MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
148
SIFAT SO’Z TURKUMINING INGLIZ VA O’ZBEK
TILLARIDA IFODALANISHI
Yunusova Dilbarxon Muxtorjon qizi
Farg’ona Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi
1-kurs 24.108-guruh talabasi
ANNOTATSIYA: Sifat eng oson tushuniladigan va o’zlashtira oladigan so’z
turkumi hisoblanadi. Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi mustaqil so’z
turkumlaridan biri bo’lgan sifat so’z turkumi haqida so’z boradi. Shu bilan birga,
sifat so’z turkumining darajalanishi haqida ma’lumotlar berilgan. Ingliz va o’zbek
tillaridagi sifat so’z turkumining o’xshash va farqli tomonlari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: sifat, sifatning darajalari, asliy sifat, nisbiy sifat, sifatning
qiyoslanishi, oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja.
Abstract: An adjective is considered the easiest and most comprehensible part
of speech. This article discusses adjectives as one of the independent parts of speech
in English and Uzbek languages. Additionally, it provides information about the
degrees of adjectives. The similarities and differences between adjectives in English
and Uzbek languages are also explained.
KEYWORDS: adjective, degrees of adjectives, primary adjective, relative
adjective, comparison of adjectives, positive degree, comparative degree, superlative
degree.
АННОТАЦИЯ: Прилагательное считается самой простой и понятной
частью речи. В данной статье рассматриваются прилагательные как одна из
самостоятельных частей речи в английском и узбекском языках. Кроме того,
он предоставляет информацию о степенях прилагательных. Также
объясняются сходства и различия прилагательных в английском и узбекском
языках.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
149
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: прилагательное, степени прилагательных,
первичное прилагательное, относительное прилагательное, сравнение
прилагательных,
положительная
степень,
сравнительная
степень,
превосходная степень.
Kirish.
Sifat narsa buyumning rangi (oq, ko‘k, sariq), hajmi (katta-kichik),
shakli (yumshoq, yumaloq, uzunchoq), mazzasi (shirin, achchiq), xususiyati (yaxshi,
yomon, qo‘pol), xislat (chaqqon, mohir), o‘rin yoki paytga munosabati (yozgi, qishgi)
kabilarni ifodalaydi.
Shaxs va narsa, buyumlarning belgisini, xususiyatini, rangini, hajmini,
mazzasini, turini bildiradigan so‘zlar turkumi sifat deb ataladi. Sifat o‘zi aniqlayotgan
ot oldidan kelib, qanday?, qanaqa?, qaysi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Sifatlar
ma’nosi va ayrim grammatik belgisiga ko‘ra asl va nisbiy sifatlarga ajratiladi. Belgini
bevosita anglatuvchi va uni darajalab ko‘rsata oladigan sifatlar asl sifatlar
hisoblanadi. Misol uchun: baland, yaxshi, katta.
Nisbiy buyum belgisini o‘rin yoki payt tushunchasiga nisbatlasih, mo‘ljallash,
boshqa narsaga o‘xshatish kabi ma’nolar orqali ifodalangan sifatlar nisbiy sifatlar
deyiladi. Nisbiy sifat belgini darajalab ko‘rsatmaydi. Misol uchun: tokchadagi
kitoblar, kuzgi shamol.
Sifat qatnashgan gaplar:
1.
Mening singlimning oppoq etikchasi bor.
2.
Bahor faslini nafis va xushbo’y yomg’ir hidisiz tasavvur qilish qiyin.
3.
Marg’ilon tomonlarga yo’lingiz tushsa, qop-qora, qag’illab tinmaydigan
qarg’alarga duch kelishingiz, shubhasiz.
4.
Agar bizning kuch-qudratimizga shubha qiladigan bo’lsangiz, biz qurgan
baland-baland imoratlarga boqing! (Amir Temur)
O‘zbek tilida sifatlarning to‘rt xil daraja shakli mavjud. Oddiy, qiyosiy,
orttirma hamda ozaytirma darajalar. Ular quyidagi usullar bilan yasaladi:
1. Sifatni juftlash usuli bilan;
2. -roq qo‘shimchasini qo‘shish orqali;
3. Eng, juda, biroz, sal kabi so‘zlarni qo‘shish orqali.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
150
Ingliz tilida ham sifat, xuddi o‘zbek tilidagi kabi, otning belgisini bildiradi.
Ingliz tilida sifat har doim otdan oldin ishlatiladi.
Ingliz tilida sifatlar uch xil darajada bo‘ladi: oddiy daraja, qiyosiy daraja va
orttirma daraja.
Misol uchun:
Bu yaxshi mashina. “Yaxshi” - oddiy darajadagi sifat.
Bu mashina boshqa bittasiga qaraganda yaxshiroq. “Yaxshiroq”- qiyosiy
darajadagi sifat.
Bu eng yaxshi mashina. “Eng yaxshi”- orttirma darajadagi sifat.
Ingliz tilida ham sifat so'z turkumi xuddi o‘zbek tilidagidek otning belgisini
bildiradi. Ingliz tilida ham sifat har doim ot oldin ishlatiladi. Masalan: a small car
(kichkina mashina), an important subject (muhim fan).
