MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
234
MMT BOLALAR IRODASINI TARBIYALASHDA
MASHQLARNING AHAMIYATI
BEKNAZAROVA SABRINA JO‘RAQUL QIZI
BOZOROVA MOHIRA XO‘SHMURODOVNA
BO‘RIYEVA MALIKA UMARALI QIZI
ELMURODOVA NAZOKAT JUMANOVNA
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
1-bosqich talabalari
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalardagi irodaviy harakatlarni o’rganish
va ularni rivojlantirishga oid mashqlar va terninglar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar: Iroda, kayfiyat, qat’iylik, dadillik, matonat, o’jarlik,
batartiblik, aniqlik, puxtalik, mashq, trening
Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amalga oshirar ekan,
o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan va hayoti hamda mehnati uchun juda katta
ahamiyatga ega sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi,
bu hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlarining ustunlik qilishi bilan
bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqimsiz psixik jarayonlarga va harakatlarga
xalaqit berishda ularni to‘xtatib qolishda, yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi.
1.
Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik, sabot-matonat,
mustaqillik kiradi:
Qat’iylik
ortiqcha ikkilanmasdan o‘z vaqtida qat’iy qarorlar qabul qila
bilishdir. Bu o‘ylab ko‘rilmagan, shoshilinch qabul qilingan harakatlarda emas,
yetarli darajada chamalab ko‘rilgan asoslangan xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi.
Qat’iy kishi boshqacha emas, ayni shunday ish qilishi kerakligiga chuqur ishonadi.
Qat’iylik ko‘rsata bilish, dadil, ikkilanmay talab qilish o‘qituvchining muhim
fazilatidir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
235
Dadillik
— kishining dovdirab qolish tuyg‘usini yengish qobiliyatidir. U
faqat kishi hayoti uchun xavfli paytlardagi harakatlardagina namoyon bo‘lib
qolmaydi, dadil kishi murakkab ishdan, katta mas’uliyatdan cho‘chimaydi. Dadillik
ahvolga oqilona sog‘lom munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Ba’zan kishining xayoli
unga haqiqatda yo‘q holatdan darak berishi mumkin. Iroda kuchi bilan qo‘rquvni
yengadi va zarur deb hisoblagan narsasini bajaradi. Dadillikni kishining mardlik
ko‘rsatmoqchi bo‘lib xavf- xatarli ishga qadam qo‘yishi bilan aralashtirmaslik kerak.
Bunday kishilarni irodali kishilar deb bo‘lmaydi.
Sabot-matonat
— bunga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li qanchalik uzoq
va qiyin bo‘lmasin, ularga erisha bilishdan iborat. Sabot-matonat tashqi va ichki
to‘siqlarni yengishda namoyon bo‘ladi. Irodali kishi o‘z kuchlarini zo‘r berib
sarflashga qobiliyatli bo‘ladi. I.P. Pavlov aytib o‘tganidek, u o‘z ishini davom ettirish
istagini orttiradi, xolos. Sabot-matonat pedagoglik ishi- da o‘zining arzimagan
manmanlik tuyg‘usi tufayli xato qarordan bosh tortishga qobiliyatli bo‘lmagan
vaqtidagi o‘jarlik bilan aynan bir narsa deb bo‘lmaydi. O‘jarlik shaxsning salbiy
xususiyatidir.
Mustaqillik
kishining boshqalar ta’siriga berilmasdan qaror qabul qilish va
belgilangan harakatni bajarish qobiliyatidir. Ana shu irodaviy sifati bilan ajralib
turmaydigan kishilar odatda o‘z yo‘llarida uchragan qiyinchiliklar oldida o‘zlarini
yo‘qotib qo‘yadilar. Bunday zaiflikka ko‘pincha maktab yoshidagi tarbiyaning
xususiyatlari sabab bo‘ladiki, bolaga mustaqil ishlash malakasini o‘rgatishmagan va
unda o‘z harakatlari, ishlari uchun mas’uliyatdan qochishga intilish avj olgan bo‘ladi.
