MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
370
MOSLASHISH JARAYONI SEKIN KECHAYOTGAN OLTI
YOSHLI BOLALAR BILAN ALOHIDA MASHG‘ULOTLAR TASHKIL
ETISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti dotseni
Shanasirova Zaxro Yuldashovna,
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti
talabalari Abrakulova Dildora Murodullo qizi Saidrasulova Fayyoza Saydali qizi
Ergasheva Feruza Muzzaffar qizi Musatullayeva Nilufar Salohiddin qizi
Mannanova Sitora Numon qizi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada maktabga qabul qilingan olti yoshli
bolalarni yangi ijtimoiy muhitga moslashtirish, ular bilan turli xil mashg’ulotlar olib
borishdagi tavsiyalar o‘rin olgan. Наr tomonlama yetuk, barkamol shaxsni
tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha
tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar,
pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, ya’ni bola tug‘ilganidan boshlab, maktab
yoshigacha bo‘lgan davrini qamrab olgan. Shuningdek, bolalar psixologiyasining
hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari ko‘proq o‘z aksini topgan.
Kalit so’zlar: Psixologiya, pedagogika, maktab, ta’lim, fiziologik
o’zgarishlar, motivatsiya, psixofiziologik holat, individuallik, “psixologik
salomatlik”.
RECOMMENDATIONS FOR ORGANIZING SEPARATE
ACTIVITIES WITH SIX-YEAR-OLD CHILDREN WHO ARE SLOWING
THE COORDINATION PROCESS
Rizaeva Nasiba Muhammadiyevna
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
371
Practitioner psychologist of the 19th comprehensive school of Khatirchi
district of Navoi region
ABSTRACT:
This article provides tips for adapting six-year-olds to a new
social environment and engaging them in a variety of activities. Raising a mature,
well- rounded person is one of the most pressing issues facing the education system
today. It is important for educators, educators, psychologists and parents to know the
psychological characteristics of a well-rounded person from birth to pre-school age.
The study covered pre-school age, ie the period from birth to school age. It
also reflects the current problems of child psychology.
Keywords: Psychology, pedagogy, school, education, physiological changes,
motivation, psychophysiological state, individuality, "psychological health".
РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ОРГАНИЗАЦИИ ОТДЕЛЬНЫХ
МЕРОПРИЯТИЙ С ШЕСТИЛЕТНИМИ ДЕТЯМИ,
ЗАМЕДЛЯЮЩИЕ ПРОЦЕСС КООРДИНАЦИИ
Ризаева Насиба Мухаммадиевна
Практический психолог 19-й общеобразовательной школы
Хатырчинского района Навоийской области
АННОТAЦИЯ: В этой статье представлены советы по адаптации
шестилетних детей к новой социальной среде и привлечению их к различным
занятиям. Воспитание зрелого, разностороннего человека - одна из самых
актуальных проблем, стоящих сегодня перед системой образования.
Педагогам, педагогам, психологам и родителям важно знать психологические
особенности разностороннего человека от рождения до дошкольного
возраста. Исследование охватывало дошкольный возраст, т.е. период от
рождения до школьного возраста. Также он отражает актуальные проблемы
детской психологии.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
372
Ключевые слова: Психология, педагогика, школа, образование,
физиологические изменения, мотивация, психофизиологическое состояние,
индивидуальность, «психологическое здоровье».
KIRISH
“Ta’lim
to‘g‘risida”gi
qonunda
e’tirof
etilganidek
umumta’lim
maktablarining 1-sinflariga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadilar. Jismonan sog‘lom,
aqlan va ma’nan yetuk hamda tibbiy jihatdan mutloq sog‘lom deb topilgan olti yoshli
bolalar, psixologik-pedagogik tashxis natijalariga ko‘ra umumta’lim maktablarining
1- sinflariga qabul qilinadi. Ma’lumki, maktabgacha yosh davrida bolalar uchun
asosiy faoliyat turli o‘yinlar hisoblanadi. Kuzatishlardan ma’lumki, maktabga uydan
kelgan bolalarga nisbatan maktabgacha ta’lim muassasalaridan kelgan bolalarning
o‘qish faoliyatiga moslashuvi ancha osonroq kechadi.
