MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
218
BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI
RIVOJLANTIRISHDA, ILMIY YONDASHUVLARNING PEDAGOGIK VA
PSIXOLOGIK TAHLILI
Ko’chkinova Mahliyo Norbutayevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti
Tel: (99) 711-17-68
Baratova Mehriniso Nazirjonovna
Aliqulova Durdona Rustam Qizi
Amirova Sevara Abdurashid Qizi
“Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari
Elektron pochta manzili: baratova.m
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha tarbiya yoshidag bolalarda
mustaqil, faol matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid ilmiy yondashuvlar va
ularni pedagogik va psixologik tahlil qilishga oid fikr mulohazalar bayon etilgan.
Aннотация:
В данной статье описаны научные подходы к развитию
самостоятельных, активных математических представлений у детей
дошкольного возраста и даны комментарии к их педагогико-психологическому
анализу.
Annotation: This article describes scientific approaches to the development
of independent, active mathematical concepts in children of preschool age and
comments on their pedagogical and psychological analysis.
Kalit so’zlar: Matematik tushuncha, individual xususiyatlar, rivojlanish
sohalari, imkoniyat darajalari, o’zlashtirish, qonuniyat, faoliyat, harakat,
fikrlashning faolligi, mustaqillik, pedagogik imkoniyat, psixologik tahlil
Key words: Mathematical concept, individual characteristics, areas of
development, levels of opportunity, mastery, regularity, activity, movement, activity
of thinking, independence, pedagogical possibility, psychological analysis
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
219
Ключевые слова: Математическая концепция, индивидуальные
особенности, направления развития, уровни возможностей, мастерство,
закономерность,
активность,
движение,
активность
мышления,
самостоятельность, педагогическая возможность, психологический анализ
Bolalarga matematikadan ta'lim berish va maktabgacha ta'limdagi o'quv-
tarbiya jarayonini takomillashtirishning bosh maqsadlaridan biri bolalarda
matematik tushunchalarni rivojlantirish hisoblanadi. Bolalarda matematik
tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va
boshqa bir qator fundamental fanlarda o'rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni
o’rganish maqsadga muvofiq. Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan
holda dunyoni chuqurroq, to'laroq o'rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda
matematik tushunchalardan oldin mavjud bo'lgan g'oya katta ahamiyat kasb etadi.
1
Har bir yangilikdan oldin g'oya paydo bo'ladi, keyin shu yangilik haqida fikr
yuritiladi. Fikr o'z qarorini topishi uchun voqealarni taqqoslaydi, ko'rib chiqadi va
ularga asoslanib, kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga
va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni yechish
jarayoni o'zining mohiyati bo'yicha mustaqil fikrlash jarayoni bilan bevosita
bog’lanadi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha
shakllanadi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila
va maktabgacha ta'limdan boshlanadi.
Ruhshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish
muammosi murakkab va serqirralidir. O'zining mohiyati bo'yicha har bir fikr ijodiy,
past yoki yuqori darajaning mahsulidir. Har bir fikr - izlanish va yangilikni yaratish
hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakat natijasidir.
Adabiyotlar tahlillari shuni ko'rsatadiki, matematik tushunchalarni
rivojlantirish mahsulining yuqori darajadagi yangiligi, unga erishish jarayonining
1
Z.T.Nishonova,G.Kalimova,A.Gʻ.Turg‘unboyeva,M.X.Asranboyeva “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent
2017-yil 80-82 bet
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
220
o'ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli darajada ta'sir o’tkazishi bilan
ifodalanadi. Ayrim mualliflar bolaning turlicha fikrlari ularning oldida turgan yangi
muammolarni mustaqil yechishga, chuqur bilimlarni tez egallashga undaydi, deb
hisoblaydilar.
