MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
334
1940-1960-YILLARDA O`ZBEKISTONDA OLIY TA`LIM TIZIMI
TARIXI
Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Pedagogika va tillarni o`qitish fakulteti
Peadagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi
katta o‘qituvchisi Usmonov Salohiddin.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
universiteti Urgut filiali Pedagogika va tillarni
o`qitish fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi
2-kurs talabasi Namozova Sevinch.
Anontatsiya:Tarixdan ma`lumki, xalqimiz o`z boshidan kechirgan og`ir
davrlardan biri Ikkinchi jahon urushi yillaridir. O`sha davrlarda mamlakatimiz
yoshlarini yuksak axloq ruhida, ayniqsa, vatanparvarlik, do`stlik, mehnatsevarlik,
ongli intizom, fidokorlik, birdamlik ruhida tarbiyalash kuchaydi.Bu tarixiy sharoit
taqozosi edi.Ushbu maqolada o`tgan asrning 40-60-yillarida yurtimizda faoliyat
ko`rsatgan maktablar va oliy ta`lim tizimi tarixidagi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
haqida so`z yuritiladi.
Kalit so`zlar: Umumiy o`rta ta`lim, o`rta-maxsus ta`lim, texnikum, oliy ta`lim,
ta`lim vositalari, savodxonlik, milliy qadriyatlar, tarbiya.
XIX asrning o‘rtalarida Turkiston o‘lkasida boshlang`ich ma’lumot beradigan
maktab hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi.
Maktablaming aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko‘pchiligi diniy
ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang‘ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning
imomlari, savodxon mullalar dars berardilar.
1940-yili respublikada barcha turdagi 5,5 mingdan ortiq umumta`lim
maktablari ishlab turardi, ularda 1,3 mln.ga yaqin bolalar o`qir edi. Biroq bu davrda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
335
maktab yoshidagi hamma bolalar ham, ayniqsa, qishloq joylarida o`qishga jalb
qilishning imkoni bo`lmaydi. Maktab binolari, uskuna-jihozlar, o‘qituvchilar
yetishmasligi va
hokazo. Maktab ta`limi turli sohadagi bilimlarni egallagan, jamyat hayotiga
faol qo‘shilib keta oladigan, oliy o‘quv yurtlari va texnikumlarga kirib o‘qiy oladigan
savodxon yoshlarni yetishtirib chiqarishni oshirishga imkon beradigan jiddiy
islohotga muhtoj edi.
Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o`quv dasturlari sharoitiga
moslashtirildi. Urush yillarida harbiy-jismoniy darslari soati ko`paydi, harbiy
savodxonlik darslarini o`qitish 1-sinfdan boshlab o`tila boshlandi, harbiy ta`lim faqat
og`il bolalarga emas, balki qiz bolalarga ham o`rgatila boshlandi. Maktablarda
iqtidorli bolalarni o‘qitishga
e’tibor berilmas edi. Maktab bolalari qalbida ona Vatan tuyg‘usi, ulug‘
allomalarimiz va ular qoldirgan ma’naviy meros, o‘z ona tili, urf-odatlari bilan
faxrlanish hissi shakllantirilmasdi.
Urushning dastlabki kunlaridayoq SSSR FAning O‘zbekiston filiali,
respublikada ishlab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu jumladan, 25 ta ilmiy-tadqiqot
institutlari, 23 ta ilmiy stansiya va boshqalar respublika xo‘jalik hayotini harbiy izga
solish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb etildi. Zavod-fabrikalar, temiryo‘l
va avtomobil yo‘llari transport korxonalari bilan bevosita aloqalar o‘rnatildi.
Olimlarning tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida 1941-yil 29-noyabrda
O‘zbekiston Ilmiy muhandis-texnika jamiyati tuzildi. G‘arbiy hududlardagi yirik
shaharlardan ko‘plab ilmiy muassasalar O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. SSSR
FAning tarix, iqtisodiyot va huquq, jahon xo‘jaligi va jahon siyosati, sharqshunoslik,
jahon adabiyoti, moddiy madaniyat, tuproqshunoslik, seysmologiya institutlari, bir
qancha muzeylar va kutubxonalar shular jumlasiga kiradi. Akademiyaning 375 yirik
olimlari va xodimlari ko‘chib keldilar. O‘zbekistonlik olimlar ko‘chib kelgan yirik
olimlar bilan yaqin aloqa bog‘ladilar, respublikamizda mavjud bo‘lgan va ko‘chirib
keltirilgan ilmiy muassasalarning tadqiqot yo‘nalishi qayta ko‘rib chiqildi, urush
talablariga moslab o‘zgartirildi. Olimlar o‘zlarining asosiy e’tiborini mudofaa sanoati
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
336
uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslarni izlab topish va ulardan foydalanishni tashkil
etishga qaratdilar.
