Authors

  • FARMONOVA SABOXAT RAXMAT KIZI
  • ISHMANOVA ROXATOY XASANOVNA
  • ESHIMOVA DILDORA BEGZOD QIZI
  • KAMOLOVA SHOXISTA RAXMONBERDI QIZI

Author Biographies

  • FARMONOVA SABOXAT RAXMAT KIZI

    Denov tadbirkorlik va pedagogika institute

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

  • ISHMANOVA ROXATOY XASANOVNA

    Denov tadbirkorlik va pedagogika institute

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

  • ESHIMOVA DILDORA BEGZOD QIZI

    Denov tadbirkorlik va pedagogika institute

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

  • KAMOLOVA SHOXISTA RAXMONBERDI QIZI

    Denov tadbirkorlik va pedagogika institute

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94546

Keywords:

Psixika xotira emotsiya mimika nutq taqlid refleksiya his-tuyg’u

Abstract

Ushbu maqolada bolalarning go’daklik chog’idagi nutqning egallashi, psixik taraqqiyoti, oilaviy munosabatlarida, kattalarga taqlid qilishlari va ilk nutqlarining shakllanishi bilan bog’liq ma’lumotlar keltirib o’tilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

240

1-3 YOSH DAVRIDAGI BOLALARNING HARAKATLARI,

FAOLIYATI VA NUTQNI EGALLASHI

FARMONOVA SABOXAT RAXMAT KIZI

ISHMANOVA ROXATOY XASANOVNA

ESHIMOVA DILDORA BEGZOD QIZI

KAMOLOVA SHOXISTA RAXMONBERDI QIZI

Denov tadbirkorlik va pedagogika institute

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi

1-bosqich talabalari

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarning go’daklik chog’idagi nutqning

egallashi, psixik taraqqiyoti, oilaviy munosabatlarida, kattalarga taqlid qilishlari va

ilk nutqlarining shakllanishi bilan bog’liq ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

Kalit so’z: Psixika, xotira, emotsiya, mimika, nutq, taqlid, refleksiya, his-

tuyg’u

Go‘gakning harakatlari va faoliyati.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda

harakat sezgilari boshqa sezgilarga nisbatan yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o‘z

harakat larini boshqara olmaydi. Bolani yo‘rgakdan yechib qo‘ygan paytda u juda

ko‘p tartibsiz harakatlarni qiladi. Uning hamma yog‘i (qo‘llari, barmoqlari, oyog‘i,

oyoq barmoqlari, ko‘zlari, boshi) harakatlanadi. Lekin bolaning bu harakatlarida

mutlaqo moslik, tartib bo‘lmaydi. Bolaning o‘z harakatlarini idora qilishi, ya’ni

harakat sezgilarining rivojlanishi bosh miya harakat sohasidagi nerv tolalarining

miyelinizatsiya qilinishi bilan bog‘liqdir. Bu narsa bolaning 2–3 oylik davridan

boshlanadi. Shuning uchun bola 2–3 oylik davridan boshlab o‘z harakatlarini idora

qila boshlaydi. Masalan, ana shu davrdan boshlab bola unga uzatilgan narsalarga

qo‘lini cho‘zadigan, ushlashga intiladigan bo‘ladi. 2–3 oylik bolani qorni bilan

yotqizilsa, u boshini ko‘taradi, 3–4 oylik bola boshini bemalol ushlab oladi, 4–5 oylik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

241

bola esa o‘z gavda sini tik holda ushlab tura oladi. 6–7 oylik bola mustaqil o‘tira oladi.

Ana shu tariqa ilk yosh dagi bolaning harakat sezgilari rivojlanib boradi.