2
Bu borada S. L. Rubinshteynning birinchilardan bo'lib umumiy aqliy
rivojlanish bo’yicha qilgan izlanishlari e’tirofga loyiqdir. U ruhshunoslikdagi faoliyat
toifasini ruhiy izlanishning obyekti hamda maqsadi qilib kiritdi va asosladi. Faoliyat
nazariyasi asosida S.L. Rubinshteyn faoliyat tushunchasini subyektdan obyektga
ko’chishi deb kiritadi. U faoliyatning ikkinchi bosqichini obyektdan subyektga qarab
borgan aloqadan iborat deb biladi. Uning diqqat markazida, inson faoliyati jarayonida
faqatgina o'ziga xos bo'lgan shaxs sifatida o'zining xususiyatlarini namoyon etib
qolmay, balki undagi ruhiyatning shakllanishi obyekt bo'lib aniqlanadi, degan
mazmun turadi. ,,Faoliyat" ,,harakat" tushunchalarining fundamental psixologik
tushunchalari A. N. Leontev ishlarida ham yoritilganligini ko’rish mumkin.
Faoliyat — subyektning bir-biriga bog'langan realligining o'zaro ta'sir
ko'rsatishi deb bilgan A.N.Leontev, reallikning bola ongida aks ettirilishi — ,,ta'sir"
ning natijasi bo'lmay, o'zaro ta'sir, ya'ni bir-biriga duch kelgan jarayonlarning
hosilasidir, deb hisoblaydi.
A. N. Leontev va S.L. Rubinshteynning o'qitish amaliyotidagi xulosalariga
nazar tashlasak, matematik tushunchalarni shakllantirishda faoliyat shakllarining
ishlanmasi va ishlatilishi hamda ta'limdagi faoliyat tamoyillarining bir-biriga ketma-
ket o'tkazilishi eng foydali va natijali yo'nalish ekanligini bilishimiz mumkin.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish yo’lidagi izlanishlar ikki asosiy
yo'nalishda olib borilmoqda.
Birinchi yo'nalishda matematik tushunchalarning o'ziga xos xususiyatlari
bayon e’tiladi. Shu nuqtai nazardan muammolarni o'rganishga ko'p olimlarning
ishlari bag'ishlangan. Ularda bir necha g'oyalar aniq aks ettirilgan:
2
(Achilov O. M., Kochkinova M. N., Kamolova O. M. Q. THE IMPORTANCE OF ECONOMIC EDUCATION IN PRESCHOOL
CHILDREN //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2021. – Т. 2. – №. 06. – С. 137-140.)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
221
a) g'oyalardan biri — bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim
belgilar ularning har xil birikmalarini ajratib ko'rsatmoqda, ya'ni amaliy masalalarni
mustaqil ravishda tuzish, bajarish, ijodiy xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va
yashirin jarayonlarning funksional bog'lanishini tushungan holda bajarish va
boshqalar:
b)
tadqiqotlarning
ikkinchi
guruhi
matematik
tushunchalarni
shakllantirishning xususiyatlarini bilim boyligi va uni o'zlashtirish darajasi orqali
ochib berishni o'z ichiga oladi;
d) uchinchisi — matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini
tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yig'indisini: qo'shish, mulohaza
yuritmoq, mantiqiy bog'liqlikni aniqlash, ) masalalarni yechishda namoyon bo'lgan
umumiy qobiliyatlari bilan beelgilanadi.
Ikkinchi
yo'nalishdagi
izlanishlar
matematik
tushunchalarni
shakllantirishning mexanizmi, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish va tushuntirishga
asoslangan. Bunda matematik tushunchalarni shakllantirishni shaxs xususiyatlari
(kasbga bo'lgan qiziqish, shaxs uchun ijodiy fikrlashning ahamiyati, shaxsning
yoshiga xos bo'lgan xususiyatlar) bilan bog'lashga harakat qilingan. Agar bolada
masalani yechishdagi yangilikni, masalani qiziqarli yechish uslubini, doim qo'llab
kelgan standart uslublaridan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini,
muammoning asosiy mohiyatini anglash va uni yechish uchun turli usullarni izlash,
amaliy masalalarni yechish muammolaridan chiqish, oldindan aytib berish
qobiliyatlariga ega bo'lsa, matematik tushunchalar rivojlangan hisoblanadi.
