MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
380
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI.
Po‘latova Dildora Aziz qizi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish
ICESCO” kafedrasi dotsenti Muhabbat Agzamova
Annotatsiya: Mazkur maqolada jadidchilik harakatining yirik namoyandasi,
ma’rifatparvar, dramaturg va publitsist Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ilmiy-
ma’rifiy faoliyati hamda merosi tahlil etiladi. Behbudiyning milliy uyg‘onish
g‘oyalarini ilgari surishdagi roli, uning ta’lim-tarbiya, matbuot va dramaturgiya
sohalaridagi faoliyati, asarlari va u orqali jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan va adabiyot
rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy asosda yoritiladi. Behbudiyning o‘z davrida ilgari
surgan islohotchilik g‘oyalari, ularning bugungi kun uchun dolzarbligi, jadidchilik
harakati tarixini o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash va ma’rifiy tafakkurni
rivojlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik, ma’rifatchilik, milliy
uyg‘onish, islohotchilik, ta’lim, matbuot, dramaturgiya, ilmiy meros.
Mamlakatimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan
ulug‘ allomalar, avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. O‘zbekiston zaminidan
yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar, allomalar nafaqat Sharq, balki jahon ilm-fani
va madaniyatining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Ularning ilmiy merosi, falsafiy
qarashlari, ma’naviy-axloqiy tamoyillari bugungi kunda ham insoniyat uchun bebaho
manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan g‘oyalarni targ‘ib qilish, ularning dunyoqarashini
shakllantirish va milliy qadriyatlarga hurmat uyg‘otish muhim ahamiyat kasb etib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
381
kelmoqda. Bugungi globallashuv davrida milliy va ma’naviy qadriyatlarga nisbatan
turli xatarlar, xususan, “ommaviy madaniyat”ning tahdidi kuchayib bormoqda.
Axborot texnologiyalari va turli xil begona madaniyatlarga oid tushunchalarning
ommalashishi, yoshlarning milliy qadriyatlari va an’anaviy tarbiya tamoyillaridan
uzoqlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holat esa yosh avlodning o‘zligini
anglashiga, ma’naviy komillik sari intilishiga va yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish
istagiga raxna soladi. Natijada, yoshlarning ongini begona g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan
illatlar zaharlashi, ularning hayotga bo‘lgan qarashlarini buzishi ehtimoli oshadi.
Bunday salbiy ta’sirlarga qarshi turishning eng samarali yo‘llaridan biri – milliy
ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, yoshlarni ajdodlarimizning ibratli
hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosidan bahramand etishdir. O‘zbekistonlik buyuk
mutafakkirlarning asarlarida insoniylik, ezgulik, odob-axloq, ilmga intilish,
vatanparvarlik, halollik va adolat kabi ma’naviy tamoyillar keng yoritilgan bo‘lib,
ular yosh avlodni komil inson sifatida tarbiyalashda asosiy o‘rin tutadi.
O‘zbek milliy uyg‘onish harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar,
yozuvchi,
publitsist,
dramaturg,
jamoat
arbobi,
jadidchilik
harakatining
yetakchilaridan biri, xalqni ilm-fan, ta’lim va ma’rifatga chorlagan, O‘rta Osiyoda
mustamlakachilik sharoitida yashab, millatni jaholat va qoloqlikdan chiqarish yo‘lida
fidokorona
faoliyat
yuritgan
Mahmudxo‘ja
Behbudiy
1875-yilning
19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida muftiy oilasida dunyoga
kelgan
1
.
U dastlab Samarqand madrasalarida, so‘ngra Buxoroda tahsil olgan bo‘lib,
an’anaviy diniy ta’lim asosida puxta bilim olgan. U faqat madrasa ta’limi bilan
cheklanib qolmay, o‘z ustida doimiy ravishda izlanishlar olib borgan. Natijada shariat
ilmi bo‘yicha yuksak darajalarga erishib, qozi va muftiy maqomiga ko‘tarilgan.