Bolalarda idrokning rivojlanishi sezgi a’zolarining, ya’ni analizatorlarning

tobora takomillashishi bilan bog‘liqdir. Lekin, idrok faqat sezgi a’zolarigagina

bog‘liq jarayon emas. Idrok jara yonida sezgilardan tashqari odamning butun turmush

tajribasi ham ishtirok etadi. Shuning uchun idrokning rivojlanishi turmush

tajribasining tobora orta borishi, odamning turli bilimlarga ega bo‘lishi bilan ham

uzviy bog‘liqdir. Go‘dak bolalarning uncha-muncha idrok qilishlari asosan uch-to‘rt

oylik davrdan boshlansada, biroq, idrok qiladigan narsalarining doirasi hali juda tor

bo‘ladi. Bu davrda bola ko‘z o‘ngidagi yaltiroq yoki tebranib, harakatlanib turuvchi

narsalarni idrok qila oladi. Bola to‘rt-besh oy lik bo‘lib, narsalarni qo‘llari bilan

ushlaydigan bo‘lgach, uning idroki mazmun jihatidan boyib, ancha takomillashadi.

Buning asosiy sababi shundaki, ko‘rish hamda eshitish sezgilariga endi barcha teri

sezgilari ham qo‘shiladi. Natijada bola narsalarni har tomonlama to‘la idrok qila

boshlaydi.

Bola yarim yoshga to‘lib, o‘zi mustaqil o‘tira boshlagach, uning idroki yana

ham tezroq rivojlanadi. Bunda birinchidan, uning ko‘rish doirasi ancha kengayadi,

ikkinchidan esa, narsalarni sinchiklab timirskilab ko‘rish imkoniyati ortadi. Bu

davrda bola atrofidagi narsalarni (xususan o‘ziga tegishli narsalarni) qayta-qayta

idrok qilish tufayli ularni bir-biridan farqlaydigan, o‘ziga tegishli narsalarni

taniydigan bo‘lib qoladi. Bola emaklab, undan so‘ng yura boshlagach, uning tevarak

atrofidagi narsalarni idrok qilish imkoniyati yanada kengayib ketadi. Bola xohlagan

narsa sining oldiga borib, uni qo‘liga olib ushlab ko‘radi, atrofidan aylanib qaraydi,

iloji bo‘lsa, albatta yalab ham ko‘radi.

Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda

diqqatning hech qanday alomati ko‘rinmasa ham, oradan sal o‘tmay, ya’ni bolaning

bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari yaqqol ko‘rina boshlaydi.

Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini har xil kuchli qo‘zg‘atuvchilar

(qattiq tovush, ortiqcha yorug‘lik kabi) ixtiyorsiz ravishda o‘ziga jalb qila boshlaydi.

Ikki-uch oylik bolalar esa, «shaqir-shuqur»ga quloq soladigan (shaqildoqlarning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

242

tovushiga ovunadigan) bo‘la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini

yorqin (yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko‘z

o‘ngidagi narsa qanchalik rang-barang bo‘lsa, bola unga shunchalik ko‘p e’tibor

beradi.

Xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlaboq rivojlana boshlaydi.

Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofidagi odamlarni va narsalarni

tanishida ko‘rina bosh laydi. Buni biz bola o‘ziga tanish bo‘lgan narsani ko‘rganida

qiladigan harakatlaridan ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bola o‘ziga yaqin odamni

ko‘rganida unga talpinadi yoki notanish odamdan yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda

tanib olish qobiliyatining borligi idrok qilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish

imkonini beradi. 1 yoshga yaqin bolada xotiraning murakkab turlari, ya’ni eslash

vujudga kela boshlaydi. Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan narsa va

hodisalarni eslay oladigan bo‘ladilar. Bunda bolalardagi tasavvurlarning rolini

hoyatda kattadir. Tasavvurlar tufayli bolalar o‘tgan narsalarni bemalol eslay oladilar,

masalan, bolaga ko‘z o‘ngida bo‘lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko‘zlari bilan

atrofga qarab shu narsani izlay boshlaydi.

Bola xotirasining rivojlanishida nutqning o‘sishi juda katta ahamiyatga ega.