Ingliz tilidagi sifatlarni biz ikki guruhga ajratamiz. Bular:
a) Bir yoki ikki bo‘g‘inli sifatlar; masalan: a small car (kichkina mashina), a
heavy jacket (qalin kurtka) kabi.
b) Uch va undan ortiq bo‘g‘inli sifatlar; masalan: an important subject (muhim
fan), an interesting lesson (qiziqarli dars) kabi.
Bir bo‘g‘inli sifatlarda darajalanish:
a small car (kichkina mashina), a smaller car (kichkinaroq mashina), the
smallest car (eng kichkina mashina).
Ingliz tilida bir va ikki bo‘g‘inli sifatlarning qiyosiy darajasida sifatga -er
qo‘shimchasi qo‘shiladi. Bu qo‘shimcha o‘zbek tilidagi -roq qo‘shimchasiga to‘g‘ri
keladi.
Bir yoki ikki bo‘g‘inli sifatlarning orttirma darajasini yasashning ham o‘z
qoidasi bor. Bunda sifatga -est qo‘shimchasi qo‘shiladi va har doim orttirma
darajadagi sifatdan oldin “the” aniq artikli qo‘yiladi. Ingliz tilidagi -est qo‘shimchasi
o‘zbek tilidagi -eng so‘ziga to‘g‘ri keladi.
Uch va undan ortiq ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning darajalanishi esa
quyidagichadir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
151
Ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning oddiy darajasida sifatga hech qanday qo‘shimcha
qo‘shilmaydi, sifatning o‘zi yoziladi. Masalan: An important subject (muhim fan).
Ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning qiyosiy darajasini yasash uchun ko‘p bo‘g‘inli
sifatdan oldin more qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: more important subject
(muhimroq fan).
Orttirma darajasini yasash uchun esa sifat oldidan the most qo‘shiladi: The
most important subject (eng muhim fan).
Ingliz tilidagi ba’zi sifatlar yuqoridagi qoidalarga bo‘ysunmaydi. Mazkur
sifatlar quyidagilardir:
1. Good – better – the best (yaxshi – yaxshiroq – eng yaxshi)
2. Bad – worse – the worst (yomon – yomonroq – eng yomon)
3. Little – less – the least (kichkina, kam – kichkinaroq, kamroq – eng kam,
eng kichkina)
4. Much, many, a lot of – more – the most (ko‘p – ko‘proq – eng ko‘p)
5. Far – farther/further – the farthest/furthest (uzoq – uzoqroq – eng uzoq)
Ikki predmet bir-biriga qiyoslanganda yoki solishtirilganda sifatning qiyosiy
darajasidan foydalaniladi. Bu esa yuqorida aytib o‘tilganidek sifatga -er
qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi va sifatdan keyin “than” (dan ko‘ra, -ga
qaraganda) so‘zi ishlatiladi. Misol uchun:
Bigger – kattaroq. This house is bigger than yours. (Bu uy siznikidan
kattaroq).
Bir necha predmetlar orasidan eng yuqori sifat darajasiga ega bo‘lganini
tanlashda esa sifatning orttirma darajasidan foydalaniladi. Bu sifatga -est
qo‘shimchasi qo‘shish yordamida yasaladi. Sifat oldidan “the” artikli qo‘yiladi. Misol
uchun:
Biggest – eng katta. This house is the biggest one in the street. (Bu shu
ko’chadagi eng kattasidir).
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ingliz va o‘zbek tillaridagi sifat darajalarining qiyosiy
tipologik tahlili quyidagi asosiy xulosalarga olib keladi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
152
1. Har ikki tilda sifat darajalarining uch asosiy turi (oddiy, qiyosiy va orttirma)
mavjud bo‘lib, bu ularning universal grammatik kategoriya ekanligini ko‘rsatadi.
2. Sifat darajalarining ifodalanishida sezilarli farqlar mavjud: ingliz tilida
ko‘proq sintetik usul, o‘zbek tilida esa analitik usul ustunlik qiladi.
3. O‘zbek tilida sifat darajalarini ifodalashning ko‘proq usullari mavjud, bu
esa tilning ifoda imkoniyatlari kengroq ekanligini ko‘rsatadi.
4. Ingliz tilidagi noto‘g‘ri sifat shakllari o‘zbek tilida deyarli uchramaydi, bu
esa o‘zbek tilining grammatik jihatdan ko‘proq qoidalarga bo‘ysunishini anglatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Barxudarov L. S, Shteling D. A, “Grammatika angliyskogo yazika”. 1973.
2. Bo‘ronov J, Bo‘ronov M, Tashbayeva M “Ingliz tili grammatikasi”. Toshkent –
1978.
3. Maxmudov N, Nurmatov A, “O‘zbek tilining nazariy grammatikasi”. Toshkent –
1995.
4. Mirzayev M, Usmonov S, Rasulov I “O‘zbek tili”. Toshkent 1978.
5. Raymond Murphy. “English Grammar in USE. A self-study reference and practise
book for elementary level”. Cambridge University Press 1985.