MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
194
SHAXS VA UNING TOLERANTLIK TUSHUNCHASI
Qayumova Jayrona G'ofur qizi - Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
Pedagogika Universiteti Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi
yo'nalishi 2-bosqich talabasi
Mirzayeva Sevara Shukur qizi - Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
Pedagogika Universiteti Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi
yo'nalishi 2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA: ushbu maqolada shaxs va tolerantlik tushunchalari,
ularning mohiyati va o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shaxs – bu ijtimoiy
munosabatlar asosida shakllangan individuallik bo‘lib, uning rivojlanishida
biologik, ijtimoiy va ma’naviy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Tolerantlik esa
boshqa insonlarning fikr, e’tiqod, millat va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda
bo‘lish qobiliyatidir. Tolerantlikning diniy, milliy, madaniy va ijtimoiy shakllari
hamda ularni rivojlantirish tamoyillari bayon etildi. Shuningdek, tolerantlikning
shaxs rivojlanishiga ijobiy ta’siri, jamiyatdagi nizolarni kamaytirishi va ijtimoiy
uyg‘unlikni ta’minlashdagi roli yoritiladi. Maqola tolerantlik madaniyatini
rivojlantirishning muhimligini ta’kidlab, har bir inson o‘zida bag‘rikenglik
fazilatlarini shakllantirish zarurligini asoslaydi.
Kalit so'zlar: shaxs, tolerantlik, millat, qadriyat, individuallik, faollik,
mas'uliyat, ijtimoiy omillar, gender tolerantligi, nizolar.
Shaxs — bu nafaqat biologik mavjudot, balki ijtimoiy munosabatlar tizimida
shakllangan individuallikdir. Inson tug‘ilgandan keyin shaxs bo‘lib shakllanadi, bu
jarayon tarbiya, atrof-muhit, ta’lim, tajriba va shaxsiy xulq-atvor orqali amalga
oshadi.
Shaxsning asosiy tarkibiy qismlari:
1. Individuallik – har bir insonning boshqa odamlardan farqli bo‘lgan
xususiyatlari.
2. Faollik – insonning o‘z hayoti va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
195
3. O‘zini anglash – insonning kimligi, maqsadlari va hayotiy yo‘nalishlari
haqida fikr yuritishi.
4. Mas’uliyat – o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlik his qilish.
5. Irodaviy sifatlar – insonning qat’iyatliligi, maqsad sari intilishi va
qiyinchiliklarni yengib o‘tish qobiliyati.
Shaxsni rivojlantiruvchi omillar quyidagilardir:
Biologik omillar – genetik xususiyatlar, jismoniy salomatlik.
Ijtimoiy omillar – oila, do‘stlar, muhit va jamiyat.
Ma’naviy omillar – ta’lim, madaniyat, diniy va axloqiy qadriyatlar.
Shaxs shakllanishida jamiyatning ta’siri katta. Inson ijtimoiy muhitda o‘sib,
bilim oladi va o‘zining jamiyatga bo‘lgan munosabatini shakllantiradi.
Tolerantlik (lot. tolerantia — sabr-toqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning
turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va
eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda tolerantlik oʻta muhim
ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi,
kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng
miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik
tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan,
haqiqatni mutlaklashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi
xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra,
har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham
ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan
singdirilishi mumkin emas. Tolerantlikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar
namoyon qilishi lozim. Tolerantlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida
YUNESKO "Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ni qabul qilgan (1995-yil 16
noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga
nisbatan tolerantlik munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin.
Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar oʻrtasidagi
hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikengliktamoyili ijtimoii
taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Oʻzbekistonda 130 dan ziyod millat va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
196
elat vakillari istiqomat qiladi. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagan
va bu xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga
mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo
tolerantlikning yaqqol namunasidir.
