Authors

  • JO‘RAYEVA MUHSINA O‘KTAMOVNA
  • MAMATQULOVA ZARNIGOR ESHMAMATOVNA
  • MAMATMO‘MINOVA BAXTIGUL QAHRAMON QIZI
  • MIRZAYEVA SADOQAT ZAFARJON QIZI

Author Biographies

  • JO‘RAYEVA MUHSINA O‘KTAMOVNA

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

     

  • MAMATQULOVA ZARNIGOR ESHMAMATOVNA

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

     

  • MAMATMO‘MINOVA BAXTIGUL QAHRAMON QIZI

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

  • MIRZAYEVA SADOQAT ZAFARJON QIZI

     

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94495

Keywords:

Psixika bilish jarayonlar psixologik tayyorgarlik intellektual (aqliy) tayyorgarlik ma’naviy xususiyatlar irodaviy xususiyatlar tayyorgarlik rivojlanganlik darajasi

Abstract

Quyidagi maqolada bolalarni maktabga fiziologik, psixologik va pedagogik tayyorgarligi va bolalarni maktabga tayyorlashda salomatlik va jismoniy rivojlanganlikning ahamiyati kabi ma’lumotlar bayon qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

257

BOLALARNING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING

PSIXOLOGIK ASOSLARI

JO‘RAYEVA MUHSINA O‘KTAMOVNA

MAMATQULOVA ZARNIGOR ESHMAMATOVNA

MAMATMO‘MINOVA BAXTIGUL QAHRAMON QIZI

MIRZAYEVA SADOQAT ZAFARJON QIZI

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi

1-bosqich talabalari

Annotatsiya:

Quyidagi maqolada bolalarni maktabga fiziologik, psixologik

va pedagogik tayyorgarligi va

bolalarni maktabga tayyorlashda salomatlik va

jismoniy rivojlanganlikning ahamiyati kabi ma’lumotlar bayon qilingan.

Kalit so’zlar:

Psixika, bilish jarayonlar,

psixologik tayyorgarlik, intellektual

(aqliy) tayyorgarlik, ma’naviy xususiyatlar, irodaviy xususiyatlar, tayyorgarlik,

rivojlanganlik darajasi

Maktabning bola shaxsiga qo‘yadigan asosiy talablaridan biri psixologik

tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy

mavqeining o‘zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o‘quv faoliyatining

o‘ziga xosligi bilan uzviy bog‘liq. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, maktabga psixologik

tayyorgarlik doimiy hisoblanmaydi, balki u doimo o‘zgarib boyib boradi. Psixologik

tayyorlikning tarkibiy jihatlari: intellektual (aqliy), ma’naviy va irodaviy

tayyorgarlikdan iboratdir. Aksariyat hollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi

haqida gapirilganda uning so‘z boyligi zahirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari

miqdoriga ko‘proq e’tibor beriladi. Ota-ona, hatto ayrim o‘qituvchilar ham bola

qanchalik ko‘p bilsa, u shunchalik rivojlangan bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. Aslida esa

unday emas, fan-texnika, ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli

bugungi kun bolalari go‘yo ma’lumotlar ummonida suzib yurgandek bo‘lmoqdalar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

258

Bu esa ulardagi so‘z boyliklarining keskin o‘sishiga asos bo‘lmoqda, lekin bu

ularning tafakkuri ham shunday jadallikda rivojlanyapti, degan gap emas. Maktabda

amal qilinayotgan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish,

tahlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining

yetarlicha rivojlangan bo‘lishini takozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda

maktab amaliyotchi-psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul qilish

jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, surovnomalar,

asosan bolada yuqorida keltirib utilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini

aniqlashga muljallangan metodikalardan iboratdir. 5-7 yosh bolaning maktabga

intellektual (aqliy) tayyorligining yana muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu ulardagi

obrazli tafakkurning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga tayangan holda bola

atrof-muhitdagi narsa- hodisalar o‘rtasidagi eng muhim xususiyatlarni,

munosabatlarni farqlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu urinda bolalar chizmali

tasvirlarni shunchaki tushunibgina qolmay, balki ulardan muvaffaqiyatli foydalana

oladigan bo‘ladilar. Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish xislatlariga ega bo‘la

borsa-da, predmetlar va ularning (tafakkuri) o‘rnini bosuvchilar bilan aniq xatti-

harakati obrazliligicha qolaveradi.

