MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
202
MEHRLI MAKTABDA ONA TILI VA ADABIYOT FANINI
OʻQITISHDA OʻQUVCHILARNI SOʻZLARNING OʻZ VA KOʻCHMA
MA’NOLARINI OʻRGANISHGA YORDAM BERUVCHI METODLARDAN
FOYDALANISH
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Mehrli maktab’’
davlat ta’lim muassasasi Samarqand viloyati filiali pedagog xodimi
Abdullayeva Madina Xolmamatovna
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
gospital
ta’lim
maktablarida
o‘quvchilarning ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishda so‘zlarning
o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. So‘zlarning ma’no ko’chish turlari, o‘zgarishi,
sinonimlar, antonimlar, frazeologizm va idiomalar bilan ishlashni o‘rgatish orqali
o‘quvchilarga tilni chuqurroq tushunishga yordam beradi. So‘z boyligi va ularning
ishlatilishidagi nozik farqlarni tushunish, o‘quvchilarga nutq madaniyatini
rivojlantirishda, shuningdek, ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishda
katta ahamiyatga ega. Maqolada ona tili va adabiyot fanining samarali o‘qitilishi,
o‘quvchilarga ona tili fanida so‘zlarning o‘z va ko‘chama ma’nolarini o‘rgatishga
yordam beruvchi interfaol metodlardan foydalanish haqida ma’lumotlar keltirib
o‘tilgan.
Kalit soʻzlar:gospital ta’lim,individual ta’lim, ko‘chma ma’no, metodlar,
so‘z boyligi, semantika, metafora,metonimya,sinegdoxa, kreativlik,innovatsiya, nutq
madaniyati.
“Maktablarda ta’lim sifatiga qanday e’tibor bersak, ma’naviyatga ham shunday
e’tibor berishimiz kerak”
Shavkat Mirziyoyev
Yurtimizda bugungi kunda ko‘p sohalar qatori ta’lim sohasida ham katta
islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning katta qismini esa ta’lim sohasida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
203
amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil etadi. Keng ko‘lamli islohotlarning yana biri
2022-yilning 5-may sanasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Bolalar
gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan
bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish
tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’ gi qaroridir. Ushbu qarorga muvofiq
bugun yurtimizda “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil etilib, o‘z
faoliyatini olib bormoqda. Tashkil etilganiga ikki yildan oshiq vaqt bo‘lgan Mehrli
maktabning Toshkent shahrida va viloyatlarda ham o‘z filiallari mavjud bo‘lib, bular:
“Mehrli maktab” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali , “Mehrli maktab” Andijon
viloyati filiali, “Mehrli maktab” Farg‘ona viloyati filiali, “Mehrli maktab” Samarqand
viloyati filiali, “Mehrli maktab” Namangan viloyati filiali, “Mehrli maktab” Buxoro
viloyati filiali, “Mehrli maktab” Toshkent shahri ambulator filiali.
Uzoq muddat davolanayotgan, bolalar uchun alohida ishlab chiqilgan o‘quv
reja asosida 1-11-sinflar xajmida umumiy o‘rta ta’lim beriladi. Dars
mashg‘ulotlarining davomiyligi boshlang‘ich ta’lim (maktab) ning 1-4-sinflarida 30
daqiqa, 5-11-sinflarda ham 30 daqiqani tashkil etadi. Bunda bir kunlik dars
mashg‘ulotlari 1-4-sinflarda 3 soatdan, 5-11- sinflarda 4 soatdan bo‘lib, o‘quv haftasi
davomiyligi esa 5 kunlik asosida olib boriladi.Muassasada yana yakka (individual)
dars mashg‘ulotlari ham tashkil etilgan. Bunda pedagog xodim shifokor xulosasiga
ko‘ra o‘quvchining darsga chiqishiga ruxsat berilmagan holatda uning xonasiga borib
dars tashkil qilishi lozim. Gibrid usulda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish esa yoshi
va sinfi bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni bir vaqtda dars mashg‘ulotlariga jalb
qilishdir. Bunda o‘quvchilar va pedagog xodim tibbiy-gigiyenik qoidalarga (barcha
o‘quv jihozlari dizinfeksiya qilinishi, hamma o‘quvchilar va o‘qituvchida tibbiy
niqob bo‘lishi, antiseptikdan tez-tez foydalanish va h.k) to‘liq amal etilgan holda dars
jarayoni tashkil etiladi. “Mehrli maktab” da faoliyat olib borayotgan pedagoglar
davolanayotgan o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘zi
o‘qitayotgan fanini o‘quvchiga tushunarli hamda mazmunli tarzda yetkazib berishi
lozim. Bu esa o‘qituvchidan har doim izlanishda bo‘lishni va mahoratni talab etadi.