Bolaning maktab ta’limiga psixologik moslashuvi birinchidan, bilim olish
uchun bolada moyillik va o‘quvchining ijtimoiy yo‘nalishi shakllangan bo‘lishi,
ikkinchidan, o‘z tengdoshlari bilan muloqot qila bilishi, o‘qituvchining talablarini
bajarishi, o‘z xulqini nazorat qila olish kabi jihatlarining shakllanganligiga bog‘liq.
Bular bolani o‘quv faoliyatiga “silliq” o‘tishini ta’minlaydi.
Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalarni yangi ijtimoiy muhitga
moslashtirish maktab psixologi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faoliyatida muhim
o‘rin tutadi.
Olti yoshli bolalarning maktabga moslashuvi va rivojlanish dinamikasini
o‘rganish uchun maktab amaliyotchi psixologlari va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
tomonidan trening mashg‘ulotlari va korreksion rivojlantirish mashg‘ulotlarini
o‘tkazilishi muhimdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risida
qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan
foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va
sintez, mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
373
Bolalarning maktab sharoitiga moslashuvini bir necha bosqichlarga bo‘lib
o‘rganish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, organizm
funksional tizimining turli zo‘riqqanlik darajasi bilan tavsiflanadi.
Birinchi bosqich – mo‘ljal oluvchi bo‘lib, bunda tizimli muloqot boshlanishi
bilan bog‘liq yangi ta’sirlar majmuasiga organizmning deyarli barcha tizimlari
jo‘shqin reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Bu “fiziologik o‘zgarishlar” uzoq davom
etadi (2-3 hafta).
Ikkinchi bosqich – beqaror moslashuv, organizm bu ta’sirlarga qandaydir
maqbul yoki qulayroq bo‘lgan variantlarni izlaydi. Bu bosqichda “noodatiy holatlar”
asta-sekin susayadi.
Uchinchi bosqich – nisbatan barqaror moslashuv davri. Bunda organizm
bosimga qarshi kamroq zo‘riqish talab etuvchi variantlarni topadi. O‘quvchi qanday
ishni bajarmasin, bu xoh yangi bilimlarni o‘zlashtiruvchi faoliyat bo‘lsin, xoh statistik
bosim yoki turli jamoalardagi muloqotdagi psixologik bosim bo‘lsin organizm
aniqrog‘i, uning har bir tizimi zo‘riqish faoliyati bilan javob beradi. Shuning uchun
har bir tizim qanchalik ko‘p zo‘riqsa, organizm shunchalik ko‘p zahirasini yo‘qotadi.
Biz bilamizki bola organizmining imkoniyatlari u darajada ko‘p emas. Uzoq davom
etuvchi zo‘riqish, charchoq esa, boladan ko‘p energiyani talab etadi.
Moslashuvni 3-bosqichining davomiyligi taxminan 5-6 hafta davom etadi,
o‘quv yilining birinchi oyi eng murakkab moslashuv davri bo‘lib hisoblanadi.
Moslashish jarayoning muvaffaqiyati bolaning sog‘lom holati va o‘qishga
psixologik tayyorligi bilan aniqlanadi.
Psixologik tayyorlik bolaning umumiy tavsifnomasi sifatida ko‘riladi, ularda
psixologik sifatlarning rivojlanish bosqichlari ochib beriladi. Bu esa o‘z navbatida
bolani maktab sharoitiga me’yorida moslashishi va o‘quv faoliyatini shakllantirish
uchun muhim asos hisoblanadi. Bu psixologik sifatlar ma’lum tarzda
guruhlashtirilgan bo‘lib, maktabga psixologik tayyorlikni tarkibiy qismi sifatida
ko‘riladi. Maktabga psixologik tayyorlikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilarni
tashkil etadi:
-
maktabga aqliy tayyorlik;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
374
-
maktabga motivatsion tayyorlik;
-
maktabga hissiy-irodaviy tayyorlik;
-
sinfdoshlar va o‘qituvchi muloqotiga tayyorlik;
Bolanig psixik rivojlanishi qanchalar nomuvofiq kechsa, unig yangi
mikroijtimoiy sharoitlarga moslashishi shunchalik qiyinroq kechadi.