Bu davrda bola narsa va hodisalarni faqat bevosita ko‘rish orqali emas, balki shu narsa

va hodisalarning nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo‘ladi. Bundan tashqari

kattalardan so‘rab bilib olish, eshitish orqali ham o‘z xotiralarini boyitadilar.

Bolaning atrofidagi katta odamlar onasi, otasi, akasi, opasi kabilar qaysi tilda

gaplashsalar, bola ham shu tilni o‘rganadi. Nutqni egallashdek juda ham qiyin

jarayonni bola qisqa muddat davomida uddasidan chiqa boshlaydi. Yangi tug‘ilgan

bolada nutqi bo‘lmasada ularda qandaydir ovoz chiqarish, ya’ni yig‘lash xususiyati

bo‘lib, bu xususiyat tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik)

bog‘liq bo‘ladi. Ortiqcha qattiq tovushlar ham bolani cho‘chitib yuboradi. Bola 2–3

haftalik bo‘lgach, unda tovushlarga nisbatan elementar tarzda bo‘lsa ham reaksiya

yuzaga kela boshlaydi. Undan keyingi davrda esa, ya’ni bola 2–3 oylik bo‘lgach

tovush bilan tovush chiqarayotgan man ba o‘rtasida assotsiatsiya maydonga keladi.

Bunda bola tovush eshi tilayotgan tomonga qarab boshini bu radigan bo‘ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

243

Ilk yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishiga kat ta ta’sir qiluvchi

momentlardan biri atrofidagi kattalar ning nutq orqali qiladigan munosabatlariga

ijobiy qarash laridir. Bolalar borgan sari katta odamlar bilan ko‘proq munosabatga

bo‘lishga intila boshlaydi. Katta odam larning gaplariga taqlid qiladigan bo‘ladi. Ana

shu tariqa sekin-astalik bilan bolaning tili chiqa boshlaydi. Bola 6 oylik bo‘lgach

ayrim tovushlarni birlashtirib «aya», «a yya», «da-da» kabi so‘zlarni qayta-qayta

aytadigan bo‘ladi. O‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bolalarning so‘zlarini

tushunishlari har bir so‘zni ifodalab beruvchi to vushlarning aniq idrok qila olish

lariga emas, balki tovushlar ning intonatsiyalarini payqab ola bilishlariga asoslanadi.

Masa lan: kichik yoshdagi bolaga «chapak ka xo-xo chapakka» deb, chapak chalishga

o‘rgatiladi. Ana shu so‘z aytilishi bilan bola chapak chalaveradi. Bordiyu ana shu

so‘zni boshqa so‘z bilan almashtirib qo‘ysak bola payqamaydi. Bolalar so‘zlarni ifoda

lovchi tovushlarni sekin-astalik bilan farq laydilar. Bolalar bi ladigan so‘zlarning

miqdori turli bolalarda turlicha bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish lozimki,

oiladagi ikki tillik muhit, albatta bolaning tili chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bola

har ikkala tilni ham barobar egallay boshlaydi va qaysi tilda gapirishni bilmaydi. Ana

shuning uchun bola yoshlik chog‘ida o‘z ona tilini egallashi kerak. Ikkinchi til ona ti

li o‘zlashtirilgandan so‘ng egallay boshlansa, yaxshi bo‘ladi.

Olti-yetti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bola

psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir. Bola juda ko‘p harakatlarni

va nutqni asosan taqlid qilish orqali egallaydi. Bolani besh-olti oyligidan boshlab

nutqni tushu nishga o‘rgata boshlash lozim. Buning uchun bolaga o‘yinchoq yoki

biron narsani bir necha marta nomini aytib ko‘rsatish kerak. Keyinchalik bolaga ba’zi

narsalarning nomi aytilganda u ko‘zlari bilan shu narsani qidirib topadigan bo‘ladi.