Eng muhim jihat esa muassasada ta’lim berayotgan pedagogning davolanishda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
204
bo‘lgan bolalarga shirin so‘zli bo‘lishi, ularga ruhan dalda berish orqali ularning
hayotga, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdir.
Shifoxonada uzoq muddat davolanayotgan bolalar uchun maktabda keng
imkoniyatlar mavjud. Har bir xona zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.Bularning
barchasi yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijasidir.
Ona tili va adabiyot fani aynan o‘quvchilarni teran fikrlashga, erkin muloqotga,
og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi , xalq og‘zaki ijodiyoti,
ma’naviy meroslarimizga hurmat, ona tilini sevishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada
oshiradi.So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini biz ona tili orqali adabiyot fani bilan
bog‘lab o‘rganamiz. Bunda shoirlarning ijod mahsulidan namunalar keltirish orqali
ona tilida ularning ma’nolari o‘rganiladi.Bunda o‘quvchini darsga qiziqishini orttirish
maqsadida interfaol metodlardan foydalaniladi. So‘zlarning o‘z ma’nosida
qo‘llanilishi quyidagicha:
Quyosh -osmondagi yorug‘lik beruvchi yoritgich
Kitob- o‘qish uchun mo‘ljallangan bosma nashr
.Daraxt- tanasi,shoxi va barglari bo‘lgan o‘simlik
Ko‘chma ma’noli so‘zlar-so‘zning o‘xshashlik asosida boshqa tushunchani
ifodalashi:
1.
Metafora orqali:
“Yurak-sevgi uyi’’ (Yurak sevgi bilan bog‘liq his tuyg‘ularni ifodalaydi)
“Hayot-daryo” (Hayotning oqimi daryoga o‘xshatiladi)
2.
Metonimiya orqali:
“Butun shahar uyg‘ondi’’ (shahar odamlari nazarda tutilgan)
“Navoiyni oldim qo‘limga” (Navoiyning asarini o‘qish)
3.
Sinekdoxa orqali:
“Qo‘li gul’’ (Mohir usta haqida)
“Boshi og‘riyapdi” (Butun tanasi kasal)
Bu usullarni qo‘llash orqali nutqimiz ta’sirchan va badiiy bo‘ladi.Ma’no
ko‘chish turlari orqali o‘quvchilar adabiyot fanining qay darajada jimjimador
ekanligini payqashadi va she’rlar yodlash orqali ham “tag” ma’noli so‘zlarni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
205
anglaydi.Ona tili bilan bog‘lab o‘rganishda turli metodlardan foydalaniladi, bular
orqali sodda va qiziqarli qilib yetkazib beriladi.
Aqliy hujum metodi:
O‘quvchilar muammoni hal qilish uchun erkin fikr
bildiradilar.Barcha g‘oyalar qabul qilinadi va muhokama qilinadi.Guruh bo‘lib eng
yaxshi yechim tanlab olinadi. Shu asosida erkin muloqot qilinib o‘quvchilarning
mustaqil fikrlashga bo‘lgan intilishlari taminlab beriladi va har bir bola alohida e’tirof
etiladi.
