Authors

  • Xoshimova Muhayyo Salimjon qizi

Author Biography

  • Xoshimova Muhayyo Salimjon qizi

    Andijon Davlat pedogogika instituti

    Pedogogika psixologiya kafedrasi

    Pedogogika yo‘nalishi magistranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94395

Keywords:

klaster yondashuv pedagogik faoliyat ta’lim metodikasi kompetensiya innovatsion ta’lim kasbiy tayyorgarlik integratsiyalashgan ta’lim interfaol metodlar.

Abstract

Ushbu maqolada klaster yondashuv asosida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Klaster yondashuvining mohiyati va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda klaster tizimi orqali metodik yondashuvlar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, klaster yondashuvidan foydalanish pedagogik jarayonni takomillashtirish va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi ko‘rsatilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

614

KLASTER YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNI TA’LIM

TIZIMIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI

Xoshimova Muhayyo Salimjon qizi

Andijon Davlat pedogogika instituti

Pedogogika psixologiya kafedrasi

Pedogogika yo‘nalishi magistranti.

Annotatsiya. Ushbu maqolada klaster yondashuv asosida talabalarni

pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.

Klaster yondashuvining mohiyati va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritiladi.

Talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda klaster tizimi orqali

metodik yondashuvlar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, klaster

yondashuvidan

foydalanish

pedagogik

jarayonni

takomillashtirish

va

samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar: klaster yondashuv, pedagogik faoliyat, ta’lim metodikasi,

kompetensiya, innovatsion ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, integratsiyalashgan ta’lim,

interfaol metodlar.

Hozirgi ta’lim tizimi zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish orqali

o‘quv jarayonini takomillashtirishga intilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, klaster

yondashuv pedagogik faoliyatga tayyorlashda samarali metodlardan biri sifatida

qaraladi. Ushbu yondashuv ta’limning uzviyligi va integratsiyalashgan holda tashkil

etilishiga asoslanadi.

Klaster yondashuv – bu o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlar majmuasi bo‘lib, u

pedagogik faoliyatda tizimli integratsiyani ta’minlaydi. Mazkur yondashuv ta’lim

jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi va talabalarni mustaqil fikrlash hamda

kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Mazkur metod turli xil gʻoyalar oʻrtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini

beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Klaster metodi aniq ob’ektga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

615

yoʻnaltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining

ishlash tamoyili bilan bogʻliq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan

mavzuning taʼlim olovchilar tomonidan chuqur hamda puxta oʻzlashtirilguniga qadar

fikrlash faoliyatining bir maromda boʻlishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, Pedagogik ta’lim klasteri muayyan ijtimoiy-geografik

hududning raqobatbardosh pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini sifatli qondirish

maqsadida bir-biri bilan o‘zaro manfaatli aloqadagi teng huquqli alohida sub’yektlar,

texnologiyalar va ishchi kuchlarining integratsiyalashuvini ta’minlovchi mexanizm

hisoblanadi. Bundan tashqari, pedagogik ta’lim klasteri modeli ta’lim turlari

o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni manfaatlar xususiyligi tamoyiliga muvofiq

takomillashtirishni, pedagogik ta’limga targ‘ibot ishlarini vorisiylik tamoyiliga

muvofiq rivojlantirishni, ta’lim muassasalarida o‘zaro nazoratga asoslangan

hamkorlik shaklini qaror toptirishni nazarda tutadi.

Ta’lim klasteri o‘zida nafaqat ta’lim turlari o‘rtasidagi, balki fan, ta’lim va

ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyalashuv jarayonlarini, shuningdek, ta’limni

boshqarish, ta’lim vositalari va shakllari bilan bog‘liq sohalarni ham jamlaydi.

Klaster yondashuvi ta’lim berish, o‘quv adabiyotlarini yaratish, pedagog

kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim va tarbiya uzviyligi bilan bog‘liq umumiy

yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Bu esa muammoning umumiy metodologik

xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Ayni paytda bu umumiy yo‘nalishlar ta’limni

boshqarish va tashkillashtirish, ta’lim turlari va yo‘nalishlari, uzviylik va

integratsiyani ta’minlash, o‘qitish metodlari va vositalari kabi yo‘nalishlarda xususiy

metodologik xarakter kasb etadi.

Pedagogik ta’lim klasterining tamoyillari quyidagilardan iborat:

Tabiiy aloqadorlik tamoyili: klaster sub’yektlari o‘rtasidagi hamkorlik,

aloqadorlik masalasining tabiiyligi, ya’ni bog‘liqlik masalasining hududiy, sohaviy

yoki vazifaviy jihatdan ob’yektivligidir.

Uzviylik va uzluksizlik tamoyili: klaster sub’yektlarining o‘zaro

bog‘liqlikda zanjir hosil qilishi, zanjirni hosil qiluvchi har bir bo‘g‘in o‘zining aniq

vazifalariga ega ekanligi, uzluksizlik zanjirida bo‘shliqlarga yo‘l qo‘yilmasligidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

616

Izchillik tamoyili: klaster sub’yektlarining vertikal yagona chiziq

bo‘ylab joylashuvi, bunda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab

bosqichma-bosqich harakatlanish tendensiyasiga amal qilinishidir.

Vorisiylik tamoyili: klasterning avlodlar almashinuvidagi roli, tyutorlik

faoliyati, pedagogik ta’limni klasterlashtirish natijasida sub’yektlarning malakali

pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojining muntazam qondirilishiga erishishdir.

