MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–3_ Февраль –2025
619
VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA OSIYODA
TARBIYA, MAKTAB VA PEDOGOGIK FIKRLAR
Yosinova Odina
-UMFT universiteti pedagogika yoʻnalishi s550-guruh talbasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada VII asr boshlaridan XIV asrning birinchi
yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktablar va pedagogik fikrlarning
rivojlanishiga oid asosiy jihatlar keltirilgan. Maqolada Islom dini va uning ta’lim-
tarbiyaga ta’siri, maktablarda ta’lim tarbiya, Hadis ilmining paydo bo‘lishi hamda
Qur’on va boshqa diniy kitoblarning tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z boradi. O‘rta
Osiyo xalqlari Islomni qabul qilish jarayonida o‘z madaniyati va dinini saqlab
qolishga harakat qilgan. Islom dini ta’limotlari, Qur’on va Hadislarning ta’lim-
tarbiya jarayonidagi o‘rni hamda madaniyat merosi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: ma’naviyat,madaniy meros, yozuv, me’moriy yodgorliklar,
Qur’on, Haftiyak, Chorkitob
Kirish
VII asr boshlarida, Islom dinining paydo bo‘lishi bilan, O‘rta Osiyo va uning
atrofidagi mintaqalarda keng miqyosda madaniy va diniy o‘zgarishlar boshlandi.
Islom dini o‘zining insonparvarlik g‘oyalari va axloqiy qadriyatlari bilan nafaqat
Arabiston yarim orolida, balki butun dunyoda katta ta’sir ko‘rsatdi. Islomning tarixi
va tarbiyaviy ta’siri nafaqat diniy tushunchalar, balki madaniyat, ilm-fan, va ta’lim
sohalarini ham o‘z ichiga olgan. O‘rta Osiyo, ayniqsa Movarounnahr, Islomning
o‘ziga xos ta’siriga uchragan hududlardan biri bo‘lib, bu yerda Islom dini keng
tarqaldi va shu bilan birga, ta’lim va tarbiya tizimi ham yangi shakllarga o‘tdi.
Islom dinining tarbiya va ta’lim tizimiga bo‘lgan ta’siri juda muhim
ahamiyatga ega. Qur’on va Hadislarning tarbiyaviy ta’siri, nafaqat musulmonlar,
balki boshqa xalqlar o‘rtasida ham bilim va ma’naviyatning rivojlanishiga katta
yordam berdi. Islom ta’limotida ilmga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, bilim olish va
tarbiya olishga bo‘lgan qarashlar asrlar davomida shakllandi. Arab xalifaligining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–3_ Февраль –2025
620
O‘rta Osiyoni zabt etishi va bu hududda Islom dinini qabul qilish jarayoni, o‘z
navbatida, o‘sha davrdagi ta’lim tizimining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Islom o‘z
ta’limotida har bir insonni o‘z ma’naviy kamolotiga erishishga undaydi va uning eng
asosiy qadriyatlari ichida bilim olish, adolat, mehr-oqibat va tinchlikni saqlash
alohida o‘rin tutadi.
O‘rta Osiyoda Islomning kirib kelishi, shuningdek, maktab va madrasalarda
ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirishga olib keldi. Diniy bilimlar, shariat va tafsir,
arab tili o‘qitilishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, o‘g‘il bolalar uchun ta’lim olish
imkoniyatlari kengaydi. Islom dini o‘zining diniy va axloqiy ta’limoti orqali nafaqat
ilmni, balki insonning ruhiy pokligini ham muhim deb bilgan. Qur’on va Hadislarning
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati, bu o‘zgarishlarning asosi sifatida qaraladi.
Islom madaniyati va ta’limi davomida, o‘quvchilar faqat diniy bilimlarni
emas, balki dunyoviy bilimlarni ham olishgan. Madrasalar va maktablarda
o‘qitiladigan darsliklar, masalan, Xaftiyak va Chorkitob, ilm olish jarayonini yanada
rivojlantirdi. Bu o‘zgarishlar nafaqat ta’lim tizimini, balki o‘quvchilarning ma’naviy
va axloqiy tarbiyasini ham shakllantirdi. Shunday qilib, O‘rta Osiyo xalqlarining
Islomni qabul qilishi, ularda yangi ta’lim va tarbiya tizimining paydo bo‘lishiga zamin
yaratdi.