Behbudiyning ilmga chanqoqligi, dunyoqarashining kengligi va islohotchilik
faoliyati uning haj safariga chiqishi bilan yanada mustahkamlanadi. Hoji Muin
Behbudiyda bunday istakning paydo bo‘lish sabablarini izohlab, yozgan: “Behbudiy
3-4 yoshdagi birinchi o‘g‘li o‘lgani uchun juda hafalanib, bir yoqdan, qayg‘usini
1
N. Karimov / Mahmudxo‘ja Behbudiy. – T.: O‘zbekiston, 2011. – B.9.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
382
taskin etmak, ikkinchi yoqdan, adoi haj qilmoq maqsadi bilan 1899-yilda o‘zining
do‘sti buhorolik Hoji Baqo bilan safarga chiqdi
2
.
Behbudiyning o‘zi esa “Oyna” jurnalining 1914-yil 31-sonida chop etilgan
“Qasdi safar” deb nomlangan maqolasida ushbu safar to‘g‘risida bunday ma’lumot
bergan: “1318 sanai hijriyasi tavofi Baytullohga Kafkaz yo‘li ila Istanbul va Misr va
Qohira vositasida borib edim, muddati safarim sakkiz oydan ziyoda so‘zub edi”
3
.
Ushbu ziyorat davomida u musulmon dunyosining turli hududlarini ko‘zdan kechirib,
ilm-fan va ta’lim taraqqiyotining muhimligini yanada chuqurroq anglaydi. Safardan
qaytgach, Behbudiy Turkistonda yangi maktab tizimini joriy etish g‘oyasini ilgari
suradi va bu borada amaliy ishlarni boshlab yuboradi. Uning tashabbusi va sa’y-
harakatlari bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi va Rajabamin
qishloqlarida yangi usul maktablari tashkil etiladi
4
. Behbudiy bu maktablar uchun
maxsus darsliklar yozishga kirishadi. Qisqa vaqt ichida “Risolai asbobi
savod” (1904), “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (1905), “Risolai jug‘rofiyai
Rusiy” (1905), “Kitobat-ul atfol” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi asarlari nashr
etiladi. Ushbu darsliklar Turkiston maktablarida yangi usulda o‘qitish uchun asosiy
manbalar bo‘lib xizmat qilgan. Behbudiy faqat ta’lim islohotlari bilan cheklanib
qolmay, ilm-fan, madaniyat va milliy o‘zlikni anglash borasida ham keng qamrovli
faoliyat yuritgan. 1903-1904-yillarda u Rossiyaning yirik ilmiy va siyosiy markazlari
– Moskva va Sankt-Peterburgga borib, u yerdagi pedagogik va ijtimoiy-siyosiy muhit
bilan yaqindan tanishadi. 1906-yilda esa Qozon, Ufa, Nijniy Novgorod shaharlariga
safar qiladi. Ushbu safarlar oddiy sayohat emas, balki ilmiy-ma’rifiy va jamoat
faoliyatiga oid xizmat safarlari edi. 1906-yil 23-avgust kuni Nijniy Novgorod
shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya musulmonlarining turmush va madaniyati
muammolariga bag‘ishlangan qurultoyda Behbudiy faol ishtirok etadi. Ushbu muhim
tadbirda u Turkiston vakillariga boshchilik qilib, milliy ma’rifat, ta’lim islohotlari va
musulmon jamiyatining taraqqiyoti masalalari bo‘yicha yirik nutq so‘zlaydi. Bu
qurultoy va safarlar Behbudiyga jadidchilik harakatining rivojlanish yo‘nalishlarini
2
Hoji Muin. Tanlangan asarlar. – T.: Ma’naviyat nashriyoti – B.22.
3
Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. – T.: Manaviyat, 1999. – B.56.