Yo‘naltirilganlik tamoyili: klaster doirasida amalga oshirilayotgan har

bir faoliyat turining aniq maqsadga yo‘naltirilgani, kutilayotgan natijalarning

oldindan pragnozlash va baholash imkoniyatining mavjudligidir.

Zamonaviylik tamoyili: sohaga oid zamonaviy ilm-fan yutuqlarini

tizimga joriy qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, axborot-kommunikatsiya

va raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish.

Maqsadning umumiyligi tamoyili: klaster sub’yektlarining xususiy

maqsadlaridan tashqari global aspektdagi yagona maqsad atrofida birlashuvi.

Manfaatlarning xususiyligi tamoyili: pedagogik ta’lim klasteri modelida

har bir sub’yektning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo‘lishi.

O‘zaro nazorat tamoyili: klaster modeli doirasida birlashgan ta’lim

sub’yektlarining o‘zaro yagona tizimni hosil qilishi va bu tizimning nuqsonsiz

ishlashidan har bir sub’yektning manfaatdor ekanligi, ma’lum sub’yektda yo‘l

qo‘yilgan xato yoki kamchilik boshqa sub’yektlarning faoliyat samaradorligiga ta’sir

ko‘rsatishi, sub’yektlar faoliyatini o‘zaro baholash tizimining yo‘lga qo‘yilishidan

iborat.

1

Klaster yondashuv asosida talabalarni tayyorlashda quyidagi bosqichlar

muhim ahamiyat kasb etadi:

1.

Integratsion o‘quv dasturlari: Fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash orqali

o‘quv dasturlarining yaxlitligi saqlanadi.

1

Clark, R. E. (2009). Cognitive and Technology-Based Learning. Educational Psychologist, 44(2), 91-97.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

617

2.

Interfaol ta’lim metodlari: Talabalarning faolligini oshirish va pedagogik

jarayonda ishtirokini kuchaytirish maqsadida rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar va

loyihaviy ishlar tashkil etiladi.

3.

Amaliyot va innovatsiyalar: Kasbiy faoliyatga yaqinlashtirilgan

mashg‘ulotlar o‘tkazilib, talabalar real muammolarni hal qilish bo‘yicha

mashg‘ulotlarga jalb etiladi.

4.

Refleksiya va baholash: Talabalar tomonidan o‘z ustida ishlash, o‘z-

o‘zini baholash va pedagogik faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash

imkoniyati yaratiladi.

Binobarin, taʼlim xodimi – eng avvalo, innovator ,,xavfsiz sinovlar oʻtkazish”

psixologiyasining bilimdoni boʻlishi kerak.

Shu bilan birga, Oʻqituvchini ham innovatsion faoliyatga tayyorlash

konsepsiyasini yaratishda oʻqituvchi shaxsini shakllantirishning bir butun jarayonini

loyihalashni va faoliyat olib borishini taʼminlovchi tizimli, refleksiv-faoliyatli,

individual-ijodiy yondashuvlar amalga oshirish talab qiladi.

Masalan, tizimli yondashuv jihatdan -pedagogik taʼlimning barcha boʻgʻinlari

innovatsion faoliyatning barcha komponentlarini ularning yaxlitligida yuzaga

chiqishini maksimal darajada ragʻbatlantirishi kerak.

Refleksiv-faoliyatli yondashuvni amalga oshirish esa oʻqituvchining oʻz

faoliyatiga nisbatan, faoliyat subyekti sifatida oʻquvchi shaxsini rivojlantirish

borasidagi samaradorligini tanqidiy tahlil etish, mulohaza qilish va uni baholash

maqsadida oʻziga nisbatan ham faol tadqiqiy mavqeyiga kirishish qobiliyatini

rivojlantirishni nazarda tutadi.

Individual-ijodiy yondashuv oʻqituvchida ijodiy individuallikni aniqlash va

shakllantirish, unda innovatsion ongni rivojlantirishni takrorlanmas faoliyat

texnologiyasini taʼminlovchi shaxsiy darajaga olib chiqadi.

Ta’lim

tizimida

klaster

yondashuvdan

foydalanishni

afzalliklari

quydagilardan iborat:

1.

Talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

2.

O‘quv jarayonining interfaolligini oshiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

618

3.

Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkonini beradi.

4.

Ta’lim sifatini oshirishga va mustahkam bilimlar berishga yordam

beradi.

Xulosa qilib aytkanda, Klaster yondashuv asosida talabalarni pedagogik

faoliyatga tayyorlash ularning kasbiy malakasini oshirishda samarali usul

hisoblanadi. Mazkur metodika o‘qitish jarayonida integratsiyalashgan yondashuvni

qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini oshirish imkonini beradi. Kelajakda ushbu

yondashuvni rivojlantirish va amaliyotga keng tatbiq etish muhim ahamiyat kasb

etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Dewey, J. (1938). Experience and Education. New York: Macmillan.

2.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher

Psychological Processes. Harvard University Press.

3.

Clark, R. E. (2009). Cognitive and Technology-Based Learning. Educational

Psychologist, 44(2), 91-97.

4.

Hasanboyeva, M. (2021). Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik

metodlar. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.

5.

Hasanboyeva, M. (2021). Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik

metodlar. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.