Afsuski, xalq ta’lim tizimi buyruqbozlikka to`lib, ekstensiv ravishda
yondashish kuchayib bordi, Buning natijasida sifat muammolari chetga surilib,
miqdor ko`rsatkichlari birinchi o‘ringa o‘tdi. Ahvolni xo‘jako’rsinga yaxshilash
orqasidan quvish jamiyatning madaniy holatiga yomon ta’sir o‘tkazdi hamda oliy va
o‘rta maktablarga sezilarli darajada zarar yetkazdi. Urushning suronli yillarida
respublika oliy o'quv yurtlari va texnikumlar o'z faoliyatlarini davom ettirdilar. Katta
qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq xo‘jaligi, maorif, tabobat va boshqa
sohalar bo'yicha malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chinakam manba bo‘lib
qoldi. 1943-yidda respublikada 41oliy o‘quv yurti (ularning 12 tasi ko'chirib
kelingan) va 52 o‘rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko‘rsatdi. Urush yillari
davomidaularda 20 mingdan ziyod oliy va o'rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar
yetishtirildiki, bu xalq xo'jaligini yuqori, malakali kadrlar bilan ta’minlash imkonini
berdi.
O`zbekistonda urushdan keyingi yillarda o‘zbek xalqining sa’y-harakatlari
bilan ta’lim sohasida ma’lum yutuqlarga erishildi. 1940-41- o‘quv yilidan
1970-71- o'quv yiligacha bo'lgan davrda umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar
soni 2,5 baravar ortdi. Shunga yarasha umumta’lim maktablari tarmog'i ham kengayib
bordi.
1945-yilga kelib Fanlar akademiyasi tarkibida 23 ta ilmiy muassasa, shu
jumladan, 2 ta ilmiy tadqiqot institutlari, 2 ta laboratoriya, tajriba stansiyalari faoliyat
ko‘rsatdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining uch faxriy a’zosi, 15 haqiqiy a’zosi,
20 muxbir a’zosi va 1265 ilmiy xodimi, shu jumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta fan
nomzodi ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Ular orasida fizika-matematika fanlari
doktorlari T. A. Sarimsoqov va V. I. Romanovskiy, geolog olim H. M. Abdullayev,
fizik olim S. U. Umarov, faylasuf I. Mo‘minov, adib S. Ayniy, yozuvchi Oybek, shoir
G‘. G‘ulom va boshqalar bor edi.
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1957-yil 1-oktyabrdagi sessiyasida
“O‘zbekiston SSRda majburiy yetti yillik ta’limni to‘liq amalga oshirish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
337
to‘g‘risida”gi
qonunning
qabul
qilinishi
maktablarda
ta`lim
tizimini
takomillashtirishga qaratilgan dastlabki qadam bo`ldi. Yangi Qonunga ko‘ra
umumta’lim maktabi hamma uchun majburiy bo‘lganligi bilan kamchiliklar barham
topmadi. Aksincha, maktab haqiqiy hayotdan ajralib qoldi, o‘quvchilarga
berilayotgan bilimlar fan-texnika taraqqiyoti darajasiga to‘g‘ri kelmasdi. Shuning
uchun ham 1959-yil martda O‘zbekiston Oliy Soveti “Maktab xalq ta’limi tizimini
yanada rivojlantirish to‘g‘risida” yangi qonun qabul qildi. Ammo, sovet mustabid
tuzumiga xos bo‘lgan boshlagan ishni oxiriga yetkazmaslik odati bu gal ham
muammoni hal qilish yo`lida to‘g‘anoq bo‘lib xizmat qoldi, oqibatda xalq ta’limida
ahvol o‘zgarmadi.
O‘zbekistonda maktabning turmush bilan bog‘lanishini mustahkamlash
to‘g‘risidagi 1959-yilda respublika hukumati qabul qilgan qonunga asosan o‘qishni
ishlab chiqarish bilan qo‘shib olib borish talab etildi. Ushbu munosabat bilan o‘n
yillik o‘rta maktablar qayta tashkil etilib, o‘n bir yillik o‘rta maktablarga aylantirildi,
ularda o‘quvchilar fan asoslari bilan birga ishlab chiqarish kasblarini ham o ‘rgana
boshladilar, o‘quvchilarga kasb ta’limi berishga korxonalar, xo'jaliklar jalb qilindi,
maktablarda o'quv kabinetlari, laboratoriyalar, ustaxonalar, o ‘quv-tajriba, yer
uchastkalari tashkil etildi. Shunga qaramay, ishlab chiqarish ta’limini maktablarda
joriy qilish katta qiyinchiliklarga duch keldi.
