MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
30
PATOLOGIK HOLATDA QON TOMIRLARDA TROMB HOSIL
BO’LISHI
O’skanboyeva Sevinch Rustam qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti tibbiyot fakulteti talabasi
Sharapova Nozima Erkinjonovna
Fundamental fanlar kafedrasi assistenti
Osiyo Xalqaro Universiteti, Buxoro, O’zbekiston
Anotatsiya: Turli kasalliklarda ya’ni patologik holatlarda tromblarning
shakllanishi tromblangan tomir hududida o’tkir qon aylanishining buzilishi ya’ni:
Arterialarda hosil bo’lgan tromblar-Ishemiyaga olib keladi va Venalarda hosil
bo’lgan tromblar- Qonning turg’inligi natijasida og’ir oqibatlarni yuzaga keltiradi.
Agar yakuniy-Kollateral bosqichga yetib kelmagan bo’lsa, ya’ni trombozlangan
tomir havzasida Nekroz- ya’ni to’liqroq qilib aytganda: Ma’lum bir to’qima
hujayralarining o’lishiga nekroz deyilib, Infarkt rivojlanishiga sabab bo’lishi
mumkin.Infarkt bu- (lotinchadan olingan bo’lib: infarcire “to’lish, tiqilish” degan
ma’nolarni beradi) ta’sirlangan hududga yetarli darajada qon ta’minlanmagani
boisdan to’qimalarning o’lishi ya’ni nekrozga uchrashi sanaladi. Miokard infarkti
rivojlanishida Koronar arteriyalar trombozining o’rni katta hisoblanadi. Arterial
tromboz: Ateroskleroz bu- qon tomirlarning siqilishi natijasida qon oqish tizimining
buzilishi. Endarterit yoxud- Obliteratsiyalovchi endarterit- Vinivarter kasalligi bu-
oyoq arteriyalarining yalig’lanishi bilan kechadigan surunkali kasalik hisoblanadi.
Bu kasallikda tomirlar asta- sekin torayib, bora- bora butunlay bekilib qoladi.
Natijada oyoqning qon bilan ta’minlanishi izdan chiqadi. Bu kasallik kelib chiqishiga
sabab bo’luvchi omillar quyidagilar kiradi: Oyoqni sovuq urishi, lat yeyishi, miya
shikastlanishi, chekish, turli infektsiyali va boshqa kasalliklar sabab bo’ladi. Odatda
20-40 yoshdagi erkaklarda ko’p uchraydi. Obliteratsiyalovchi endarteritda oyoq tez
toliqadi, tomir tortishadi, keyinchalik oqsaydigan bo’lib qoladi, et uvishishi,
paresteziyalar, qattiq og’riq kabi simptomlar kuzatiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
31
Qandli diabet bu- qand kasallilgi ham deb atalib, organizmda Insulin
tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik
hisoblanadi. Obliterans yoxud- Bronxiolitis obliterans (BO), Obliterativ bronxiolit,
Konstriktiv bronxiolit va Popkorn o’pkasi sifatida ham tanilgan ushbu kasallik-
yalig’lanish tufayli o’pkaning eng kichik havo yo’llarining (bronxiolalari) ning tiqilib
qolishiga olib keladigan kasallikdir. Simptomlariga kiradi: quruq yo’tal, nafas
qisilishi, xirillash va charchoq kabi alomatlar kiradi. Bu alomatlar odatda haftalar
va oylar davomida kuchayib boradi. Bu Kiriptogenik tashkilliy pnevmoniya bilan
aloqador emas. Ilgari bronxiolit obliterans Kriptogenik tashkil etuvchi pnevmoniya
sifatida qayd etilgan. Shu kabi kasalliklar Arterial trombozga misol bo’ladi va bu
kasalliklar natijasida oyoq- qo’l gangrenasining keyingi bosqichi rivojlanishi va
trofik buzilishlarga olob kelishi mumkin. Bu kabi holatlar patologik holatlarda tromb
hosil bo’ lishining salbiy oqibatlariga misol bo’ ladi.