Maqolada, shu davrdagi maktablar, madrasalar va ularning ta’lim-tarbiya
jarayonlaridagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Islom dini ta’limotining tarbiyaviy
ahamiyati va uning O‘rta Osiyo xalqlarining ilmiy va madaniy rivojlanishidagi roli
keng yoritiladi. Bu jarayonlar nafaqat diniy, balki ilmiy, axloqiy va ijtimoiy
yuksalishlarga ham olib keldi. Maqola Islom ta’limotining rivojlanishiga,
madrasalardagi o‘quv dasturlariga, Qur’on va Hadislarning ilmiy tafsiri va
o‘qitilishiga alohida e’tibor qaratadi.
Asosiy qism
VII asr boshlarida Islom g‘oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib,
boshqa davlatlarni zabt etishni boshladi. VII asr o‘rtalaridan boshlab arablar
Movarounnahrga ham hujum qilishni boshlashdi. VIII asrning o‘rtalariga kelib
Movarounnahrni to‘la zabt etishga erishdilar. Arablar bosib olingan yerlarda Islom
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–3_ Февраль –2025
621
dinini qabul qilishga majbur etildi. Movarounnahr xalqining Islom dinini qabul qilishi
qiyin kechgan. Movarounnahrda islom dini kirib kelguniga qadar, u yerdagi xalqlar
ko‘p sonli xudolarga, quyoshga, o‘zlari muqaddas deb bilgan narsalarga sig‘inishar
edi.
Arab xalifaligi bosib olgan yerlarida istelochilik siyosatini olib borar ekanlar.
Qaram bo‘lgan xalqlar ustidan madaniy ustunlikka erishishga harakat qildilar.Chunki
arab xalqi VII asr boshlarida o‘ziga xos madaniyati va adabiy tiliga ega bo‘lib,
notiqlik san’ati hamda she’riyatni yuksak darajada qadrlar edilar.
Arab xalifaligi davrida ijtimoiy hayot, ilm – fan va madaniyat yanada
rivojlandi. Bu davrlarda qadimgi yunon va rim madaniy merosi negizida bir qator
fanlar yangi tushuncha va bilimlar bilan boydii. Ular tomonidan yaratilgan barcha
yirik asarlar arab tiliga tarjima qilindi. Arablar bosib olgan ulkan yerlarida xalifalik
davlatini barpo etishlari natijasida geografiya fanining geografiya fanining bir qadr
takomillashishiga hissalrini qo‘shdilar. Bu davrda xalifalikning mulkini aks ettiruvchi
dastlabki xaritalar yaratilgan. Xaritalar yordamida Janubiy Ispaniyadan tortib
Markaziy Osiyo hamda Hind daryosigacha bo‘lgan xalifalik yerlari ,ularning
geografik o‘rni,iqlimi tabiiy boyliklari haqida ma’lumot olish mumkun edi.
Islom dini Arabiston yarim orolida uning ko‘p asrlik tarixi negizida
shakllangan. Islom ta’limoti o‘zining insonparvar g‘oyalari va ularni insonlar ongida
chuqur singdira olishi tufayli 14 asrdan buyon borliqni ong yordamida mafkuraviy
tarzda idrok etishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Arab xalifaligi bosib olingan yerlarida asosiy til etib -arab tili deb e’tirof etildi.
Islom dining muqaddas kitobi bo‘lmush Qur’onni boshqa tillarga tarjima qilish
taqiqlab qo‘yildi. Shu sababli maktablarda fan sifatida arab tili o‘rgatila boshladi.
Maktablar va madrasalarda ta’lim – tarbiya ishlari, shariat yuzasidan olib borilgan
bo‘lib bu yerlarda faqat o‘g‘il bolalar bilim olish huquqiga ega edilar. O‘quv
maskanlarida diniy hamda dunyoviy bilim olishgan. Maktablarga, madrasalarga ilm
olish uchun ota onalar farzandlarini 6-7 hatto 5 yoshlaridan berishgan.
