Authors

  • Umurzakova Mohistara Ilhomjon qizi

Author Biography

  • Umurzakova Mohistara Ilhomjon qizi

    Farg'ona shahar Sino tibbiyot texnikumi

    Hamshiralik ishi kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94448

Keywords:

Ezofagoskopiya Gastroskopiya Duodenoskopiya Kolonoskopiya Rektoromanoskopiya Laparoskopiya

Abstract

Ushbu maqolada bemorlarni turli endoskopik tekshiruvlarga tayyorlashni ahamiyati   haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

246

BEMORLARNI TURLI ENDOSKOPIK TEKSHIRUVLARGA

TAYYORLASHNI AHAMIYATI

Farg'ona shahar Sino tibbiyot texnikumi

Hamshiralik ishi kafedrasi o’qituvchisi

Umurzakova Mohistara Ilhomjon qizi

Annotatsiya:Ushbu maqolada bemorlarni turli endoskopik tekshiruvlarga

tayyorlashni ahamiyati haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar

berilgan.

Kalit

so’zlar:

Ezofagoskopiya,

Gastroskopiya,

Duodenoskopiya

Kolonoskopiya, Rektoromanoskopiya, Laparoskopiya

Endoskopik tekshiruv usullari hozir katta ahamiyatga ega. Ular faqat tashxis

qo'yishda emas, balki davo usuli sifatida ham qo’llanib, uning yordamida bronx,

qizilo'ngach, me’da va 12 barmoq ichak, siydik chiqarish a ’zolari kasalliklariga davo

qilinadi. Endoskopik tekshiruvlar maxsus tayyorgarligi bo'lgan malakali shifokorlar

tomonidan o’tkaziladi. Hamshira shifokor yordamchisi hisoblanadi va u bemorni

tekshiruvga tayyorlay bilishdan tashqari apparatlarga qarab turish, ishlata olish va

muolaja vaqtida uni tez muvofiqlashtirishni uddalashi kerak.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

247

Bronxlarni endoskopik tekshiruvga tayyorlash.

Traxeya va bronxlarning ichki yuzasini maxsus asbob-bronxoskop yordamida

ko'rib tekshirish bronxoskopiya deb ataladi. Tekshiruv ikki yo'nalishda olib boriladi.

Diagnostika maqsadida bronxoskopiya qilish-traxeya va bronxlardagi xavfli o'smalar,

yiringli kasalliklar, o'pka sili, yot jismlar va rentgenda aniqlashning iloji bo'lmagan

moddalarni topish maqsadida qo’llaniladi. Davolash maqsadida bronxoskopiyadan

bronxlardagi yot jismlar va ajratmalarni olib tashlash ham da dori moddalarini

mahalliy qo'llashda foydalaniladi. Hamshira tekshiruvgacha asbobning ushlagich va

yoritgichini spirt bilan artadi, qo'shimcha moslamalarni yuqumsizlantiradi va asbobni

steril stolga to'liq holda tayyorlaydi. Muolaja mahalliy anesteziya yoki narkoz ostida

olib boriladi. Mahalliy anesteziya-dikain , trimekain, 10% li novokain surtish,

purkash yoki aspiratsiya qilish bilan amalga oshiriladi. Bronxoskopiya nahorga yoki

yengil nonushtadan 2 - 3 soat o'tgach endoskopiya xonasida o’tkaziladi. Muolajaga

hamshira operatsiyaga tayyorlanayotgani kabi tayyorlanadi. Bronxoskopiya o’tirgan

yoki yotgan holda amalga oshiriladi. Muolaja paytida hamshira bemorning umumiy

ahvolini kuzatib turadi. Tekshiruvdan 30 daqiqa oldin teri ostiga 1 ml 0,1% li atropin

sulfat eritmasi yuboriladi. Mahalliy og'riqsizlantirish endoskopiyadan 20 daqiqa

avval og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va qizilo‘ngachning yuqori qismiga pulverizatordan

1—3% li dikain eritmasini sepish yo'li bilan amalga oshiriladi. Muolajani shifokor

bajaradi.

Ezofagoskopiya

- qizilo'ngachning ilk rivojlanish bosqichidagi o'smalarini

o‘z vaqtida aniqlash, undagi yot jismlarni tashxis qilish va chiqarish uchun

qizilo'ngach shilliq pardasini ko'zdan kechirish. Ezofagoskopiya davolash maqsadida

ham qo'llaniladi.