Irodali kishi ta’sirga beriluvchanlik kabi salbiy sifatga ega bo‘lmaydi. Bunday sifat
mavjud bo‘lganda kishilar o‘z fikrlaridan juda osonlik bilan qaytadilar, boshqalarga
bo‘ysunib qoladilar. Chinakam mustaqillik bilan negativizm (lot. negatiwus —
salbiy), ya’ni qanday qilib bo‘lsa ham tashqaridan bo‘ladigan ta’sirga qarshilik
ko‘rsatishga intilish o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q. Agar ta’sirga
beriluvchanlik kishini o‘zining niyatlar va e’tiqodlariga muvofiq kelmaydigan xatti-
harakatlarga undasa uni boshqalarga qarama-qarshi o‘laroq nomaqbul harakatlar
qilishga undaydi. Ta’sirga beriluvchanlik va iroda kuchining belgilari emas, balki
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
236
uning zaifligiga oid belgilardir. Ko‘pgina yomon odatlar irodasi zaif kishilarda aynan
mustaqillikning yetishmasligi tufayli ta’sirga berilishga va taqlid qilishga moyil
kishilarda bo‘ladi. Harakatni mustaqil bajarish o‘z kuchiga ishonch hosil qilishda
yordam beradi, bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir.
2.
Noma’qul psixik jarayonlar va harakatlarning tormozlani- shi bilan
bog‘liq iroda sifatlariga chidam, bardoshlilik, sabr-toqat, intizomlilik va uyushqoqlik
kiradi. Chidam yoki o‘zini tuta bilish bu kishining o‘z-o‘zini boshqara olishidir. U
o‘zining xulq- atvori ustidan to‘liq nazorat qilish xususiyatini saqlab qolar ekan
o‘zidagi yomon niyatlarni, ixtiyorsiz harakatlarni, affektlarni, g‘azablanishni,
qo‘rquvni yengadi. Chidamning mavjudligi kishi- ni o‘z-o‘ziga tanqidiy qarashga
o‘rgatadi, oqiliona bo‘lmagan xatti- harakatlardan o‘zini tiyishga yordam beradi.
Chidam, o‘zini tuta bilish o‘qituvchi uchun juda zarur. Bolalarning xulq-atvori ular-
ning o‘quv ma’lumotlarini tushunmasligi ko‘pincha o‘qituvchining jahlini chiqaradi
va vujudga kelgan vaziyat talab qiladigan darajada yo‘l tutish uchun zo‘r chidam zarur
bo‘ladi. O‘zini tuta bilish o‘qituvchiga qattiq jahli chiqishdan o‘zini tiyishga,
xijolatni, sarosimalikni bosishga yordam beradi.
Bardoshlilik va sabr-toqat
singari irodaviy sifatlar ham o‘zini tuta bilishga
yaqin turadi. Bunda kishi azob va qiyinchilik chekishni yenga olishga qodir bo‘ladi.
Irodali kishi qiyinchiliklarga qaramay o‘z oldiga qoygan maqsadiga erishishga
intiladi. Shaxsning barcha irodaviy sifatlarini, qo‘zg‘alish yoki tormozlanish
jarayonining ustunligiga qarab, guruhlarga bo‘lish mumkin. Ba’zan kishi bir xil
harakatlarni cheklab boshqalar borasida faollik ko‘rsatadi.
Inti- zomlilik va uyushqoqlik
singari iroda sifatlari ana shu tomonlari bilan
farq qiladi. Intizom avvalo jamoa talablariga bo‘ysunishdan iborat bo‘ladi.