Bu narsa bolaning kattalar nutqiga tushuna boshlaga nidan da rak beradi. Bola nutqni

ozmi-ko‘pmi tushuna bosh lagandan so‘ng unga faqat narsalar ning nomini emas,

balki ayrim sodda hara katlarning ham nomlarini o‘rgata boshlash 261 lozim.

Harakatning nomini og‘zaki takrorlab, ayni vaqtda shu harakatning bajarili shini ham

bir necha marta ko‘rsatilsa, bola harakatning nomini eshi tish bilan uni bajarishga

o‘rganadi. Masalan, «chapak-chapak» deb takrorlab turib chapak cha linsa, bola shu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

244

so‘z aytilishi bilan chapak chaladigan yoki bolaga «assalomu alaykum» deb ta’zim

qilib ko‘rsatilsa, bola shu so‘zni eshitishi bilan ta’zim qila digan bo‘ladi. Bola ayrim

so‘zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko‘proq aloqada bo‘lishni xohlaydi. Ana

shundan foydalanib, bola bilan imkoni boricha ko‘proq munosabatda bo‘lishga, uning

nutqini o‘stirishga harakat qilish lozim. Buning eng oson yo‘li bola bilan

shug‘ullanayotgan vaqtda unga eng sodda so‘z elementlarini to‘g‘ri ayta bilishni

o‘rgatishdir. Chunonchi, kuchuk ning rasmini ko‘rsatib, «mana, vov-vov»,

mushukning rasmini ko‘rsatib, «mana, miyov-miyov», xo‘roz yoki tovuqning rasmini

ko‘rsatib, «mana, quq-qu» deyish kerak. Bunda bolalar «vov-vov», «mi yov-miyov»,

«quq-qu» kabi so‘z elementlarini ravon talaffuz qilishga o‘rganadilar. Bundan

tashqari 9–10 oylik bolalarga o‘z tana a’zolarining nomlarini ham o‘rgata boshlash

kerak. Bolaga – «mana burni», «mana og‘zi», «mana ko‘zi», «mana qoshi», «mana

qo‘li» deb bir necha marta takrorlab ko‘rsatilgandan keyin bola o‘z a’zolarining

nomini aytish bilan ularni birin-ketin ko‘rsatadigan bo‘ladi. Keyinchalik bolalarda

ana shunday sodda so‘zlarni umumlashtirish ko‘nikmasini ham hosil qilish kerak.

Bolaga «Oyingni ko‘zi qani?», «Qo‘g‘irchoqning burni qani?», «Akangni qo‘li

qani?» kabi savollar berilsa, bola bu a’zolarni to‘g‘ri ko‘rsatishga o‘rganadi.

Go‘dak yarim yoshida ular bilan muloqotga kirishish jara yoni ikki xil

xususiyat kasb etadi. Avval muloqot bir tomonlama, faqat ta’sir o‘tkazish bilan

chegaralansa, endi teskari munosabat ham vujudga keladi. Bola kattalarning kiyimini

tortqilaydi, ularga qichqiradi va boshqa harakatlar. Mazkur holat bolaning kattalar

bilan muloqoti rivojlanishining yuqori bosqichga ko‘tarilishidan dalolat beradi. Bola

hayotining ikkinchi yarim yilligida kattalar nutqini idrok qilish va uni tushunishi

rivojlanadi. Bolaning hamkorligidagi o‘yin faoliyati ham, his-tuyg‘uga berilishi ham

nutq va faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Bola juda ko‘p harakatlarni taqlid qilish

asosida egallaydi. Bolani 5–6 oylikdan nutqni tushunishga o‘rgatish lozim. Buning

uchun bolaga o‘yinchoq yoki biror narsaning bir necha marta nomini aytib ko‘rsatish

kerak. Ke yinchalik bolaga ba’zi narsalarning nomi aytilganda, u ko‘zlari bilan shu

narsani qidirib topadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

245

Bola dastlabki paytlarda tilga tushuna boshlashi katta odam larning talaffuz-

intonatsiyalari va bola ga ko‘rsatib qiladigan ishora-harakatlari bilan bog‘liq bo‘ ladi.

