MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
374
PROFESSIONAL TA'LIMDA O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISH
VA KREATIV FIKRLASHGA O'RGATISH
Akbarova Vasilaxon
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani 1-politexnikumi
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada professional ta'lim sohasida o'quvchilarni
kasbga yo'naltirushning ahamiyati, usullari va vositalari haqida atroflicha fikr-
mulohazalar bayon qilinadi. Kasbga yo'naltirish yosh avlodni ongli ravishda kasb
tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart –
sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma`naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy
tarbiyasi, ya`ni barcha o’quv – tarbiya jarayoni bilan uzviy birlikda amalga
oshiriladi. Maqolada yoshlarni kreativ fikrlashga o'rgatish borasida ham tahlillar
bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar: kasb- hunar, professional ta'lim, kasbga yo'naltirish, kreativlik,
vizuallashtirish, kasbiy moslashish, kasbiy mahorat.
Kasb-hunarga yo’llash bo’yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va
metodlari o’quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi
lozimdir.
Professional ta'limda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yo’lga qo’yishda
an`anaviy amaliy mashg`ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik
o’yin, konferentsiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining
jamoalari bilan birgalikda o’tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya
elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Kasbga yo’naltirish tadbirlari
inson tomonidan o’z kasbiy malakasini oshirishning qulay shakllarini izlash, ijtimoiy-
iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama va
barkamol rivojlantirishning shart – sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma`naviy,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
375
aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya`ni barcha o’quv – tarbiya jarayoni
bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi. Kasbga yo’naltirish quyidagi qismlarini o’z
ichiga oladi: Kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy
moslashish.
Kasbiy axborot-ma`lum bir kasbni egallash xohishi bo’lgan shaxsga, turli
mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o’sish
imkoniyatlariga, mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning
shakllanishiga, shaxsning istak va ko’nikmalariga qo’yilgan talablar hamda
zamonaviykasblarning istiqboli va mazmuni to’g`risidagi ma`lumotlarni to’plash,
targ`ibot qilish chora – tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat – kasb tanlash, kasbni yoki faoliyat turini o’zgartirishda
yordamga muhtoj bo’lgan shaxsning individual – psixologik xususiyatlari, shaxsiy
fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog`ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini
o’rganish asosida psixolog – maslahatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o’zaro muloqot
tizimidan iborat. Kasbiy tanlov va saralash – kasbiy faoliyatning alohida, turlariga
yaroqlilik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan shaxsning psixofiziologik
xususiyatlari(tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofizioligik me`yoriy talablar
(saralash) asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir.
Kasbiy moslashish – ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy- psixologik
va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvaffaqiyatli ravishda
kasbni egallashi uchun shart sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralarning
majmuaviy tizimidir.
Professiografiya (axborot, tashxis, korrektsiyalovchi, shakllantiruvchi kasbiy
tashxis (shaxsni o’rganishning psixologik, psixofiziologik, tibbiyo va boshqa
usullarining majmui) kasbga yo’naltirishning axborot uslubiy ketma-ketligining asosi
hisoblanadi. Kasb-hunarga yo’naltirish – umuminsoniy madaniyatni shakllantirish
jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodni kasbiy tiklanishi, tabiat
in`om etgan (tug`ma) qobiliyatlarini rivojlantirishda ko’maklashish, insonga kasbiy
o’zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora – tadbirlar majmuasi bo’lib,
uning imkoniyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta`lim turini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
376
tanlashishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojlarda
jamiyatning g`amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi.
Kreativilar muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli
rakursdan qaray olish qobiliyatiga egadirlar. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida,
muloqotida, his-tuygʻularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon boʻladi. Kreativlik
iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni oʻtkirlikni
belgilab beradi.
Allaqachon dunyo miqyosida taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch sifatida
kreativlik eʼtirof etiladi. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining
beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: robotga aylangan kasblar, virtual
reallik, koʻk atirgul, tuproqsiz hosil olish… Bularning bari insonning tafakkuri
mahsuli va insonning noodatiy fikrlashi, oʻtkir zehni, hech kim oʻylamagan orginal
gʻoyasi asosida, bir soʻz bilan aytganda «kreativliligi» natijasida yuzaga kelgan desak
xató boʻlmaydi.
Bugunda, yetakchi xorijiy mamlakatlarning taʼlimida kreativ fikrlashni oʻquvchi
yoshlar egallashi natijasida, ularda dolzarb muammolarni yechish uchun yangi
texnologiyalardan foydalanib, hali yaratilmagan sektorlarda ishlash, shu qatorda
mashina bajara olmaydigan ishlarni bajarish va global muammolarni yechish
qobiliyatlari rivojlanishga erishayotgani ayni haqiqat.