Maktabga qabul qilingan olti-yetti yoshli bolalar moslashish jarayonining
dastlabki oyida ayrim qiyinchiliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar
quyidagilardan iborat:
-
o‘quvchida kompleks moslashuvlarning vujudga kelishi;
-
shart-sharoitlarning yaratilmaganligi;
-
yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida bosh miya yarim sharlari aqliy
ishchanlik qobiliyatining dinamika(yuqori va past)si;
-
35 daqiqalik aqliy mehnatga tayyor bo‘lishi;
-
shaxslararo munosabatlarning keskin kechishi;
-
bola organizmining toliqishi va zo‘riqishi;
-
psixofiziologik holat (charchoq, mudroq, zerikish)ning kuzatilishi;
-
yangi
mavzuni
o‘zlashtirishdagi ko‘nikma va malakalarning
yetishmasligi; notanish odat va muhitga moslashuvi;
-
irodaviy sifatlarning yetarli darajada shakllanmaganligi; o‘quvchilarning
individual psixologik xususiyatlarining e’tiborga olinmaganligi.
Olti yoshli bolaning ijtimoiy rivojlanishi:
-
olti yoshli bolalar nafaqat tanish balki notanish bo‘lgan muhitda ham
yaxshi moslashadilar;
-
tengdoshlari, kattalar bilan muloqotga kirisha oladilar, muloqotning
asosiy qoidalarini biladilar;
-
o‘z xulqlarini boshqara oladilar; birinchilardan, eng yaxshilardan
bo‘lishga intiladilar, omadsizliklarda juda xafa bo‘ladilar;
-
kattalarning ularga bo‘lgan munosabatini o‘zgarishiga katta ahamiyat
beradilar, kattalarning kayfiyatiga e’tibor qaratadilar.
Olti yoshli bolaning intellektual rivojlanishi, tafakkuri:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
375
-
har qanday yangi ma’lumotni katta qiziqish bilan qabul qiladilar,
kuzatuvchan bo‘ladilar, ko‘p savol beradilar;
-
6-7 yoshda ko‘ruv-obrazli va harakat-obrazli va mantiqiy tafakkur
jarayonlari yaxshi rivojlangan; predmetlar va hodisalarni tizimlashtiradilar,
guruhlashtiradilar va sinflarga ajrata oladilar;
-
oddiy sabab-oqibatli hodisalarni tahlil qila oladilar.
Olti yoshli bola diqqati, idroki va xotirasining rivojlanishi:
-
ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat turlari mavjud bo‘lib, bu yoshda ixtiyorsiz
diqqat ustunlik qiladi;
-
ixtiyoriy
diqqatning barqarorligini
saqlab
qolish muhit va
bolaning individual xususiyatlariga bog‘liq;
-
bu
yoshda
ixtiyorsiz
xotira turi ustun bo‘lib.
faol
idrok jarayonida samaradorligi ortadi;
-
bir vaqtning o‘zida idrok qilinadigan ob’ektlar miqdori(1-2)ga
diqqatlarini bir faoliyatdan boshqasiga tez ko‘chira olmaydilar.
-
Olti yoshli bolaning shaxsiy rivojlanishi, o‘zini anglashi va o‘zini
baholashi.
-
Kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlarda o‘z xatti-harakatlarini
anglay oladilar;
-
kattalarning talablarini bajarishga
intiladilar, bajarayotgan u yoki bu
faoliyatlarida omadga erishishga intiladilar;
-
barcha faoliyat turlarida o‘ziga bo‘lgan baho turlicha bo‘lishi mumkin;
-
o‘zini bir xil baholay olmaydi, u ma’lum darajada kattalar tomonidan
(bolaga) beriladigan bahoga bog‘liq (o‘qituvchi, ota-ona).
Harakat motivlari:
-
faoliyatning yangi turlariga qiziqadilar;
-
kattalar dunyosiga qiziqadilar, ularga o‘xshashga intiladilar;
-
barcha narsalarni bilishga qiziqadilar;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
376
-
kattalar va tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlarni shakllantirishga va
saqlab qolishga intiladilar;
-
shaxsiy yutuqlar, tan olinishlar va rag‘batlantirishga intiladilar;
-
6 yoshda “O‘ynab bilib olaman” faoliyati ustunlik qiladi.
Maktab
sharoitiga moslashuvlarida qiyinchiliklarni
oldini olish va
aniqlash bo‘yicha olib boriladigan ishlar:
-
1-guruh xavf omillari;
-
sog‘liqni yomonlashuvi;
-
Sodir bo‘ladigan qiyinchiliklar;
-
asab tizimining tez charchash va toliqishi;
-
jadal jismoniy va ruhiy-emotsional zo‘riqishni ko‘tara olmaslik.
Nevrologik holat hamda funksional rivojlanish buzilishlarida (tafakkur, idrok,
xotira, motorika, nutq)- yozuv, o‘qish, matematikani o‘qitishda va guruh bilan ishlay
olmaslikda umumiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki
maktabdagi o‘zlashtirmaslikni asosiy sabablaridan biri bolalarni ta’limga tayyor
emasligi, ularning “etilmaganligidan”dir. Ana shu “etilmaganlik”ni o‘z vaqtida
aniqlab,
bartaraf qilish bolaning maktabda o‘qishiga moslashtirish va
psixiokorreksion ishlar mazmunini belgilaydi.
“Men yaxshi ko‘rgan meva” o’yini
Maqsad: O‘quvchilarning diqqat ko‘lamining kengligi va qobiliyatini
rivojlantirish.
O‘yinning borishi: Ishtirokchilar doira shaklida turishadi. Har bir ishtirokchi
o‘z nomi va yaxshi ko‘rgan mevasi nomini aytadi. Birinchi ishtirokchi o‘z nomi va
yaxshi ko‘rgan mevasi nomini aytadi-ikkinchi ishtirokchi o‘zidan oldingi
ishtirokchining nomi va u yaxshi ko‘rgan mevasi nomini aytadi hamda o‘z nomi va
yaxshi ko‘rgan mevasi nomini aytadi. Shu tarzda o‘yin davom etadi, qatorda turgan
oxirgi ishtirokchi o‘zidan oldingi barcha ishtirokchilar nomlari va ular yaxshi ko‘rgan
mevalar nomini aytib berishi kerak. Eng ko‘p meva va ishtirokchilar nomlarini to‘g‘ri
aytgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
377
“Adashmayman”, “Kuzatuvchanlik»”, ”Selektor»”, “Uchadi-uchmaydi”,
“Mening tug‘ilgan kunim”, “Kaftlar”, “Eyiladi-yeyilmaydi”, “Eng diqqatli”,
“Telefon” mashqlari ham bolalar psixikasini rivojlantirishda juda foydali hisoblanadi.
