Vol. 20 No. 2 (2025)

Vol. 20 No. 2 (2025)
Published: 27-05-2025

Articles

3-9 32 5

ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARIDA SUITSIDIAL XULQ-ATVOR SHAKLLANISHINING OLDINI OLISH PROFILAKTIKASI

Bahronov Fahriddin Bahodirovich

Ushbu Maqolada ichki ishlar organlari xodimlarida suitsidial xulq-atvorning shakllanishining oldini olish profilaktikasiga bag‘ishlangan. Suitsid - bu insonning hayotiga o‘z ixtiyori bilan yakun yasashidir va bu jarayon ko‘plab omillar bilan bog‘liq. Ichki ishlar organlari xodimlari har kuni kuchli stress va psixologik bosim ostida ishlaydi, bu esa ularning ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Mavzuni o‘rganish uchun psixologik, sotsiologik va meditsina tadqiqotlaridan foydalanildi. Ushbu maqolada ichki ishlar xodimlarining ruhiy salomatligini ta'minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar ko‘rib chiqiladi.

134-136 33 7

OʻZBEKISTONDA OILAVIY BOLALAR UYINING TASHKIL ETILISHI

Nigʻmatova Muhlisa

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda oilaviy bolalar uyining tashkil etilishi, uning asosiy maqsadlari, jamiyat uchun ahamiyati va bolalar tarbiyasidagi roli yoritiladi. Oilaviy bolalar uylari an’anaviy yetimxonalar o‘rniga muqobil model sifatida ko‘rilib, bolalarga tabiiy oilaviy muhitni ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, tizimdagi mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi.

332-337 30 6

IQTISODIYOTNING RAQAMLASHUVI SHAROITIDA TIJORAT BANKLARINING KREDITLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH

Tangriyev Abdurahmon Furqat o‘g‘li

Maqolada Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish. Rivojlanayotgan texnologiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan banklar yangi biznes bo‘shliqlarini aniqlash, moslashtirilgan xizmatlarni ishlab chiqish, innovatsion strategiyalarni amalga oshirish, yangi bozor imkoniyatlarini o‘rganish va foydani oshirish ustida ishlamoqda. Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida tijorat banklarining kreditlash sohasidagi olimlarning muhim, bizning fikrimizcha, banklar nuqtai nazaridan ham, mijozlar nuqtai nazaridan ham O‘zbekiston me’yoriy-huquqiy bazasining raqamli iqtisodiyotni tartibga soluvchi va uning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan elementlari taqdim etilgan, shuningdek, raqamlashtirishning asosiy afzalliklari va kamchiliklari.

338-339 24 17

TEACHING PHARMACOLOGY BASICS IN NURSING PRACTICE

Ergashova Dilnavoz Samandar kizi

Teaching the basics of pharmacology in nursing education is essential for preparing competent healthcare professionals. This article discusses effective methodologies, challenges, and strategies for integrating pharmacology into the nursing curriculum. Emphasis is placed on active learning techniques, clinical case studies, and technology-enhanced instruction. The significance of evidence-based practice and continuous professional development is also highlighted.

340-343 20 9

THE INTERRELATIONSHIP BETWEEN ANATOMY AND PHYSIOLOGY: FOUNDATIONS FOR UNDERSTANDING THE HUMAN BODY

QURBONOV RASULBOY RAJABBOYEVICH

Anatomy and physiology are two closely related fields that provide a comprehensive understanding of the human body. Anatomy focuses on the structures of body parts, while physiology examines their functions. Understanding their interconnection is crucial for medical education, clinical practice, and research.

344-347 19 16

ТАСВИРИЙ САНЪАТДА «ҚОРАЛАМА»НИНГ МОҲИЯТИ

Мурод Асрарходжаевич Азлярходжаев

Мақолада тасвирий саньатда “Қоралама”(Набросок)нинг мохияти, рассом учун мухим жараён эканлиги ёритилган. Рассом ҳар доим қоғоз ва қалам билан тезкор хомаки чизгилар чиза олиши қадимдан бизгача етиб келган мухим амалий машғулот саналади. Ушбу мақолада қоралама ҳақида илмий таҳлиллар ва рассом-талабалар фаолиятидаги махоратни оширишга қаратилган ушбу жараённинг тасвирий саньатдаги ахамияти тўғрисида фикрлар ёритилган.


The article explores the essence of "sketching" in visual arts and its significance as a crucial process for artists. The ability of an artist to quickly create preliminary drawings with paper and pencil has been an essential practical exercise passed down through generations. This article presents a scientific analysis of sketching and discusses its importance in enhancing the skills of art students, emphasizing its role in visual arts.

121-125 47 9

GIYOHVANDLIK DEVIANT XULQ SHAKLI SIFATIDA

Kenjayeva Shaxzoda

Mazkur maqola giyohvandlikni deviant xulq shakli sifatida o‘rganishga bag‘ishlangan. Giyohvandlik, ijtimoiy me'yorlardan chetlashgan xulq-atvorni ifodalovchi deviantlikning bir ko‘rinishi sifatida, nafaqat shaxsning salomatligi, balki jamiyatning xavfsizligi va barqarorligiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Maqolada giyohvandlikning ijtimoiy, psixologik va qonuniy jihatlari, uning deviant xulq shakli sifatidagi roli, shuningdek, unga qarshi kurashishning muhim usullari tahlil qilinadi. Giyohvandlikka qarshi samarali kurash, jamiyatda sog‘lom va xavfsiz ijtimoiy muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.

126-130 42 10

ОПТИМИЗАЦИЯ ПОСЛЕОПЕРАЦИОННОГО ОБЕЗБОЛИВАНИЯ У ПАЦИЕНТОВ ПОСЛЕ ПРОТЕЗИРОВАНИЯ МИТРАЛЬНОГО КЛАПАНА В РАННЕМ ПОСЛЕОПЕРАЦИОННОМ ПЕРИОДЕ

Абдувохидов А.Б, Юсупов Ж.Т

Протезирование митрального клапана – это хирургическая процедура, направленная на замену поражённого митрального клапана искусственным или биологическим протезом. Операция проводится при выраженной митральной недостаточности или стенозе, когда консервативное лечение становится неэффективным.

131-133 42 9

TAʼLIM MUASSASASI VA OILADA BERILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT

Yunusov Shohruh

Ushbu maqolada ta’lim muassasasi va oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mohiyati, vazifalari va ahamiyati keng tahlil qilingan. Oila va ta’lim muassasasi jamiyatning eng muhim ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, ular farzandning ma’naviy, axloqiy, aqliy va jismoniy rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

226-231 22 11

BOLANING SATSIUMDA RIVOJLANISHI

Berdiyeva Maftuna

Bolaning sotsial rivojlanishi uning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatini shakllantirish va jamiyatga moslashish jarayonini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada bolaning sotsial rivojlanish bosqichlari, unga ta’sir etuvchi omillar va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash usullari tahlil qilinadi. Oilaviy tarbiya, ta’lim muassasalari, madaniy muhit va texnologiyalarning bola ijtimoiy hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, bolalar bilan samarali muloqot qilish va ularning jamiyatga moslashuvini yengillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

137-139 22 7

VASIYLIK VA HOMIYLIK ORGANLARI SOHASIDAGI MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH

Sabirova Barnoxon

Mazkur maqolada vasiylik va homiylik institutlarining huquqiy, ijtimoiy va psixologik jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Vasiy va homiylik munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik, uning amalga oshirish mexanizmlari va jamiyatdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ushbu institutlarning yetim bolalar, qariyalar va nogironlar hayotidagi roli va dolzarbligi tahlil qilinadi.