Movorounnahrda arab bo‘lmagan bolalarga ‘Xaftiyak’ VIII asrda tuzilgan bo‘lib,
‘Qur’on’ suralaridan yettidan biri bo‘lib, tanlab olingan darsliklardan biri bo‘lgan. X-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–3_ Февраль –2025
622
XII asrda ‘CHorkitob’ o‘qitila boshladi.X asrda madrasalar ham paydo bo‘la
boshladi. 609-610 -yillarda Muhammad S.A.V payg‘ambar sifatida yagona Allohga
ishonish e’tiqod g‘oyasini targ‘ib qilishni boshladilar.
Islom dinining eng muqaddas kitobi bu- Qur’ondir.
Qur’on-dunyo madaniyatining ulkan boyligi hisoblanib, 114 ta suradan
iboratdir. Qur’oni Karim insonlarni tinch totuv yashash, birodarlik, tenglik, saxiylik
va bir biriga mehr muhabbat ulashishga undaydi. Sura va oyatlarda keltirib o‘tilgan
musulmon olami, islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati
va ma’rifatiga oid qarashlar axloqiy me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Qur’onda ilmni ishonchli yo‘llar bilan isbotlash,taqlid qilishga yo‘l
qo‘ymaslik masalalari ham talqin qilingan. Qur’onda yaxshi fazilatlarga ega kishilar
bilan hamsuhbat bo‘lish, inson kamolotiga erishuvini ta’minlovchi omillardan biri
ekanligi. Insonning ma’naviy pok bo‘lish,havoyi nafsga berilmaslik aqliy,hamda
jismoniy xislatlarni shakllantirish,bir so‘z bilan aytganda, komil insonni tarbiyalashda
muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’oni Karimdan keying o‘rindagi
asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to‘plash asosan VIII asrning ikkinchi
yarmidan boshlangan. Muhammad alayhissalomning ibratli ishlari, e’tiqod, pand-
nasihatlariuning nomi bilan bog‘liq hadislarda mujassamlangan. Eng sahih hadislar
to‘plami –’Al jome’ as-sahih’ kitobi hisoblanadi.
Hadislar dastlab yozib borilmagan. Sahobalar ularni yodlab borganlar
,jumladan hazrati Abu Hurayra ana shunday kishilardan bo‘lganlar. Hadislarni
to‘plash xuxusidagi farmon xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan berilgan. VIII-IX
asrlar hadis ilmining rivojlanishda ‘oltin davr’ hisoblanadi. Hadislarning haqiqiy ,
ishonarli, ya’ni sahihlarini saqlab qolish maqsadida ular tekshirilib, asl holiga keltirib
, yozib yigila boshlangan. Ana shu tarzda hadis ilmi rivojlana boshlagan. Islom
olamida 6 ta ishonchli hadislar to‘plami bor. Ularning mualliflari quyidagilar ; 1. Al
Buxoriy 2.Imom Muslim al-Hajjoj 3. At -Termiziy 4. Abu Dovud Sulaymon
Sijistoniy 5. Imom Ahmad an- Nasoiy 6. Yazid ibn Mojja.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–3_ Февраль –2025
623
Xulosa
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktablar
va pedagogik fikrlar keng rivojlandi. Islom dini ta’limoti va uning ta’lim-tarbiyaga
ta’siri muhim o‘rin tutadi. Arab xalifaligi davrida O‘rta Osiyo xalqlari Islomni qabul
qilish jarayonida o‘z madaniyati va an’analarini saqlab qolishga harakat qilgan.
Qur’on va Hadislar inson kamoloti, axloqiy me’yorlar va ilm-fan rivojlanishida
muhim manbalar bo‘lib xizmat qilgan. Madrasalar va maktablar diniy hamda
dunyoviy bilimlarni tarbiyaviy jarayonlarga tatbiq etishda alohida o‘ringa ega
bo‘lgan.
1.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR;
1.
Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O‘quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy
fanlarni o‘qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
2.
Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и
решение, 1(1), 64–67.
3.
Ҳайдаров,
С.
А.
(2023).
ТАРИХ
ДАРСЛАРИДА
САНЪАТ
АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
4.
Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of
Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
5.
Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.
Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.
6.
Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.
7.
Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan
foydalanish yo‘llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).
91-94.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–3_ Февраль –2025
624
8.
Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda
Boburnoma asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-
12;