Gastroskopiya -

me’da shilliq pardasining xavfsiz, xavfli o'smalari, me’da

yaralarini aniqlash, biopsiya qilish va poliplarni chiqarish uchun ko'zdan kechirishdir.

Gastroskopiya muolajasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

248

Duodenoskopiya

— 12 barmoq ichak shilliq pardasini ko'zdan kechirish, shu

ichakdagi yaralarni tashxis qilish va ularni davolash usulidir.

Kolonoskopiya

- yo'g'on ichak shilliq pardasini kolonoskop yordamida

tekshirish, bu shilliq pardani umumiy ko'zdan kechirishga imkon beradi.

Kolonoskopiya yordamida yo'g'on ichakning turli xil kasalliklari (yalliglanish, xavfii

va xavfsiz o'smalar, qon oqishi va boshqalar) aniqlanadi. Bemorni tekshirishdan oldin

2 - 4 kun mobaynida parhez taomlar tayinlanadi, qora non, sut, kartoshka iste’mol

qilinmaydi. Tekshirishdan bir kun oldin, ikkinchi nonushtadan so'ng 30-40 ml

kanakunjut moyi beriladi, kechqurun uxlashdan oldin tozalovchi huqna bajariladi.

Bemor kechki ovqatni iste’mol qilmaydi. Bu muolaja bolalar, keksa yoshdagi va

qandli diabeti bor bemorlarga qo'llanilmaydi. Ertalab tekshirishdan 2 soat oldin ichak

tozalanadi. Yel haydovchi naycha kiritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

249

Rektoromanoskopiya

— to 'g 'ri ichak shilliq pardasini ko'zdan kechirish.

Bu muolaja maxsus asbob rektoskop yordamida bajariladi. Bu tekshiruvda tibbiyot

hamshirasining vazifasi bemorni tayyorlash, asboblarni tekshirish va rektoskop

kiritilgandan so'ng shifokorga yordam berishdan iborat. Tekshirish vaqtida rektoskop

naychasining tashqi uchiga yo'naltirib tog'ora qo'yiladi, chunki m uolaja davom ida

ichakdan yuvindi suv yoki suyuqlik axlat oqib tushishi m um kin. Qabziyatda bem

orni tayyorlash tekshrishdan bir necha kun oldin boshlanadi: tuzli surgi, 15% li m

agniy sulfat eritmasi (1 osh qoshiqdan kuniga 3 m arta) beriladi, h ar kuni huqna

qilinad. Hamshira bemorni muolajaga tayyorlashdan oldin kechqurun 2 marotaba

huqna qilib, yel haydaydigan naycha kiritadi va yengil ovqat bcrib, ertalab ham 30

daqiqa tanaffus bilan yana ikki marta huqna bajariladi va yel haydaydigan naycha

kiritiladi. Muolajani shifokor bajaradi. Hamshira esa bemorni kuzatib turishi lozim.

Tekshirish tugallangandan keyin rektoskopning sterillanadigan qismlarigina

ajratiladi, yuviladi, qolgan qismlari spirt va xloramin bilan artiladi.

Rektoromanoskopiya muolajasi

Laparoskopiya

- qorin bo'shlig'i hamda kichik chanoq a’zolarida turli

kasallik jarayonlarini aniqlash va ko'zdan kechirish maxsus optikali laparoskop

yordamida bajariladi. Tekshirishdan 1 kun avval kechqurun va tekshirishdan oldin

tozalash huqnasi bajariladi. Teri ostiga 0,5 ml 1% li atropin sulfat eritmasi yuboriladi.

Tibbiyot hamshirasi bemorni aravachada muolaja xonasiga olib keladi va uning

nazorati ostida bemor tekshiriladi, so'ng bemor xonaga olib kelinadi. Barcha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

250

endoskopik tekshiruvlar asorat berishi mumkinligini unutmaslik kerak. Anestetiklar

kiritishga allergik reaksiya, qon ketishi, hushdan ketish shular qatoriga kiradi.

Hamshira bemorning ahvolini doim diqqat bilan kuzatishi va biror noxush alom atlar

paydo bo'lganda shifokorga xabar qilishi lozim.

Shuni unutmaslik lozimki, hamshira bemorni endoskopik tekshiruvlarga

to’g’ri tayyorlasa, tashxis qo’yish oson va aniq bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Hamshiralik ishi asoslari. Q.S. Inomov

2.Hamshiralik ishi asoslari. K.O'. Zokirova

3. Internet saydlari:

https://uz.wikipedia.org/wiki/

https://fayllar.org/