Tromboz juda keng tarqalgan va butun dunyo bo’ylab har 4 o’limdan 1 ta
o’limning asosiy sababchisi hisoblanadi. Buning sababi tromboz yurak xuruji, insult
yoki o’pka embolyasi (tiqini) kabi xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
Kalit so’zlar: Tromboz, embolla, ishemiya, miokard infarkti, nekroz,
kollateral, trombolitik terapiya, tromboektomiya, obliterans, ateroskleroz, qandli
diabet, endarterit, kriptogenik tashkilliy pnevmoniya, vinivarter kasaligi.
Kirish: Tromboz bu: yurak –qon tomir kasalliklarining asosiy asoratlari
bo’lib, miokard infarkti, o’tkir ishemik insult yoki venoz trombo-emboliyaga olib
keladi. Tromboz- qon tomirlarning ichki qoplami (endoteliy) shikastlanganda yoki
qon oqimini sekinlashtirganda sodir bo’ladi. Tromboz qon- tomirlar ichida qon
oqimini buzadigan Tromb hosil bo’lganda paydo bo’ladi. Tromb bu-qonning
koagulyatsiyasi odatda qon ketishini to’xtatish uchun zarur, ammo qon aylanish
tizimidagi qon ivishi Anormal hisoblanadi. Oqayotgan qon elementlaridan hosil
bo’lgan gemostatik tiqinga TROMB deyiladi. Tomir yoki yurak bo’shlig’ida ivib
qolgan qon hisoblanadi, yana tomir devorida tinish bo’lsa, REPARATIV jarayon
sifatida tromb paydo bo’lishi mumkin. Odatda qonning ivishi tabiiy jarayon bo’lib,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
32
to’qimalar shikastlanganda teri yoki organlar tezroq bitishi uchun kerak bo’ladi.
Ammo ba’zida keraksiz paytda ham tomirlarda qon quyqalari paydo bo’lishi ham
tromb hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Agar juda kuchli reaktsiya qon oqimiga
to’sqinlik qiladigan darajada katta trombni keltirib chiqaradigan bo’lsa, bu- Patologik
holatga olib keladi. Bunday holat asosan o’rta yoshli va katta yoshli odamlarda ko’p
uchraydi va jiddiy kasalliklarga sabab bo’ladi.
NEW ENGLAND JOURNAL of MEDICINE jurnalida e’lon qilingan
tadqiqot natijalariga ko’ra, o’pka arteriyasidagi emboliya asosan Yoshi kattalar va
qariyalarda ko’p kuzatilgan. Shifoxonaga hushidan ketish sababli olib kelingan
insonlarning 17 % qismiga emboliya tashxisi qo’yilgan.
Tromb hosil bo’lishi jarayoni ikki fazaga bo’linadi: Hujayra va Plazma .
HUJAYRA- fazasining mohiyati shundan iboratki: Bu fazada trombotsitlarning
yopishishi, agregatsiyasi- (lotinchadan olingan bo’lib “birlashtirish, birikma” degan
ma’noni beradi) va agglyutinatsiyasi- (lotinchadan olingan bo’lib, agglutina-tio “
yopishish”degan ma’noni beradi) kuzatiladi.
PLAZMA fazasi- qon ivish bosqichi hisoblanadi. Qon ivishining ketma-ket
biokimyoviy reaktsiyalari zanjiri bo’lib, uning yakuniy natijasi qon ivishining muhim
tarkibiy qismi bo’lgan Fibrin hosil bo’lishi sanaladi.
Organizmda tromb borligi doim ham tashqi tomondan namoyon
bo’lavermaydi. Biroq bir nechta alomatlari borki ular tromb shakllana boshlaganidan
va borligidan darak beradi.
Organizmda tromb mavjudligining 10 ta belgisi:
Qo’l va oyoqlarda og’riq
Oyoqlarni bukkanda, yurganda spazmga o’xshash og’riqlarni paydo bo’lishi,
og’riqli qismda terining issiq turishi va rangining oqarishi tromb hosil bo’lgandan
darak berishi mumkin.