140-147 33 17

MAHALLA-IJTIMOIY O’Z-O’ZINI BOSHQARISH ORGANI

Rahmatullayeva Barno

Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Koʻpchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u yerda faqat Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuziladi. Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yigʻilishlar, kengashlar, qoʻmitalar va shahri k.), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari (mahalliy maʼmuriyat), yigʻinlari va boshqalar Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni amalga oshiradi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tuzilishini aholi oʻzi mustaqil belgilaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonun asosida ayrim davlat va-kolatlari berilishi mumkin, bu vakolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarsa fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari hisoblanadi.

148-152 33 20

O’ZBEKISTON HAMDA CHET ELDA VASIYLIK HAMDA HOMIYLIK

Mamatkulova Ro’zaxon

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo’lgan qarovsiz qolgan bollararga vasiylik qilish va qaramog‘iga olish uning shartlari va huquqiy hujjatlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga asosan vasiylik yoki homiylik ota-ona vafot еtganda, ota-ona tarbiyalashga layoqatsiz deb topilganda, ota-onalik huquqi rad etilganda, ota-onalik huquqi cheklanganda, ular kasal bo’lganda, ota-ona uzoq muddat bo’lmaganda, ota-ona bolalarni huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo’yin tortganda, ota-ona tarbiyalash, bolalar ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan va boshqa hollarda, shuningdek, voyaga yetgan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ularni ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish maqsadida, ularning shaxsiy va mulkiy huquqlari va ularning manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Qaramog’ini yo’qotgan bollarga vasiylik va homiylik organi himoyasiga tushgan vaqtida, bolada ruhiy zo’riqish holatida yashayotgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham bolalarga yordam ko’rsatish bo’yicha barcha harakatlar yaxshi rejalashtirilgan va uyg’unlashtirilgan bo’lishi juda muhim. Har bir bola individual tarixga, hech bir  bolaning ijtimoiy vaziyati boshqa bir bolaning ijtimoiy vaziyatini qayta takrorlamaydi. Shuning uchun ham har bir bolaning muammolariga alohida yondoshish zarur hisoblanadi. Balki bola: - yolg’iz qolishni; - siz bilan yakka suhbatlashishni; - yana kim bilandir suhbatlashishni; - tutingan ota-onaning farzandlari bilan suhbatlashishni istashi mumkindir. Ko’p hollarda bolalar o’zini qo’pol va jahldor tutishi yoki aksincha barcha talab va bergan savollaringizga javob qaytarmasdan turishi yoki xatto ovqatda ham bosh tortishi mumkinBolaning dastlabki kunlardagi xulqi atvori qanday bo’lishidan qatiy nazar, uni o’z holiga qo’ying, va uni yonida bo’ling. Diqqatli, ziyrak va e’tiborli bo’ling, har qanday vaziyatda ham yordamga tayyor turing. shunda sizga o’z farzandlaringiz yoki boshqa tutingan tarbiyalanuvchilar yordam berishlari mumkin.

153-158 34 16

HADISLARDA IJTIMOIY -PEDAGOGIK FIKRLARNI YORITISHI

USMONOVA NIGORA

Mazkur maqola, hadislar orqali ijtimoiy va pedagogik fikrlarning qanday yoritilganini tahlil qiladi. Hadislar nafaqat diniy ahkamlar, balki insonlar orasidagi munosabatlar, oila tarbiyasi, yoshlar tarbiyasi, ilm olish, adolat, mehnat va boshqa ijtimoiy jihatlarni ham o'z ichiga oladi. Maqolada hadislarning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati, jamiyatda axloqiy va ma'naviy qadriyatlarni shakllantirishdagi roli, shuningdek, o'zgalar bilan muomala va o'zaro hurmatni ta'kidlaydigan hadislar tahlil etiladi. Shu orqali hadislarning ijtimoiy hayotni yaxshilash va jamiyatdagi barqarorlikni ta'minlashdagi o'rni ko'rsatiladi.

159-163 43 15

IJTIMOIY PEDOGOGIK MEXANIZMLAR HAQIDA

Ergasheva Jamilaxon Akrom qizi

Ijtimoiy pedagogik mexanizmlar - bu jamiyatda ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etuvchi tizimlar va vositalardir. Ular ijtimoiy muhit, madaniyat, an'analar, oila va ta'lim muassasalari orqali amal qiladi. Ushbu mexanizmlar orqali shaxsning ijtimoiy faoliyati, etika,qadriyatlar va tarbiyaviy jihatlarga ta'sir ko'rsatish mumkin.

164-168 26 9

ME'YOR VA ME'YORLARDAN CHEKINISH (O‘QISH) TUSHUNCHASI

Mallayeva Dilrabo

Ushbu maqolada, me'yor va me'yorlardan chekinish (o‘qish) tushunchalari o‘rganiladi. Me'yorlar jamiyatda axloqiy, huquqiy va ijtimoiy qadriyatlarni saqlashga xizmat qiluvchi belgilangan qoidalardir. O‘qish jarayonidagi me'yorlar esa, ta'lim jarayonini samarali va tartibli tashkil etish uchun zarur. Shuningdek, maqolada me'yorlardan chekinishning ijtimoiy va pedagogik kontekstda qanday muammolar va imkoniyatlar yaratishi ham tahlil qilinadi. Me'yorlardan chekinish yangilik va rivojlanishga yo‘l ochsa-da, ba'zida bu ijtimoiy tartibni buzish xavfini ham tug‘diradi. Maqolada, me'yorlar va ulardan chekinish o‘rtasidagi muvozanatni topishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

169-174 26 7

IJTIMOIY PEDAGOGIKANING FANINIG MUSTAQILLIK DAVRIDAGI RIVOJI UNING PEDAGOGIK FANLAR RIVOJIDA TUTGAN O'RNI

Qo'chqorova Sevinch

Mazkur maqolada ijtimoiy pedagogikaning mustaqillik davrida rivojlanishi, uning pedagogik fanlar rivojidagi o'rni va jamiyatdagi ta'lim tizimiga ta'siri tahlil qilingan. Ijtimoiy pedagogika jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o'zgarishlaridan kelib chiqib, o'zining ilmiy va amaliy faoliyatida yangi yondashuvlarni rivojlantirdi. Maqolada ijtimoiy pedagogikaning sohadagi o'zgarishlari, uning milliy an'analar va qadriyatlar bilan uyg'unlashuvi, shuningdek, yoshlar tarbiyasida ijtimoiy mas'uliyatni oshirishdagi roli o'rganilgan. Mustaqillik davrida ushbu fanning jamiyatdagi o'rni, pedagogik amaliyotda qanday yangiliklar va metodik yondashuvlar kiritilganligi haqida ham so'z yuritilgan. Maqola O'zbekiston pedagogik tizimining rivojlanishidagi ijtimoiy pedagogikaning ahamiyatini ochib beradi.

175-182 34 16

IJTIMOIY GUMANITAR YO'NALISH PEDAGOGLARINING KREATIV KOMPONENTLARINI TAKOMILLASHTRISH

Mansurova Iroda Nosiraliyevna

Mazkur maqolada ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi pedagoglarning ijodiy salohiyatini takomillashtirish masalasi ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. Mualliflar, zamonaviy jamiyatda bilish jarayonlarining chuqurlashuvi va ta’limdagi innovatsion yondashuvlar talabining ortib borishi natijasida pedagogik mahoratning ijodiy komponentlarini rivojlantirish zarurligiga e’tibor qaratadilar. Pedagoglar faqatgina bilim uzatish bilan cheklanmay, balki talabalarda mustaqil, tanqidiy, innovatsion va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda faol ishtirok etishlari lozim. Shu munosabat bilan, maqola ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘qituvchilarini nisbatan an’anaviy o‘qitish metodlaridan strategik jihatdan o‘zgaruvchan, fleksibil, kreativ yondashuvlarga o‘tish zarurligini asoslashga qaratilgan. Maqolaning nazariy ahamiyati shundan iboratki, unda kreativ kompetensiya ham nazariy konsepsiya, ham amaliy metod sifatida o‘rganiladi. Natijada, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarida ijodiy imkoniyatlarni kengaytirishga yo‘naltirilgan modelni shakllantirish, ularning kasbiy malakasini oshirish va ijtimoiy barqarorlikka xizmat qiladigan, ijodkorlikni qadrlaydigan hamda istiqbolli avlodni tarbiyalaydigan muhitni yaratish maqsad qilinadi.