Shaxs va tolerantlik o‘zaro bog‘liqligi. Tolerantlik shaxsning rivojlanishi
uchun muhim omil hisoblanadi. Chunki:Tolerant shaxs ochiq fikrli va bag‘rikeng
bo‘ladi, u boshqalarning qarashlarini hurmat qiladi va o‘z fikrini ham asosli tarzda
ifoda eta oladi.Tolerantlik ijtimoiy muhitni yaxshilaydi, jamiyatda tinchlik va
hamjihatlikni mustahkamlaydi.Shaxs o‘zini anglagan sari tolerantlik darajasi ham
ortadi, ya’ni odam o‘z fikriga ega bo‘lishi bilan birga, boshqalarning fikrini ham qabul
qila oladi.Shaxsning tolerant bo‘lishi jamiyat taraqqiyoti uchun ham muhim.
Tolerantlik bor joyda nizolar va ziddiyatlar kamayadi Odamlar o‘z huquqlari va
erkinliklarini bilib, boshqalarnikini ham hurmat qilishadi.Ijtimoiy adolat
ta’minlanadi.Madaniyatlar va millatlar o‘rtasida o‘zaro tushunish rivojlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O'zbekistan milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
2.
Akramova, D. (2022). Bo’lajak pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim
tizimidagi faoliyati.
Science and innovation
,
1
(B8), 322-326.
3. Akramova, D. (2022). Oliy ta’lim muassalari talabalarida pedagogik-psixologik
moslashuvchanlikni mazmun mohiyati.
Science and innovation
,
1
(B8), 2150-2153.
4. Акрамова, Д. Э. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ
РАЗВИТИЯ МЕХАНИЗМОВ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ И ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ
ГИБКОСТИ
У
СТУДЕНТОВ
КАК
ПРОБЛЕМА
СОВРЕМЕННОСТИ.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ
,
13
(8), 19-23.
5. Akramova, D. E. qizi Suvonqulova, MD (2023, January). RIVOJLANTIRUVCHI
MARKAZLARDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VA MILLIY
QADRIYATLAR NAMUNALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIGI.
In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No. 2, pp. 393-396).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
197
6. Akramova, D. E. qizi Azimova, XD (2023, January). MAKTABGACHA TA’LIM
YO ‘NALISHI TALABALARIDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH
METODIKASI. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No. 2, pp. 382-385).
7.
Ergashevna,
A.
D.
(2023).
TARBIYALANUVCHILARDA
MOSLASHUVCHANLIK
MEHANIZMLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
DOLZARB MUAMMO SIFATIDA.
Journal of new century innovations
,
23
(2), 169-
173.
8. Акрамова, Д. Э., & Йўлдошева, Н. (2023). ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ
МАЖМУИ. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No. 2, pp. 362-364).
9. Акрамова, Д. Э., & Бобомуродова, О. Б. (2023). ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ ВА
УСУЛЛАРИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol.
1, No. 2, pp. 352-354).
10.
Akramova,
D.
(2022).
ACTIVITIES
OF
FUTURE
TEACHERS-
PSYCHOLOGISTS IN THE SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATION.
Science
and Innovation
,
1
(8), 322-326.
11. Акрамова, Д. Э. қизи Давронова, ЖС (2023, January). ТАРБИЯ ТИЗИМИ ВА
УНИНГ ТАРКИБИЙ ҚИСМЛАРИ. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol.
1, No. 2, pp. 358-361).
12. Акрамова, Д. Э. қизи Бозорбоева, ДА (2023, January). ЖАМОА–ТАРБИЯ
ОБЪЕКТИ
ВА
СУБЪЕКТИ
СИФАТИДА.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCES
(Vol. 1, No. 2, pp. 355-357).
13. Ergashevna, A. D. (2025). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE
DEVELOPMENT OF SOCIALIZATION IN SCHOOLCHILDREN OF THE
PREPARATORY GROUP.
SHOKH LIBRARY
.
14. Ibraimov, X., & Akramova, D. (2023). DIDACTIC CHARACTERISTICS OF
COMMUNICATIVE
TRAINING
IN
ENGLISH
LANGUAGE
TEACHING.
Science and innovation
,
2
(B11), 357-361.