L. S. Vigodskiy fikrlashning rivojlantirish muammosini o'rganib, dastlab
matematik tushunchalarni shakllantirish g’oyasini ilgari suradi. Bunda u bolalarda
matematik tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni topish
kerakligini aytadi. Bolaning tasavvuri rivojlanishi bilimlarni o'zlashtirish jarayonisiz
bo’lmaydi, faqatgina o'quv axborotlarining to'plami (bilim, bilish) fikrlashni
harakatlantiradi, bolalarning fikrini rivojlantiradi. O'z navbatida matematik
tasavvurning hosil bo'lishi bilim va bilishni o'zlashtirish yuqori darajada bo'lishida
dastlabki eng zaruriy shart hisoblanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
222
L. S. Vigodskiydan keyin psixolog va didaktlarning ko'pchiligi o'rgatish -
rivojlanish manbai, tarbiyachilarning bilimi va bilishi— ularning rivojlanishi uchun
muhim shartlardan biridir, deb hisoblaydilar. Bunda o'qitish jarayonida tasavvurni
uyg’otish muhimdir, ya'ni tarbiyachilarning egallagan matematik tushunchalarni
rivojlanish darajasini inobatga olish va ularni keyingi yengilroq maydonga
yo’naltirish kerak. Ushbu maydonni aniqlash uchun L. S. Vigodskiy ikki
ko'rsatkichdan foydalanishni tavsiya etadi:
1) bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi;
2) boladagi o'zlashtirilgan bilimlarni masalalarni mustaqil yechishda qo'llash,
tatbiq etish qobiliyati.
Olimning takliflarini amaliyotda qo'llaganda: a) bolalarga masalani
yechilishini ko'rsatib, xuddi shungao'xshash masalani o'zlariga yechish uchun beradi;
b) tarbiyachi boshlab qo'ygan masalani bolalar davom ettirishi tavsiya etadi; d)
murakkabroq masalalarni yechish topshirig’i beriladi; e) masalaning yechilish
usullarini tushuntiradi, yordamchi savollar beradi, muammolar qo'yadi, masalani
qismlarga bo'ladi va hokazo. Bundan tashqari, masalani yechish jarayonida tasavvur
hosil bo’lishi jarayonini aniqlash uchun tavsiya etilayotgan usullardan foydalanish
maqsadga muvofiq bo'ladi, deb hisoblaymiz.
Z.I. Kalmakovaning ishlarida ta'kidlanadiki, ,,yaqindan tushunchalarni
rivojlantirish maydonini o'rganishda, Vigodskiy aytganidek, masalaning faqatgina
kattalar yordamida yechilishi mumkin bo'lmay, balki bolaning maqsadiga erishish
uchun talab qilinayotgan yordamning me'yori ham muhim jihatdir.
3
Uning fikricha, bolada matematik tushunchalarni shakllantirishning eng
ishonchli ko'rsatkichi — uning ta'limiyligi, ya'ni bolaning bilimlarni o'zlashtirishining
umumiy qoidalarida, deb ta’kidlaydi. Ta'limiylikning asosi, uning asosiy tashkil
etuvchisi— ta'limiylikning boshqa parametrlarini yuqori darajada aniqlab beradigan
fiklash faoliyatining umumiyligidir. Masalaning bola uchun foydali yechilishi
V.G.Razumovskiyalar, Kalmakova va boshqalarning fikricha, bola shu masalani chin
ko'ngildan qabul qilishi lozim. Buning uchun ushbu bilimlarga qiziqishi talab etiladi.
3
Qodirova.F, Toshpolatovna. Sh, Kayumova. N, A’zamova. M – “Maktabgacha pedagigika” Toshkent- 2019
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
223
Ammo bu juda subyektiv va ma'lum miqdorda sun'iy holat, chunki bunday faoliyatni
har doim ham tabiiy deb tasavvur etib bo’lmaydi.
