MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
327
KREDIT-MODUL TIZIMINING ASOSIY VAZIFALARI
R.Joldasbaeva- Qoraqalpoq davlat universiteti o’qituvchisi
Bazarbaev A, Kadirbergenov E, Muratbaev R-
Geografiya fakulteti 1 kurs talabalari
Tayanch so’zlar : kredit-modul tizimi, tyutor, kredit-soat, edvayzer,
fasilitator, mentor
Ключевые слова: кредитно-модульная система, репетитор, кредит-
час, консультант, фасилитатор, наставник
Key words: credit-module system, tutor, credit-hour, advisor, facilitator,
mentor
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi
„Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori asosida „Oliy taʼlim
muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida“
NIZOM
tasdiqlangan.Kredit
ilk
marotaba
XVIII
va
XIX
asrlarda AqSh universitetlarida
joriy
etilgan
boʻlib,
oʻquv
jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab
berish maqsadida yaratilgan. 1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika
taʼlimining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot „kredit soati“ tushunchasini isteʼmolga
kiritadi. Shunday qilib, 1870 – 1880-yillarda kredit soatlari bilan oʻlchanadigan tizim
joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish talabalarga
oʻquv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim
texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi [1].
Kredit toʻplash oʻlchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir
qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi boʻlib yetishishi
uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni
chogʻda, baholash tizimi va taʼlim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
328
keldi. Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan -
mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat
qiladi: birinchisi,
talabalar va oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa
OTMga toʻsiqlarsiz, erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki ishni koʻchirish)ni
taʼminlaydi;
ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha
barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama – kredit aniq hisoblab
boriladi. Kredit yigʻindisi talabaning tanlagan dasturi boʻyicha nimani qancha
oʻzlashtirganligini namoyon etadi [2].
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
bitta fan, kurs (kredit)ningqiymatini aniqlash;
talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga
imkon yaratish;
taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;
taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga
qoʻyilgan talabdan kelib chiqib oʻzgartirish mumkinligi
Kredit - modul tizimi – mustaqil ta’lim olishga qaratilgan va individuallik
asosida bilimni ijodiy o’zlashtirish, o’quv jarayonini qat’iy belgilangan holda ta’lim
yo’lini tanlash va kredit holida bilim hajmini belgilovchi tizimdir. Bu tizim hozirgi
kunda rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida umumiy yo’lga qo’yilgan, vaqt
sinovlarida o’zini yetarlicha oqlagan va bir biridan farq qiluvchi, lekin bir – birini
o’zaro to’ldiruvchi ikkita – modul va kredit o’qitish texnologiyalarini birlashishidan
hosil bo’lgan. Modul – alohida o’quv fani (yoki uning qismi) bo’lib, o’zida tegishli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
329
bilim hamda kasbiy jihatlarga doir ma’lumotlarni qamrab oladi [3].O’qitishning
modul tizimi talabaning fan dasturini o’rganishi natijasida shakllanadigan bilim,
ko’nikma va malakalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan,
talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga
muvofiqligini ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari o’tkazilinadi.
Modulli o’qitish – tartibli o’qitish demakdir. Bunda o’quv materiali bitta o’quv
mashg’uloti hajmida, o’quv predmetining biror mavzusi yoki biror bo’limi darajasida,
ba’zan esa o’quv fanining yirik tarkibiy qismida, ya’ni, bloklar tarzida ham o’qitish
mumkin, deydi Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv uslubiy boshqarma
boshlig’i Ixtiyor Jo’rayev. – Modullar, birinchi navbatda, ta’lim mazmuniga daxldor
tushunchalar, qoidalar, nazariyalar, qonunlar va ular orasidagi umumiy bog’lanishni
ifodalovchi qonuniyatlarni tushuntirishga samarali xizmat qiladi. Modulli ta’limda
pedagog tinglovchining o’zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat
beradi, tekshiradi. Talaba esa, yo’naltirilgan obyekti tomon mustaqil ta’lim olishga
qaratilinadi [4] Akademik kredit tizimi esa, talabaning oliy o’quv yurtida samarali
bilim olishini aniqlab beradigan standartlashtirilgan baholash tizimidir. Kredit –
talaba tomonidan tegishli o’quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soatlar) dan
tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega. Oliy ta’lim muassasasi
kredit tarkibi, har bir modul bo’yicha kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va
umuman o’qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to’planishi lozim bo’lgan
kreditlarning umumiy sonini mustaqil belgilaydi. Akademik kredit tizimining o’ziga
xos tomonlaridan yana biri, xalqaro umumta’lim standartlariga mos kelishi va ta’lim
to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish muammolari, jahon tendentsiyalarini hisobga
olgan universal ta’lim dasturlarini mutanosibligidir. Talabalarda xorijiy davlatlar
universitet ta’lim darajasiga erkin kirish imkoniyatlari vujudga keladi, bakalavr va
magistratura bitiruvchilarini barcha davlatda ishga joylashish huquqlari paydo bo’ladi
[5].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
330
1.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
таълимдаги устувор вазифаларга бағишланган видео селектор йиғилиши баёни.
2021 йил 16-июнь. (https://president.uz/uz/lists/view/4424)
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
Мажлисга Мурожаатномаси. 2020 йил 29-декабрь.
3.
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Шавкат
Миромонович
Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2020 йил 24 январь.
4.
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан
бирга курамиз. Тошкент: Ўзбекистон. НМИУ. 2017 й.
5.
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб-интизом ва шахсий
жавобгарлик-хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.
Тошкент: Ўзбекистон. НМИУ. 2017 й.
REZYUME:
Kredit-modul sistemasın engiziwdiń jańa sharayatlarında professor -
oqıtıwshılardıń roli sezilerli dárejede ózgeredi Pedagoglardıń kóp qırlı wazıypaları
bir-birinen ádewir parıq etedi hám ózgeshe islew metodların talap etedi.
РЕЗЮМЕ:
Роль профессоров-преподавателей существенно изменилась в
условиях введения кредитно-модульной системы.
RESUME:
The role of professors-educators has significantly changed in the context
of the introduction of the credit-module system.