MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
356
JAHON XO‘JALIKLARI RIVOJI VA TRANSPORT ALOQALARI
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani 1-politexnikumi
Geografiya fani o'qituvchisi
Xodjamova Feruzaxon Shavkatjon qizi
Annotatsiya. Ushbu maqolada jahon xo‘jaliklari va uning shakllanish
tendensiyalari, ishlab chiqarishning takomillashuvida iqtisodiy aloqalar va boshqa
sohalarning ahamiyati haqida so'z boradi. Jahon xo‘jaliklari iqtisodiyotida transport
sohasining aralashuvi iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bu borada esa
jahon xo‘jaliklarining geografik joylashuvi muhim rol o‘ynaydi. Jahon
xo'jaliklarining rivojlanishida transport ham muhim rol o‘ynaydi. Shu jihatdan
maqolada jahon xo'jaliklari iqtisodiyotida transportning o'rni haqida so'z yuritiladi.
Kalit so`zlar: ishlab chiqarish, transport, iqtisodiy aloqa, jahon xo'jaligi,
geografik joylashuv, urbanizatsiya, resurslar
KIRISH
.
Jahon xo’jaligi tarmog'i insoniyatning butun rivojlanish davrida shalklanib
takomillashgan. U ibtidoiy jamoa tuzumida foydalanilgan tosh qurollari va hozirgi
kunda ishlab chiqarishda, kunlik hayotimizda keng qo’llanilayotgan elektro-hisoblash
mashinalarigacha bo’lgan murakkab taraqqiyot bosqichlaridan o'tgan. Jahon xoʻjaligi
– turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini
taqozo etgani holda umumjahon birligini tashkil qilishi; jahondagi oʻzaro bir-biri
bilan bog'liq milliy xoʻjaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui hisoblanadi.
Jahon xo'jaligi bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida XIX asrning oxiri – XX
asr boshlarida yuzaga kelgan. Ixtisoslashuv mamlakatda qanday tabiiy resurslarning
borligiga va shu yerdagi ishlab chiqarish tajribasi bilan bog‘liq. Jahon davlatlarining
taraqqiy etishida geografik joylashuv, aholi soni va ishlab chiqarishning
takomillashuvi, transport kabilar muhim rol o'ynab kelmoqda. Jahon xo‘jaligidagi
iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar
iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
357
uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar
manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro
integratsiyalashuvi tamoyillari asosiga qurilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jahon xo’jaligi iqtisodiy kategoriyadir, chunki uning to‘g‘risidagi tushuncha
ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo’jalik aloqalarining baynalmilallashishi
hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyalanishi bilan aloqadordir. Jahon xo‘jaligi
geografik kategoriyadir, chunki uni geografik nuqtai nazardan kam deganda uch
daraja miqyosida tadqiq etishni nazarda tutiladi:
1) jahon xo‘jaligining umumiy geografiyasi;
2) uning tarmoqlari geografiyasi;
3) yirik regionlar va subregionlar geografiyasi.
Ayni shu jihatdan maqolada asosan, chet tilidagi adabiyotlar hamda manbalar,
jahon xo‘jaliklarining takomilini tashkil etuvchi geografik joylashuvlarga asoslangan
ma‘ruzalar manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida ekspriment, xulosa
chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jahon xo‘jaliklari tarixiy kategoriya hisoblanib, uni shakllanish va rivojlanish
jarayonlarini o‘ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim bosqichlarga
ajratiladi. Birinchi va eng uzoq davrni o‘z ichiga olgan jahon xo‘jaligi belgilari,
xususiyatlari shakllana boshlagan bosqich buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha
bog‘liq Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan
keyin Yer sharining boshqa regionlari va qit‘alarini ham qamrab olgan. Jahon bozori
transport, ayniqsa, dengiz transporti rivojlanishi munosabati bilan yana ham
kengaydi, chunki dengiz transporti barcha materiklarni birlashtirishga imkon yaratdi.