Uyushqoqlik kishi o‘zini, kerak bo‘lsa boshqalardan ham samarali ishlashga majbur
qila oladi. Tartibsizlik, o‘z vazifalariga befarq bo‘lish kabilar intizomsizlik va
uyushmaganlikning ko‘rinishlari bo‘lib, ular iroda kuchining yetishmasligini
bildiradi. Intizomsiz kishi boshqalarning ishiga ham muvaffaqiyatli rahbarlik qila
olmaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
237
Batartiblik, aniqlik, puxtalik
har sohada namoyon bo‘ladi, ular kundalik
xulq-atvorda va hatto mayda-chuyda bo‘lib ko‘ringan narsalarda ham seziladi.
Har bir kishi irodani tarbiyalash ustida ishlashi zarur. Barcha atoqli kishilar
buni tushungan holda, yoshlik yillaridanoq irodani mustahkamlash ustida ko‘p
ishlaganlar.
Kunlar va soatlar bo‘yicha mashg‘ulotlar, o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblar
ro‘yxatini tuzib chiqish, xulq-atvor qoidalarini belgilab olish va ularning bajarilishini
nazorat qilish kabilar irodani mustahkamlashga yordam beradi. 19 yoshli L.N.
Tolstoy ham o‘ziga «irodani rivojlantirish uchun qoidalar» tuzib olgan ekan, u bu
qoidalarga butun hayoti davomida amal qiladigan kun tartibini va ovqatlar ratsionini
ham kiritgan edi. Irodani tarbiyalashda atrof- dagilarning fikri, ularning kishi xulq-
atvoriga ijobiy ta’siri yordam beradi. Kundalik mehnat shu jumladan o‘qish faoliyati
ham irodani mustahkamlash uchun yaxshi maktab bo‘lishi mumkin. Agar ishda yoki
o‘qishda ko‘p qiyinchiliklar mavjud bo‘lsa, ularni yengish irodaviy sifatlarni
tarbiyalashning vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Irodani tarbiyalash uchun o‘z ustida
muntazam ish olib borish kerak, bu ishni iloji boricha erta boshlash zarur. Shaxsning
irodaviy sifatlari irodaviy faoliyatda tarkib topishini unutmaslik kerak. Shuning
uchun ham mehnat hamisha irodani mustahkamlashning vositasi bo‘lib kelgan. Har
bir ishni oxiriga yetkazish o‘z harakatlarini puxna o‘ylab bajarishga erishish juda
muhimdir. Irodani tarbiyalash kishi o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadga ham bog‘liqdir,
bu maqsadni anglash irodani chiniqtirishga yordam beradi.
Kishi o‘zini qat’iy nazorat qilishi, o‘z ishini va xulq-atvorini nazorat qilish
odatini o‘zi tarbiyalamog‘i kerak. O‘z irodasini o‘z kamchiliklarini yengish bilan
chiniqtirishi kerak. Bu sohadagi har bir muvaffaqiyat kishining o‘ziga ishonchini
oshiradi, uni yanada irodalirioq qiladi. Bunda to‘g‘ri hayot kechirish, kun tartibi, nerv
sistemasini umumiy mustahkamlash, o‘zining iroda kuchini doimiy mashq qildirib
borishdan iborat jismoniy va psixik chiniqish yordam beradi.
Irodani mustahkamlash va chiniqtirishda treninglarning muhim o‘rni bor.
Mumkin emas.
Guruh ikkiga bo‘linadi. 1-guruh o‘z istak-xohishlarini bayon
qiladi, 2-guruh bunga rad javobini berishi kerak. 10 daqiqadan so‘ng guruhlarning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
238
o‘rin almashadi. Masalan, «Men bugun diskotekaga bormoqchi edim». Javob: «Yo‘q,
mumkin emas, kech bo‘lib qoldi». O‘yindan so‘ng xohishlarni rad qilish uchun
qo‘llanilgan dalillar, sabablar va mazmunlar tahlil qi- linadi. Boshlovchi quyidagi
xulosaga keladi: «Asosli va asossiz rad etishlar bor. Ko‘pincha sizga ba’zi ta’qiqlar
asossizdek tuyilishi mumkin, biroq ularda ham maqsad, mazmun borligini inkor eta
olmaymiz. Agar biz istagimiz nega rad etilayotganligini anglasak, bunga ko‘nishimiz
oson bo‘ladi. Ba’zan qilayotgan xatti-harakatlarimiz, istagimiz noo‘rin ekanligini
ham anglab turamiz. Bunday holda tushunishimiz qiyin kechinmalarni his qilamiz».