Korxonalar, xo‘jaliklar bu ishga tayyor emas edilar. Maktablarda
ustaxonalarni zarur asbob-uskuna bilan jihozlashga mablag` yo‘q edi. Mehnat ta’limi
o‘qituvchilari yetishmasdi. Buning oqibatida islohot kutilgan natijani bermadi va
majburiy kasb o‘rganish bekor qilindi.
Bu davrda respublika maktablari o‘qituvchi kadrlar bilan son jihatidan
yetarlicha ta’minlandi. Biroq oliy ma’lumotli pedagog kadrlar 60-yillarda
respublikadagi barcha o‘qituvchilarning uchdan bir qismini tashkil qilardi, xolos.
Ayniqsa, qishloqlarda ahvol og‘ir edi. Qishloq maktablarida fizika, matematika, rus
tili va chet tili o‘qituvchilari yetishmasdi. Aksariyat hollarda o‘qituvchilar o‘z
mutaxassisligiga kirmagan fanlardan dars berardilar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
338
Sovetlar davrida maktablarning о 'quv-tarbiya ishlarida katta nuqsonlar
mavjud edi. O‘zbek tiliga davlat maqomi berilmaganligi, davlat idoralarida ish
yuritish asosan rus tilida olib borilganligi tufayli maktablarda ona tili chuqur o
‘rgatilmasdi. Ona tilini o‘rganishga ajratilgan dars soatlari rus tiliga ajratilgan dars
soatlarining yarmini ham tashkil qilmas edi. Yoshlar maktabni o‘zbek adabiy tilining
yozma va og'zaki shakllarini puxta o‘zlashtirmay, bitirib chiqib ketardilar.
Maktablarda ayniqsa, ijtimoiy fanlarni o'qitish o‘ta siyosatlashtirildi. Ko‘zdan
kechirilayotgan davrda maorif sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda,
yoshlarni milliy an’analar va ma’naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish
an’anasi ko‘zga tashlanib bordi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik
prinsiplari asosida yondashish yoshlarning umumbashariy, milliy-madaniy
qadriyatlarni, urf-odatlarni o‘rganishiga to‘sqinlik qildi. Yoshlarning zamonaviy
texnologiyani yetarli o‘zlashtirib olmaganliklari sanoat, qishloq xo'jaligi, fan va
madaniyatni yanada taraqqiy etishiga xalaqit berardi. Bunga asosiy sabab maorifning
keng tarmoqli tizimi vujudga keltirilmaganligi, o‘qish-o‘qitishda sifat o‘zgarishining
ro‘y bermaganligida edi.
Urushdan keyingi yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim ancha o‘sdi. 50-yillarda
3 ta oliy o‘quv yurti — Andijon meditsina instituti, Toshkentda Elektrotexnik aloqa,
Fizkultura institutlari, 60-yillarda yana 8 ta yangi oliy o‘quv yurti — Andijon
paxtachilik instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Samarqand arxitekturaqurilish
instituti, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika institutlari, Andijon tillar
pedagogika instituti, Toshkent rus tili va adabiyoti pedagogika instituti tashkil etildi.
70-yillarda yana 5 ta oliy o‘quv yurti — Nukus davlat universiteti, Toshkent
avtomobil yo‘llar instituti, Pediatriya instituti ochildi. Shuningdek, yangi fakultetlar,
viloyatlarda yirik oliy o‘quv yurtlarining filiallari ochiidi. Yangi mutaxassisliklar
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Oliy maktabning asosiy vazifasi xalq xo‘jaligi va madaniyatning barcha
tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iborat.
Urushdan keyingi yillarda Respublika oliy o‘quv yurtlari Markaz ko‘rsatmasi,
dasturlari asosida o‘quv-tarbiya ishlarini olib bordi. Bu davrda oliy maktabda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
339
mutaxassis, kadrlar tayyorlash son jihatdan o‘sdi, lekin ularning sifati talab darajasida
bo'lmay qoldi.