Umuman olganda, maqola ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi pedagoglar faoliyatining metodik, psixologik va professional jihatlariga ijodiy komponentni kiritish, uni mustahkamlash hamda zamonaviy ta’lim jarayonlarida innovatsion yondashuvlar orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Shu tariqa, maqola ijodiy fikrlovchi, yangilikka intiluvchi hamda jamiyat ehtiyojlariga uyg‘un tarzda malakali kadrlarni tayyorlashda pedagoglarning ijodiy komponentlarini takomillashtirishga ko‘mak beradi.

286-290 151 18

INKLYUZIV TA'LIMGA KIRITISHNING ASOSIY TAMOYILLARI

Rabiyeva Farangiz Abduraxim qizi

Ushbu maqolada inklyuziv ta'lim, uning ahamiyati bilan bir qatorda asosiy tamoyillari va ularning tasniflari batafsil yoritib berilgan. Shuningdek, inklyuziv ta'limni rivojlantirishning pedagogik mohiyati ochib berilgan.In this article, inclusive education, its importance as well as its main principles and their classifications are explained in detail. Also, the pedagogical essence of the development of inclusive education is revealed.

242-246 28 21

XALQ PEDAGOGIKASIDA IJTIMOIY PEDAGOGIKA G‘OYALAR HAQIDA

Aripjonova Zaxro

Ushbu maqolada xalq pedagogikasining ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi. Xalq pedagogikasi asrlar davomida shakllangan tarbiya usullarini o‘zida mujassam etgan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa jamiyatdagi har bir shaxsning tarbiya va ta’lim jarayonida ishtirok etishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Maqolada xalq pedagogikasida shakllangan ijtimoiy pedagogik tamoyillar, ularning jamiyatdagi o‘rni va zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan.

247-250 48 13

IJTIMOIYLASHUVGA TAʼSIR ETUVCHI MIKRO, MEZO VA MAKRO OMILLAR HAQIDA

Nu’monova Yulduz

Mazkur maqolada ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir qiluvchi mikro, mezo va makro omillar tahlil qilinadi. Mikro omillar sifatida oila, do‘stlar va mahalla muhitining ta’siri ko‘rib chiqiladi. Mezo omillar ichida ta’lim muassasalari, ish joyi va diniy tashkilotlarning o‘rni tahlil qilinadi. Makro omillar esa davlat siyosati, ommaviy axborot vositalari va globalizatsiya jarayonlari orqali insonning ijtimoiy hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Maqolada ijtimoiylashuvning ahamiyati va uning jamiyat barqarorligiga ta’siri keng muhokama qilinadi.

251-256 28 9

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING IJTIMOIY PEDAGOGIKA OID ILMIY QARASHLAR HAQIDA

Joʻrayeva Muhlisa

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy pedagogika sohasidagi ilmiy qarashlari tahlil qilinadi. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiy kabi allomalarning ta’lim-tarbiya, axloq, jamiyat va inson kamoloti haqidagi fikrlari yoritiladi. Ularning pedagogik qarashlari bugungi ta’lim tizimi va ijtimoiy tarbiya jarayonlari uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi ilmiy nuqtayi nazardan izohlanadi.

257-260 39 14

O’QUVCHI YOSHLAR O’RTASIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY PEDAGOGIKA SIFATIDA

Abbasova Nigora Furkatovna

Ushbu maqolada o’quvchi yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy pedagogika doirasida keng  yorilgan. Hozirgi paytga eng dolzarb muammolardan biri bolib kelayotgan . O’quvchi yoshlar  o’rtasida  ijtimoiy pedagogika yoshlar bilan ishlash jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlash sog’lom turmush tarzini targi’b qilish  va ular orasida  ma’suliyatli  ijtimoiy  munosabatlarni oz ichiga oladi .   Shuningdek oq’uvchi yoshlar  orasida  sog’lom turmush tarzini  shakllantirish  va ijtimoiy pedagogik muammolarni hal qilishdagi ahamiyati  ham ko’rib chiqilgan. Tanasining  sog’lom bo’lishi, energiya ,  ichki hotirjamligi  , jismoniy faolligi ,sog’lom uyqu  ruhan tetiklik  ,shaxsiy gigiyena , tog’ri ovqatlanish , sport mashqlarini bilan shug’ullanish  zararli odatlardan voz kechish roli tahlil qilingan.  Zamonaviy hayotda o’quvchilar orasida sog’lom  turmush tarzini  tadbiq etish   ham ruhan ham aqlan soglom bol’ishni   ijtimoiy masalalarni hal qilishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Muammolarni hal qilishdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan.. Shuningdek, oquvchi yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini  muammolarni hal qilishdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan.

261-264 31 11

THE IMPORTANCE OF PLANT CONSERVATION AND ITS ROLE IN BOTANY

Ismailov Khurshid Esirgapovich

Nature is one of the most important factors for the life and future of humanity, and plants are an integral part of it. Plants produce oxygen, protect the soil from erosion, ensure ecological balance, and are a source of food, medicine, and raw materials for humans and animals. Therefore, protecting the plant world is not only of ecological, but also of economic and scientific importance.


This article provides information on the concept of flora, the definition of flora by legal scholars, statistics on plant species in the world and in the Republic of Uzbekistan, flora objects, the experience of some developed countries in protecting flora, the types of flora objects established in the legislation of the Republic of Uzbekistan and the foundations of their protection.

265-271 27 7

PROBLEMS WITH THE LIBERALIZATION OF CURRENCY POLICY AND WAYS TO SOLVE THEM

Xamitillayeva Jasmina Jaxongir qizi

This article analyzes the key challenges associated with the liberalization of currency policy and proposes solutions to mitigate the risks. The study reviews the economic consequences of currency liberalization, examines theoretical and empirical perspectives, and suggests strategies for sustainable monetary policy management. By evaluating case studies from various economies, the research identifies best practices that can be adapted to different financial environments.

272-280 73 15

“MIRZO ULUG‘BEK HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY MEROSINI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY MAQOLA”SI

Mehribonu Xudoyberdiyeva

Mazkur maqola Mirzo Ulug‘bekning millat g‘ururi va ilm-fan sohasidagi ahamiyatini o'rganadi. O‘bekistonning ulkan tarixiy shaxslaridan biri sifatida Ulug'bek, nafaqat buyuk astronom va matematik, balki o‘z davrida madaniyat va ilmni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan arbobdir. Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o'rganish, uning shaxsiyati va ilm-fanga qo‘shgan hissasini chuqur tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. U O‘zbekiston tarixidagi eng buyuk shaxslaridan biri bo‘lib, astronomiya va matematikada kashfiyotlari bilan tanilgan. Samarqandda qurilgan obidalar va ilmiy tadqiqotlar uning madaniyati va ilm-fan sohasidagi yuksak g‘oyalari bilan bog‘liq. Movvorounnahrni 30 yildan ortiq boshqargan Temuriylar sulolasining davomchisi umrining so‘ngini sulola vakillarining qo‘zg‘alonlari, fitna-fasodlari va xiyonatlari bois ro‘shnolikdan nari kechirishga majbur bo‘ldi, qondoshlari tomonidan harbiy qo‘zg‘olonlar uyushtirilishiga qaramasdan, alloma o‘zidan ulkan madaniy meros qoldira oldi. Mirzo Ulug‘bekning ishlaridagi innovatsion yondashuvlar va bilimlarni rivojlantirishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy avlodga ilhom manbai sifatida xizmat qiladi. Uning merosi nafaqat o‘zbek xalqiga, balki butun insoniyatga ta’sir ko'rsatadi. Ulug‘bek hayoti va faoliyatini o‘rganish, uning ilmiy yutuqlarini va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini qayta tiklashga yordam beradi.

