Authors

  • Rasulov Ne’mat Shokir o‘g‘li

Author Biography

  • Rasulov Ne’mat Shokir o‘g‘li

    Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

    Assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94402

Keywords:

yer turi kontur raqami yer uchastkasi ijrochi elektron raqamli xarita. тип земли контурный номер земельный участок исполнительный электронная цифровая карта land type contour number land plot executive electronic digital map

Abstract

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarni ijaraga berish tartibi va ochiq elektron tanlovga qo‘yish ketma-ketligi keltirib o‘tilgan.

В данной статье описан порядок предоставления в аренду земельных участков сельскохозяйственного назначения и последовательность выставления их на открытый электронный конкурс.

This article describes the procedure for leasing land plots for agricultural purposes and the sequence of putting them to open electronic tender.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

578

QISHLOQ XO‘JALIGI MAQSADLARI UCHUN YER

UCHASTKALARINI OCHIQ ELEKTRON TANLOVGA QO‘YISH

TARTIBI

Rasulov Ne’mat Shokir o‘g‘li

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Assistenti

Annotatsiya. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer

uchastkalarni ijaraga berish tartibi va ochiq elektron tanlovga qo‘yish ketma-ketligi

keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: yer turi, kontur raqami, yer uchastkasi, ijrochi, elektron raqamli

xarita.

Аннотация. В данной статье описан порядок предоставления в аренду

земельных участков сельскохозяйственного назначения и последовательность

выставления их на открытый электронный конкурс.

Ключевые слова: тип земли, контурный номер, земельный участок,

исполнительный, электронная цифровая карта

Abstract. This article describes the procedure for leasing land plots for

agricultural purposes and the sequence of putting them to open electronic tender.

Key words: land type, contour number, land plot, executive, electronic digital

map

Kirish.

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tuman

(shahar) hokimligi nomiga davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan,

yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer

uchastkalari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni elektron axborot almashinuv orqali

Ijrochiga - ya’ni “O‘zdaverloyiha” institutining hududiy bo‘linmalariga yuboradi:

yer uchastkasining kadastr raqami, yer turi (konturlari kesimida) va geografik

joylashuvi, maydoni (gektarda);


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

579

yer uchastkasining elektron xaritasida ko‘rsatish uchun yer uchastkasini

kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish

turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema);

mavjud davlat kadastrlari ob’ektlari (gaz, aloqa va energetika ob’ektlari,

avtomobil va temir yo‘llar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar, transport

quvurlari, gidrotexnik inshootlar, muhofaza qilinadigan ob’ekt va hududlar hamda

boshqalar) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (izoh ko‘rinishida). Bunda Davlat

kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar davlat kadastrlari yagona tizimida

ma’lumotlarni to‘liqligiga javobgar hisoblanadi.

Ijrochining vakili tomonidan 2 ish kuni ichida ko‘rsatilgan yer uchastkalari

joyiga chiqqan holda yer uchastkasining haqiqiy holati o‘rganiladi. Bunda:

a) taqdim etilgan yer uchastkalari bo‘yicha dastlabki o‘rganish o‘tkaziladi (er

uchastkasining kadastr raqami, yer turi va geografik joylashuvi, xaritasi, konturlar

bo‘yicha yer maydonining Reglament talablariga javob berishi, shuningdek, mazkur

yer uchastkasi bo‘yicha institut arxividagi tegishli ma’lumotlar o‘rganiladi);

b) joyiga chiqqan holda bo‘sh turgan yer uchastkalarining haqiqiy holati

xatlovdan o‘tkaziladi (er uchastkasining chegaralari va yerlardan foydalanish holati,

yerlarni sug‘orish yo‘nalishlari, yer turlari va yer maydonidagi o‘zgarishlar,

chegaradosh yer uchastkasidan foydalanuvchilar, mavjud davlat kadastrlari

ob’ektlarining joylashuvi joyida o‘rganib chiqiladi);

Xatlovdan o‘tkazilayotgan yer uchastkalarida avvaldan barpo etilgan ko‘p

yillik dov-daraxtlar mavjud bo‘lib, tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat mulki

sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, ularning huquqiy hujjatlarini (hokim

qarori, oldi-sotdi shartnomasi) o‘rganish talab etilmaydi. Qolgan holatlarda hujjatlar

o‘rganiladi.

