MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–3_ Февраль –2025
553
HAMKORLIK PEDAGOGIKASI VOSITASIDA
OʻQUVCHILARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARGA TAYYORLASH
MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Buxoro Osiyo xalqaro Universiteti
Pedagogika yo`nalishi magistranti
Karimova Dilfuza Mahammadjonovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada hamkorlikda o’qitish texnologiyasi o’rni va
ahamiyati haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Аннотация: В данной статье представлена информация о роли и
важности технологии кооперативного обучения.
Annotation: This article provides information on the role and importance of
cooperative learning technology.
Kalit so’zlar: hamkorlikda o’qitish, an’anaviy ta’lim, kreativlik,jamoaviy
ishlash.
Ключевые слова: совместное обучение, традиционное образование,
творчество, работа в команде.
Keywords: cooperative teaching, traditional education, creativity, teamwork.
Hamkorlik pedagogikasi an’anaviy о‘qitishdan farq qilib, bola bilan dо‘stona
munosabat о‘rnatishga qaratiladi. Endi oldingi an’anaviy “Men” о‘rniga “Biz”,
ya’ni hamkorlikda –“sub’ekt”-“sub’ekt” munosabatlariga asoslangan holatda
pedagogik faoliyat tashkil etiladi. “Hamkorlikda ishlash” tamoyili bola shaxsini
chuqur bilishga asoslanadi. Hamkorlik pedagogikasining konsepsiyasi quyidagicha:
о‘quvchi bilan hamkorlik munosabati;
о‘quvchida ijobiy emotsional qoniqish hosil qilish;
maktab ta’limini muvaffaqiyatli amalga oshirish;
muloqot va mehnat qilish kо‘nikma va malakasini hosil qilish;
о‘quvchilar bilan birgalikda mehnat qilish va yutuqqa erishishga ishontiriish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–3_ Февраль –2025
554
о‘quvchiga yordam berish g‘oyasi;
har bir о‘quvchi sinf ishida bemalol erkin qatnashishi imkoniyatiga ega
bо‘lishi kerak;
bolalar ishini baholash ya’ni rag‘batlantirish. Darsni samarali tashkil etish
uchun о‘qituvchilarga tavsiyalar:
О‘quvchini mustaqil hayotga tayyorlash;
Sinfda ijobiy emostional (hissiy) muhit yaratish;
Darsga ishchanlik kayfiyatida kirishish;
Darsga mas’uliyat bilan kirishish;
О‘quvchilar bilan hamkorlik qilish;
Zamonaviy usullar asosida dars о‘tish;
О‘yin texnologiyalaridan foydalanish;
Ijodkorlik ya’ni muntazam о‘z ustida ishlash kabilardir.
Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi davrida ta’lim
tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va tub islohotlar, albatta,
hayotning o‘zi taqozo qilgan u yoki bu muammolar va masalalar bilan to‘qnashadi.
Bu – qonuniy va tabiiy rivojlanish jarayoni. Shu bois, ta’limining barcha
bosqichlaridagi boshqaruvchilarning vazifasi – mazkur muammolarga o‘z vaqtida
yechim topish va shu orqali butun tizimning rivojlanishini ta’minlashdan
iborat.Bugungi o‘zgarishlar davrida jamiyatimiz hayotida murakkab, lekin davr
taqozo qilgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatda,
iqtisodiyotda, umuman, hayotimizning barcha jabhalaridagi bunday olamshumul
o‘zgarishlarning amalga oshirilishi o‘zimizning ham o‘zgarishimizni, ya’ni
o‘zligimizni anglashni talab qiladi. Bu masala oldimizga qo‘yilgan vazifalarning eng
murakkabi desak, adashmaymiz.Davr taqozo qilayotgan bunday vazifalarni
muvaffaqiyat bilan bajarish uchun yosh avlod oldida – yangi bilimlarni egallash va
uni amaliyotga tatbiq etish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Jahon tajribasining
ko‘rsatishicha, bu bilimlarning eng muhim tarkibiy qismi – boshqarish san’ati va fani
ekanligini bildirmoqda.;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–3_ Февраль –2025
555
Hamkorlik pedagogikasi oʻquvchilarning mustaqil fikrlash va yechim qabul
qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda ham muhim rol oʻynaydi. Oʻquvchilar birgalikda
muammoni hal qilish, gʻoyalarni muhokama qilish, yechimlarni topish va tanlashda
ishtirok etadilar. Bu jarayonda ular oʻz fikrlarini ifoda etish, tanqidiy fikrlash,
bahslash,
murosa
qilish
va
mas'uliyatni
oʻz
zimmalariga
olishni
oʻrganadilar.Hamkorlik pedagogikasi oʻquvchilarni mustaqil fikrlash va yechim
qabul qilishga oʻrgatishda quyidagi imkoniyatlarni beradi:Oʻquvchilar oʻzaro
muloqot va muhokama qilish orqali turli xil nuqtai nazarlarni koʻrib chiqadilar.Ular
oʻz fikrlarini ifoda etish, argumentlarni keltirish va boshqalarning fikrlarini eshitish
imkoniga ega boʻladilar.Oʻquvchilar oʻzaro yordam berib, muammoni hal qilish
strategiyasini birgalikda ishlab chiqadilar.Ular oʻz fikrlarini himoya qilish,
boshqalarga tushuntirish va ularning nuqtai nazarini qabul qilishni oʻrganadilar.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki hamkorlik pedagogikasi
mustaqil fikrlash va yechim qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi
afzalliklarni taklif etadi:Oʻquvchilarning oʻziga boʻlgan ishonchi ortib, ular oʻz
fikrlarini ochiqchasiga ifoda etishga moyil boʻladilar.Ularning tanqidiy fikrlash
qobiliyati rivojlanadi va ular muammoni turli xil nuqtai nazardan koʻrib chiqishni
oʻrganadilar.Oʻquvchilar murosa qilish va boshqalar bilan hamkorlik qilishni
oʻrganadilar.Ular oʻz fikrlarini boshqalarga tushuntirish va ularning nuqtai nazarini
qabul qilish qobiliyatini oshiradilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1
. Nutq madaniyati-vikipediya
2.
1. Абдуллаева Ш А. Хамкорлик педагогикаси. – Т.: Фан ва техналогия, 2017.