Authors

  • Mamadaliyeva Marhaboxon

Author Biography

  • Mamadaliyeva Marhaboxon

    Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani 1-politexnikumi biznes asoslari  fani o'qituvchisi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94474

Keywords:

tadbirkorlik yoshlar biznes loyiha qaror

Abstract

maqolada yosh tadbiroklarni kolab kuvatlash bo’yicha yaratilgan shart sharoitlar ,hamda qonun tarafidan tadbirkorlarni qo’lash maqsadida kiritilgan qonunlar o’z aksini topgan .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

379

YOSH TADBIRKORLARGA YARATILGAN SHART SHAROITLAR

Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani 1-politexnikumi biznes asoslari fani

o'qituvchisi Mamadaliyeva Marhaboxon

Annotatsiya : maqolada yosh tadbiroklarni kolab kuvatlash bo’yicha

yaratilgan shart sharoitlar ,hamda qonun tarafidan tadbirkorlarni qo’lash

maqsadida kiritilgan qonunlar o’z aksini topgan .

Kalit so’zlar : tadbirkorlik , yoshlar ,biznes, loyiha, qaror

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat

dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PF-5466-sonli Farmoniga muvofiq,

shuningdek, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish hamda ularning

tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar

Mahkamasi qaror qiladi:

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida

“Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari”

komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-

ilovaga;

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan

tadbirkorlik loyihalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar —

kelajagimiz” jamg‘armasining ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-

ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-avgustdagi 669-sonli qaroriga ma muvofiq

o‘zgartirishlar kiritilsin.

Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy

hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

Mazkur qarorning

bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari —

moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining

Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

380

yuklansin.

Mazkur Nizom “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi (keyingi

o‘rinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida

“Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari”

komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.Ushbu

Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:davlat sherigi — tuman

(shahar) hokimliklari;

davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish,

resurslarni birlashtirish maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq

muddatga “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari”

komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etishdagi o‘zaro samarali hamkorligi;

davlat-xususiy sheriklik loyihasi — “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va

(yoki) “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish

bo‘yicha investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar

majmui;

davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim (keyingi o‘rinlarda bitim deb

ataladi) — davlat sherigi va xususiy sherikning huquqlari, majburiyatlari va

javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa

shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan

yozma shartnoma;

tadbirkorlik subyektlari — Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik

va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar

tadbirkorligi subyektlari (18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar), 50

foiz va undan ko‘proq muassislari yoshlardan iborat bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari,

shuningdek, yaratiladigan ish o‘rinlarining 70 foizidan kam bo‘lmagan qismini 5 yil

davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun taqdim etish majburiyatini o‘z

zimmasiga oladigan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlar;

xususiy

sherik — davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini

bildirgan tadbirkorlik subyektlari;

Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari (keyingi

o‘rinlarda kovorking markazlari deb ataladi) — yoshlar tadbirkorligi subyektlariga

imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish,

ularni Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlash, shuningdek, yoshlarning

biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga

boshqacha ko‘mak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

381

buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, mahorat darslari va

seminarlar tashkil etishga mo‘ljallangan majmua;

Yoshlar mehnat guzari”

komplekslari (keyingi o‘rinlarda mehnat guzarlari deb ataladi) — chakana savdo va

maishiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga

imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlashga

mo‘ljallangan majmua.

Davlat sherigi va xususiy sherikning kovorking markazi va

(yoki) mehnat guzarini o‘zaro manfaatdorlikda tashkil etish bo‘yicha takliflari davlat-

xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi. Mazkur bitim

namunasi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishiladi.Ushbu

Nizom tasdiqlangunga qadar kovorking markazlari va mehnat guzarlari tashkil etish

maqsadida bo‘sh turgan yer uchastkalarini va bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini

bepul asosda olgan tadbirkorlik subyektlari bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida

bitim tuzish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladiO

‘zbekiston yoshlar ittifoqi

huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb

ataladi) o‘z muassisligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyekti tomonidan kovorking

markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun Jamg‘arma mablag‘lari bilan to‘liq

moliyalashtirgan holda ishtirok etishga haqli

Kovorking markazlari va mehnat

guzarlarini qurishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar xususiy sherikning soliq solinadigan

bazasidan chegirib tashlanadi.Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida

davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va

“Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish ushbu

Nizomga

1-ilovaga

muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.Davlat-xususiy

sheriklik shartlari asosida kovorking markazlari yoki mehnat guzarlarini qurish

(joylashtirish) istagini bildirgan xususiy sherik tuman (shahar) hokimligiga ariza bilan

murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

a) yuridik shaxslar uchun — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi

guvohnoma, jismoniy shaxslar uchun — pasport nusxasi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

382

b) kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish (joylashtirish) uchun

rejalashtirilayotgan yer uchastkasi yoki davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan obyekt

to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

v) yer uchastkasiga (binoga) bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi

haqidagi guvohnoma (agar kovorking markazi yoki mehnat guzari xususiy sherikning

mulki negizida tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lsa);

g) zaruratga ko‘ra, kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish uchun

eskiz loyihaviy taklif hujjatlari.

9. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tuman

(shahar) hokimliklariga tushgan arizalar ikki ish kunida quyidagilarga asosan ko‘rib

chiqiladi:

taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning

8-bandida

nazarda tutilgan

talablarga muvofiqligi;

taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi hisob-kitoblarining

asoslanganligi hamda iqtisodiy samaradorligi;

davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherikning

moliyaviy holati, xususan o‘z mablag‘lari va (yoki) u tomonidan jalb etilgan kreditlar

va boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishining ta’minlanishi;

kovorking markazlari tuman (shahar) markazida, mehnat guzarlari esa ishsiz

yoshlar soni ko‘p bo‘lgan aholi punktlarida tashkil etilishi.

10. Ariza ushbu Nizomning

8-bandi

talablari buzilgan holda berilgan bo‘lsa

yoki uni ko‘rib chiqish vaqtida

9-band

talablariga javob bermagan taqdirda, hujjatlar

ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.

Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi bildirishnoma yozma

shaklda, shu jumladan, elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka yetkaziladi

(jo‘natiladi). Bildirishnomada qanday talablar buzilganligi, qonun hujjatlarining aniq

normalari va xususiy sherik ko‘rsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni

tuman (shahar) hokimligiga takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin

bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

383

Xususiy sherik talablar buzilishini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran

ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma yoki elektron

bildirishnoma olingan kundan boshlab uch ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.

Kamchiliklar bartaraf etilib takror taqdim etilgan ariza qabul qilingan kundan

boshlab ushbu Nizomnin belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.

ADABIYOTLAR ROYXATI :

1)Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar —

kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-

yil 16-avgustdagi 669-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

2)Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son;

12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son;

15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son

)