Agar yer uchastkalarining joyidagi holati bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan

holat bo‘yicha farqlar aniqlanganda, ijrochi tomonidan yer uchastkalarining

muammoli qismi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining hududiy bo‘linmalariga

tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

580

yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer

uchastkalari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar qaytariladi.

Ijrochining vakili tomonidan joyida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 1 ish

kuni ichida joydagi o‘zgarishlarni inobatga olib yer uchastkasining elektron raqamli

qishloq xo‘jaligi xaritalari yaratiladi (yangilanadi). (er turlaridagi va yer

elementlaridagi o‘zgarishlar belgilangan tartibda joyida tegishli kartmateriallar

asosida deshifrovka qilinib, elektron raqamli xarita yaratiladi (yangilanadi). Shundan

so‘ng loyihalanadigan yer maydonlari xaritada alohida ajratib ko‘rsatiladi. Elektron

raqamli xaritalar yuridik shaxslarga 1:10000 miqyosda, yaylov yerlar uchun 1:25000

dan 1:100000 gacha miqyosda tuziladi.)

Shuningdek, yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun tegishli vakolatli

organlar va tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumotlar

to‘planadi. (hududning ixtisosligi, loyihalanayotgan yer maydonlarining suv bilan

ta’minlanganlik darajasi va irrigatsiya-melioratsiya tizimining holati, ball-boniteti,

sho‘rlanish darajasi, toshloqligi, sizot suvlari chuqurligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

to‘planadi).

Ijrochining vakili tomonidan 2 ish kuni ichida loyihalashtirilayotgan yer

uchastkasining foydalanish holati hamda to‘plangan qo‘shimcha ma’lumotlardan

foydalangan holda yer uchastkasining yer tuzish loyihasi ishlab chiqiladi va tegishli

ravishda bo‘linma bosh muhandisi, loyihachi tomonidan imzolanadi.

Agar Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga

nisbatan yer turlarida va maydonida farqlar bo‘lsa nima yer maydonining haqiqiy

holatidan kelib chiqib o‘tkazilgan xatlov yakunlari asosida yer tuzish loyihalari ishlab

chiqiladi va ijrochi bu borada Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasini

1 ish kuni ichida xabardor qiladi.

Bo‘sh turgan yer uchastkalari bo‘yicha yer tuzish loyihasi 1:10000

miqyosdagi xaritada 1–ilovadagi namunaga muvofiq tuziladi va yer maydonlari

konturlar bo‘yicha qaydnoma jadval ko‘rinishida 2–ilovadagi namunaga muvofiq

tayyorlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

581

Yer tuzish loyihasida loyihaning raqami, yo‘nalishi, joylashuv manzili, yer

uchastkasining toifasi va turi, maydoni, ball boniteti, suv bilan ta’minlanganlik

darajasi, sho‘rlanish darajasi va boshqa tegishli ko‘rsatgichlar alohida ko‘rsatiladi.

Bunda har bir loyiha uchun raqam tuman bo‘yicha bo‘yicha L-00001 dan

boshlab berilib boriladi va tuman(shahar) ma’muriy xududi bo‘yicha takrorlanmasligi

lozim.

Loyihada qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkasining ijara muddati

O‘zbekiston Respublikasining Yer

kodeksi 53-moddasiga asosan

ellik yilgacha

bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi.

Ijrochi ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer uchastkasi bo‘yicha

qonunchilikda belgilangan muddatlarga va o‘lchamlardan kelib chiqib, yer tuzish

loyihasiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Har bir yer tuzish loyihasi Ijrochi tomonidan Kadastr agentligidan olingan

formatda kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga (viloyat bo‘linmalariga) “E-IJARA”

AT orqali belgilangan qoidalar asosida muxandis-dasturchi tomonidan yuboriladi.