281-285 57 21

INKLYUZIV TA'LIMNING XALQARO HUQUQIY ASOSLARI

Umbatov To'lagan Abdusattorovich

Maqolada inklyuziv ta'limning xalqaro huquqiy asoslari hamda dunyo hamjamiyatidagi inklyuziv maktablar shakllantirish va rivojlantirish yo'lidagi harakatlar, shu harakatlar doirasida imzolangan va yaratilgan qonun hujjatlari, ularning maxsus tarbiyaga muhtoj bolalar uchun ahamiyati va hozirgi kunda tutgan o'rni haqida ma'lumot beriladi.


The article provides information on the international legal basis of inclusive education and efforts to create and develop inclusive schools in the world community, signed  the legal documents  and created within the framework of these efforts, their importance for children with special education needs, and their current role.


В статье представлена ​​информация о международно-правовой основе инклюзивного образования и усилиях по созданию и развитию инклюзивных школ в мировом сообществе, о правовых документах, подписанных и созданных в рамках этих усилий, их значении для детей с особыми образовательными потребностями, их современной роли.

183-184 29 10

ВЛИЯНИЕ ГОРМОНОВ (НАПРИМЕР, АДРЕНАЛИНА, НОРАДРЕНАЛИНА, АНГИОТЕНЗИНА) НА БИОХИМИЮ СЕРДЦА

Саидмуродова Зарифа Азаматовна, Дилмуродов Саидакбар Низомиддинович, Мамадалиев Амир Ихлосович

Гормоны, такие как адреналин, норадреналин и ангиотензин II, играют центральную роль в регуляции сердечно-сосудистой системы. Эти вещества не только обеспечивают быструю реакцию организма на стресс, но и участвуют в долгосрочных процессах, таких как поддержание артериального давления, сосудистого тонуса и работы сердца.

291-295 66 14

IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANI VA AMALIY FAOLIYAT SOHASI HAQIDA

Yigitaliyeva Xurshidaxon

Ijtimoiy pedagogika — jamiyatning ijtimoiy-madaniy muhitida inson tarbiyasi va ijtimoiy rivojlanishini o‘rganadigan fan sohasi sifatida, ta’lim jarayonlari va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Mazkur fan, o‘zida nafaqat pedagogik g‘oyalarni, balki sotsiologik yondashuvlarni ham mujassam etadi. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy maqsadi, insonni ijtimoiy muhitga moslashtirish, uning individual va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, hamda jamiyatda samarali faoliyat ko‘rsatishiga yordam berishdir. Ushbu maqola ijtimoiy pedagogikaning mohiyati, uning asosiy vazifalari va faoliyat sohalarini batafsil tahlil qiladi. Xususan, oila, maktab, yoshlar markazlari, reabilitatsiya muassasalari va boshqa ijtimoiy tizimlar bilan bog‘liq muammolar va ular ustida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga, ijtimoiy pedagogikaning jamiyatda o‘rin olgan amaliy faoliyat sohalaridagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi.

296-300 168 19

INKLYUZIV TA'LIMDA KADRLAR MASALASI

Raxmanova Lobar Jaloliddin qizi

Ushbu maqolada inklyuziv ta'limni tashkil qilishda kadrlar masalasi, inklyuziv sinf o'qituvchilari, resurs o'qituvchi hamda ijtimoiy pedagogning inklyuziv ta'limda tutgan o'rni, vazifalari shuningdek ularga qo'yiladigan talab va ko'nikmalar haqida batafsil ma'lumot berilgan.


This article provides detailed information on the issue of personnel in the organization of inclusive education, the role and tasks of inclusive class teachers, resource teachers and social pedagogues in inclusive education, as well as their requirements and skills.В данной статье представлена ​​подробная информация по кадровому вопросу в организации инклюзивного образования, роли и задачам учителей инклюзивного класса, ресурсных педагогов и социальных педагогов в инклюзивном образовании, а также их требованиям и навыкам.

301-305 24 3

GEOMETRIYANI O'QITISHDA METODIK YONDASHUVLAR VA UCHBURCHAK YUZINI HISOBLASH USULLARI

Marjona Shamsiddinova

Ushbu maqolada matematika va uning o‘qitish metodikalari tahlil qilinib, o‘quvchilarga mavzuni keng yoritish va uni amaliyotga  tatbiq qilish usullari batafsil bayon qilingan. Geometriya – matematika fanining muhim bo֥‘limlaridan biri  hisoblanadi. Ushbu fanni va uning hayot bilan uzviy bog‘lash va qo’llay olish har biri o֥‘quvchiga o‘rgatish muhimdir. Maqolada taqdim etilgan metodik yondashuvlar nafaqat umumiy matematika ta’limiga, balki geometriyaning samarali o‘qitilishiga ham ijobiy ta’sir ko'rsatishi tahlil qilingan. Ushbu usullar o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish va nazariy bilimlarni hayotda ham qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.  


This article analyzes mathematics teaching methods, providing a detailed discussion of approaches to effectively presenting topics to students and applying them in practice. Geometry is one of the key branches of mathematics. The article highlights the importance of teaching this subject, its connection to real life, and its practical applications. The proposed methodological approaches have a positive impact not only on general mathematics education but also on the effective teaching of geometry. These methods help increase students' interest in the subject and develop their skills in applying theoretical knowledge in real-life situations.


В данной статье анализируются методы преподавания математики, подробно рассматриваются способы широкого раскрытия темы для учащихся и её применения на практике. Геометрия является одним из важных разделов математики. В статье подчёркивается важность преподавания этого предмета, его связи с реальной жизнью и практического применения. Представленные методические подходы положительно влияют не только на преподавание математики в целом, но и на эффективное обучение геометрии. Эти методы способствуют повышению интереса учащихся к предмету и развитию навыков применения теоретических знаний в повседневной жизни.

306-309 38 18

IJTIMOIY PEDAGOGIKADA ME’YORDAN OG‘ISH

Ibragimova Mushtariy
Ushbu maqolada ijtimoiy pedagogikada me’yordan og‘ish tushunchasi, uning sabablari, oqibatlari va bunday holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida Lev Vygotskiy, Emile Durkheim va Jean Piagetning pedagogik nazariyalari asosida me’yordan og‘ish fenomeni tushuntiriladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uchraydigan og‘ish holatlarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Maqola pedagoglar, psixologlar va ijtimoiy ishchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
310-312 24 11

XALQ TABOBATI NIMA O’ZI?

Turdibekov Ahror

Xalq tabobati deganda ajdodlar tajribasiga tayangan, xalq urf-odatlarida o‘z tasdig‘ini topgan an’anaviy (ma’lum bir hudud yoki millatga xos bo‘lgan profilaktika, diagnostika va davolash usullari) tibbiyotning tan olingan profilaktika, diagnostika va davolash usullari hisoblanadi.

313-316 37 17

QANDAY HOLLARDA XODIMNING ROZILIGIDAN QATʼI NAZAR, MEHNAT HAQIDAN USHLAB QOLISHGA YOʻL QOʻYILADI?