4
https://jadid.uz/jadids/mahmudxoja-behbudiy/
. 03.02.2025
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
383
aniq belgilash imkonini beradi. U zamonaviy ta’lim tizimi, ilm-fan va matbuotning
jamiyatdagi o‘rni borasida chuqur xulosalar chiqaradi. Behbudiyning sa’y-harakatlari
natijasida u Turkiston jadidlarining yetakchi namoyandasiga aylanadi va uning ilmiy,
ma’rifiy hamda jamoat faoliyati jadidchilik harakatining markaziy yo‘nalishlaridan
biriga aylanadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy nazarida ma’rifat faqat maktab bilan cheklanib
qolmasligi kerak edi. Unga ko‘ra, jamiyatni o‘zgartirish va taraqqiy ettirish uchun
insonlar zamon va dunyo voqealari bilan tanishib borishi, millat va Vatanning ahvoli,
kundalik hayoti va muammolaridan xabardor bo‘lishi lozim edi. Ayni shu talab va
ehtiyoj Behbudiyni matbuot va teatr sari yetakladi. Uning fikricha, xalq uchun
shunday axborot manbai kerak ediki, u o‘zining yutuqlari bilan bir qatorda
kamchiliklarini ham ko‘rib, o‘z ustida ishlashni boshlasin. Shu ma’noda, Behbudiy
matbuotni jamiyatning “ko‘zgusi” deb hisoblagan. Matbuotning millat
taraqqiyotidagi o‘rnini chuqur anglagan Behbudiy 1913-yilda “Oyna” gazetasini
nashr eta boshladi
5
. Ushbu gazeta o‘zbek matbuotining shakllanishida tub burilish
yasadi. “Oyna” sahifalarida ta’lim, madaniyat, siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotga oid
dolzarb masalalar yoritildi. Gazetaning asosiy maqsadi xalqni o‘z haq-huquqlari,
zamonaviy tafakkur va islohotlar bilan tanishtirish edi. Behbudiy matbuot orqali
jadidchilik harakatining asosiy g‘oyalarini targ‘ib etib, ma’rifat, taraqqiyot va milliy
uyg‘onish uchun kurash olib bordi. Gazetada ayollar huquqlari, bolalar tarbiyasi,
siyosiy ongni oshirish kabi mavzular ham yoritilgan bo‘lib, bu o‘sha davr uchun katta
jasorat hisoblanardi. “Oyna” orqali Behbudiy Turkiston jamiyatining ijtimoiy
kamchiliklarini ochiq-oydin tanqid qildi va islohotlar tarafdori sifatida chiqdi.
Afsuski, ushbu ilg‘or nashr rasmiy doiralar tomonidan bosimga uchradi va 1915-yilda
yopildi.
Behbudiy xalqni o‘stirish va isloh qilish yo‘lida teatrning ham muhim
ahamiyatga ega ekanligini tushungan edi. Uning nazarida, teatr – bu xalqni
tarbiyalaydigan, unda milliy o‘zlik va ijtimoiy mas’uliyat hissini uyg‘otadigan kuchli
vosita edi. Uning “millat uchun oyna kerak” degan g‘oyasi aynan sahna san’ati orqali
5
Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy [Matn]: risola. / Z.Abdirashidov. – T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. – B.13.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
384
ham o‘z ifodasini topdi. Jadid adabiyoti va teatrining shakllanishida muhim rol
o‘ynagan Behbudiy, jamiyatdagi muammolarni sahna orqali ko‘rsatish, insonlarni
bevosita ongli harakat qilishga undash g‘oyasini ilgari surdi. Bu borada Behbudiy
1911-yilda “Padarkush” nomli ilk o‘zbek dramasini yozdi. Ushbu asar o‘zbek
dramaturgiyasi va teatr san’ati rivojida tub burilish yasadi. Drama jamiyatdagi eski
urf-odatlar, jaholat va bilimga bo‘lgan e’tiborsizlik natijasida yuzaga keladigan
muammolarni yoritadi. Asarda eski va yangi dunyoqarash to‘qnashuvi, yoshlarning
ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar, oilaviy tarbiya muammolari chuqur ochib