Bunda Kadastr agentligi tomonidan kiritilgan Geojson formatdagi fayl

ArcGIS dasturida huddi shu formatda ishlanadi va qaytadan yer tuzish loyihasi

qismiga biriktirib qo‘yiladi. Vakolatli organlarga, shuningdek, tuman (shahar)

hokimligiga ijrochi tomonidan yer tuzish loyihasi “E-IJARA” axborot tizimi orqali

kelishish uchun yuboriladi va kelishish natijalarini mazkur tizim orqali olinadi.

Vakolatli tashkilotlar «E-IJARA» ATga yer tuzish loyihalari joylashtirilgan

kundan boshlab besh ish kuni ichida ushbu loyihalarni kelishadi yoki kelishishni rad

etadi.

Bunda «E-IJARA» ATda qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo

bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.

Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.

Kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga aniq

havolalar qilingan holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish

(realizatsiya qilish) imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda

mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

582

Belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda yer tuzish loyihalari

kelishilgan hisoblanadi.

Vakolatli organlardan kelishuvdan o‘tkazilgandan so‘ng Ijrochi yer tuzish

loyihasini tasdiqlash uchun ikki ish kuni ichida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda

“E-IJARA” AT orqali tuman (shahar) hokimligiga yuboradi:

er uchastkasining maydoni (gektarda) va toifasi hamda yer turlari konturlar

kesimida jadval shaklidagi ma’lumot;

infratuzilma ob’ektlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;

(1:10000 miqyosdagi, yaylovlar uchun 1:25000 dan 1:100000 gacha

miqyosdagi) qishloq xo‘jaligi elektron xaritasidan ko‘chirmasi, yer tuzish

loyihasining chegaralari va manzili;

chegaradosh yer uchastkalari foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar.

Bundan tashqari, har bir yer tuzish loyihasiga shakllantirilgan (tanlov g‘olibi

ko‘rsatilmagan holda) namunaviy ijara shartnoma qo‘shib jo‘natiladi.

Tuman (shahar) hokimligi 3 ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish

loyihasini ko‘rib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda «E-IJARA» AT orqali ijrochiga

yuboradi.

Ma’lumot uchun: 3 ish kuni ichida ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer

uchastkasining ixtisoslashuvi yoki yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritish haqida yoki ochiq

elektron tanlovda ishtirok etuvchi shaxslar (ochiq elektron tanlovga quyilgan yer

uchastkasi joylashgan hududdagi jismoniy shaxslar) doirasini belgilagan holda, yer

tuzish loyihasini tuzatishlar kiritish uchun ijrochiga qaytarishi mumkin. Boshqa

sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijrochi agar hokim tomonidan yer tuzish loyihasini tuzatishlar kiritish uchun

ijrochiga qaytarilganda 3 ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, ijrochi loyihani

tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga qayta kiritadi.

Bunda vakolatli tashkilotlar bilan qaytadan kelishish talab etilmaydi.

Tuman (shahar) hokimligi 2 ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish

loyihasini ko‘rib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali Ijrochiga

yuboradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

583

Yer tuzish loyihasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan hollarda loyiha

tasdiqlangan hisoblanadi va harakat «E-IJARA» AT da avtomatik tarzda keyingi

bosqichga o‘tadi.

Ijrochi 1 ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan yer

tuzish loyihasi asosida 3-ilovadagi shaklda yer uchastkasini ochiq elektron tanlov

orqali ijaraga berish uchun har bir yer tuzish loyihasiga elektron buyurtmani “E-

IJARA” AT orqali operatorga yuboradi. Buyurtmaga yer tuzish loyiha hujjatlari ilova

qilinadi.

Elektron

buyurtmani

to‘ldirishda buyurtmaning 1-bandidagi yer

uchastkasining o‘ziga xos raqami joyiga ochiq elektron tanlovga chiqarilgan yer

uchastkasining loyiha raqami qo‘yiladi.

Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar

taqdim etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab

1 ish kunidan kechikmasdan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun

buyurtmani “E-IJARA” AT orqali ijrochiga qaytaradi.

Ijrochi buyurtmani qaytarishga asos bo‘lgan kamchiliklarni bir ish kuni ichida

to‘liq bartaraf etib, takroran elektron buyurtmani “E-IJARA” AT orqali operatorga

yuboradi.

Har bir yer tuzish loyihasiga “E-IJARA” axborot tizimida operator

tomonidan avtomatik tarzda o‘ziga xos unikal raqam, ya’ni LOT raqami beriladi.

Masalan loyihaning ko‘rsatgichlari:

1.

Loyihaning raqami

00044

2.

Loyihaning ixtisosligi

bog‘dorchilik

3.

Loyihaning jami maydoni

3

4.

Yer uchastkasi toifasi

Qishloq

xo‘jaligiga

mo‘ljallangan yerlar

5.

Yer uchastkasi ijara muddati

45 yil

6.

Yer uchastkasining holati

Avvaldan qishloq xo‘jalida

foydalanilgan yer


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

584

7.

Yer uchastkasining suv bilan

ta’minlanganlik darajasi

Yaxshi

8.

Irrigatsiya ob’ektlarining holati

Soz

9.

Yer uchastkasining ball boniteti

50

10.

Yer

uchastkasining

sho‘rlanish

darajasi

kam

Loyihalashtirilgan yer uchastkasida joylashganinfratuzilma ob’ektlari:

Mavjud emas

_____________________________________________________________

___________________________

Loyihalashtirilgan yer uchastkasiga chegaradosh yerdan foydalanuvchi va

ijarachilar:

A dan B gacha ariq bilan chegarasi

B dan V gacha ariq bilan chegarasi

V dan G gacha L-00046 bilan chegarasi

G dan A gacha L-00043 bilan chegarasi

_____________________________________________________________

_________________________

Izoh: Chegaradosh yerdan foydalanuvchi aniqlanmagan bo‘lsa, unda loyiha

raqami qo‘yiladi.

Yer uchastkasining 30x20 sm (960x1280 piksel)fotosurati.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

585

Loyihadagi 2,95 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ

qiymati 39 036 186 so‘m

Ishlab chiqilgan L-00044 sonli loyihaning konturlari bo‘yicha

QAYDNOMASI

T
/r

L

oyihar

aqa

mi

Yo‘

na

li

shi

Kontur

r

aqa

mi

Umumi

ymaydon

(

ga

)

jamiekine

rlar

shu

jumladan

B

og‘

zor

lar

T

okz

or

lar

B

os

hqa

ko‘

pyil

li

kda

ra

xtl

ar

B

o‘

ze

rlar

P

icha

nz

or

va

ya

ylov

lar

jamiqi

shloqxo‘

jaligi

ye

rlar

i

suvos

ti

da

giyer

lar

yo‘

ll

ar

va

mol

ha

yda

bo‘

ti

shjoyl

ar

i

ko‘

cha

lar

,

qu

ril

is

hlar

,

sa

royva

maydonla

r

qis

hloqxo‘

jaligi

da

foyda

lanma

y

diganbos

hqa

ye

rlar

S

ug‘

or

il

adigan

lalmi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

15

17

18

19

20

L-

000

44

bo

g‘

do

rc

hil

ik

38
2q

3

2,

95

2,9

5

0,
05

ja

mi

3

2,

95

2,9

5

0,

05

Izoh:

Bog‘lar, tokzorlar, boshqa ko‘p yillik daraxtlar, ekin va bo‘z yerlar

haqiqiy holatidan kelib chiqqan holda sug‘oriladigan, shartli sug‘oriladigan, lalmi

yerlarga bo‘linishi mumkin.

ADABIYOTLAR RO‘YHATI


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–3_ Февраль –2025

586

1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy

hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida.

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori Ma’muriy-hududiy

birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va

pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida

3.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi o‘zbekiston

Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida