MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
179
BOSHLANG'ICH SINFDA O'QISH DARSLARINI TASHKIL ETISH
METODIKASI
Adilova To’lg’onoy Pirmuhammedovna
(Jizzax shahar,25-sonli maktab o’qituvchisi )
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'qish metodikasi
adabiy talim metodikasi sifatida ish ko'rishi lozimligi, boshlang'ich sinfda o'qish
adabiyot o'qitish sistematik kursiga tayyorlovchi predmet sifatida o'qitilishi, metodika
bolajak boshlangich sinf o qituvchisini adabiy ta limnining mazmuniga va uni o
qitishga mustaqil ongli yondoshiv olingan,
Kalit so'zlar: adabiy talim, adabiy tahlil va talqin, didaktik qoida, deduksiya,
induksiya, metodik sistema, pedagogic texnologiy, "Bumerang texnologiyasi", "Arm"
metodi.
ABSTRACT: In this article, the methodology of reading in primary school
should be used as a method of literary education, the method of reading in primary
school should be taught as a preparatory subject for a systematic course of teaching
literature, the methodology of future primary school studied the experience of others,
who can take an independent conscious approach to the content of literary education
and its teaching.
Keywords: literary education, literary analysis and interpretation, didactic
rule, deduction, induction, methodical system, pedagogical technology, "Boomerang
technology", "Saw" method.
KIRISH
Hozirgi kunga qadar adabiy ta'lim ona tili o'qitish metodikasining tarkibida
o'rganilib kelinayotgan edi. O'rta umumiy ta'limda adabiyot o'qitish metodikasi
mustaqil fan sifatida o'z statusiga ega bo'lgani sababli boshlang'ich ta'limda ham
adabiy ta'lim metodikasiga metodist olimlar metodikaning mustaqil fani sifatida
qarash lozimligini ilmiy-metodik jihatdan asoslashga harakat qilmoqdalar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
180
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ma'limki, XX asrning 2-yarmida boshlang'ich sinf metodikasida badiiy
asarga estetik jihatdan yondashib san'at asari sifatida o'rganish g'oyasi ilgari surilgan
bo'lsa, psixologik izlanishlar kichik yoshdagi o'quvchilarning potensial qobiliyati
adabiyot dunyosini tanishtirishga boshqacha yondashish kerakligini taqozo etmoqda.
Jumladan, N.N.Svetlovskaya o'quvchining mustaqil o'qish nazariyasini ishlab
chiqqan bo'lsa, Ye.A.Adamov, M.S.Vasileva, V.G.Goretskiy, M.I.Omorokov,
T.G.Ramzaeva va boshqalar badiiy asarning shakl va mazmunini tahlil qilish,
L.A.Gorbushina, O. V.Kubasova, L.N.Mali, L.V.Nefedova va boshqalar ishlab
chiqqan metodikada o'quvchilarning ijodiy ishlariga, ayrimlar esa o'qish texnikasini
rivojlantirish zarurligini qayd etdilar. Shunday qilib, boshlang'ich ta'lim metodikasi
metodik fan sifatida shakllanish bosqichlarini bosib otdi.
Ma'lumki, badiiy asarlarni o'qish bilan bog'liq holda shaxsni estetik
tarbiyalash, ya'ni bilim berish, tarbiyalash va e'tiqodlarini shakllantirish; ya'ni
maktabda o'qitiladigan predmetlar kabi bolalar adabiyoti namunalarini sanat asari
sifatida o'rganish vazifalari o'qish darslariga yuklatiladi.
Har bir fan o'zining o'ganish ob'ekti va predmetiga ega bo'lganidek, hozirgi
kunda boshlang' ich sinflarda o' qish metodikasi adabiy ta' lim metodikasi sifatida ish
ko'rishi lozimligi g'oyasi ilgari surilmoqda. Haqiqatan ham, adabiyot o'qitish
sistematik kursiga tayyorlovchi predmet sifatida o'qish metodikasi bolalar adabiyoti
namunalari asosida o'z maqsad va vazifalarini belgilaydi. Shundan kelib chiqqan
holda boshlang'ich sinfda o'qish darslarining o'rganish ob'yekti - o'quvchilarning
adabiy ta'limni egallash jarayoni deb belgilanishi maqsadga muvofiqdir.
"Adabiy ta'lim" atamasi ozaro bog'liq bo'lgan uch jarayonni o'z ichiga oladi:
1) adabiy-badiiy asarlar bilan aloqa jarayonida shaxs tarbiyasi; 2) o'qitish, ya'ni
bolalar adabiyotini maktab fanlaridan biri sifatida o'qitish; 3) shaxsning o'zini rivoj
lantirishini shakllantirish.
V.V.Golubkov tomonidan ishlab chiqilgan "Nima uchun o'rgatish kerak?"
(badiiy asarni o'rgatish maqsadi), "Nimani o'rgatish kerak?" (adabiy ta'limning
mazmuni), "Qanday o'rgatish kerak?" (talabalarning - bo'lajak o'qituvchining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
181
maqsadi, mazmuni, mos metod va usullar, vositalar), "Nima uchun shunday o'qitish
kerak, boshqacha emas?"(tanlangan yo'lning ilmiy asoslanganligi) adabiy ta'lim
metodologiyasiga asoslanilgan. Hozirgi kun metodikasida bu masalaga o'quvchi
nuqtai nazaridan qaralmoqda. Unga ko'ra o'quvchi tomonidan tan olingan o'quv
maqsadi sifatida quyidagilar belgilangan:
1) "Nimani o'rganyapman?" (adabiy ta'limning o'quvchi shaxsi tomonidan
qabul qilingan mazmuni);
2) "Qanday
o'qiyman?" (bola o'zlashtirishning qaysi usullaridan
foydalanishi);
3) "Nega men shu usulda organyapman, boshqa usulda emas?" (o'rganayotgan
usullaridan qaysi birining samarali ekanini anglashi)
Metodologiyaning fan sifatida rivojlanishi bir paradigmaning boshqasi bilan
bog'liqligiga asoslanib o'qitish ko'zga tashlanadi. Bunda "Nima uchun oqituvchi dars
beradi?", "Nima uchun bola o'qiydi?" savollarga javoblar mos tushadi.
1-sinf o'quvchisi o'zidagi bo'shliqlarni to'ldirish, so'z san'atini o'zlashtirish
maqsadlarini o'z oldiga qo'ya olmaydi. O'qituvchi bu maqsadlarni o'rtaga tashlab,
o'quvchilarni maqsad sari yo'naltiradi. Siz nima o'qiyapsiz? O'ylang, nima uchun bu
asarni o'qiyapmiz? Bu asarni hozirgi o'qish va tahlil qilish usulimiz bilan yaxshi
o'zlashtira oldingizmi?
Keyinchalik o' quvchi darslar davomida kitobxon bo' lish uchun nimalarni
bilish kerakligini, yaxshi kitob kitobxonda turli xil kechinmalarni (qayg'urish,
tshvishlanish) yuzaga keltirishini, fikrlashga undashini, o'zining pozitsiyasini tanlash
imkonini berishini bilib boradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Hozirgi kunda metodikadan boshlang'ich sinf o'qituvchilari aniq dalillangan,
ilmiy asoslangan ko'rsatmalarni kutmoqda. Metodika bo'lajak boshlang'ich sinf
o'qituvchisini adabiy ta'limnining mazmuniga va uni o'qitishga mustaqil ongli
yondasha oladigan, o'zgalarning tajribasini na faqat o'rganib olmasgan, balki ular
faoliyatining natijalarini ongli ravishda tahlil qilib, to'gri xulosa chiqara biladigan
bo'lishlarini ta'minlaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
182
M.A.Ribnikova metodikaning asosi sifatida 4ta didaktik qoidani keltiradi:
l.Ta' lim o' quvchilarning anglashlariga har tomonlama ta' sir etuvchi
xarakterda bo'lishi.
2.O'quvchilar oldilariga qo'yilgan masalani aniq tushunishlari.
3.Metodist yangi murakkab hodisalarni tanish hodisalardek oson ko'rsata
olishi mahoratiga ega bo'lishi.
4.Deduksiyani induksiya bilan bog'lashi.
M.A. Ribnikova bu metodik sistemaga jonli jarayon sifatida qaraydi va asosiy
diqqatni metodik sistemaga qaratish lozimligini ta'kidlaydi.
Bu qarashlar boshlang'ich sinf o'qish darslarida o'rganilayotgan adabiy-
badiiy asarlar tahlili va talqiniga yangicha yondashish lozimligini taqozo etmoqmoda.
Asar tahlilini bosqichli izchillik asosida olib borish o'quvchilarning o'quv faoliyatini
aniq vaqsadga yo'naltirish imkonini beradi.
"Bumerang
texnologiyasi",
"Arra"
metodi
kabi
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish o' qish materiali - badiiy asar ustida amalga
oshiriladigan ishlarning aniq maqsadga yo'naltirilishini, o'quv harakatlarining
bosqichma-bosqich tashkil etilishini, ta'lim oluvchilarga individual yondashishni,
o'quvchilar faoliyatini kuzatish va tezkorlik bilan baholashni ta'minlaydi.
Musobaqa tashkil qilish:
1. "Ifodali o'qish" musobaqasi. Hikoyaning bir qismini ifodali o'qitiladi.
2. "Eng yaxshi hikoyachi" tanlovi. Hikoya matnga yaqinlashtirib qayta
hikoyalatiladi.
Hozirgi adabiy ta' limni o' qitishda maktab oldiga o' sib kelayotgan yosh
avlodni yuz yillar oldindan insoniyat tarixi davomida yaratilgan va shu vaqtgacha
to'ldirib kelingan madaniyatni egallash, bolani real hayotga tayyorlash, ongli ravishda
kasb tanlashiga erishish, o'quvchilarni atrofdagi kishilar bilan madaniyatli muomala
qilishga o'rgatish talabini qo'ymoqda. Buning uchun o'quvchilarning imkoniyatlarini
va asosiy faoliyatlarini hisobga olgan holda o' qitishning har bir bosqichida maktab
adabiy ta' limi tayanch maqsadlarni belgilab olish lozim.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
183
QOLLANILGAN ADABIYOTLAR
1. K. Qosimova va b. Ona tili o'qitish metodikasi. -T.: Noshir. 2009.
2. М.П. Воюшина, С.А.Кислинская, Е.В. Лебедева. Методика обучения
литературе в начальной школе. -М.: -Академия. - 2010.
3. Маtchonov S., Shojalilov A., Gulomova X. va b. Oqish kitobi. 4- sinf uchun
darslik. -T.: Yangiyo'l poligraf servis. 2020.
4. Матчонов С. Адабиёт дарсларида тахлил ва талкин уЙFунлиги. Til va adabiyot
talimi. 2020. 7- son.
5. Гуломова Х. Укувчиларнинг матн устида ишлаши.// Тил ва адабиёт таълими.
1994. №2-3.
6. Bakiyeva H. Boshlsng'ich sinflarda so'z ustida ishlash metodikasi. -T.: Istiqlol.
2013.