Shuning uchun hali yoshiga to‘lmagan bolalar har bir so‘zni shu so‘z orqali

ifodalangan aniq narsalar bilan bog‘lay olmaydilar. Boshqacha qilib aytganda,

yoshiga yetmagan bolalarda ayrim so‘zlarni tushunish hali ikkinchi signal darajasiga

(ya’ni signalning signali darajasiga) ko‘tarilgan emas. Yoshiga yetmagan bolalar

so‘zlarni shu so‘zlar orqali ifodalangan narsalar bilan assotsiativ tarzda bog‘lash

orqali emas, balki intonatsiya va imo ishora, harakatlar orqali tushunadilar.

Agar go‘dak 3–4 oyligidan «gu-gu»lashga intilsa 5–6 oyligida ayrim

tovushlarni qiyqiriq orqali ifodalaydi. Nutqni idrok qilishni va tushunishning oxirgi

bosqichi 9–10 oyligidan boshlanadi. Tadqiqotchi F.I. Fratkina kattalarning go‘dakka

qaratilgan nutqidan quyidagicha ta’sirlanish holatlarini aniqlagan:

1) nomi aytilgan buyumga javob tariqasida burilib qarash. (7–8 oyligida);

2) turmush tajribasida egallagan harakatlarini kattalar eslatishi bilan

bajarishga intilish (8–9 oyligida);

3) kattalarning nutq orqali ko‘rsatmasidan oddiy nutq topshiriqlarini bajarish

(9–10 oyligida);

4) kattalarning nutq orqali ko‘rsatmasi bo‘yicha zarur predmetni tanlab olish

(10–11 oyligida);

5) mumkin emas taqiqlovchi so‘z yordamida harakatni to‘xtatish (12

oyligida).

Go‘dakdan o‘zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilishi,

harakatni amalga oshirishi murakkablashib boraveradi. Bular aqliy imkoniyatlar

darajasiga bevosita bog‘liq. 1 yoshgacha davr nutqgacha davr deb ataladi. Bu davrda

go‘dak bosh miya yarimsharlari po‘stida ikkinchi signallar sistemasi faoliyati bilan

bog‘liq anchagina ishlar ni, ya’ni nutq taraqqiysi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘nikma va

malakalarni amalga oshiradi.

Nutqni tushunib idrok qilish kunsayin ortadi. U bir nimani olishni so‘rashni,

aytishni xohlaydi, asta-sekin birinchi so‘zlar (10–12 ta gacha) paydo bo‘ladi. Bolalar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

246

nutqining o‘sishi ular idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik

jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradi.

Barcha sezgi a’zolari go‘dak hali onaning qornidalik paytidayoq ancha

takomillashgan bo‘ladi. Shuning uchun bola tug‘ilishidan boshlaboq uning barcha

sezgi a’zolari tashqaridan va ichki muhitdan bo‘ladigan ta’limotlarni aks ettirish

qobiliyatiga egadir. Masalan: o‘n kunlik bola ko‘z qarashini biron yorug‘lik manbai

(elektr lampochkasi) ustida to‘xtata oladi. Bir oylik chaqaloq unga engashib qarab

turgan (yuzini yaqin olib kelib) onasining chehrasiga o‘z ko‘z qarashlarini uzoq vaqt

to‘xtata oladi.

Ko‘rish sezgisi chaqaloq bolalarda juda tez rivojlanadi. 2 oylik bola sekin

harakat qilayotgan narsani ko‘z qarashi bilan kuzata oladi. 4 oylik bola esa ko‘rish

emas, narsalarga aktiv qaray oladigan bo‘lib qoladi. U qarayotgan narsalari turli

hissiyotlarni yuzaga keltiradi. Go‘dak bolalarda ko‘rgan narsalarini tanish 5–6 oylik

davrda yuzaga keladi. Bola dastavval o‘zi bilan eng ko‘p munosabatda bo‘ladigan

odamni, ya’ni onasini tanib oladi. Sekin-asta atrofdagi boshqa yaqin odamlarni tanib

oladi. Buni biz kichik bolalarning uyiga begona odam kelganda unga uzoq tikilishi va

yotsirashidan bilamiz.