«Men kimman?»
Yo‘riqnoma: Hozir har biringiz bir varaq oq qog‘ozga
quyidagilarni yozishingiz kerak. O‘zingizga 20 marta «Men kimman?» deb savol
berasiz va har bir savolga javob yozasiz. Mashqlar natijasiga ko‘ra inson ichki
dunyosi naqadar boyligi va qarama-qarshiliklarga egaligi haqida xulosa chiqariladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
M.G. Davletshin, Sh. Do‘stmuhamedova, M. Mavlonov, S. To‘ychiyeva.
Yosh
davrlari va pedagogic psixologiya (o‘quv-me- todik qo‘llanma). TDPU, — T.: —
2004.
2.
Z. Nishanova.
Bolalar psixodiagnostikasi. TDPU nashriyoti. Toshkent —
1998.
3.
M. Rasulova, D. Abdullayeva, S. Oxunjonova.
Bolalarning maktabga
psixologik tayyorligi. — Toshkent. — 2003.
4.
S.X. Jalilova va boshqalar.
Shaxsning psixik taraqqiyoti diagnostikasi. —
Toshkent. — 2009.
5.
Melikboboyevich,
S.
U.
(2024).
BOLALARNING
PSIXIK
RIVOJLANISHIGA O ‘YINCHOQLARNING TA’SIRI.
SAMARALI TA’LIM VA
BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI
,
2
(2), 172-179.
6.
MELIKBOBOYEVICH, S. U., QIZI, O. R. Z. S., & QIZI, Q. K. A. (2024).
INSONIY
MUOMALA
VA
MULOQOTNING
PSIXOLOGIK
VOSITALARI.
SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR
JURNALI
,
2
(2), 180-188.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
239
7.
Melikboboyevich, S. U. (2024). MEASURES TO PREVENT AGGRESSIVE
ATTITUDES BY THE TEACHER TO THE STUDENT FOR LATING TO THE
LESSONS.
SAMARALI
TA’LIM
VA
BARQAROR
INNOVATSIYALAR
JURNALI
,
2
(2), 127-134.
8.
Abdukarimovich, T. Y. L., Melikboboyevich, S. U., & Isokovich, U. F. (2024).
Xotira haqidagi qarashlar va xotirani rivojlantirish.
SAMARALI TA’LIM VA
BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI
,
2
(2), 109-117.
9.
Melikboboyevich, S. U., & Yusufaliyevna, H. S. (2024). EDUCATOR'S
SKILL IN ELIMINATING AGGRESSIVE SITUATIONS OF CHILDREN RAISED
IN PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION.
SAMARALI TA’LIM VA
BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI
,
1
(6), 611-616.
10.
Melikboboyevich, S. U. (2024). CHANGES IN STUDENTS'MENTAL
STATUS
DURING
MASTERING
THEORETICAL
AND
PRACTICAL
TRAINING (IN THE EXAMPLE OF AGGRESSION).
SAMARALI TA’LIM VA
BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI
,
2
(2), 142-148.
11.
Melikboboyevich, S. U. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR
FAOLIYATNING PSIXOLOGIK TAHLILI.
NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI
USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA'LIMNING INNOVATSION
YO'NALISHLARI
,
1
(2), 93-103.
12.
Melikboboyevich,
S.
U.
(2024).
MAKTABGACHA
YOSHDAGI
BOLALARDA O ‘YIN FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI. BOLA
HAYOTIDA O ‘YINNING AHAMIYATI.
NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI
USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA'LIMNING INNOVATSION
YO'NALISHLARI
,
1
(2), 85-92.