Oliy o'quv yurtlaridagi professor va o‘qituvchilar soni ham yildan-yilga oshib
bordi. Oliy maktablarda 1958-yili 5 ming ilmiy-pedagog xodim ishlagan bo'lsa, 1965-
yilda bu son 8 mingtaga yetdi. Oliy o’quv yurtlari olimlari O'zbekiston Fanlar
akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ijodiy hamkorlikda fan,
iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan talay ilmiy
ishlar, salmoqli asarlar yaratdilar. Biroq oliy maktab ham totalitar tartibot ta’siridan
chetda qolmadi. Buning natijasida oliy maktabda qator salbiy hodisalar ro`y berdi.
Miqdoriy, yalpi ko'rsatkichlar ketidan quvish, xalq xo‘jaligi talab-ehtiyojlariga mos
kelmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha o'qitish shular jumlasidandir. Oliy
maktabning moddiy-texnik bazasi ham juda zaif bo'lib qoldi.
Oliy maktablarda milliy kadrlar tayyorlash talab darajasida emas edi. Ko‘p
fanlardan, ayniqsa, tabiiy fanlardan darsliklar rus tilida chiqarilgan edi. Ular o‘zbek
tiliga tarjima qilishga ongli ravishda e’tibor berilmasdi. O‘zbek talabalari rus tilidagi
darslik va qo‘llanmalardan foydalanishga majbur edilar. Ayniqsa, qishloqlardan
kelgan, rus tilini bilmaydigan talabalar qiynalardilar.
Ular ko'pincha rus tilida o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtira olmay, o‘qishni
tashlab ketishga majbur bo‘lardilar. Bir amallab institutni bitirib chiqqan
mutaxassislarning bilim darajalari past bo`lardi. Institutlarda o‘zbek guruhlarida rus
tilida dars o‘tish Markazning O‘zbekistonda olib borgan ruslashtirish siyosati natijasi
edi. Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda jiddiy kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yildi.
Mutaxassislar tayyorlashda ekstensiv metod, ya’ni son jihatdan ko‘p kadrlar
tayyorlash birinchi o‘rinda bordi. Kadrlar tayyorlash sifatini ko‘tarish sohasidagi
sa’y-harakatlar kutilgan natija bermadi. Buning sabablari anchagina:
— o‘quv yurtlarining moddiy texnik bazasi talabalarning o‘sish darajasidan
ancha past darajada bo‘ldi, zamonaviy texnika vositalari bilan yetarli darajada
ta’minlanmadi;
— Respublika partiya va sovet organlari tomonidan oliy o‘quv yurtlari uchun
har bir viloyatdan talabalar qabul qilish rejasi belgilangan bo‘lib, bu rejani qanday
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
340
qilib bo‘lsa ham bajarish majburiy edi. Bu o‘z navbatida bilim saviyasi nihoyatda past
bo‘lgan yoshlarning ham oliy o‘quv yurtlaridan o‘rin olishiga olib keldi;
— oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida
o‘quv rejalari va dasturlari 60-70-yillarda uch marta o‘zgardi, har safar o‘qitiladigan
fanlar yangilari hisobiga ko‘payib, o‘quv materiallari hajmi oshib bordi, talabalarning
mustaqil o‘qib o‘rganishlari uchun vaqt tobora kamayib bordi. Talabalarning uzoq
muddatli qishloq xo‘jalik ishlariga jalb etilishi o‘quv jarayonlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. O‘quv yurtlarida keng tarqalgan foizbozlik, bir necha fanlardan
o‘zlashtirmaganlarni kursdan kursga shartli ravishda o‘tkazish kadrlar tayyorlash
sifatining pasayishiga olib keldi;
— xalq xo‘jaligining mutaxassislarga bo‘lgan talabi yaxshi o‘rganilmadi,
natijada kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yildi, ba’zi
sohalarda keragidan ortiqcha mutaxassislar tayyorlandi, boshqa sohalarda, ayniqsa
texnika taraqqiyotining hal qiluvchi tarmoqlarida kadrlar tanqisligiga yo‘l qo‘yildi;
— o‘quv yurtlari faoliyatida tanish-bilishlik, oshnaog‘aynigarchilik,
poraxo‘rlik kabi salbiy holatlarning tarqalishi ham kadrlar tayyorlash sifatini
pasaytirdi, son ketidan quvish ustunlik qildi. Bunday vaziyatda yosh
mutaxassislarning ma’lum qismi olgan bilimlarini turmush bilan bog‘lay olmadilar,
g‘oyaviy-professional va axloqiy jihatdan yetuklik va qat’iylik ko‘rsata olmay,
ko‘zbo‘yamachilik, qo‘shib yozish yo‘liga kirib qoldilar. Respublikaning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida keng tarqalgan salbiy holatlarning ildizi mutaxassislar
tayyorlashdagi nuqsonlarga borib taqaladi, albatta
Siddiq Rajabov hayoti va faoliyati hamda uning pedagogika fani rivojiga
qo‘shgan hissasi
. Siddiq Rajabov 1910-yili 1-aprelda Qozog'iston Respublikasining
Avliyoota (hozirgi Taroz) shahrida tavallud topdi. U shu shaharda to'liqsiz o'rta
maktabni
tugatib,1926-yili
Farg'ona
pedagogika
texnikumiga
o'qishga
kiradi.Texnikumni
1930-yili
tugatadi.