Keys-stadi metodi:
Real hayotiy vaziyatlar tahlil qilinadi. O‘quvchilar
muammoni aniqlaydilar va yechim izlaydilar, bu vaziyatda o‘qituvchi ham
o‘quvchilar bilan birgalikda ishtirok etadi. Shunda o‘qituvchini ham o‘zlarini
guruhidan ekanligni his qilishadi va 2 guruhga bo‘linishadi har bir guruhda 2 tadan
bolalar qatnashadi. Bu vaziyatda har bir guruh a’zosi faol ishtirok etadi. Deylik birorta
asar olinadi. undagi ma’no ko‘chish hodisalari aniqlanadi va bolalar o‘zlarini
munosabatlarini berishadi, oxirgi xulosa umumlashtirilib,shu asosida guruhlar yangi
matn yozishga harakat qilib ko‘rishadi. Bu metod orqali bola mustaqil fikrlaydi va
ijodkorligini sinab ko‘radi,o‘zidagi tortinchoqlik odatlarini yo‘qotishga erishadi
.Badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishi ortadi,bunda o‘qituvchining yutug‘i har bir bola
bilan alohida ishlaydi ,ona tili va adabiyotga bo‘lgan mehri yanada ortadi.
Yumaloq stol metodi:
Bu metodda o‘quvchilar stolga aylana bo‘lib o‘tirib
olishadi va o‘zlari yod olgan she’rlardan to‘rt misradan aytishadi,Qolgan bolalar har
biri yonida turgan qog‘ozlarga she’rdagi so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini
yozishadi, keyin o‘qib navbat bilan tahlil qilishadi.Qaysi o‘quvchining javobi
qoniqarli bo‘lmasa u ham yodlagan she’rini bolalarga taqdim etadi.Shu orqali hamma
bolalar faol qatnashadi. Bu metodda o‘qituvchi hamma o‘quvchilarni darsga jalb
qiladi va xotirasini mustahkamlaydi.
‘‘Ha’’ ‘‘yo‘q’’ metodi:
Bu metod o‘quvchilarning tezkorligini va diqqatini
oshiradi bunda 4ta yoki 6ta o‘quvchi qatnashadi har bir o‘quvchiga alohida savollar
tayyorlanadi. Savol kartochkalari tanlanadi va o‘qituchi savollarni berishni boshlaydi
bola “ha”, yoki “yo‘q” so‘zlarini qo‘llashi mumkin emas. Bunda asosan savollar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
206
maqol va iboralar yordamida tuzilgan bo‘ladi, ularning ma’nolarini to‘g‘ri aytishi
kerak.
Yuqorida keltirilgan interfaol metodlarni ona tili va adabiyot darslarida
qo‘llash natijasida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga, o‘z
fikrlarini erkin bayon eta olishiga, atrofdagilar fikrlarini hurmat qilishga, o‘zining
nuqtai nazarini himoya qila olish qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin.
“Mehrli maktab” o‘z nomi bilan mehrga to‘la maskan. Mehr-muhabbat bilan ta’lim
berish esa maktab tarbiyalanuvchilarini hamda ta’lim oluvchilari uchun katta ruhiy
madad bo‘lib kelmoqda. Bu maktabda ta’lim oluvchilarning barchasi sog‘ligida
kamchiligi bor bolalar. Shu murg‘ak qalblarning dardiga malham bo‘lish uchun
doimo shirin so‘z bo‘lish “Mehrli maktab” maktabda faoliyat yuritayotgan har bir
xodimning oliy maqsadidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Sh.M.Mirziyoyev 29.04.2019- yildagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-
sonli qaror.
2.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
05.05.2022-yildagi
“Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq
muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va
tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 234-son qarori.
3.
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2023-yildagi
Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli
ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada
kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida 134-sonli qarori.
4.
A.Toshpulatov, Gospital maktablarida o‘qitish metodikasi. O‘qituvchi.Toshkent:
2017
5.
D.Ibragimov, “Leksikologiya va uning o‘qitish jarayonidagi o‘rni”. Samarqand
davlat universiteti nashriyoti. Samarqand:2015