Maktabgacha yosh davridayoq bola kichik maktab yosh davrida yetakchi

faoliyat turi bo‘ladigan o‘quv faoliyatiga tayyorlangan bo‘lishi lozim. Bunda bolada

ma’lum bir tegishli malakalarning shakllangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o‘quv topshirigini ajratib

olishi va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir. Bunday jarayonlar birinchi

sinf o‘quvchilaridan topshiriqda o‘zi belgilagan o‘zgarish, yangilik alomatlarini

kidirib topa bilish va ulardan hayratlanishni, qiziqishni talab qiladi. Bunday

topshiriqlar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki o‘yin tarzida bajarilsa, osonroq kechadi

va bola o‘zlashtiradi.

Yuqorida to‘xtalib o‘tganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda

muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun yagona zamin emas. Agar bola zarur malaka va

ko‘nikmalar zaxirasiga ega bo'lsa, unda intellektual rvojlanganlik darajasi ham yuqori

bo‘lsa-yu o‘quvchilikning ijtimoiy holatiga shaxsan tayyor bo‘lmasa, maktabda o‘qib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

259

ketishi qiyin kechadi. Agar o‘qituvchi yoki ota- ona uni o‘qishga qiziqtira olmasalar,

o‘quv vazifalarini zo‘rma-zo‘raki, sifatsiz, qo‘l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur

natijalarga erishish qiyin bo‘ladi. Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni

xohlamaydigan bolalar ham uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan

bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoning

oqibati hisoblanadi. Ayrim ota-onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab

bilan qo‘rqitish hollari ham kuzatiladi.

“Ikkita gapni eplab gapira olmasang,

maktabda qanday o‘qiysan?”, “Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?”,

“Maktabga borsang, o‘rtoqlaring bu qilig‘ingdan kulishadi!” “Hech narsani

bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!”

kabi ta’na-dashnomlar bolada

maktabdan qo‘rqish, undan xavfsirashning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin.

Shunday qo‘rquv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan

munosabatini o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otish uchun haddan

ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bo‘ladi. Bu esa bolada

oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga qaraganda,

shubhasiz, murakkab jarayondir. Bolani birinchi sinfda o‘qitishda yuzaga keladigan

qiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan bo‘ladigan muloqotlari shakli u yoki

bu vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan holda, shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lishi muhim

ahamiyatga ega. Bunday muloqot bolaning kattalar e’tiboriga va hamdardligiga

bo‘lgan ehtiyoj va ehtiyojlarning kattalar tomonidan qondirilishi bilan xarakterlanadi.

Muloqotning bu shakliga erishgan bolalar uchun kattalarga e’tibor, ular murojatini

tinglash va tushunishga intilish va kattalar tomonidan ham ularga nisbatan shunday

e’tibor ko‘rsatilishiga bo‘lgan ishonch xosdir. Bunday bolalar kattalarning turli

vaziyatlarda (ko chada, uyda, mehmonda, ishxonada) o‘zlarini qanday tutishlarini

farqlay oladilar. Kattalarning bunday xulqni anglash evaziga bolalar ham kattalarga,

o‘qituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlami namoyon qiladi. Agar

bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bo'lsa, unga mos

ravishda kattalarga nisbatan ham tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa, albatta,

bola bilan olib boriladigan ta’lim jarayonini murakkablashtiradi.