Jahon xo‘jaligi XX asr arafasida to‘la-to‘kis shakllanib bo’ldi, hamda ushbu asrning
birinchi yarmida uning rivojlanishi ayrim hududlarni qamrab olish hisobiga
rivojlandi. XX asrning ikkinchi yarmida esa jahon xo’jaligining rivojlanishi asosan
tarkibining takomillashtirilishini ta’minladi. Jahon xo‘jaliklari aloqalari koʻp qirrali
boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
358
kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish,
birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish,
sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston,
Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil
etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan)
mamlakatlar hisoblanadi. Transport jahon xo’jaligining eng yangi siljishlari va
tendensiyalarigamijozlaming yangi talablariga moslashadi, bu hol xususan, sanoat
mahsulotlariga ishlov berish darajasining keskin o’sishi, xalqaro aloqalar va tarmoq
tarkibining o’zgarishi bilan izohlanadi. Transport mintaqaviy siyosat quroli sifatida
qo‘llanilmoqda. Transport ortiqchaligi kuchayishi va rivojalanishining ziddiyatliligi
sharoitida davlatning raqobatni kamaytirishga va milliy transport kompaniyalarini
himoyalashga y naltirilgan protektsionistik va kamsituvchi iqtisodiy, fiskal va
huquqiy ta’sir choralari kengayib boradi. «Ko’rinmas» eksportni kengaytirish uchun
«o’z» transport vositalaridan foydalanish kuchayadi (xorijlik kemani kiraga oluvchi
va h.k. yukini tashish).
XULOSA
Aytish joizki, jahon xo‘jaliklaridagi yangi talablar transport-kommunikatsiya
kanallari amal qilishining ishonchliligining kuchayishga moyilligini keltirib
chiqaradi. Asosiy ommaviy yuklar manbalarining geografiyasi o‘zgarishga uchraydi:
bir tomondan, nisbatan yaqin va siyosiy jihatdan barqaror manbalarga o‘tish
kuzatiladi, bu esa yuk tashishlarning o‘rtacha davomiyligi qisqarishiga olib keladi.
Ikkinchi tomondan - shu sababga ko‘rа uzoq bo'lsa-da, muqobil manbalarni izlash
hisobidan yagona noyob manbaga qaramlikni susaytirishga intilish namoyon bo‘ladi,
bu esa uzoqlikning kuchayishiga olib keladi. Ayni paytda urbanizatsiyaning yangi
shakllari - suburbanizatsiya, aglomeratsiya va konurbatsiyalarning shakllanishini
aholining ommaviy avtomobiliashtirishisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.Transport va
ekspeditsiyaviy-taqsimlash xo‘jalik korxonalarining birlashuvi muhim istiqbolli
tendensiyadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
359
1. Q.Abirqulov. Iqtisodiy geografiya (darslik). Toshkent. TDIU, 2004y.
2. Yu.N.Gladkiy, S.B.Lavrov. Globalnaya geografiya uchebnik. Moskva, 2001g.
3. Goudie A. Physische Geographie. Germany. 2002.
4. Kulke E. Wirtschafts - geograhfie. -Munxen – Zurich: «Ferdinand
Schoningh», 2004
5. G.Lipets, V.A.Pulyarnkin, S.B.Shlixter. Geografiya mirovogo xozyaystva.
M. 1999g.
6. N.S.Mironyanko. Vvedenie v geografiyu mirovogo xozyaystva. M, 1995g.
7. Sotsialno – ekonomicheskaya geografiya zarubejnogo mira. (Pod red
V.V.Volskogo). M. Kron – Press, 1998g.
8.M.J.Maxmudova Jahon geografiya // Oliy oʻquv yurti talabalari uchun
darslik – Namangan, 2021-358b.
9.Boltaev M.J.Chet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi .Ma`ruza matni.2000 yil.
10.Goudie A. Physische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997
11.Gograpfieg’ Physische Geograhfieg’. –Bonn: «Cornelsen», 1989.
12.Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.
13.N.Q.Komilova, M.J.Maxmudova, M.N.Qo‘ldasheva. Jahon xo‘jaligi
geografiyasi. Darslik.-N.: “ O’z MU ”, 2022.