Authors

  • O'rinova Maftunaxon Bahromovna

Author Biography

  • O'rinova Maftunaxon Bahromovna

    Farg'ona shahar Sino tibbiyot texnikumi

    Hamshiralik ishi kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94450

Keywords:

Sir sir saqlash shifokorlik siri shifokorlik sirining oshkor etilishini qonuniy shartlari. yatrogen kasalliklar egogeniya shifokorlik qasamyodi evtanaziya. Secret confidentiality medical secrecy legal conditions for the disclosure of medical secrets. iatrogenic diseases egogenesis medical oath euthanasia.

Abstract

Ushbu maqoladi tibbiyot xodimlarining kasbga doir siri, bemorga tegishli sirning tibbiyot xodimlari tomonidan saqlanish kafolatlari, qanday holatda bu  sirni bemor qarindoshlari yoki vakolatli organlarga xabar berilish tartibi to‘g‘risidagi masalalar bayon etilgan.

This article discusses the issues of professional secrecy of medical personnel, guarantees of keeping the patient's secret by medical personnel, and the procedure for reporting this secret to the patient's relatives or authorized bodies in cases where this secret can be disclosed.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

239

TIBBIYOT HODIMLARINING ETIKA VA DEONTOLOGIYASI

Farg'ona shahar Sino tibbiyot texnikumi

Hamshiralik ishi kafedrasi o’qituvchisi

O'rinova Maftunaxon Bahromovna

Annotatsiya: Ushbu maqoladi tibbiyot xodimlarining kasbga doir siri,

bemorga tegishli sirning tibbiyot xodimlari tomonidan saqlanish kafolatlari, qanday

holatda bu sirni bemor qarindoshlari yoki vakolatli organlarga xabar berilish tartibi

to‘g‘risidagi masalalar bayon etilgan.

Kalit so’zlar: Sir, sir saqlash, shifokorlik siri, shifokorlik sirining oshkor

etilishini qonuniy shartlari. yatrogen kasalliklar, egogeniya, shifokorlik qasamyodi,

evtanaziya.

Professional secrecy of medical personnel and professional errors.

Annotation: This article discusses the issues of professional secrecy of

medical personnel, guarantees of keeping the patient's secret by medical personnel,

and the procedure for reporting this secret to the patient's relatives or authorized

bodies in cases where this secret can be disclosed.

Keywords: Secret, confidentiality, medical secrecy, legal conditions for the

disclosure of medical secrets. iatrogenic diseases, egogenesis, medical oath,

euthanasia.

«Etiка» so’zi yunoncha aethos so‘zidan kelib chiqqan bo'lib, u yurish-turish,

axloq degan ma’nolarni bildiradi. Axloq dcganda kishilarning bir-biriga munosabati,

shuningdek, jamiyatga, muayyan sinfga, davlatga, vatanga, oilaga va hokazolarga

bo'lgan munosabatini tartibga solib turadigan va shaxsiy e’tiqodi, an’analari, tarbiyasi

hamda xulq-atvor normalari majmui tushuniladi. Tibbiyot etikasining uzoq asrlardan

bizgacha yetib kelgan dastlabki konsepsiyalari qadimgi hind kitobi «Ayuveda»

(«Hayot bilimi», «Hayot ilmi»)da qayd qilingan bo'lib, unda shifokorga rahmdil,

xayrixoh, adolatli, sabr-toqatli, og'ir-bosiq bo'lish va har qanday sharoitda ham o'zini

yo'qotib qo'ymaslik tavsiya etilgan. Shifokorning vazifasi kishilarning sihat-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

240

salomatligini yaxshi lash to'g'risida doimo g'amxo'rlik qilishdan iborat. Tibbiyot

xodimi qanday bo'lmasin, bemorning hayoti va sogMig'ini saqlab qolishi lozim.

Gippokrat qasamyodiga binoan tibbiy xodim bemor ishongan sirni

saqlamog’i lozim. O 'rta asrda yashab ijod qilgan buyuk sharq tabibi Abu Ali ibn Sino:

«Barcha so'rab-surishtiruvchilardan siring saqla, siring sening asirang, agar sen uni

saqlay olsang va sen uning asirisan, agar u fosh bo'lsa», degan edi.