V. V. Davidov ushbu faoliyat o'quv masalalarini, ya'ni o'rganilayotgan
obyekt va holatlarning muhim tomonlarini aniqlashga, rivojlanish qonuniyati va
ularning rivojlanishini aniqlaydigan mohiyatini ochib beradigan jihatlarinio'rganish
jarayonida bo'ladi, deb hisoblaydi.Shaxs harakatlanmasdan maqsadni aniqlay
olmaydi. Boshqacha aytganda, maqsadlar tasvirlanmaydi, asossiz subyekt bo'la
olmaydi, ular obyektiv holatlarda berilgan. Ya'ni, maqsadni topish uchun
harakatlanish zarur. Faoliyatimiz, harakatimiz qanchalik har xil bo'lsa, maqsadni
aniqlash, oldindan ko'ra olish imkoniyati shuncha ko'proq bo'ladi.
4
Fikrlashning chuqurligi
matematik aniqligi va masalaning mohiyatiga kirib
borish qobiliyatida, asosiysini ikkinchi darajalidan ajrata bilishda ifodalanadi.
Elastikligi
faoliyatning bir usulidan ikkinchi usuliga osongina o'tish, faoliyat
usulini maqsadga muvofiq o'zgartira olish qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Fikrlashning faolligi
masalani yechishga qaratilgan tirishqoqlikning
doimiyligidir.
Fikrlashning tanqidiyligi
masalani yechish yo'li to'g'ri tanlanganligiga baho
bera olish qobiliyati, faoliyat usulining unumliligida, natijaning to'g'riligida,
faoliyatni doimo me'yorda saqlash qobiliyatida aks etadi.
Ratsional fikrlash
turli parametrlarga qo'yib faoliyat usullarini taqqoslash
qobiliyati, masalani yechishda kam vaqt sarflanadigan usullarini topa olishdan iborat.
Fikrlashning originalligi
qo'yilgan muammo yoki berilgan masalaning
ajoyib, boshqa usullardan farqli usul bilan yechishdir. Uni ko'pincha fikrlashning
teranligi va chuqurligi natijasida ko’rish mumkin.
Fikrlashning mustaqflligi
masalaning yechish usulini mustaqil, yordamsiz
topa olishida, faoliyatning oraliq hamda oxirgi natijalarini ko'ra bilishda, fikr-
mulohazalarining mustaqil, erkinligiga asoslanadi.
4
(Ko’chkinova Makhliyo Norbutayevna, & Ravshanov Muhammad G‘afur o‘g‘li. (2021). THE ROLE OF INCLUSIVE
EDUCATION IN THE LIVES OF CHILDREN WITH DISABILITIES. European Scholar Journal, 2(6), 193-194. Retrieved from
https://scholarzest.com/index.php/esj/articl)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
224
Matematik tushunchalarni qaror topishida intuitsiya tushunchasi muhim
ahamiyatga ega. Bu yerda intuitsiya birdan hayolga kelgan fikr, muvaffaqiyatli
g'oyadek ko’rinadi. Yechish g'oyasi faraz, tahlil qilish, gipoteza shaklida paydo
bo'lishiga qaramay, oldin shakllangan bilimlar, faoliyat uslublari (bilish va ko'nikish)
masalada qo'yilgan shartlar, xususiyatlar asosidagi yangi bog'lanishlarning muhimligi
yechim asosini tashkil qiladi.
Matematik tushunchalarni shakllantirishda I.Ya.Lerner va M.N. Skatkin
ishlab chiqqan uslublar turkumlariga tayaniladi. Ushbu turkumlashda uslublar
quyidagilarga bo'linadi:
1) tasvirli tushuntirish yoki axborot uslubi; 2) reproduktiv (yodda saqlash,
eslash) uslubi; 3) muammoli ifodalash uslubi; 4) qisman izlanish uslubi; 5) izlanish
uslubi.
Tasvirli tushuntirish uslubiga tayyor bilimlar va faoliyat uslublarini eslash
(yodda saqlash), muammoli ifodalash uslubi esa matematik va aniq bilimlarni yodda
saqlashni o'zida ifoda etadi.
Qisman izlanish uslubida fikrlash va yodda saqlash elementlari birgalikda
keladi.
Izlanish uslubi esa ijodiy faoliyatni taxmin qiladi.