berilgan. Shunga qaramay, “Padarkush” sahnaga qo‘yilishi oson bo‘lmadi. Asar
1911-yilda yozilgan bo‘lsa, 1913-yilda bosilib chiqdi. Uning nashr etilishi uchun
katta qiyinchiliklarga duch kelindi. Asar o‘sha davr jamiyatining real muammolarini
yoritib, uni isloh qilishga chaqirar edi. Kitobning muqovasida “Borodino jangi va
Rossiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining yubiley sanasiga bag‘ishlanadi”
degan yozuv bor edi. Bu yozuv va kitobning Tiflis senzurasining ruxsati bilan chop
etilgani shuni ko‘rsatadiki, Behbudiy asarining nashr etilishi qiyin kechgan va rasmiy
idoralarning e’tiboridan chetda qolmagan
6
. Drama chop etilgandan keyin ham uni
sahnaga qo‘yish ancha vaqt talab qildi. Buning asosiy sababi Turkiston jamiyatida
teatr san’atiga nisbatan shakllangan eski qarashlar edi. O‘sha davrda sahnada rol ijro
etish, milliy muammolarni ochiq-oydin ko‘rsatish jamiyat tomonidan unchalik ijobiy
qabul qilinmagan. Bu haqda Behbudiy o‘z maktublarida kinoyali qilib shunday
yozgan edi: “Turkistonda bekor odam yo‘qki, xalq uchun ishlasa. Bekor kishi yo‘qki,
teatru sahnasiga chiqib, “masxarabozlik” qilsa.” Bu fikrlar o‘sha davrning ijtimoiy
muhitidan dalolat beradi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, 1914-yilning 15-
yanvarida u Samarqand sahnasida namoyish etildi. Mahalliy matbuotning yozishicha,
spektaklga katta qiziqish bo‘lgan: “Xalq nihoyat ko‘p kelib, bilet yetmagani va joy
yo‘qligi uchun uch-to‘rt yuz kishi qaytib ketdi.” Bu holat shuni ko‘rsatadiki, xalq ilm-
ma’rifatga, teatr san’atiga ehtiyoj sezgan va o‘z jamiyatining muammolarini aks
ettirgan sahna asarlarini ko‘rishga ishtiyoq bildirgan.
6
https://jadid.uz/jadids/mahmudxoja-behbudiy/
. 03.02.2025
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
385
Shu yilning 27-fevralida Toshkentda, mashhur Abdulla Avloniy
boshchiligidagi “Turon” truppasi ilk bor sahna faoliyatini aynan “Padarkush” bilan
boshladi. Spektakl Toshkentdagi Kolizeyda namoyish etildi
7
. Ushbu tadbir oldidan
Munavvarqori Abdurashidxonov teatrning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida nutq
so‘zladi. Bu esa teatrning nafaqat badiiy, balki ma’rifiy ahamiyat kasb etayotganining
isboti edi. Asarda boy rolini Abdulla Avloniyning o‘zi ijro etgan bo‘lib, uning
mahorati spektaklga alohida ta’sir kuchi bergan. Mahalliy matbuot ushbu kunni
“tarixiy kun” deb baholadi, aynan shu voqea orqali Turkistonda yangi teatr san’ati
rivojiga tamal toshi qo‘yildi. Ushbu drama Turkistonda jadid teatrining shakllanishida
muhim rol o‘ynadi va keyinchalik Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Fitrat kabi
yozuvchilarning dramaturgiyaga murojaat qilishiga turtki berdi.
“Padarkush” uch parda va to‘rt manzaradan iborat bo‘lib, hajman ixcham,
mazmun jihatidan esa oddiy, ammo nihoyatda kuchli ma’no va g‘oyaga ega. Asar
syujeti hayotiy voqealarga asoslangan bo‘lib, unda milliy muammolar, ma’rifatning
o‘rni va ilmning jamiyat rivojidagi ahamiyati yoritiladi. Behbudiy dramada realistik
uslubda yozish orqali xalqni o‘zining ijtimoiy holatiga oynada aks etgandek qarashga
undaydi. Bu orqali u tomoshabinni nafaqat asarni tomosha qilishga, balki o‘z hayoti
va jamiyatning kelajagi haqida o‘ylashga majbur qiladi.