Eshonqulov Soyibjon Sayidjon o‘g‘li

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 269-moddasiga binoan ish haqidan ushlab qolish avvalo xodimning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. Lekin xodimning roziligi bo‘lmagan taqdirda ham ish beruvchi xodimning roziligisiz ham ish haqidan ushlab qolish huquqiga ega. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 269-moddasiga binoan quyidagi yettita asos bo’lganda xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi:

317-319 22 9

NIKOHDAN AJRALISH MASLASINI BIR TOMON CHET EL FUQAROSI BO‘LGANDA QANDAY TARTIBDA HAL QILINISHINING QONUNCHILIK HUJJATLARI ASOSIDA TAHLILI

A’zamov Dilmurod

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 236-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida tomonlardan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ikkinchi taraf chet el fuqarosi  yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs  o‘rtasidagi, shuningdek tomonlarning ikkalasi ham chet el fuqarolari bo‘lganda ular o‘rtasidagi nikohdan ajratish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

320-325 23 12

DUDUQLANISH

Berdiyeva Maftuna

Ushbu maqolada duduqlanishning sabablari, ijtimoiy va psixologik ta’siri hamda samarali davolash usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, duduqlanish genetik, nevrologik va psixologik omillar bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga va ijtimoiy muloqotiga ta’sir qiladi. Davolash jarayonida logopedik terapiya, psixologik yondashuvlar va maxsus mashqlar muhim rol o‘ynaydi. Maqolada duduqlanishga qarshi kurashishning ilmiy jihatlari va samarali usullari batafsil tahlil qilinadi.

71-73 26 9

SURXONDARYODA OʻSUVCHI QIZIL KITOBGA KIRITILGAN OʻSIMLIKLAR

Xalmuratov M.A, Eshdavlatova G.B

Maqolada Surxondaryoning togʻ va yaylov hududlarida uchraydigan asalchil oʻsimliklar haqida maʼlumot berilgan. Ushbu oʻsimliklarning turlari, ularning ekologik, iqtisodiy va dorivor ahamiyati yoritilgan. Asalchil oʻsimliklarning asalarichilikni rivojlantirish, mahalliy ekotizimni qoʻllab-quvvatlash va tuproqni muhofaza qilishdagi roli batafsil tahlil qilingan. Maqola mahalliy iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligi uchun asalchil oʻsimliklarning muhimligini ko‘rsatib beradi.


The article provides information about the honey plants found in the mountainous and pasture areas of Surkhandarya. The types of these plants, their ecological, economic and medicinal significance are highlighted. The role of honey plants in the development of beekeeping, support of the local ecosystem and soil protection is analyzed in detail. The article shows the importance of honey plants for the local economy and agriculture.


В статье даны сведения о медоносных растениях, встречающихся в горных и пастбищных районах Сурхандарьи. Освещены виды этих растений, их экологическое, хозяйственное и лекарственное значение. Подробно проанализирована роль медоносных растений в развитии пчеловодства, поддержании местных экосистем и защите почв. В статье подчеркивается значение медоносных растений для местной экономики и сельского хозяйства.

30-37 39 12

PATOLOGIK HOLATDA QON TOMIRLARDA TROMB HOSIL BO’LISHI

O’skanboyeva Sevinch Rustam qizi, Sharapova Nozima Erkinjonovna

Turli kasalliklarda ya’ni patologik holatlarda tromblarning shakllanishi tromblangan tomir hududida o’tkir qon aylanishining buzilishi ya’ni: Arterialarda hosil bo’lgan tromblar-Ishemiyaga olib keladi va Venalarda hosil bo’lgan tromblar- Qonning turg’inligi natijasida og’ir oqibatlarni yuzaga keltiradi. Agar yakuniy-Kollateral bosqichga yetib kelmagan bo’lsa, ya’ni trombozlangan tomir havzasida Nekroz- ya’ni to’liqroq qilib aytganda: Ma’lum bir to’qima hujayralarining o’lishiga nekroz deyilib, Infarkt rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.Infarkt bu- (lotinchadan olingan bo’lib: infarcire “to’lish, tiqilish” degan ma’nolarni beradi) ta’sirlangan hududga yetarli darajada qon ta’minlanmagani boisdan to’qimalarning o’lishi ya’ni nekrozga uchrashi sanaladi. Miokard infarkti rivojlanishida Koronar arteriyalar trombozining o’rni katta hisoblanadi. Arterial tromboz: Ateroskleroz bu- qon tomirlarning siqilishi natijasida qon oqish tizimining buzilishi. Endarterit yoxud- Obliteratsiyalovchi endarterit- Vinivarter kasalligi bu- oyoq arteriyalarining yalig’lanishi bilan kechadigan surunkali kasalik hisoblanadi. Bu kasallikda tomirlar asta- sekin torayib, bora- bora butunlay bekilib qoladi. Natijada oyoqning qon bilan ta’minlanishi izdan chiqadi. Bu kasallik kelib chiqishiga sabab bo’luvchi omillar quyidagilar kiradi: Oyoqni sovuq urishi, lat yeyishi, miya shikastlanishi, chekish, turli infektsiyali va boshqa kasalliklar sabab bo’ladi. Odatda 20-40 yoshdagi erkaklarda ko’p uchraydi. Obliteratsiyalovchi endarteritda oyoq tez toliqadi, tomir tortishadi, keyinchalik oqsaydigan bo’lib qoladi, et uvishishi, paresteziyalar, qattiq og’riq kabi simptomlar kuzatiladi.


Qandli diabet bu- qand kasallilgi ham deb atalib, organizmda Insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi. Obliterans yoxud- Bronxiolitis obliterans (BO), Obliterativ bronxiolit, Konstriktiv bronxiolit va Popkorn o’pkasi sifatida ham tanilgan ushbu kasallik- yalig’lanish tufayli o’pkaning eng kichik havo yo’llarining (bronxiolalari) ning tiqilib qolishiga olib keladigan kasallikdir. Simptomlariga kiradi: quruq yo’tal, nafas qisilishi, xirillash va charchoq kabi alomatlar kiradi. Bu alomatlar odatda haftalar va oylar davomida kuchayib boradi. Bu Kiriptogenik tashkilliy pnevmoniya bilan aloqador emas. Ilgari bronxiolit obliterans Kriptogenik tashkil etuvchi pnevmoniya sifatida qayd etilgan. Shu kabi kasalliklar Arterial trombozga misol bo’ladi va bu kasalliklar natijasida oyoq- qo’l gangrenasining keyingi bosqichi rivojlanishi va trofik buzilishlarga olob kelishi mumkin. Bu kabi holatlar patologik holatlarda tromb hosil bo’ lishining salbiy oqibatlariga misol bo’ ladi.


Tromboz juda keng tarqalgan va butun dunyo bo’ylab har 4 o’limdan 1 ta o’limning asosiy sababchisi hisoblanadi. Buning sababi tromboz yurak xuruji, insult yoki o’pka embolyasi (tiqini) kabi xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

38-46 46 14

YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARIDA BEMORLAR PARVARISHINING O’ZIGA XOSLIGI

Elmurodova Rohatoy To’lqin qizi, Ergasheva Gulshan Toxirovna

O‘zbekistonda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan kasallanish va o‘lim ko ‘rsatkichlari o’rganilgan bo’lib , Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti statistik ma’lumotlariga ko’ra, so’nggi 15 yil ichida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari hali ham kattalar va yosh aholi orasida o’lim va nogironlik sabablari orasida keng tarqalib, birinchilikni saqlab kelmoqda. Shuningdek, yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan yillik o’lim holati kuzatilishi , bu taxminan 17, 7 mln kishini tashkil etadi, bu global o’limning barcha holatlarining 31% ni tashkil qiladi. Yangi yuqori zamonaviy texnologiyali tibbiy yordamlarning jadal rivojlanishi va kardiologik amaliyotga joriy etilishiga qaramasdan, bemorlarning barcha turdagi YuTYo lardan foydalanish mexanizmlari va bu sohadagi tashkiliy jarayonlar yetarlicha o ‘rganilmagan. Uning ustiga yurak qon tomir tizimi kasalliklari bilan og’rigan bemorlar parvarishining aksaryati noto’g’ri ekanligi va bemorning  kundalik tartibi (ovqatlanish, uyqu tartibi, stressdan uzoq saqlanmasligi) ham kasallik belgilari tez rivojlanishi, o’lim holatini ko’paytirishi va kasallikning boshlang’ich belgisi rivojlanishiga olib keladi.