Oyoq yoki qo’llardagi shish Qon quyqalari oyoq- qo’llardagi qon oqimini
to’sib qo’yishi va shishishni keltirib chiqarishi mumkin.
Terining ko’karishi. Oyoqlarda tromb hosil bo’lsa, uning boldir qismida shish
va ko’karish paydo bo’ladi, tegib ko’rganda og’riydi. Terining qizarishi. Tananing
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
33
biror qismida shish bilan birga qizarish va issiqlik kuzatilsa ham, tromb borligidan
darak berishi mumkin.
Sababsiz yo’tal. O’z-o’zidan quruq yo’talning paydo bo’lishi, nafas olishning
tezlashishi, kislorod yetishmasligi va yurak urishining tezlashishi ham tromb
alomatlaridan biri bo’lishi mumkin.
Ko’krak qafasida to’satdan og’riq paydo bo’lishi. Yurakda birdan kuchli
og’riq paydo bo’lishi yurak xurujiga o’xshab ketadi. Ba’zida esa bu o’pka
arteriyasining tromboemboliyasi ham bo’lishi mumkin. Og’riq yurakda, chap qo’lda,
yelka va uning orqa qismida va hatto bo’yin bilan jag’da ham kuzatiladi. Yurak
urishining tezlashishi. Tanaga kislorod yetishmaganda yurak tezroq uradi va bemor
o’z- o’zidan chuqur nafas ola boshlaydi.
Nafas qisilishi. O’pkada hosil bo’lgan qon quyqasi unga kislorod yetib
bormasligiga sabab bo’ladi va bemorda bo’g’ilishga o’xshash holatlar kuzatiladi.
Zinapoyadan chiqishda juda qiynaladigan va havo yetishmay qoladigan insonlarda
tromb mavjud bo’lish ehtimoli yuqori. Kam harakatlilik va zaiflik. Inson kam
harakatda bo’lganda uning qon tomirlarida oqayotgan qon sekinlashadi va qon yaxshi
aylanmasligi sababdan ham tromb hosil bo’ladi. 1 Bosh aylanishi. Bosh miya, qon
tomirlaridagi kislorod miqdoriga o’ta ta’sirchan bo’ladi. Tromb tufayli, yuzaga
keladigan bosh aylanishiga, qonda kislorod yetishmagani va o’pkada hosil bo’lgan
kimyoviy moddalar sabab bo’ladi.
Tromboz ikki turga bo’linadi: Arterial va Venoz trombozga:
ARTERIAL tromboz: Bu arteriyada qon laxtasi paydo bo’lganda namoyon
bo’ladi. Arteriyalar qonni yurakdan olib, tananing barcha qismlariga yetkazib beradi.
Arterial tromboz yurak xuruji va qon tomirlarining eng keng tarqalgan sababidir.
VENOZ tromboz: Bu venada qon laxtasi paydo bo’lganda namoyon bo’ladi.
Venalar qonni tanadan yig’ib, yurakka yetkazib beradi. Venoz tromboz o’pka
emboliyasining eng keng tarqalgan sababidir.
Asosiy qism: Qonning erkin oqishiga yoki normal ivishiga xalaqit beradi.
Tromboz xavfini oshiruvchi bir qancha xavf omillari mavjud bo’lib, ularga
quyidagilar kiradi: Ateroskleroz, qon ivishining buzilishi, saraton, qandli diabet,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
34
kimyo terapiya, arterial fibrilatsiya, 60 yoshdasn oshganda, semirish, tamaki
iste’moli, yurak yetishmovchiligi, yurak qopqog’i kasalligi, yalig’lanish yoki imun
tizimi kasalliklari kabi bir qancha xavf omillarini o’z ichiga oladi. Tromboz xavfini
oldini olish bo’yicha bir qancha chora tadbirlar mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:
Ko’proq harakat qilish: Uzoq vaqt davomida o’tirish tromboz xavfini oshiradi.
Agar bemor og’ir bo’lsa uni turli xil mashqlar qildirib qon aylanishini yaxshilash
lozim. Aks holda bemor yoki umuman sog’lom odamda ham kam harakatlilik
oqibatida tromboz kelib chiqish ehtimolligi kuchayadi.