Bolalarda ranglarni sezish juda erta ko‘rina boshlaydi. Masalan: professor N.I.

Krasnogorskiyning o‘tkazgan tajribalariga ko‘ra, ranglarni farqlash bolalarda 3–4

oylik davrdan boshlab ko‘rina boshlaydi. Bola har xil rangli butilkachalardan

ovqatlantirilgan (sut emizilgan), lekin faqat sut qizil butilkadagina berilgan. Oradan

biroz vaqt o‘tgach, bola faqat qizil rangli butilkagagina reaksiya qiladigan, ya’ni faqat

qizil butilkadagi emizikni og‘ziga oladigan, boshqa butilkalarga esa befarq

qaraydigan bo‘lgan. Bu tajriba bolalarda ranglarni sezish va farqlash juda erta hosil

bo‘lishini ko‘rsatadi.

Ilk yoshdagi bolalarda eshitish sezgisi ham juda erta ko‘rina boshlaydi. Lekin

bola tug‘ilgandan so‘ng nechanchi kundan boshlab eshita boshlashini aniqlash qiyin.

Yangi tug‘ilgan bola 4–5 kun davomida hech narsani eshitmaydi.

Buning sababi shundaki, yangi tug‘ilgan bolaning o‘rta quloqlari qorindalik

paytda suyuqlik modda bilan to‘lib qolgan bo‘ladi. Ana shu suyuqlik modda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

247

tugamaguncha havo to‘lqinlari bola quloqlarining nog‘ora pardasiga borib yetmaydi.

10–15 kunlik bola qattiq tovushlarga reaksiya qila boshlaydi. Buni biz qattiq tovush

chiqqan paytida (masalan, bolaning quloqlariga yaqin joyda qattiq chapak chalinsa

yoki eshik qattiq yopib yuborilsa) bola ning cho‘chib tushishidan bilamiz.

2–3 oylik bolalar taqir-tuqurga quloq soladigan bo‘lib qoladilar. Masalan,

yig‘layotgan bolaning oldida shaqildoq shaqillatilsa, bola yig‘idan to‘xtab quloq sola

boshlaydi. 3–4 oylik bolalar faqat eshitishgina emas, balki tovush chiqayotgan

tomonga boshlarini buradigan bo‘ladilar. Ana shu davrdan boshlab bolalarda turli

tovushlarni farqlash ham yuzaga kela boshlaydi. 4–5 oylik bola onaning tovushini

boshqa odamlarning tovushlaridan bemalol farqlay oladigan bo‘ladi. Tovush larni

farqlash qobiliyati nutq tovushlarini va undan so‘ng ayrim so‘zlarni o‘zgartirish

uchun asos bo‘ladi. Eshitish sezgisining normal rivojlanishi ilk yoshdagi bolalarning

nutqni egallashlari (til chiqishi) uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega. Eshitish sezgisi

bola bilan xususan kattalar munosabatda bo‘lganlarida jadal rivojlanadi. Shuning

uchun ilk tarbiyachilari kichik bolalar bilan nutq orqali ko‘proq munosabatda

bo‘lishlari kerak.

Bolalarda hid, ta’m va teri sezgilari ham go‘daklik davri dan boshlab tez

rivojlana boshlaydi. Agar 2–3 oylik bola ning emizigiga qo‘lansa (yoqimsiz) hid

tarqatuvchi biron narsa surtib qo‘yilsa, bola bunda betoqatlanib, lab-lunjlarini

bujmaytira boshlaydi. Ta’m sezgisi ham deyarli shu davrdan boshlab yaqqol

ko‘rinadi. Chunonchi, ona sutiga o‘rganib qolgan bolaga biroz shakar solib shirin

qilinadigan sigir suti berilsa, emgisi kelmaydi. Ana shulardan xulosa qilib aytish

mumkinki, ilk yoshdagi kichik bolalarda hid va ta’m sezgilari yaxshi ishlaydi.

