

almashish, his-tuyg‘ularni ifodalash va shaxsning o‘z tabiatini namoyon qilish

vositasidir. Til lingvistikaning turli aspektlarida o‘rganiladi va ularning barchasida

asosiy vosita vazifasini bajaradi. Ma‘lumki har bir inson o‘zi yashab turgan muhitda,

jamiyatda ulg‘ayadi, tarbiya topadi. Albatta, har qanday tarbiyaning, ayniqsa, til

ma‘naviy komillik, milliy o‘zlik tarbiyasining asosiy o‘chog‘i Bolani o‘rab turgan

ijtimoiy muhit, birinchi navbatda, oiladir. Abdurauf Fitrat ,,Rahbai najot‘‘ asarida

shunday yozadi:,,Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi

bolalar ham qanday muhitda bo‘lsa, o‘sha muhitning har qanday odat va axloqini tilini

qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar

ko‘proq yaxshi va yomon ahvolni o‘z uylaridan, ko‘chadagi o‘rtoqlaridan,

maktabdagi o‘quvchilardan qabul qiladilar. ,,Tilning paydo bo‘lishi, uning

takomillashib borishi, odamzodning bunday ne’matga noil bo‘lishiday murakkab

jarayonda ijtimoiy muhitning, kishilik jamoasining hal qiluvchi omil ekanligidan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

362

iborat haqiqatni inson aqli to‘liq anglagunga qadar ko‘p zamonlar o‘tgan. Jamiyatdan

tashqarida yashagan inson qancha umr ko‘rmasin, u gapira olmaydi. Chunki til

nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tmaydi, ya‘ni uni irsiyatga bog‘lab qo‘yish

to‘g‘ri bo‘lmaydi. Irsiyat qonuniga binoan, bolaning biologik, antropologik

xususiyatlari avloddan avlodga o‘tadi, lekin o‘zbek oilasida tug‘ilgan bola faqat

o‘zbek tilida gapiradi, deyish noto‘g‘ridir. U qaysi tilda gapira boshlashi qaysi oila,

qaysi ijtimoiy muhitda tarbiyalanishiga bog‘liq. Til jamiyat mahsuli sifatida

shakllangan murakkab, ijtimoiy-biologik, psixik hodisa ekan, insonning olamni

anglashi, dunyoni bilish sezgilari jamlangan a‘zolarning nutq apparati sifatida

takomillashuvi muayyan tarixiy davr hamda tizim talablari asosida amalga oshgan .

Til kishilik jamiyati mahsulidir. Tilning ijtimoiy tabiatini talqin qilishda jahon

tilshunosligi dialektir taraqqiyot prinsiplariga asoslanadi. Xususan, tilning jamiyat

taraqqiyotining mahsuli deb tushunish tilshunoslik faniga qo‘shilgan eng buyuk

hissalardan biridir. Tilning asosiy va muhim xususiyati shundan iboratki, til kishilik

jamiyati tomonidan yaratilgan bo‘lib, eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat

qiladigan ijtimoiy hodisadir.

QO’LLANILGAN ADABIYOTLAR

1. .X.Jamolxonov.,,Hozirgi o‘zbek adabiy tili‘‘ T-2004 -206-b

2. Otauli:Haddi Iskandariy (tarixiy hikoya).Chop etilgan.11.04.2012.Muallif

Ziyouz.uz

3.R.Sayfullayeva.,,Hozirgi o‘zbek adabiy tili‘‘T-2009 .415-b

4. A.Bahriyev,N.Bahriyeva.Yangi pedagogik texnalogiyalar orqali o‘qitishda ichki

motivatsiyani shakllantirish xalq ta‘limi jurnali.2006- 304 b.