Tamaki iste’mol qilishni to’xtatish: Chekish va tamaki iste’mol qilishning
boshqa shakllari (masalan:vaping va tutunsiz tamaki) tromboz xavfini sezilarli
darajada oshiradi. Chekish oqibatida odam organizmidagi qon tomirlar yarim soatga
(30 minutga) torayadi. Natijada ateroskelerozni keltirib chiqaradi. Ateroskleroz bu-
qon tomirlar torayishi hisoblanadi. Qon tomirlar toraygandan so’ng, qon oqish tizimi
buzilib, qon aylanish sekinlashadi va bular natijasida tromboz yuzaga chiqish xavfi
63% ga kuchayadi.
Qonni suyultiruvchi dorilar iste’moli: Bu dorilar odam organizmidagi qon
juda oson ivishini va trombni batamom yoʻq qilmasada, tromb hosil boʻlishini oldini
oladi. Shifokorlar trombozning oldini olish va davolash uchun har xil qonni
suyultiruvchi doti turlaridan foylanadilar. Odam organizmida xolesterin darajasining
koʻpligi arteriyalar devorida qon laxtalari toʻplanishiga taʼsir qiladi va qon laxtalari
tromboz xavfini oshiradi. Vaqt oʻtishi bilan odam yoshi oʻtgan sayin stresslarga moyil
boʻlib qoladi . Ortiqcha stresslar qon bosimini oshiradi va natijada yuqori qon
bosimida yuradigan organizmning qon tomirlarida qon laxtalari hosil boʻlishi
osonlashadi. Soʻngra tromboz xavfi yanada oshadi. Tramboektomiya bu-qon
quyqasini toʻgʻridan -toʻgʻri olib tashlash hisoblanadi. Jarrohlar trombni olib
tashlashda oddiy va minimal invaziya usullaridan foydalanishadilar. 8- Trombolitik
terapiya bu- qon quyqalqrini erituvchi dori vositalari bilan davolash terapiyasi boʻlib,
bunda yurak xurujlari, qon tomirlar va boshqa tromboz asoratlari uchun shoshilinch
davolash chora tadbiri boʻlib xizmat qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
35
Хulosa:Trombozning oldini olish tizimli va bir necha usullar bilan amalga
oshirilishi kerak. Avvalo, oilaning moyilligini aniqlash va ota yoki onaning
tomondan har qanday trombozga olib keladigan kasalliklar bo'lsa, trombofiliya
uchun biokimyoviy va molekulyar genetik qon testini o'tkazish muhimdir. Keyingisi,
trombozga olib keladigan xavf omillarini bartaraf qilish kerak. Bularga quyidagilar
kiradi: ortiqcha tana vazni, uzoq muddatli chekish, oyoq tomirlari kasalligi, buzilgan
yog 'almashinuvi va yuqori xolesterin, uzoq vaqt o'tirish yoki tik turish va ish faoliyati
davomida tez-tez gipotermiya va boshqalar.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Nozima, S. (2023). CLINICAL AND PATHOGENETIC ASPECTS OF THE
COURSE AND TREATMENT OF HYPERTENSION. EUROPEAN JOURNAL OF
MODERN MEDICINE AND PRACTICE, 3(11), 25-29.
2.
Erkinjonovna, S. N. (2024). THE RELATIONSHIP BETWEEN FOOD AND
BLOOD PRESSURE. EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND
PRACTICE, 4(4), 191-197.
3.
Sharapova, N. (2023). ARTERIAL GIPERTENZIYA VA SEMIZLIK
KASALLIKLARINING O’ZARO BOG’LIQLIK SABABLARI VA METABOLIK
SINDROMLAR. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(11
Part 2), 174-179.
4.
Шарапова, Н. (2023). КЕКСА ВА ҚАРИ ЁШЛИ АЁЛЛАРДА БЕЛ
АЙЛАНАСИНИНГ ЖИСМОНИЙ ФАОЛЛИК БИЛАН БОҒЛИҚЛИГИ
ҚИЁСИЙ ТАҲЛИЛИ. Центральноазиатский журнал образования и инноваций,
2(12 Part 2), 127-133.