Dramaning bosh qahramoni Toshmurod — boyning o‘qimagan o‘g‘li. Asar
voqealari Toshmurodning hayot yo‘li orqali namoyon bo‘ladi. U yoshligida ilm
olmagan, tarbiyasiz o‘sgan, natijada axloqiy buzuqlik yo‘liga kirib, jamiyatning tuban
qatlamiga qo‘shiladi. U restoranda o‘z sheriklari bilan maishat qilish uchun pul
topolmagach, ularga boy otasining uyiga bostirib kirishni taklif qiladi. Tunda uyga
bostirib kirgan Toshmurod va sheriklari otasining uyg‘onib qolishini sezib, uni
shafqatsizlarcha o‘ldirishadi va pulini olib qochishadi. Asar oxirida esa u qilmishiga
afsus qiladi, ammo ortga qaytishning imkoni bo‘lmaydi.
“Padarkush” o‘zbek dramaturgiyasiga tub burilish yasagan asar bo‘lib, uning
sahnalashtirilishi o‘zbek teatr san’atining shakllanishida muhim voqea bo‘ldi. Asar
7
Mahmudxo‘ja Behbudiy / N. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2011. – B.44.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
386
soddaligi, hayotiy voqealar asosida yozilgani va chuqur ma’rifiy g‘oyasi bilan
xalqning e’tiborini tortdi. Unda aks etgan ijtimoiy masalalar faqat o‘sha davrga emas,
balki hozirgi zamon uchun ham dolzarb. Ushbu asar o‘zbek dramaturgiyasining
keyingi rivojiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Behbudiy faoliyati davomida nafaqat ta’lim va matbuot sohasida, balki
siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etgan. 1917-yilgi Fevral inqilobi va Rossiya
imperiyasida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar Turkiston mustamlakasi uchun ham muhim
siyosiy burilish yasadi
8
. Rossiyaning mustamlakachilik siyosati zaiflashgan bir
paytda, mahalliy jadid ziyolilari va yoshlar harakati Buxoro amirligini isloh qilishga
harakat qildi. Buxoro amiri Abdulahadxon va uning o‘g‘li Olimxon mustamlakachilar
himoyasi ostida o‘z hokimiyatini saqlab qolishga urindi.
Buxoroda inqilobiy kayfiyat 1917-yilning bahor oylarida kuchayib
borayotgan edi. Amirning islohotlar e’lon qilish niyati mustamlaka ma’murlarining
maslahatlari bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun vaqtincha
choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. Islohotlar loyihasi Buxorodagi rus elchixonasi
rahbari Miller tomonidan tayyorlangan bo‘lsa-da, bu jarayonda Turkiston Muvaqqat
hukumati ham qatnashgan. Shu munosabat bilan sobiq general-gubernator, Turkiston
Muvaqqat hukumatining vakili Kuropatkin topshirig‘i bilan Samarqanddan Buxoroga
maxsus hay’at yuborildi. Ushbu hay’at tarkibida Behbudiy ham bor edi. 7-aprel kuni
Buxoroda islohotlar tantanali ravishda e’lon qilinishi lozim edi, ammo bu voqea
fojiaga aylandi. Amir va islohotchi jadidlar o‘rtasidagi ziddiyatlar ochiq to‘qnashuvga
sabab bo‘ldi. Natijada, Miller butun aybni Behbudiyning zimmasiga yukladi.