Teri sezgisi bolalarda tug‘ilgan paytlaridan boshlab mavjud dir. O‘tkazilgan

tajribalarning ko‘rsatishicha, biron narsaning tekkanini sezish (ya’ni tuyish organi)

go‘dak bolalarda katta odamlarga qaraganda ham o‘tkirroqdir. Bundan tashqari, ilk

yoshdagi kichik bolalar haroratga nisbatan ham juda sezgir bo‘ladilar. Ular

cho‘miltirilayotgan suvning salgina isib yoki salgina sovib qolganini darhol sezadilar.

Ilk yoshdagi bolalarning hid, ta’m va teri sezgilarini takomillashtirish yuzasidan

maxsus ishlar (mashqlar) olib borilmaganligi tufayli bu sezgilar nisbatan sekin


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

248

rivojlanadi. Ilk yoshdagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlari uchun harakat

sezgisining ahamiyati juda kattadir. Go‘dak bolaning juda ko‘p xilma-xil harakatlari

ichida uning qo‘l ha rakatlari juda katta rol o‘ynaydi. Bola biron narsani qo‘li bilan

ushlashga o‘rganganidan so‘ng uni rosa timirskilab ko‘radigan bo‘ladi. Lekin bola

biron narsani ushlashi uchun dastavval u narsani atrof-muhitdagi boshqa narsalardan

yaqqol ajratishi kerak. Buning uchun bola qo‘l va ko‘z harakatlarini moslashtirib

idora qila olishi lozim. Bunday murakkab harakatlarni bola darhol egallay olmaydi.

O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, bola murakkab qo‘l harakatlarini ilk

yoshida egallaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va va pedagogik psixologiya». — T.:

TDPU. 2009.

2.

Nishanova Z.T., Dusmuxamedova Sh.A. va b. «Yosh davrlari va pedagogik

psixologiya». — T.: Fan va texnologiyalar nashriyotining bosmaxonasi. 2013. -344

b.

3.

Шомуротов, У. (2023). ТЕХНОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДОВ АРТ-

ТЕРАПИИ В УСТРАНЕНИИ ЛИЧНОСТИ АГРЕССИИ.

Предпринимательства

и педагогика

,

6

(3), 178-181.

4.

Шомуротов, У. (2024). ТЕХНОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДОВ АРТ-

ТЕРАПИИ В УСТРАНЕНИИ ЛИЧНОСТИ АГРЕССИИ.

Предпринимательства

и педагогика

,

5

(2), 91-95.

5.

Melikboboyevich,

S.

U.

(2024).

BOLALARNING

PSIXIK

RIVOJLANISHIGA O ‘YINCHOQLARNING TA’SIRI.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

2

(2), 172-179.

6.

MELIKBOBOYEVICH, S. U., QIZI, O. R. Z. S., & QIZI, Q. K. A. (2024).

INSONIY

MUOMALA

VA

MULOQOTNING

PSIXOLOGIK

VOSITALARI.

SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR

JURNALI

,

2

(2), 180-188.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

249

7.

Abdukarimovich, T. Y. L., Melikboboyevich, S. U., & Isokovich, U. F. (2024).

Xotira haqidagi qarashlar va xotirani rivojlantirish.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

2

(2), 109-117.

8.

Melikboboyevich, S. U., Davrbek o‘g‘li, M. D., & Azamat Jo‘rakul o’g, X.

(2024).

SHAXSDA

SALBIY

TUZILMALARNING

PAYDO

BO

‘LISHI.

SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

2

(2),

218-228.