Kasbiy sir etik nuqtayi nazardan birinchidan: bemorga nisbatan hurmat,

insoniy fazilatlarini ulug'lash, qonuniy huquqlarini himoyalash; ikkinchidan: hayot

faoliyati davomida o'zgalarga zarar yetkazmaslik va bem or tuzalishida

muvaffaqiyatlarga erishish hisoblanadi. Agar tibbiy xodim kasbiy sirni saqlay olsa,

bemorning soglig'iga naf keltirish mumkin. Baxtga qarshi kasbiy sirni saqlay

bilmaslik tibbiy xodimlar faoliyatida ko'p uchraydi. Buning oldini olish maqsadida

o'zaro munosabatga, kasbiy sirni saqlay bilishlikka o'rgatish lozim. Kasbiy sirni

saqlash muammosi etik muammo bo'libgina qolmay, huquqiy hamdir.

Kasbiy xatolar. Yatrogeniyalar

Tibbiy xodimlarning kasbiy xatolari

mavzusi tibbiyot etikasida muhim o'rinni egallaydi. 1837-yilda N.I. Pirogov «Har bir

vijdonli shifokor, ayniqsa, o'qituvchi o'z xatolarini o'zgalar qaytarmasligi uchun e ’lon


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

241

qilishi lozim, bu esa o 'z o'rnida boshqalarni xatoga yo'l qo'ymasligining oldini oladi»,

degan edi. So'nggi yillarda tibbiyot xodimlari tom onidan yo'l qo'yilayotgan kasbiy

xatolar tekshiruv, tashxislash, davolash usullarining murakkabligi tufayli vujudga

kelmoqda, shu bilan birga ko'p hollarda kasalliklarning atipik kechishi va tibbiy

xodimlarning malakasizligi sabab bo'lmoqda.

Yatrogeniyalar (yunoncha yatros - shifokor, geppao-yaratmoq) kasallik holatlari

bo'lib, tibbiyot xodim ining ehtiyotsizligi noto'g'ri xatti-harakati tufayli vujudga

keladigan ruhiy o‘zgarishlari yig’indisi hisoblanadi. Masalan, bemorlar o'z

kasalliklaridan vahimaga tushib, arzimas o'zgarishlarni bo'rttirib qabul qiladilar va

ko'rsatadilar. So'nggi yillarda yatrogeniya hollari kengayib bormoqda, bunda dori

moddalari ta’sirida kasallik holatining kelib chiqishi ma’lum o 'rin egallaydi. Ko'p

hollarda bemorlarning dori vositalaridan noto'g'ri foydalanishi ham yatrogeniyalarga

sabab bo'lmoqda.

Bemor shifokorga 100% ishonishi mumkin, agar u haqiqatan ham o'z

kasbiyligiga ishonsa. Ko'pgina shifokorlar tibbiy etika va tibbiy deontologiya

bemorni chalkashtirib yuborishni taqiqlashini unutishadi va odamga uning holatining

mohiyatini etkazmasdan, keraksiz darajada murakkab tarzda ifodalanadi. Bu bemorda

qo'shimcha qo'rquvni keltirib chiqaradi, bu hech qanday holatda tez tiklanishiga hissa

qo'shmaydi va shifokor bilan munosabatlarga juda zararli bo'lishi mumkin. Bundan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

242

tashqari, tibbiy etika va deontologiya shifokorga bemor haqida gapirishga imkon

bermaydi. Shu bilan birga, ushbu qoidaga nafaqat do'stlar va oila, balki ma'lum bir

odamni davolashda qatnashmaydigan hamkasblar bilan ham rioya qilish kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Hamshiralik ishi asoslari K.U.Zokirova

2.Bemorlarni uyda vashifoxonada parvarish qilishF.G.Nazirov

3.Umumiy amaliyot hamshiralari uchun amaliy ko’nikmalar to’plami A.Godoev

4.Hamshiralik ishi asoslari Q.S.Inomov

5.Hamshiralik protakollari

Qo’shimcha adabiyotlar.

1.Axmedov SH.A. «Anatomiya i fiziologiya s patologicheskimi osnovami».

Toshkent, Tasvir nashriyoti, 2009 god.

2.Ziyamutdinova G.X., Axmedov SH.A. «Normal anatomiya va fiziologiya».

Toshkent, O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi nashriyoti, 2009 yil.

Internet saydlari:

www.ziyouz.сom

www.medical.uz