Olti yoshli bolalarning moslashuvi bo‘yicha tavsiyalar:
-
O‘qish va o‘qishdan tashqari ishlarni tizimli tashkil etish;
-
ta’lim dasturini murakkablashtirish va jadallashtirishdan qochish;
-
qo‘shimcha topshiriqlarni cheklash;
-
nevrologik kasalliklar va
funksional buzilishlarda
individual korreksion rivojlantiruvchi ishlarni tashkil etish;
-
dars jarayonida guruhiy va individual yondashuvni tashkil etish;
-
materialni tushuntirish, yozuvga o‘rgatish bo‘yicha individual
yondashuvni tashkil etish;
-
yetarli shart-sharoitlar yaratish;
-
o‘quvchilar asab tizimi va ish qobiliyatining qayta tiklanishini hisobga
olib, qiyin fanlarni osonroq o‘zlashtiriladigan fanlar bilan oralatib qo‘yilishini
ta’minlash;
-
o‘quvchilar toliqish va charchashini hisobga olib tanaffussiz va
qo‘shaloq darslarni o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik;b
-
bosh miya yarim sharlari
ishchanlik darajasining faolligiga
qarab o‘quv darslarini boshlang‘ich sinflarda har kuni 3-4 soatdan o‘tilishini
ta’minlash;
-
1-sinf
o‘quvchilarining
maktab
sharoitiga
moslashuvlarini
yengilashtirish maqsadida bosqichma-bosqich o‘quv darslarini sentyabr oyida 35-
daqiqadan har kuni 3-soat, 2-chorakda 35 daqiqadan kuniga 4 soatdan o‘tilishini
ta’minlash;
-
shaxslararo munosabatlarning keskin kechishi;
-
bola organizmining toliqishi va zo‘riqishi;
-
psixofiziologik holat (charchoq, mudroq, zerikish)ning kuzatilishi;
-
yangi mavzuni o‘zlashtirishdagi ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish
bo‘yicha individual ishlarni tashkil etish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
378
-
o‘quvchilardagi charchash va mudroq holatlarini bartaraf etuvchi qisqa
muddatli psixologik o‘yinlar va treninglardan foydalanish;
-
o‘quvchilarda
emotsional
his-tuyg‘ular
va
irodaviy
sifat
(qat’iyatlilik)larni shakllantirish;
-
o‘quvchilar bilish psixik jarayonlarini
rivojlantirish
bo‘yicha
korreksion- rivojlantiruvchi o‘yinlar tashkil etish;
-
mayda
qo‘l motorikasi va
ko‘ruv
harakat
koordinatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish;
-
dars jarayoniga barcha o‘quvchilarni (a’lochimi yoki past
o‘zlashtiruvchimi) jalb etish;
-
o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini oshirish;
-
o‘quvchilarda
kommunikativ
(o‘zaro
fikr almashinuv)
qobiliyatlarni rivojlantirish;
-
o‘quvchilarning psixofiziologik holatlar (charchash, zerikish,
chalg‘ish)ini bartaraf etish maqsadida psixologik o‘yin (“Mening sevimli mevam”,
“Adashib ketmayman”, “Kuzatuvchanlik”, “Qarsaklar” v.b.) mashqlaridan
foydalanish;
-
darsni tortinchoqlik va zo‘riqish kabi holatlardan xoli bo‘lgan
vaziyatlarda tashkil etish, shaxslararo munosabatlar muhitini yaratish;
-
o‘quvchilarda charchash va zo‘riqish kabi holatlarni oldini olish uchun
relaksatsiya mashqlarini tashkil etish;
-
moslashish jarayoni qiyin kechayotgan bolalar bilan korreksion
mashg‘ulotlarni olib borish hamda ularning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini
tashkil etish;
-
past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual yondashuvni tashkil
etish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida jomoa ishlarida yetakchi vazifalarni
topshirish.
XULOSA VA TAKLIFLAR
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
379
Xulosa qilib aytganda, Eng avvalo bolaning psixologik salomatligi uchun
g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan holda, o‘yin faoliyatidan asta-sekin o‘quv faoliyatiga o‘tishni
ta’minlash zarur.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, bolalarni yangi hayot bosqichiga
moslashuviga yordam beradigan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi
mashg‘ulotlarga zarurat tug‘iladi.
Asosiy mezonlardan biri bolaning sog‘lom, chidamli bo‘lishidir, aks holda
dars va butun o‘qish kunida unga beriladigan yuklamalarga chidam berishi
qiyinlashadi.
“Psixologik salomatlik “ dasturi asosida guruh sharoitida bolaning shaxsiy,
aqliy faolligi oshiriladi.
Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning bilish psixik jarayonlari (diqqati, fikrlashi,
idroki, tasavvuri, xotirasi) o‘yinlar yordamida rivojlantiriladi.
REFERENCES
1.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997.
2.
Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.: O‘zbekiston,
3.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
quramiz. – T.:O‘zbekiston, 2017.
4.
2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yo‘nalishlari
bo‘yicha
harakatlar
strategiyasi//
https://www.lex.Uz
5.
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
6.
Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014.
7.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.