Ota-onalar har bir bola ruhiy rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

260

ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon

bo‘lishini yodda tutishlari lozim. Ba’zi bolalar endigina birinchi so‘zlarni

o‘zlashtirganlarida ularning tengqurlari allaqachon ma’lum bir iboralar bilan gaplasha

oladigan bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi

ma’lum darajada nasliy omillar bilan ham bog‘liq dir. Bolalar o‘z temperament

xususiyatlariga ko‘ra ham bir-birlaridan ajralib turadilar:

Xushchaqchaq, sergap, quvnoq, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez

moslasha oladigan bolalar -

sangvinik

temperamentga mansub bo‘ladilar. Ko‘pincha

noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar -

melanxolik

temperamentga kiradilar. Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar -

flegmatiklardir

. Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar -

xolerik

hisoblanadilar. Bolalar kattalarning yordamiga muhtoj bo‘lishiga qarab ham bir-

birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti-harakatni bajarishni bir necha marta

ko‘rsatish, tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak. Boshqa bolalarga esa

bajariladigan ish bir marotaba ko‘rsatilsa yetarli bo‘ladi. Shunday bolalar ham borki,

ular berilgan vazifani mustaqil bajaradilar. Bolalar o‘zlarini qiziquvchanlik, aqliy

faolliklariga qarab ham bir-birlaridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar ko‘p savol

beradilar va harakatchan bo‘ladilar, ba’zi bolalarni esa hech narsa qiziqtirmaydi. Ota-

onalar bolalaridagi o‘ziga xosliklarni qanchalik chuqur bilsalar, ularga o‘rgatishni

muvaffaqiyatli tashkil qila oladilar. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi

keng va mukammal bo‘lib rivojlangan bo‘lishi darkor. Bolalarga qanchalik yaxshi

bilim bersak, oylaymanki ular kelajakda Vatanga sadoqat ruhida, yetuk inson bo‘lib

etishadilar. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy his-tuygularni tarbiyalash uchun

hamma vosita va metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq namunalarini o‘rgatish ancha oson

kechadi.

O‘qish uchun bolalar anchagina jismoniy va aqliy kuch sarflashlari kerak.

Shuning uchun ota-ona bola maktabga borguniga qadar uning to‘g‘ri jismoniy

rivojlanishi va sog‘lom bo‘lib o‘sishi g‘amxo‘rlik qilishi juda muhimdir. Bola

hayotining rejimi. Odatda, sog‘lom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab

rejimiga va butun dars davomida o‘zida jush urib turgan gayratlarini tiyib jim


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

261

utirishga tezroq ko‘nikadi. Har bir bola aniq kun tartibiga ongli ravishda rioya

qilishiga bog‘liq . Bolani maktab rejimiga tayyorlashda, uning sogligini

mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda o‘rindan turish, ovqatlanish va uyquga

yotishga aniq rioya qilinishi kerak. Har bir oila mehnat faoliyatining xarakteri,

maishiy sharoiti, bolalarning soni va shu kabilarga o‘z yashash tartibini o‘rnatadi.

Biroq siz bir narsani, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolaning nonushtasi va tushligi

o‘rtasidagi oraliq 4 soatdan oshmasligini, tushlik va kechki ovqat o‘rtasidagi oraliq -

bir oz kattaroq (6-7 soat), buning orasida yengil ovqatlanish kechki choy bo‘lishi

kerakligini unutmasligingiz kerak. Bolaning bir sutkadagi uyqusi taxminan 11 soatni

tashkil qilishi kerak. Bola tushlikdan so‘ng 1-1,5 soat dam olishga odatlansin.

Kechqurun u doimo bir vaqtda, ya’ni 9 dan kechikmay uxlagani yotsin. Bola miriqib

uxlasin desangiz, quyidagi qoidalarga rioya qiling:

-

bola uxlaydigan xonani yaxshilab shamollating;

-

bolani uxlashga yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-qo‘li, buyni,

oyogini yuvishga odatlantiring;

-

bolaga o‘rinda nonushta qilishga aslo yo‘l qo‘ymang;

-

bolaning me’yoriy rivojlanishi uchun u toza havoda ko‘p harakat qilishi

kerak. Tengdoshlari bilan chopsin, sakrasin, narsalarga tirmashib chiqsin. Bola ochiq

havoda kish oylarida 4 soatdan kam bo‘lmasin, yozda esa deyarli butun kunini ochiq

havoda o‘tkazsin. Bolaga kun bo'yi tinim bilmay lakillab yurishga yo‘l qo‘yib

bo‘lmaydi, bunday ortiqcha o‘ynoqilikdan bola maktabning talabchan intizomiga

ko‘nikishi qiyin bo‘ladi. Harakatli o‘yinlarning tinch faoliyatlar bilan almashinib