Turkiston ishchi va soldat deputatlari sovetlarining 9-aprel kuni boshlangan birinchi
o‘lka syezdida ham rus deputatlari Buxoroda yuz bergan fojianing sababini
Samarqanddan kelgan vakillarga to‘nkashdi. Bu esa milliy ozodlik harakatini
ichkaridan bo‘lib tashlash, jadidlarga qarshi targ‘ibot olib borish siyosatining bir
qismi edi. Behbudiy bu tuhmatlarga qarshi chiqib, “Buxoro voqealari va daf’i tuhmat”
8
Abdirashidov Z. Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy [Matn]: risola. – T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. – B.21.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
387
nomli maqolasini “Hurriyat” gazetasida e’lon qildi (1917-yil, 1-may). Ushbu
maqolada u Buxorodagi voqealarning asl mohiyatini ochib berishga harakat qildi.
Turkistindagi yangi siyosiy kuchlar 1917-yildan keying yillarda Behbudiy
bilan muzokaralar olib bordi. U Turkiston rus sovet hukumatining rahbarlari bilan
uchrashib, milliy manfaatlar va o‘zbek xalqining taqdirini himoya qilishga harakat
qildi. Biroq, Sovetlar jadidlar va milliy ziyolilarning mustaqillik harakatlarini o‘z
hokimiyatlari uchun xavfli deb bilib, ularga qarshi keskin kurash olib borishdi.
Behbudiy 1919-yil bahorida qattiq ta’qib ostida qoldi. U mustamlakachi kuchlar va
mahalliy mutaassiblarning ham nishoniga aylangan edi. 25-mart kuni u Shahrisabzda
hibsga olinib, sirli ravishda Qarshi shahrida qatl etildi. Uning o‘limi haqidagi xabar
vatani Samarqandga bir yildan keyin yetib kelgan. 1920-yilning aprel oyida butun
Turkiston Behbudiyning xotirasiga motam tutdi. O‘zbek jadid ziyolilari va xalq
orasida Behbudiyning fojiali o‘limiga bag‘ishlangan o‘nlab marsiyalar yozildi.
Xalqimiz tarixining murakkab davrlarida, ma’rifat mash’alasini baland
koʻtarib chiqqan ulugʻ alloma, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri, buyuk
ma’rifatparvar va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi
2025-yilda keng nishonlandi. Bu tadbir uning boy merosini chuqur o‘rganish va
kelajak avlodga yetkazish uchun muhim voqea bo‘ldi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr o‘zbek adabiyoti, san’ati va ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarida faol ishtirok etgan, millatning ma’rifati, ozodligi va hurligi yo‘lida
mardonavor kurashgan ulug‘ siymolardan biridir. U zamonaviy ta’lim tizimini
shakllantirish, milliy matbuotni rivojlantirish, teatr san’atiga asos solish hamda millat
ongini uyg‘otish yo‘lida beqiyos xizmat qilgan. Uning fidokorona faoliyati tarix
sahifalaridan mangu o‘rin egallab, bugungi kunda ham yosh avlod uchun ibrat
maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning merosini e’zozlash, uning ilmiy va ma’rifiy
faoliyatini davom ettirish maqsadida yurtimizda turli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Uning nomini abadiylashtirish maqsadida Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi
stipendiya tashkil etilgan. Bu stipendiya yoshlarning yuksak bilim va ma’rifatga
bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ularni vatanparvarlik va milliy ong bilan tarbiyalashga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
388
xizmat qiladi. Yoshlarga milliy o‘zlikni anglash, ilm va ma’rifat yo‘li bilan mustaqil
fikrlash, Vatan va xalq ravnaqiga xizmat qilish kabi qadriyatlarni singdirish
Behbudiyning ma’naviy merosining davom etishiga zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1.
N. Karimov / Mahmudxo‘ja Behbudiy. – T.: O‘zbekiston, 2011. – 80 b.
2.
Hoji Muin. Tanlangan asarlar. – T.: Ma’naviyat nashriyoti, – 256 b.
3.
Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. – T.: Ma’naviyat nahriyoti, 1999.
– 280 b.
4.
Z.Abdirashidov. Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy [Matn]: risola. – T.: Yoshlar
nashriyot uyi, 2022. – 156 b.
5.
https://jadid.uz/jadids/mahmudxoja-behbudiy/
. 03.02.2025.