Togʻri bir necha yil avval oʻquv mashgʻulotlarida yetishmayotgan omil –
kreativlik
desak
yanglishmagan
boʻlamiz
va
taʼlim
tizimining
dolzarbmuammolaridan biri ham shunda edi. Ammo soʻnggi yillarda tizimida
oʻquvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, eʼtibor
qaratilmoqda.
Yurtimiz taʼlim tizimida kreativlilik-noodatiy dars oʻtish uslubi, tadbirlarni
oʻzgacha tashkil qilish, talabani oʻziga maʼqul kiyinishi kabi dastalabki koʻrinishlarda
namoyon boʻlgan boʻlsa, bugunda u aks etmagan jihat yoʻq desak, adashmaymiz.
Hatto har bir detallgacha «neobichniy» ligiga eʼtibor beriladi. Bu bejiz emas, axir
Yangi Oʻzbekiston yoshlari albatta kreativ fikrlaydigan boʻlishlari kerakda!
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
377
Mutaxassislar interfaollik va kreativ fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishda
samarali boʻlgan yoʻl va metodlarni keltirib oʻtadi. Unga ko’ra:
– Veb-saytlar bilan ishlash;
– Vizuallashtirish; Bu degani,maqsadning tasavvurdagi obrazini yaratish.
Nimaga erishishni istashingizni, buni qanday amalga oshirishni tasavvur qila olish
barcha nuqtai nazarlarni inobatga olish;
– muhim gʻoyalarni turli vaziyatlarda va oʻrinli qoʻllash (gʻoyani boshqa
sharoitga koʻchirish
– transformatsiya);
– ramziylashtirish kabi yoʻllar; – «Aqliy hujum»; – «Keys-stadi» kabi
metodlarlarni qoʻllash orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish mumkin.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishining bosh maqsadi o’ziga xos usullar
yordamida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va
aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat. Kasb-hunarga
yo’naltirishning asosiy maqsadi – yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kelgusi
ta`lim yo’nalishini (akademik litsey yoki kasb – hunar kolleji) tanlashiga yoki
shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va
jamiyatning kadrlarga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini
tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb-hunarga yo’naltirishga quyidagi ikki asosiy vazifani hal qilishga
qaratilgan:
- mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish hisobiga
mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash;
- shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o’z qiziqishlari, moyillik va
imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan
tezroq uni o’zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, jahon tajribasida, shaxsda kreativ fikrlash
koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda koʻrsatmali metod va usullardan
foydalaniladi. Bu oʻrinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam
berishi mumkin, biroq, insonda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi. Kasb-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
378
hunarga yo’naltirish ishining pirovard natijasi ijtimoiy- iqtisodiy omil bo’lib, shaxsga
ham, davlatga ham real foyda keltiradi. Shu sababli, ta'lim tizimida yo‘l harakati
qoidalarini o‘rgatish, ayniqsa kasb-hunar maktablari va kollejlarida, kelajak
haydovchilari va mutaxassislari uchun asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi.
Professional
ta'lim
muassasalarida
yoshlarning
kasbiy
tayyorgarligini
shakllantirishda, kasb-hunarga yo’naltiruvchi tadbirlarning o’tkazilishida metodik va
amaliy yordam beradi, qilingan ishlar natijalarini tahlil qiladiva umumlashtiradi. O’z
hududi doirasida mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni Mehnat vazirligining bo’linmasi
orqali oladi, o’rganadi va zarur bo’lgan kasb-hunarlar haqida maktablardagi kasb-
hunarga yo’naltiruvchi mutaxassislar bilan maxsus kechalar, suhbat va ko’rik-
tanlovlar, turli musobaqalar uyushtirishda yordam ko’rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
l. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi, Toshkent. "O'zbekiston"
nashriyoti, 2021
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3l-dekabrdagi
"Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish сhоrа-
tadbirlari to'g'risida" l059-son qarori
3. M.To'xliyev, A.Tilavov. Tarbiya kitobi. "Yurist - media markazi". 20l7
4. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik -'l'.:"Sапо-
stапdаrt" nashriyoti, 2017.
5. F.R.Madraximova. Mediasavodxonlikni rivojlantirish asoslari / (mопоgrаfiуа). Т.:
Ilm-ziyo zakoyat,2022.