47-50 28 13

SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNING MATERIAL SIGʻIMINI KAMAYTIRISH YOʻLLARI

Shavqiyev Erkin, Umirzoqova Sevinch Karim qizi

Ushbu maqolada sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarining material sigʻimini kamaytirish usullari yoritilgan. Mahsulot tannarxini pasaytirish, resurslardan samarali foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida ilgʻor texnologiyalar, chiqindisiz ishlab chiqarish tamoyillari va muqobil materiallardan foydalanish yoʻllari tahlil qilingan. Maqolada xorijiy va mahalliy tajribalar asosida ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berilgan.

51-4 33 8

SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH VA BANKROTLIKNI OLDINI OLISH YOʻLLARI

Shavqiyev Erkin, Qahhorova Nargiza Qahramonovna

Ushbu maqolada sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va ularning bankrotlik holatiga tushib qolishining oldini olish yo‘llari tahlil qilinadi. Sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish, samaradorligini ta’minlash, biznes jarayonlarini optimallashtirish va moliyaviy xavflarni boshqarish usullari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, korxonalarning bankrotlikka uchrashining asosiy sabablari tahlil qilinib, ularni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

55-58 42 13

SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH RESURSLARI TEJAMKORLIGINI TA‘MINLASH YO‘LLARI

Shavqiyev Erkin, Yarmuxammedova Bahora Abdusalom qizi

Ushbu maqolada sanoat korxonalarida ishlab chiqarish resurslarini tejamkorlik bilan ishlatishning muhim jihatlari, samaradorlikni oshirish usullari va innovatsion texnologiyalarning ahamiyati yoritilgan. Asosiy e’tibor energiya va xomashyo sarfini optimallashtirishga, chiqindilarni kamaytirishga hamda avtomatlashtirish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan. Shuningdek, resurslarni tejash bo‘yicha ilg‘or tajribalar va xorijiy mamlakatlarning tajribasi ham ko‘rib chiqiladi.

59-62 34 10

SANOAT KORXONALARI MOLIYAVIY NATIJALARINI YAXSHILASH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YOʻLLARI

Shavqiyev Erkin, Misirbekova Madina Muxtorjon qizi

Ushbu maqolada sanoat korxonalari moliyaviy natijalarini yaxshilash va ularning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yoʻllari tahlil etilgan. Korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash uchun innovatsion boshqaruv usullari, xarajatlarni optimallashtirish, investitsion faoliyatni rivojlantirish va moliyaviy rejalashtirish strategiyalari oʻrganilgan. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba asosida sanoat korxonalarining rentabelligini oshirish yoʻnalishlari taklif etilgan.

63-67 18 6

AMERICAN AND BIRITISH BETWEEN DIFFERENT ACCENT

Abrayeva Asila, Kucharova Feruza Alisher kizi

This article is devoted to the field of linguo-cultural studies of linguistics is a phraseology that expresses the concept of time in English and Uzbek languages units, i.e., idioms, linguistic and cultural aspects of proverbs are highlighted, English. It is discussed about the Uzbek language alternatives of the phraseological units of the language.

68-70 24 6

SURXONDARYO VILOYATIDAGI ASALCHIL O’SIMLIKLARNING AHAMIYATI

Xalmuratov M.A, Eshdavlatova G.B

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining togʻ va yaylov hududlarida uchrovchi asalchil oʻsimliklar va ularning ahamiyati haqida maʼlumot berilgan. Asalchil oʻsimliklarning turlari, ularning ekologik, iqtisodiy va dorivor xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, ushbu oʻsimliklarning asalarichilikni rivojlantirish, mahalliy ekotizimni qoʻllab-quvvatlash va tuproqni muhofaza qilishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada asalchil oʻsimliklarning qishloq xoʻjaligi va xalq xoʻjaligidagi o‘rni va foydalari ham keng yoritilgan.

26-29 24 19

BOLALARNI ONA SUTI BILAN OZIQLANTIRISH

Sadikova Shaxnoza Abduraxmanovna

Bolalarni ona suti bilan oziqlantirish, insoniyat tarixida muhim o'rin tutgan bir jarayon bo'lib, bu jarayon nafaqat bolalar uchun, balki onalar uchun ham juda ko'p foydalar keltiradi. Ona suti, emizikli bolalar uchun eng ideal oziq-ovqat bo'lib, u bolaning sog'lom o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan barcha oziq moddalarni o'z ichiga oladi. Ona suti, bolalarning immun tizimini mustahkamlovchi antitanalarni taqdim etib, ularni kasalliklardan himoya qiladi. Shu bilan birga, emizish jarayoni, ona va bola o'rtasida kuchli hissiy bog'lanishni rivojlantiradi, bu esa bolaning ruhiy holatini yaxshilaydi.

74-78 32 32

BUYRAKLAR BIOKIMYOSI

Eshdavlatova Guljamol

Hozirgi kunda buyrakning fiziologiyasi va biokimyosini bilishimiz zarurudir. Biz buyrakning funksiyasini bilishimizdan oldin uning biokimyosi bilishimiz zarur .  Buyraklarda ishlab chiqariladigan siydikni tezda organizmdan chiqarib tashlash lozim . Bunday qilinmaslik koʻplab kasalliklarga olib kelishi mumkin . Biz buni bilishimiz uchun esa buyraklarning biokimyosini oʻrganib chiqishimiz kerak. Bu maqolada buyraklarning biokimyoviy tuzilishi , buyraklarning biokimyoviy kasalliklari va buyraklarning biokimyoviy jarayonlari haqida maʼlumot berilgan .

79-87 37 12

BOSHLANGʻICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARINI OʻQITISHDA FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLARNING OʻRGATILISHI, OʻRNI VA AHAMIYATI

Xatamova Nursalat Raxmatovna

ushbu maqolada matematika ta’limi va boshlangʻich sinflarda matematika darslarini oʻqitishda fazoviy geometrik shakllarning oʻrgatilishi, ularning mazmuni, o’qitish usullari, fazoviy geometrik shakllarni o'rgatishning ahamiyati, shakllari, vositalari, faoliyat turlari, o'qitishda e'tibor qilinishi lozim bo'lgan jihatlar xususidagi fikrlar o’rin olgan.

88-92 22 11

YOSHLARNING IJTIMOIYLASHUVIDA ISLOM DININING O’RNI VA AHAMIYATI

Ro’zmonov Begzod

Mazkur maqolada yoshlarning ijtimoyillashuvida Islom dinining o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Islom dini yoshlarni axloqiy jihatdan rivojlantirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam berish, hamda ijtimoiy qadriyatlarni targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynaydi. Maqola, Islomning yoshlar orasida ilm olish, axloqiy me'yorlarga rioya qilish, jamiyatga integratsiya qilish, va ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatishda qanday ta'sirga ega ekanligini o‘rganadi. Shu bilan birga, yoshlarning Islom dinining ta'limotlari asosida o‘zlarini ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘nalishda tarbiyalashlari haqida so‘z yuritiladi.

93-97 35 13

ALKOGOLIZMNING OLDINI OLISH PROFILAKTIKASI

Qudratova Shahlo Bahtiyorjon qizi

Ushbu maqolada alkogolizmning oldini olish profilaktikasiga bag‘ishlangan tadqiqot olib boriladi. Alkogolizm – bu nafaqat jismoniy, balki psixologik jihatdan ham zararlovchi, insonni alkogolga qaram qilib qo‘yuvchi jiddiy kasallikdir. Maqolada alkogolizmning oldini olish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan profilaktik tadbirlar, ularning ahamiyati va bu borada jamiyat va davlatning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Oilada tarbiya, maktablarda ma'ruzalar o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, psixologik yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari kabi masalalar alohida e'tiborga olinadi. Ushbu maqola, alkogolizmning oldini olish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘l keladigan muhim resurslarni tahlil qiladi.