turishini kuzatib borish zarur. Bolaning kundalik rejimga amal qilishi uchun asosan,

qat’iy nazorat lozim. Bola kundalik rejimni bajarish majburiyligiga va hech qanday

gap, iltimoslar, ma’lum vaqtda ovqatlanmaslik hamda o'ynamaslikka sabab bo‘la

olmasligiga ko‘nikishi kerak. Shu bilan birga rejimning zarurligi va uning foydasini

doimo tushuntirib borish lozim. Masalan: “

Ertalabki badantarbiya mashqlarini

yaxshi bajarding, endi kun bo ‘yi tetik yurasan”, ”Barakalla, gullarni tozalab yaxshi

qilibsan. Menga ancha yordaming tegdi”,”O‘z vaqtida ovqatlansang, tez o‘sasan

hamda, kasalga chalinmaysan”

va shu kabilar. Rejimning qimmati bola faoliyatining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

262

har xil turlarining almashinib turishini ta’minlashdir, bu esa yosh, o‘suvchi

organizmni charchashdan saqlaydi, bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon

beradi. Masalan, bola rasm solishga qiziqib ketib, stoldan 40 daqiqa davomida

turmadi, lekin u faol harakat qilishi, ya’ni o‘ynashi, chopishi kerak.

Shuning uchun u o'ynab bo‘lganidan keyingina unga tinch o‘yin yoki

mashg‘ulotni tavsiya qilish mumkin. Agarda ish shu yusinda ketsa, bola shunday

tartibga rioya qilsa, u qay darajada bo‘lmasin asta- sekin o‘z faoliyatini boshqarishga

odatlanadi, bu uni kundalik va maktab rejimining asosiy qoidalariga osongina

ko‘nikishida katta ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. -

Tоshkent: Ilm ziyo, 2006.

2.

Mavrulоv A. Ma'anaviy barkamоl insоn tarbiyasi. - ^shkent: O‘zbekiston,

2008.

3.

Egamberdieva N. Ijtimоiy pedagоgika. - Toshkent: A.Navоiy nоmidagi

O‘zbekiston Milliy kutubxоnasi nashriyoti, 2009.

4.

Кодирова Ф., Тошпулатова Ш., Аъзамова М. Мактабгача педагогика.

- Тошкент: “Маънавият”, 2013.

5.

Melikboboyevich,

S.

U.

(2024).

BOLALARNING

PSIXIK

RIVOJLANISHIGA O ‘YINCHOQLARNING TA’SIRI.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

2

(2), 172-179.

6.

Шомуротов, У. (2023). ТЕХНОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДОВ АРТ-

ТЕРАПИИ В УСТРАНЕНИИ ЛИЧНОСТИ АГРЕССИИ.

Предпринимательства

и педагогика

,

6

(3), 178-181.

7.

Шомуротов, У. (2024). ТЕХНОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДОВ АРТ-

ТЕРАПИИ В УСТРАНЕНИИ ЛИЧНОСТИ АГРЕССИИ.

Предпринимательства

и педагогика

,

5

(2), 91-95.

8.

MELIKBOBOYEVICH, S. U., QIZI, O. R. Z. S., & QIZI, Q. K. A. (2024).

INSONIY

MUOMALA

VA

MULOQOTNING

PSIXOLOGIK


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

263

VOSITALARI.

SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR

JURNALI

,

2

(2), 180-188.

9.

Abdukarimovich, T. Y. L., Melikboboyevich, S. U., & Isokovich, U. F. (2024).

Xotira haqidagi qarashlar va xotirani rivojlantirish.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

2

(2), 109-117.

10.

Melikboboyevich, S. U. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR

FAOLIYATNING PSIXOLOGIK TAHLILI.

NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI

USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA'LIMNING INNOVATSION

YO'NALISHLARI

,

1

(2), 93-103.

11.

Melikboboyevich,

S.

U.

(2024).

MAKTABGACHA

YOSHDAGI

BOLALARDA O ‘YIN FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI. BOLA

HAYOTIDA O ‘YINNING AHAMIYATI.

NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI

USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA'LIMNING INNOVATSION

YO'NALISHLARI

,

1

(2), 85-92.