Ushbu uslublar bilimlarni o'zlashtirish, bilim va ko'nikmalarni shakllanishi
uchun zamin bo’ladi, tarbiyachilarda ijodiy faoliyat tajribasini egallashga imkon
yaratadi, ularda emotsional (his, tuyg'u) madaniyatini tarbiyalashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha ta'lim muassasasining
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida "gi PQ528-sonli qarori.
2.
Z.T.Nishonova,G.Kalimova,A.Gʻ.Turg‘unboyeva,M.X.Asranboyeva “Bolalar
psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent 2017-yil 80-82 bet
3.
Jalilova S.X. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” «Faylasuflar»
nashriyoti Toshkent – 2017 138-167 bet
4.
Qodirova.F, Toshpolatovna. Sh, Kayumova. N, A’zamova. M – “Maktabgacha
pedagigika” Toshkent- 2019
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
225
5.
A
tayeva. N, Salayeva.M, Hasanov. S – “Umumiy Pedagogika”- Toshkent -2013
6.
K
o‘chkinova M. N., qizi Rahmonova D. I., qizi Rahmonova M. S. BO ‘LAJAK
O‘QITUVCHI KASBIY TAYYORGARLIGIGA DOIR ETIKET QOIDALARINI
TARKIB TOPTIRISHDA MULOQOTNING O ‘RNI //Educational Research in
Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 778-783
7.
A
tamurodova Q. G. Factors and means of individual spiritual development
//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т.
11. – №. 6. – С. 771-774
8.
Achilov, O. M., Kochkinova, M. N., & Kamolova, O. M. Q. (2021). THE
IMPORTANCE OF ECONOMIC EDUCATION IN PRESCHOOL CHILDREN.
CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(06), 137-140
9.
Achilov O. M., Kochkinova M. N., Kamolova O. M. Q. THE IMPORTANCE
OF ECONOMIC EDUCATION IN PRESCHOOL CHILDREN //CURRENT
RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2021. – Т. 2. – №. 06. – С. 137-140
10.
Ismatov S. et al. O’QUVCHI YOSHLAR TARBIYASIDA DINIY
EKSTRIMIZM VA TERRORIZM TAHDIDI VA ULARNI BARTARAF
ETISHNING MAVJUD SHAROITLARI //PEDAGOG. – 2023. – Т. 6. – №. 2. – С.
443-447
11.
Ismatov S. et al. O’QUVCHI YOSHLAR TARBIYASIDA DINIY
EKSTRIMIZM VA TERRORIZM TAHDIDI VA ULARNI BARTARAF
ETISHNING MAVJUD SHAROITLARI //PEDAGOG. – 2023. – Т. 6. – №. 2. – С.
443-447
12.
Ko‘chkinova
M.
KASBIY
ETIKET
QOIDALARINING
TAKOMILLASHUVIDA PEDAGOGIK MAHORAT VA O ‘QITUVCHI
KOMPETENSIYALARINING AHAMIYATI //" Science Shine" International
scientific journal. – 2024. – Т. 16. – №. 1
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
226
13.
Ko‘charova D., Ko‘chkinova M. XURSHID DO ‘STMUHAMMAD
NASRIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR //Journal of Integrated Education and
Research. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 703-707
14.
Ko‘charova D., Ko‘chkinova M. ABDULLA QODIRIYNING OBRAZ
YARATISH MAHORATI //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. –
Т. 1. – №. 4. – С. 714-716
15.
Ko’chkinova Makhliyo Norbutayevna, & Ravshanov Muhammad G‘afur
o‘g‘li. (2021). THE ROLE OF INCLUSIVE EDUCATION IN THE LIVES OF
CHILDREN WITH DISABILITIES. European Scholar Journal, 2(6), 193-194.
Retrieved from https://scholarzest.com/index.php/esj/articl.
16.
F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, M.A'zamova “Maktabgacha pedagogika - T.:
Ma'naviyat 2019 y.
17.
Kayumova N. “Maktabgacha pedagogika”. TDPU nashriyoti T:. 2013 y. 14b
18.
Qayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” TDPU nashriyoti -T.: 2017 y.