98-103 30 17

IJTIMOIY PEDAGOGIKADA MEYORDAN CHEKINGAN O’SMIRLAR BILAN OLIB BORILADIGAN ISH SHAKLLARI, METODLARI VA VOSITALARI

Umarova Mehrinisa Mutolib qizi

Maqola ijtimoiy pedagogikada meyordan chekingan o’smirlar bilan olib boriladigan ish shakllari, metodlari va vositalariga bag’ishlangan. Ushbu tadqiqotda o’smirlarning ijtimoiy normalardan chetga chiqishining sabablariga tahlil qilinadi va ularni ijtimoiylashtirish jarayonida qo’llaniladigan turli pedagogik yondashuvlar, metod va vositalar muhokama qilinadi. Maxsus pedagogik yondashuvlar, guruhli va individuallashgan ish shakllari orqali o’smirlarning salbiy xatti-harakatlarini o’zgartirish, ijtimoiy muhitga moslashishi va shaxsiy rivojlanishi ko’rib chiqiladi. Tadqiqotda shu bilan birga, psixologik testlar, rolli o’yinlar, maslahatlar va reabilitatsiya metodlari kabi samarali vositalar haqida ma'lumotlar berilgan. Maqola pedagoglar, psixologlar va ijtimoiy ishchilar uchun amaliy tavsiyalarni o’z ichiga oladi.

104-109 24 5

DEVIANT XULQ IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Abdurasulova Shahzoda Bobomurodovna

Mazkur maqolada deviant xulqning ijtimoiy pedagogik muammo sifatida tahlil qilinadi. Ushbu fenomenning ijtimoiy, psixologik va pedagogik aspektlari o‘rganilib, uning sabablari va jamiyatdagi tarqalishiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanadi. Maqola, deviant xulqni aniqlash va uni oldini olish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlarni hamda ta'lim muassasalaridagi pedagogik yondashuvlarni muhokama qiladi. Yoshlar orasida deviant xulqning oldini olishda o‘qituvchilar, psixologlar va oilalarning birgalikda ishlashi zarurligi ta'kidlanadi. Xulosa qilib aytganda, maqola deviant xulqni jamiyatda kamaytirish, yoshlarning to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish va pedagogik jarayonlarda samarali yondashuvlarni joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.

110-115 31 7

IJTIMOIY PEDAGOGNING REABLITASION XIZMATI MODELI VA MEXANIZMI

Umirova Dinora Inatilla qizi

Ushbu maqolada ijtimoiy pedagogning reablitasion xizmati modeli va mexanizmi tahlil qilinadi. Reablitasion xizmatlar, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlarga ega bo‘lgan shaxslar uchun jamiyatga integratsiyasini ta'minlashga qaratilgan kompleks yordam tizimini tashkil etadi. Ijtimoiy pedagoglar, individual yondashuv asosida, shaxsning tibbiy, psixologik, va pedagogik ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladilar. Maqolada, ijtimoiy pedagogning reablitasion xizmatlarini amalga oshirishdagi asosiy komponentlar va mexanizmlar, shu jumladan multidisipliner yondashuv, jamiyat bilan hamkorlik va monitoring jarayonlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogning reablitasion xizmatlar orqali jamiyatda inklyuziv muhit yaratish va har bir shaxsning jamiyatga to‘liq moslashishini ta'minlashdagi o‘rni hamda ahamiyati tahlil etiladi.

223-226 33 17

IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYAT HAQIDA

Tufliyeva Orzigul

Ushbu maqolada ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mohiyati, asosiy yo‘nalishlari va uning jamiyatdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat insonlarning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy moslashuvi va rivojlanishiga ko‘mak beradigan jarayon sifatida tavsiflanadi. Shuningdek, zamonaviy yondashuvlar, jumladan, inklyuziv ta’lim, axborot texnologiyalaridan foydalanish va ota-onalar bilan hamkorlik kabi masalalar yoritilgan. Tadqiqot ijtimoiy-pedagogik faoliyatning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini ko‘rsatib, uning samaradorligini oshirish yo‘llarini ochib beradi.

185-187 36 11

РОЛЬ КАЛЬЦИЯ В РЕГУЛЯЦИИ СЕРДЕЧНОГО РИТМА И РАЗВИТИЕ АРИТМИЙ

Саидмуродова Зарифа Азаматовна, Дилмуродов Саидакбар Низомиддинович, Игамбердиев Шахрам Сухробович, Мамадалиев Амир Ихлосович

       Кальций — это ключевой ион, участвующий в процессах экситации-сокращения, которые обеспечивают нормальную работу миокарда. Его роль в регуляции сердечного ритма и электрической активности клеток миокарда была хорошо изучена. Нарушения в кальциевом обмене могут привести к различным типам аритмий, включая фибрилляцию предсердий, желудочковую тахикардию и другие опасные расстройства ритма. Понимание молекулярных механизмов, связанных с кальциевым обменом, может помочь в разработке новых методов лечения аритмий.

188-190 56 5

БИОХИМИЯ СЕРДЕЧНОГО МЕТАБОЛИЗМА

Саидмуродова Зарифа Азаматовна, Дилмуродов Саидакбар Низомиддинович, Мамадалиев Амир Ихлосович, Игамбердиев Шахрам Сухробович

Сердце – это орган с высоким уровнем метаболической активности, который требует постоянного снабжения энергией. В отличие от других тканей, миокард способен использовать различные энергетические субстраты, включая жирные кислоты, глюкозу и кетоновые тела. Биохимия сердечного метаболизма играет ключевую роль в нормальном функционировании сердца и адаптации к различным патологическим состояниям, таким как ишемия, сердечная недостаточность и диабетическая кардиомиопатия.

191-196 57 11

MAROSIMLAR VA ULARNING XALQ HAYOTIDAGI OʻRNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

Azizova Mamura

Mazkur maqola marosimlar va ularning xalq hayotidagi o‘rni, tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritadi. Marosimlar insoniyat tarixining ajralmas qismi bo‘lib, ular xalqning madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada marosimlarning turli turlari, ularning tarbiyaviy ahamiyati va zamonaviy jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, marosimlar orqali yoshlar va bolalarga ma'naviy, axloqiy tarbiya berish, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash va milliy birlikni saqlash masalalari yoritiladi. Mazkur maqola marosimlarning hayotdagi o‘rni va ularni saqlashning ahamiyatini tushunishga yordam beradi.

197-204 35 11

СПУТНИКОВАЯ СЕТЬ VSAT SCPC

Короткова Лариса Александровна

Эта статья посвящена современным сетям VSAT – это звездообразные сети VSAT TDM/MF-TDMA, использующие кадры тайм слотов, различные виды модуляций, помехозащищенное кодирование информации, пришедшее из стандарта спутникового телевидения DVB сжатия MPEG-2/4.

205-212 41 13

ALISHER NAVOIY VA UNING ADABIY MEROSI

Maxmudova Xusniyabonu Jaloliddin qizi

Mazkur maqola Alisher Navoiy hayoti va uning adabiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asar o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi bo‘lgan Navoiy ijodini, uning she’riyati va nasr asarlarini tahlil qiladi. Maqolada Navoiy asarlarining mavzulari, shakli, uslubi va uning adabiy merosga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqiladi. Xususan, Navoiy tomonidan yaratgan "Xamsa" asari, uning sufi fikrlarini ifodalashdagi yuksak mahorati va adabiy ta’siri alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, Navoiy o‘zining asarlarida insoniyatning ma’naviy yuksalishi, axloqiy qadriyatlar va tafakkur o‘zgartirishda muhim rol o‘ynaganligi, uning adabiy va falsafiy merosi bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgani haqida fikrlar yuritiladi. Maqola, Navoiy ijodining nafaqat o‘z davrida, balki keyingi asrlarda ham adabiyot, madaniyat va falsafa rivojiga ta’sirini ko‘rsatadi.