Shu
oraliqda,
1928-29
yillarda
Qashqadaryoning G'uzor tumanidagi olis bir qishlog'ida ochilgan maktabda
o'qituvchilik qiladi. 1930-yili Farg'ona pedagogika institutiga o'qishga kiradi.
Institutni tugatgach, 1934-37 yillarda O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
341
instituti aspiranturasida o'qiydi. 1935-yili yangidan ochilgan Nizomiy nomidagi
Toshkent Davlat pedagogika insitutining pedagogika kafedrasiga o‘qituvchi qilib
ishga qabul qilinadi. Urush yillarida “Qizil O‘zbekiston” gazetasining mas’ul kotibi
bo‘lib ishlaydi. Siddiq Rajabov 1947-1963-yillarda Nizomiy nomidagi TDPIning
pedagogika kafedrasi mudiri lavozimida, 1960-1966- yillarda esa O‘zbekiston
pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining direktori lavozimida ishlaydi. 1966-
yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga ishga qaytadi va shu
institutning umumiy pedagogika kafedrasiga 1990-yilgacha mudirlik qiladi.
S.Rajabov XIX asr va XX asr boshlarida Buxoroda maktab va maorif taraqqiyoti
bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, 1941-yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya
qildi. Siddiq Rajabov pedagogika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya
qilgan birinchi o'zbek olimidir. 1917-1957-yiliardagi O'zbekiston maktablari tarixini
o'rgangan olim, shu mavzuga bag‘ishlangan 251 betlik doktorlik dissertatsiyasini
Moskvada himoya qildi va 1958-yili birinchilardan bo‘lib pedagogika fanlari doktori
ilmiy darajasini oldi. Olimining qalamidan chiqqan ilmiy maqolaiarda yoshlarni
insoniylikka, mehnatga, vatanparvarlikka tarbiyalash mavzusi keng o‘rin oldi. 1960-
yili unga professor ilmiy unvoni berildi.1968-yili professor Siddiq Rajabov
Pedagogika fanlari akademiyasining akademigi bo‘lib saylandi. S.Rajabov
pedagogika sohasi bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi tarixida 2017-yilgacha yagona
akademikdir. O‘zbekistonda pedagogika fanining rivojlanishiga qo‘shgan katta
xizmati uchun S.Rajabovga 1964-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni beriladi. Bir qancha orden va medallar bilan
taqdirlandi.
XULOSA
Sanoat korxonalarining ishga tushirilishi, kolxozlar va sovxozlar tuzilishi,
yangi-yangi idoralarning paydo bo`lishi tegishli mutaxassislarga bo‘lgan talabni
kuchaytirdi. Institutlar va texnikumlarga mutaxassislar yetishtirib chiqarishni miqdor
jihatidan ko‘paytirish vazifasi yuklandi, buning natijasida o‘qish muddatlari ancha
qisqartirildi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak 40-60-yillarda mamlakatimiz ta`lim
tizimi tarixida yoshlarni oliy ta`lim tizimiga qamrab olish darajasi o`tgan yillardagiga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
342
qaraganda oshgan bo`lsa ham lekin mutaxassislar va kadrlarni barkamol qilib
tayyorlashda amaliy natijalarga erishilmadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. B.X.Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” Toshkent - 2017
240-250-betlar.
2. K.Hoshimov S.Nishonova “Pedagogika tarixi” Toshkent-2005 230-245-betlar.
3. R.A.Mavlonova “Umumiy pedagogika” Toshkent-2018 425-430-betlar.
4. Asqar Zunno`nov “Pedagogika tarixi” Toshkent-2000 160-164-betlar.
5. Q.Usmonov, M.Sodiqov O‘zbekiston tarixi (1917—1991-yillar) Toshkent-2010
157-223-betlar.