5.
Erkinjonovna, S. N. (2023). DIABETES MELLITUS IN PREGNANT
WOMEN. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 110-
116.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
36
6.
Erkinjonovna, S. N. (2024). CHARACTERISTICS OF DENTAL
PROSTHESES WEARING IN PATIENTS WITH TYPE 2 DIABETES
ACCORDING TO KIDNEY IMPAIRMENT. PEDAGOG, 7(1), 84-88.
7.
Erkinjonovna, S. N. (2024). THE BEST WAYS TO CONTROL HIGH
BLOOD PRESSURE WITHOUT MEDICATION. Journal of new century
innovations, 47(2), 175-183
8.
Tokhirovna, E. G. (2024). COEXISTENCE OF CARDIOVASCULAR
DISEASES IN PATIENTS WITH TYPE 2 DIABETES. TADQIQOTLAR. UZ,
40(3), 55-62
9.
Эргашева, Г. Т. (2024). ОЦЕНКА КЛИНИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ
ОРЛИСТАТА
У
БОЛЬНЫХ
ОЖИРЕНИЕМ
И
АРТЕРИАЛЬНОЙ
ГИПЕРТЕНЗИЕЙ. Modern education and development, 16(7), 92-105
10.
Эргашева, Г. Т. (2024). Эффект Применения Бигуанида При Сахарным
Диабетом 2 Типа И Covid-19. Research Journal of Trauma and Disability Studies,
3(3), 55-61.
11.
Toxirovna, E. G. (2024). QANDLI DIABET 2 TUR VA YURAK QON
TOMIR KASALLIKLARINING BEMOLARDA BIRGALIKDA KECHISHI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 38(7), 202-
209.
12.
Toxirovna, E. G. (2024). QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARIDAN
HASHIMOTO TIREODIT KASALLIGINING MORFOFUNKSIONAL O’ZIGA
XOSLIGI. Modern education and development, 16(7), 120-135.
13.
Toxirovna, E. G. (2024). REVMATOID ARTRIT: BO’G'IMLAR
YALLIG'LANISHINING SABABLARI, KLINIK BELGILARI, OQIBATLARI VA
ZAMONAVIY DAVOLASH YONDASHUVLARI. Modern education and
development, 16(7), 136-148.
14.
Эргашева, Г. Т. (2024). ОЦЕНКА КЛИНИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ
ОРЛИСТАТА
У
БОЛЬНЫХ
ОЖИРЕНИЕМ
И
АРТЕРИАЛЬНОЙ
ГИПЕРТЕНЗИЕЙ. Modern education and development, 16(7), 92-105.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
37
15.
Ergasheva, G. T. (2024). THE SPECIFICITY OFAUTOIMMUNE
THYROIDITIS IN PREGNANCY. European Journal of Modern Medicine and
Practice, 4(11), 448-453.
16.
Эргашева, Г. Т. (2024). ИССЛЕДОВАНИЕ ФУНКЦИИ ЩИТОВИДНОЙ
ЖЕЛЕЗЫ ПРИ ТИРЕОИДИТЕ ХАШИМОТО. Modern education and
development, 16(7), 106-119.
17.
Toxirovna, E. G. (2024). GIPOFIZ ADENOMASINI NAZORAT QILISHDA
KONSERVATIV JARROHLIK VA RADIATSIYA TERAPIYASINING UZOQ
MUDDATLI SAMARADORLIGI. Modern education and development, 16(7), 79-
91.
18.
ERGASHEVA, G. T. (2024). OBESITY AND OVARIAN INSUFFICIENCY.
Valeology: International Journal of Medical Anthropology and Bioethics, 2(09), 106-
111.
19.
Ergasheva, G. T. (2024). Modern Methods in the Diagnosis of Autoimmune
Thyroiditis. American Journal of Bioscience and Clinical Integrity, 1(10), 43-50.
20.