213-216 31 16

POLIGLOTLIK VA TIL ARALASHUVI: YANGI SO‘ZLAR VA IFODALAR YARATISHDAGI IJTIMOIY JARAYONLAR

Gulnora Xayrullayeva Muhammadi qizi

Ushbu maqolada poliglotlik va til aralashuvi fenomenlari, ularning yangi so‘zlar va ifodalar yaratishdagi roli hamda ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Poliglotlik, bir nechta tillarni bilish, va til aralashuvi, ikki yoki undan ortiq tillarning o‘zaro ta’siri, zamonaviy tilshunoslikda muhim ahamiyatga ega. Maqolada, til aralashuvi orqali yangi so‘zlarning yaratilishi, ijtimoiy va madaniy omillarning tilga ta’siri, shuningdek, madaniyatlararo muloqotda bu jarayonlarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Yangi leksik birliklarning ijtimoiy jarayonlar va globalizatsiya orqali qanday paydo bo‘lishi, shuningdek, poliglotlikning til tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola, tilshunoslar va tilni o‘rganayotgan shaxslar uchun ahamiyatli bo‘lib, til o‘zgarishi va rivojlanishining ijtimoiy kontekstini tushunishga yordam beradi.

217-218 22 11

VATAN

Odilova Muslima Mo’minjon qizi

U  haqida qancha  gapirsak, go‘yo so‘zlar kamdek, jumlalar ozdek. Vatan tug‘ilib o‘sgan go‘sha, ota bobolarimiz xoki yotgan tuproq va biz ham vaqti kelib bag‘rimizni berishimiz kerak bo‘lgan zamindir

219-222 25 10

O‘ZBEK ADABIYOTIDA ALEKSANDR FAYNBERG IJODINING O‘RNI

Norboyeva Zuhraxon Alijon qizi

Ushbu maqolada Aleksandr Faynbergning hayoti, ijodiy faoliyati hamda madaniy merosi haqida ma’lumot beriladi. Unda shoirning o‘zbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, xususan, she’riy to‘plamlari, tarjimonlik faoliyati va kino sohasidagi ishlari batafsil yoritilgan.

116-120 30 16

OILANING IJTIMOIY VAZIFALARI

Ergasheva Zilola Rahimovna

Ushbu maqolada oila jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari o‘rganilgan. Oila nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy muhit sifatida ham muhim rol o‘ynaydi. Maqolada oilaning tarbiya, iqtisodiy, emotsional, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy integratsiya, qonuniy va huquqiy vazifalari, shuningdek, oila va jamiyat o‘rtasidagi o‘zgarishlar haqida batafsil tahlil qilinadi. Oila, turli ijtimoiy funksiyalarni bajarish orqali, jamiyatning barqarorligi va rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Oila tizimining evolyutsiyasi va uning o‘zgarishi ham jamiyatdagi dinamik o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Ushbu maqola oilaning jamiyatdagi o‘rni va uning ijtimoiy vazifalari haqida keng qamrovli tasavvur beradi.

227-231 49 10

BUYUK HADISSHUNOS OLIMLAR VA ULARNING ASARLARI XALQ PEDAGOGIKASI MANBAI SIFATIDA

Najmutdinova Shoira

Mazkur maqolada buyuk hadisshunos olimlarning asarlari xalq pedagogikasi manbai sifatida tahlil qilinadi. Hadisshunoslik ilmi nafaqat diniy bilim manbai, balki axloqiy va tarbiyaviy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy kabi mashhur olimlarning asarlarida inson axloqi, odob-axloq me’yorlari va ma’naviy kamolotga oid masalalar keng yoritilgan. Ushbu maqolada ularning ilmiy merosi asosida xalq tarbiyasi va pedagogik ta’limotning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi tahlil etiladi.     

232-236 20 14

MAXSUS TA’LIMGA MUHTOJ BOLLALARGA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM SHAROITLARIDA YORDAM KO’RSATISHNING GARBIY YEVROPA TAJRIBASI

Najmutdinova Shoira

Mazkur maqolada G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida maxsus ta’limga muhtoj bolalarga ko‘rsatilayotgan yordam va ularni umumiy ta’lim tizimiga integratsiyalash tajribasi o‘rganilgan. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, bu boradagi xalqaro tajriba va samarali yondashuvlar tahlil qilinadi. Shvetsariya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya tajribalari asosida maxsus ta’limga muhtoj bolalarning ijtimoiy va ta’lim jarayoniga moslashuvi tahlil qilinib, samarali usullar tavsiya etilgan. Tadqiqot natijalari inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan omillarni ochib berishga xizmat qiladi.    

237-241 36 14

PEDAGOGIKA VA IJTIMOIY PEDAGOGIKA KATEGORIYALARI

Saidxodjayeva Diyora

Mazkur maqolada ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va ularning jamiyatdagi ahamiyati yoritilgan. Ijtimoiy pedagogika insonning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiylashuvi va rivojlanishi bilan bog‘liq muhim jarayonlarni o‘rganadi. Maqolada ijtimoiy pedagogikaning asosiy tushunchalari, jumladan, ijtimoiylashuv, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy muhofaza va ijtimoiy xizmatlarning mohiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu kategoriyalarning inson va jamiyat hayotidagi roli hamda ularni rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi. Maqola ijtimoiy pedagogika sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar, o‘qituvchilar va talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

10-13 27 6

NEMIS TILINI BOLALARGA O’RGATISHDA KREATIV YONDASHUVLAR

Abdulazizova Maftuna Azizbek qizi

Ushbu maqolada nemis tilini bolalarga o‘rgatishda kreativ yondashuvlarning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. An’anaviy usullardan farqli o‘laroq, interfaol o‘yinlar, vizual materiallar, rolli o‘yinlar va qo‘shiqlar orqali til o‘rganish bolalarning qiziqishini oshiradi va bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan metodlar, jumladan, gamifikatsiya, multimediya texnologiyalari va ijodiy topshiriqlar orqali dars jarayonining samaradorligi oshirilishi mumkinligi yoritiladi. Maqolada kreativ yondashuvlarning afzalliklari, ularni qo‘llash usullari va real ta’lim jarayonidagi tajribalar tahlil qilinadi.

14-15 23 11

ILMLI QIZLARNING JAMIYATDAGI O’RNI

Tolibjonova Dildoraxon Xayrulla qizi

Jadal rivojlanib borayotgan davrda jamiki yoshlar ilm olishga,oliy ma’lumotli bo’lib,ona yurtimizga xizmat qiladigan kadr bo’lib yetishishga astoydil harakat qilmoqdalar.Shu sabab ham ilm olishda o’g’il-u qiz teng huquqli.

16-18 24 8

UMIDNING SO‘NGGI YAPROG‘I

Bahodirova Parizoda Umidjon qizi

    Erta bahor kunlari... Havo salqin, inson diliga xush bag'ishlovchi, atrof naqadar  toza va suvlarning shildirashii inson ko‘nglini mavjlantirib yuboradi.

19-25 27 6

NUTQIDA KAMCHILIGI BO’LGAN BOLALAR XOTIRASI

Xalilova Shaxnoza Ikrom qizi, Utbasarova Umida Mexmanovna

Ushbu maqolada nutq buzilishlarini ikkita tasnifi o’rin olgan bittasi tibbiy-pedagogik ikkinchisi psixolo-pedogogik tasniflar haqida ma’lumotlar berilgan.


В данной статье представлены две классификации нарушений речи: медицинско-педагогическая и психолого-педагогическая, а также приведена информация о них.


This article presents two classifications of speech disorders: medical-pedagogical and psychological-pedagogical, along with information about them.